ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
114
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI
OSHIRISH
Аtаxаnovа Mаnzurа Rаjаbboyevnа
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti o‘qituvchisi
e-mail: manzurarajabboyevna@gmail.com
Hazratova Mexrigul G‘afur qizi
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti talabasi
e-mail: mexrigulg‘afurqizi@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15636997
Аnnotаtsiyа
: Mаzkur maqolada boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash, bolalarni
kitobga mehr berishga o‘rgatish usullari, badiiy matnlarni tushunish, ko‘nikma xosil qilish,
kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi masalalar yoritildi.
Kalit so‘zlar
: til boyligi, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, matn, tahlil, muloqot, sinonim,
antonim, kreativ tafakkur.
Аннотация
: В статье рассматриваются такие вопросы, как работа над словарным
запасом в начальных классах, методы воспитания у детей любви к книгам, понимания
литературных текстов, развития навыков и повышения культуры чтения.
Ключевые слова
: языковые навыки, правильное произношение, правильное
письмо, текст, анализ, коммуникация, синонимы, антонимы, творческое мышление.
Annotation
: This article covers issues such as working on vocabulary in primary grades,
methods of teaching children to love books, understanding literary texts, developing skills, and
improving reading culture.
Key words
: language skills, correct pronunciation, correct writing, text, analysis,
communication, synonyms, antonyms, creative thinking.
Kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi
saodat manbayi, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Kitob o‘qish
bolalarning ma’naviyatini shakllantirishga, uni ilmli va kelajakda o‘z o‘rnini topa olishga
yordam beradi, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiradi, og‘zaki va yozma nutqini
rivojlantiradi, ifodali o‘qish va matnni to‘g‘ri tushunish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa,
kichik maktab yoshidan kitob bilan oshno bo‘lish bola nutqiga, dunyoqrashiga, erkin
fikrlashiga, atrofdagilar bilan muloqot qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Azal-azaldan
donishmand bobolarimiz ham kitob mutolaasi haqida, kitob o‘qishning kishi kamolotidagi o‘rni
haqida o‘z fikrlarini bildirishgan. Jumladan, buyuk bobokolonimiz, so‘z mulkining sultoni
Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek: “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy
yuksalishga erishishning eng asosiy manbayidir”.
Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir. Bu haqda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ham o‘z nutqlarida bir necha bora ta’kidlaganlar. “ Kitob o‘qigan, o‘zini ustida
ishlagan yurtga qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi, uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun
hech kimni pisand qilmaydi. Kattalarga xushomad qilmaydi, uning bilimi bor, ilmi bor. Mana
nima uchun kitob o‘qinglar, deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz” – degan edilar
davlat rahbari. Davlat rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning bittasi aynan
kitobxonlikka qaratilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
maydagi”Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib
qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3721-
sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida har yili yoshlar o‘rtasida ” Yosh kitobxon” tanlovi
o‘tkazilib kelinmoqda. Bu ham yosh avlodni kitob o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida
davlatimiz tomonidan qilinayotgan katta e’tibordir.
O‘qish darslarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish – bu
o‘quvchilarni nafaqat savodli qilish, balki ularni ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, ijodiy
fikrlaydigan shaxslar qilib tarbiyalashning muhim shartidir. Bu jarayon murakkab va ko‘p
qirrali bo‘lib, o‘qituvchidan katta mas’uliyat, ijodiy yondashuv va izlanishni talab qiladi.
O‘qish darslari o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi kerak. O‘qituvchi darslarni
turli xil interfaol metodlar, o‘yinlar, didaktik materiallar yordamida tashkil etishi, o‘quvchilarni
faol ishtirok etishga undashi lozim. Zamonaviy axborot texnologiyalari kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirishda ham keng qo‘llanilishi mumkin. Elektron kitoblar, audiokitoblar,
onlayn kutubxonalar, badiiy asarlarga asoslangan filmlar va multfilmlar o‘quvchilarni kitob
o‘qishga qiziqtiradi va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning yoshi, qiziqishlari, bilim darajasi va o‘qish qobiliyatini inobatga olgan holda
ularga kitob tanlashda yordam berishi kerak. O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan mavzudagi kitoblarni
o‘qish orqali kitobga mehr qo‘yadilar va kitobxonlikka o‘rganadilar. Sinfda va sinfdan tashqari
kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkazish, o‘quvchilarni kutubxonalarga jalb qilish, kitobxonlik
tanlovlari va viktorinalarini tashkil etish kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat
qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga badiiy asarlarni tahlil qilish, qahramonlarning xarakterini ochib
berish, asarning g‘oyaviy mazmunini tushuntirish, badiiy ifoda vositalarini aniqlash kabi
ko‘nikmalarni o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar o‘qigan kitoblari asosida rasmlar chizishlari,
hikoyalar, she’rlar yozishlari, insho va referatlar tayyorlashlari, sahna ko‘rinishlarini namoyish
etishlari mumkin. Bu ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ota-onalar
ham farzandlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda faol ishtirok etishlari kerak. Har
bir oilaning o‘zini kutubxonasi bo‘lsa bolalar kitob yig‘ishga, uni o‘qib tushunishga, yana
kitoblar sonini ko‘paytirishga qiziqishadi va o‘z-o‘zidan kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati
oshadi. Ota-onalar ham farzandlari bilan birgalikda kitob o‘qishlari, ularga kitob sovg‘a
qilishlari, kutubxonalarga birgalikda borishlari maqsadga muvofiq.
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish – bu uzoq muddatli va murakkab
jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ota-onalar va butun jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab
qiladi. O‘qish darslarida kitobga muhabbat uyg‘otish, muntazam o‘qishga odatlantirish, badiiy
asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy ishlarga yo‘naltirish va axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarni kitobsevar, ma’naviy boy,
intellektual rivojlangan va ijodiy fikrlaydigan shaxslar qilib tarbiyalash mumkin. Bu esa
ularning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lib shakllanishiga zamin yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.05.2018 yildagi PQ-3721-son
2.
Ona tili o‘qitish metodikasi – To‘xtaev Sh., Yo‘ldoshev I. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
3.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish metodikasi – Safarova M., Jo‘raeva N. – Toshkent:
Fan, 2018.
4.
O‘zbek tilshunosligi asoslari – Mahmudov N., Madrahimov N. – Toshkent: O‘zbekiston,
2016.
5.
Парпиева, М. М., Мадумарова, М. Д., & Мавлонов, У. О. У. (2018). Развитие мотивации
у студентов к изучению языка.
Достижения науки и образования
,
1
(8 (30)), 56-57.
6.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari – Abduqodirov A. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020.