ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
54
SOTSIOPRAGMATIKA METODLARI
Abdullayeva Rohila Yusufjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti v.b.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13919747
Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari uchun mos bo‘lgan metodni tanlash va uni tadqiqot
ishiga joriy qilish masalasida bir necha qiyinchiliklar mavjud. Bunga asosiy sabab amaliyotda
mazkur sohalarning qorishiq holda mavjud bo‘lishi va tadqiqot doirasining bir necha sohalar
kesimiga to‘g‘ri kelishida ko‘rinadi. Jumladan, sotsiopragmatika jarayonda pragmatika,
lingvistika, sotsiologiya, antropologiya, psixologiya, sotsiometriya sohalari bilan yaqindan
hamkorlik qiladi va mazkur sohalarda qo‘llangan metodlardan foydalanadi. Tabiiyki, mazkur
sohalarning barchasi uchun taalluqli kuzatuv, umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga
borish jarayoni, tahlil, tasnif, to‘plamlarni o‘zaro qiyoslash, ularning umumiy va xususiy
jihatlarini belgilash, statistik ma’lumotlarni umumlashtirish jarayonlari sotsiopragmatik
tadqiqotlar uchun ham ahamiyatli
1
va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun asos
vazifasini bajaradi. Falsafaning mumtoz umumiy metodlari sotsiopragmatik tadqiqotlarning
amaliy ahamiyatini oshiradi. Bundan tashqari, anketa-so‘rovnoma, suhbat metodi tajriba
ishtirokchilaridan ma’lumotlarni olish va umumlashtirish, qiyoslash uchun xizmat qiladi.
Umumfalsafiy metodlardan tashqari jarayonda lingvistik tahlil metodlaridan foydalanish
ham mumkin. Jumladan, fonetik, leksik-morfologik, grammatik birliklar va ularning
xususiyatlari, nutqiy xoslanishi va chastotasi, gap va jumla tuzilishi tahlili ham sotsiopragmatik
tadqiqotlarning ma’lum bir qismini tashkil qilishi mumkin. Ma’lum bir sotsial guruh
vakillarining til xususiyatlarini tekshirish va farqli jihatlarini ko‘rsatish jarayonida leksik
qatlamning faol kuzatuvini talab qilinadi. Biroq jarayonda asosiy e’tibor sotsiopragmatik
tadqiqodlarning asosini tashkil qiliayotgan so‘zlovchi va tinglovchi, guruh statusiga, uning
ijtimoiy holatiga qaraladi.
Sotsiopragmatik tadqiqotlar nafaqat lingvistik tadqiqotlar doirasida keng masshtabda
o‘rganiladi. Jumladan, badiiy matn va uning pragmatik xususiyatlarini ko‘rsatish
2
, tor doirada
ma’lum bir janrga aloqador bo‘lgan asarlar tahlilini berish
3
, til uslublari bo‘yicha, kasbiy
mansublik bo‘yicha va h. sohalarda amalga oshirilgan ishlarning o‘zbek tiliga ham kirib kelish
jarayoni jadalashdi.
Sotsiopragmatik tadqiqotlar keng doirada bir necha tillarni tahlil qilish barobarida ham
amalga oshirilishi mumkin. Jarayonda soha tadqiqot usullari lingvokulturologik tahlil va
yondashuv bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi. Bunda dastavval tildagi lingvokulturologik
birliklar aniqlanib, keyingi planda ular sotsiopragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Natijada,
tadqiqot ham lingvokulturologik, ham sotsiolingvistik ahamiyatga ega bo‘ladi.
1
Reiter R.M, Placencia. Research methods in Sociopragmatics. 2005.
2
Umrzakova M. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda xorijiy tillar, 2024-y,
10-jild, 55-bet.
3
Niyazova G. Detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili / Образование и инновационные исследование,
2021.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
55
Tilshunoslikda sotsiopragmatika tushunchasi til o‘zlashtirish va til o‘qitish jarayoniga
nisbatan ham qo‘llaniladi. Bunda asosan e’tibor chet tilini o‘qitish yoki ma’lum bir tilni ikkinchi
til sifatida o‘qitish, ikkinchi tilni o‘zlashtirish jarayonlariga qaratiladi. Tabiiyki, til o‘qitihs
jarayonida yuzaga keladigan bir necha sotsial va madaniy to‘siqlar mavjud. Bu jarayonda
sotsiopragmatik tadqiqotlar pedagogik metodlar va texnologiyalar tahlili bilan hamkorlik
qiladi. Til o‘qitish bilan bir qatorda til o‘zlashtirish jarayonida ham sotsiopragmatik omillarning
ta’siri bor. Bir til egalari millat uchun umumiy bo‘lgan, uning til zaxirasida asrlar davomida
to‘planib kelgan va umummilliy hodisa hisoblangan tildan turli miqdorda va turli usullarda
foydalanadilar, buning yaqqol misoli bir millatga mansub bo‘lgan til egalarining leksik
zaxiralarining turli miqdorda bo‘lishi, ona tilidan xabardorlik masalasi turli ko‘rsatkichlarda
ekanligi, ma’lum hudud yoki qatlamning o‘ziga xos leksikonining shakllanganligi, jamiyatda
yosh, jins, faoliyat turi, ijtimoiy mansubligi asosida shakllangan guruhga taalluqli jargo, argo,
slenglarning shakllanganligi asosida ham kuzatishimiz mumkin. Shunday ekan, demak,
sotsiopragmatika sohasini til o‘zlashtirish jarayoni va psixolingvistika bilan ham bog‘lash
mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, sotsiopragmatik tadqiqotlar ko‘pqirrali yondashuvni
talab qiladigan, umumfalsafiy metodlar asosida ish olib boradigan, tilshunoslikning
lingvokulturologiya, psixolingvistika, til o‘qitish metodikasi sohalari bilan hamkorlikda
yondashuvni talab qiladigan soha hisoblanadi. Hozircha o‘zbek tilshunosligiga nisbatan alohida
sotsiopragmatik metodlarni ajratib imkoniyati mavjud emas. Biroq soha tadqiqining kengayishi
asnosida mazkur sohaning ham o‘z tadqiqot metodlari shakllanishi mumkin. Glaballashgan ilm-
fan muhitida tekshirish usullarining bir xil bo‘lishi tabiiy hodisa, soha tor doiraga aylana borishi
asnosida o‘z metodologiyasiga ega bo‘ladi.
References:
1.
Umrzakova M. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda
xorijiy tillar, 2024-y, 10-jild, 55-bet.
2.
Niyazova G. Detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili / Образование и инновационные
исследование, 2021.
3.
Reiter R.M, Placencia. Research methods in Sociopragmatics. 2005.