Авторы

  • Rohila Abdullayeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti v.b.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46135

Аннотация

Ma’lumki, sotsiologiya jamiyat va uning institutlari, xususiyati, holati, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati  va yana aniq talablardan kelib chiqqan holda bir necha jihatlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Pragmatika tushunchasi ham bevosita jamiyat bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir zamon va makon birligida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar xronikasi, jarayonni anglatadi. Sotsiopragmatika tushunchasi qamrov jihatdan sotsiologiya, sotsiolingvistika, pragmatika va pragmalingvistika sohalarining qo‘shilishidan iborat bo‘lib, tilshunoslikda tobora ko‘proq murojaat etilayotgan, matn, kontekst tadqiqida qo‘llanilayotgan tushunchalardan biriga aylanib bormoqda. Jumladan, o‘zbek tilida badiiy matn sotsiopragmatikasi, diskurs va muloqot jarayonining sotsiopragmatik asoslari xususida bir necha maqolalar yozilgan. Amaliyotda o‘zbek tilshunosligida tobora ko‘proq murojaat etilayotgan va tadqiqot yo‘nalishiga aylanib borayotgan hodisaning asosiy birliklarini ajratib olish, uning mazmun-mundarijasi va tadqiq doirasiga kiruvchi lingvistik hodisalarni ajratib olish zaruriyati tug‘iladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

TILSHUNOSLIKDA SOTSIOPRAGMATIK OMIL TUSHUNCHASI

Abdullayeva Rohila Yusufjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti v.b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912800

Ma’lumki, sotsiologiya jamiyat va uning institutlari, xususiyati, holati, ijtimoiy-iqtisodiy

vaziyati va yana aniq talablardan kelib chiqqan holda bir necha jihatlarini o‘rganadigan soha
hisoblanadi. Pragmatika tushunchasi ham bevosita jamiyat bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir
zamon va makon birligida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar xronikasi,
jarayonni anglatadi. Sotsiopragmatika tushunchasi qamrov jihatdan sotsiologiya,
sotsiolingvistika, pragmatika va pragmalingvistika sohalarining qo‘shilishidan iborat bo‘lib,
tilshunoslikda tobora ko‘proq murojaat etilayotgan, matn, kontekst tadqiqida qo‘llanilayotgan
tushunchalardan biriga aylanib bormoqda. Jumladan, o‘zbek tilida badiiy matn
sotsiopragmatikasi, diskurs va muloqot jarayonining sotsiopragmatik asoslari xususida bir
necha maqolalar yozilgan. Amaliyotda o‘zbek tilshunosligida tobora ko‘proq murojaat
etilayotgan va tadqiqot yo‘nalishiga aylanib borayotgan hodisaning asosiy birliklarini ajratib
olish, uning mazmun-mundarijasi va tadqiq doirasiga kiruvchi lingvistik hodisalarni ajratib
olish zaruriyati tug‘iladi.

Sotsiopragmatika bevosita muloqot muhiti bilan aloqador bo‘lganligi bois

antroposentrizm tilshunosligining barcha sohalari uchun birdek muhim bo‘lgan muloqot
muhiti,

nutqiy akt

1

tushunchasisiz majvud bo‘la olmaydi. Tabiiyki, muloqot muhiti tushunchasi

tarkibiy elementlari adresant – turli manbalarga ko‘ra yuboruvchi, muallif, uzatuvchi,
so‘zlovchi; adresat – qabul qiluvchi, o‘quvchi yoki tinglovchi, obyekt, retsipient

2

tushunchalari

bilan birgalikda qo‘llanadi va sotsiopragmatik tadqiqotlar jarayonida manba vazifasini o‘taydi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida axborot uzatish jarayoni sodir bo‘lib, jarayonni kodlash va
dekodlash, uzatish va qabul qilish singari bir necha xil nom bilan keltirish an’anasi mavjud.
Biroq sotsipragmatik tadqiqotlar uchun eng muhim bo‘lgan jarayon - bu muloqotga
kirishayotgan tomonlarning sotsial jihatlari. Jumladan, muloqot muhitida “sotsial rol”

3

tushunchasi mavjud bo‘lib, bir insonning o‘zi bilan kechishi mumkin bo‘lgan bir necha muloqot
muhitida gavdalantiradigan nutqiy holatlari aks ettiradi. Tabiiyki, bu jarayonda rollarga kirish
va nutqning oqimini, mazmuni belgilashda ma’lum bir rol o‘ynaydigan hodisalar mavjud
bo‘ladi. Jumladan, sotsial status tushunchasi – mazkur jumlani o‘zbekcha manbalarda sotsial
maqom tarzida qo‘llash an’anasi mavjud. So‘nggi yillarda g‘arb tilshunosligida ta’kidlangan
insonning nutqiy xususiyatlariga uning mavqeyi ta’siri haqidagi qarashlarga suyanadigan
bo‘lsak, insonning jamiyatda yuqori statusga ega bo‘lishi uning nutqida ham o‘ziga xos jihatlar
bo‘lishini ta’minlaydi. Jumladan, murakkab grammatik tuzilish va o‘zaro hurmat ma’nosini
anglatuvchi jumla va birliklarning nisbatan ko‘p qo‘llanilishi va h.

Ikkinchidan, sotsial statusda muhim rol o‘ynaydigan hodisa – bu muloqot egalarining

yoshi. Tabiiy ravishda insonning til tajribasi va zaxirasi uning yoshiga parallel ravishda o‘sib

1

Л. Киньябузова. Предмет изучение социопрагматики / Наука и современность, 2010, С-279.

2

M.Umrzakova. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda xorijiy tillar, 2024-y, 10-jild, 55-

bet.

3

.Clift, M.Haugh. Conversation analysis and Sociopragmatics. 2020, ch-29.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

123

boradi. Turli yoshdagi muloqot vakillarining so‘z tanlash va qo‘llash usullari turlicha bo‘lishi,
bola va o‘smir nutqida taqlidchilikning kuchli bo‘lishi ham aynan mazkur yosh omilining ta’siri
natijasidir.

Gender omili ham sotsiopragmatik omil sifatida alohida ta’kidlanadi. Gender

tilshunoslikka oid tadqiqotlar, dunyoning turli tillari doirasida olib borilgan bo‘lib, erkak va
ayol so‘z zaxiralarining turli miqdorlarda bo‘lishi, har ikki jins vakilining nutqiy xususiyatlari
ayni jinsga xos bo‘lgan umumiy tendensiyalar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqishi va
nihoyat, har ikki jins uchun alohida maxsus leksikon bo‘lishini isbotlagan va tabiiyki, bu jarayon
muloqot muhitida ma’lum rol o‘ynaydi.

Ma’lum dialektga mansublik, kasb-hunarga oid leksikadan foydalanish ham sotsial

mansublik demakdir va uni muloqot muhitidan ajratib bo‘lmaydi.

Shuningdek, sotsiopragmatik omil tushunchasi o‘z-o‘zidan lingvokulturologik,

etnokulturologik tushunchalar bilan bog‘lanadi. Etnokulturologik jihatdan til millat avvalgi til
egalarigan meros qilib olishi mumkin bo‘lgan eng yirik madaniy meros. Tilning lug‘at boyligi,
paremiologik fondi, folklor namunalari, aforizmlar, badiiy asarlar – barchasi so‘zlovchi uchun
tabiiy zaxira sifatida qoladi va muloqot muhitida mazkur meros ulushini o‘z saviyasiga muvofiq
tanlaydi va qo‘llaydi. Demakki, sotsiopragmatik tadqiqot va omillarni milliy madaniy kod aks
birliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari shaxs yashayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy muhit,

mamalakatning geografik joylashuvi va landshafti, iqlim ham muloqot jarayoniga ta’sir
ko‘rsatadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muloqot jarayoni jonli va tabiiy kechadigan hodisa

sifatida bevosita muloqot ishtirokchilarining sotsial statuslari bilan chambarchas bog‘liq
bo‘ladi. Bundan tashqari, muloqot muhiti nutqiy vaziyat kechayotgan zamon va makon
birligidagi har qanday tashqi faktorlarning bilvosita ta’siriga uchraydi. O‘zbek tilida muloqot
muhitini, til o‘zlashtirish jarayoni va til o‘qitish jarayonini sotsiopragmatik omil ta’siri asosida
tahlil qilishga ehtiyoj bor.

References:

1.

Л. Киньябузова. Предмет изучение социопрагматики / Наука и современность,

2010, С-279.
2.

M.Umrzakova. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda

xorijiy tillar, 2024-y, 10-jild, 55-bet.
3.

R.Clift, M.Haugh. Conversation analysis and Sociopragmatics. 2020, ch-29.

Библиографические ссылки

Л. Киньябузова. Предмет изучение социопрагматики / Наука и современность, 2010, С-279.

M.Umrzakova. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda xorijiy tillar, 2024-y, 10-jild, 55-bet.

R.Clift, M.Haugh. Conversation analysis and Sociopragmatics. 2020, ch-29.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)