QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI SAVDO MEXANIZMLARI

Аннотация

Ushbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
84-87
26

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ibragimova, N. ., Normamatov, R. ., & Habibullayev , Y. (2024). QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI SAVDO MEXANIZMLARI. Наука и инновация, 2(38), 84–87. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/61761
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI SAVDO MEXANIZMLARI

Ibragimova Nilufar Ziyadullayevna

SamDUKF Aniq va tabiiy fanlar fakulteti asisstenti

Normamatov Rixsitilla Urol o’g’li

Habibullayev Yormuhammad San’atjon o’g’li

SamDUKF Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523504

Annotatsiya.

Ushbu maqoladamamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda
mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining
xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro
printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda
fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun
xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini
oshirishga xizmat qiladi.Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9
foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami
kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy
investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy
investitsiyalardir.

Kalit so'zlar:

Qimmatli qog‘ozlar, kreditlar, investitsiya, Vazirlar Mahkamasi, fond,

bozor, islohotlar.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300

million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O'tgan yili
tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700
million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko'p investitsiyalar yo'naltirildi. Jami
investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va
uskunalar xarid qilishga sarflandi. 2014 yilda iqtisodiyotimizning etakchi

tarmoqlarida

zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati
4 milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga
topshirildi.O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati,
roli va funktsiyalarning taxlilini o'rganishga bag'ishlangan. O'zbekiston fond bozorining bozor
munosabatlari shakllanish jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar
bilan birgalikda kompleks

tarzda o'rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik kapitalining rivojlanishi, moliya bozoridagi yangi qayta
taqsimlovchi mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish
masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan
birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan iqtisodiyotning
modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini ta'minlash masalalarini hal
qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada uning bajaradigan funktsiyasini
o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi.XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to‘liq tasdiqladiki,
faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xo‘jaligi samaradorlik ko‘rsatkichlarining eng yuqori


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

darajasini ta’minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning
tovar – pul munosabatlari bilan qanchalik to‘liq qamrab olinganligiga bog‘liq. Bu tovar
bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini
shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan
aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas.

Qimmatli qog‘ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni

chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi. Har qanday
bozor maqonini ikki qo‘tbga bo‘lish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar –
bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan va ularni saqlash hamda ko‘paytirishni istovchi yuridik va
jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa – yangi ishlab chiqarishni
boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonalashtirish
kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga
muhtoj bo‘lgan bozor sub’ektlari turadi. Kapitalning iste’molchilari sifatida korxonalar,
tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin. Mablag‘larni jalb etish
maqsadida kapital iste’molchilari qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish
natijasida ishlab chiqarish (savdo– sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish
uchun mablag‘ oladi. Kapital iste’molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari
(sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol–mulkka egalik
qilish huquqini o‘tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.Biroq emitentlar yoki
sarmoyadorlar bir–birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi bo‘lsada, ammo
juda muhim rol o‘ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka
tadbirkorlarning

oqilona

o‘zaro munosabatlarini ta’minlovchi, infratuzilma, deb

nomlanuvchi yordamchi sub’ektlarning ancha murakkab muassasaviy

(institutsional)

tizimi zarur. Qimmatli qog‘ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi umumiy va maxsus
tabaqalarga bo‘linadi. Umumiy infratuzilmani namoyon qiluvchi tashkilotlarga qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar
kiradi. Ularsiz qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat ko‘rsatishi mumkin
bo‘lmagan yoki murakkablashgan bo‘lar edi. Bo‘larga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va
jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari,
notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sug‘urta kompaniyalari kiradi.Qimmatli
qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashuvchi vazifalarni
bajarish uchun ularga qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga
ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yo‘q. Ayni paytda bunday tashkilotlar
davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi
(auditorlik va sug‘urta kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial
idoralar), Davlat matbuot qo‘mitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat
turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega bo‘lishni kerak.

Mazkur sub’ektlarning faoliyati ushbu holatda qimmatli qog‘ozlar bozori

ishtirokchilariga kredit–hisob–kitob xizmatlari ko‘rsatish, emitentlar hisobi va moliyaviy
hisobotlarining ishonchliligi hamda umumiy belgilangan me’yorlarga mos kelishini
tasdiqlash, qimmatli qog‘ozlarning oldi–sotdisi, almashuvi, sovg‘a qilinishi shartnomalarini
tasdiqlash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sug‘urtalash, sarmoyadorlarni va fond
boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan iborat bo‘ladi.Qimmatli qog‘ozlar

bozorida birja faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovar–xom ashyo,
valyuta va boshqa birjalarning fond bo‘limlari) hamda investitsiya muassasalari maxsus
infratuzilmani o‘zida namoyon qiladi. Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari
(brokerlar–dilerlar), investitsiya maslaxatchilari, investitsiya fondlari, boshqaruvchi
kompaniyalar, qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob–
kitob kliring palatalari, qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari kiradi. Sanab o‘tilgan
tashkilotlardan har biri qimmatli qog‘ozlar bozorida qat’iy ixtisoslashgan faoliyat turini
bajarishi lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qo‘shilib ketishiga ruxsat etiladi.
Mazkur tashkilotlar qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini ko‘rsatish yoki mamlakat
fond bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi sifatida
operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi bo‘yicha bitimlar fond birjalarida va birjadan tashqari
bozorlarda amalga oshiriladi.Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, xujjatlar bilan
tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda talab va taklif asosida belgilanadigan
narxga ega bo‘lgan ayrim fond boyliklari sotiladi va harid qilinadi. Birjaga savdoda ishtirok
etishni xoxlovchi barcha shaxslarga emas, faqat uning a’zosi bo‘lgan professional
ishtirokchilarga ruxsat etiladi.Qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari har bir birja tomonidan
maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishini,
birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja savdolariga
kiritilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumotlarning e’lon qilinishini,
tuzilayotgan bitimlar to‘g‘risida axborotning oshkor etilishini va hokazolarni nazarda
tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada oddiy qimmatli qog‘ozlar bilan emas, faqat
alohida talablarga javob beradigan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi. An’anaviy tarzda
fond birjasi – bu eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning bozoridir.Qimmatli qog‘ozlar bozori
murakkab va ko‘p qirralidir. Fond bozori haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun
uni tasniflovchi belgilar orqali har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Qo‘yida
bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek, O‘zbekistonda ham o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.Qimmatli qog‘ozlarning
birlamchi va ikkilamchi bozorlari.Fond bozorini birlamchi va ikkilamchi bo‘laklarga ajratish
amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu
qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni qimmatli
qog‘ozlarni emitent yoki uning vaqili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir.
Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarning takroriy chiqarilishi (masalan, ustav fondini
oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga
kiradi.Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotning oshkor
etilishidir.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumotlar beriladigan emissiya

risolaini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon
qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat
idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor
etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborotvositalarida emitent


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni harid qilishni ochiq taklif
etish shaklida (istalgan imqoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida – faqat
tegishli davlat boshqaruvi idorasiga ma’lum qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning
cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.Qimmatli
qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta harid
qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozordir.Aynan
qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda
qimmatli qog‘ozlar bozorining taraqqiy etish darajasi to‘g‘risida muloxaza yuritish mumkin.

Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozorning

likvidliligi – bu ma’lum yil oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib turgani holda
qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori sur’atda aylanishini ta’minlash imqoniyatidir.

References:

1.

O’zbekistonda korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning istiqbollari.

2.

www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

O’zbekistonda korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning istiqbollari.

www.ziyonet.uz