ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
AVTOMOBIL YO‘L QURILISHI TADBIRKORLIGI KORXONASINING
INNOVATSION SALOHIYATI TARKIBIY QISMLARINI ANIQLASHGA BO‘LGAN
YONDASHUV
Sadinova Baxora Boymurzoyevna
TDIU Samarqand filialining mustaqil tadqiqotchisi
Muallifning elektron manzili: sadinovabaxora837@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15294140
Annotatsiya.
O‘zbekistonda avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonalari iqtisodiy
salohiyatini boshqarishda innovatsion salohiyatni oshirish masalasi xo‘jalik yurituvchi
korxonalar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir, chunki qurilish sanoat korxonalarining
iqtisodiy rivojlanishida innovatsion salohityaning beqiyosdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va
komplekslari o‘sishining drayveri bo‘lgan korxonaning innovatsion rivojlanishi, innovatsion
strategiyani amalga oshirishga qaratilgan jarayonni nazarda tutadi, bu esa barqaror
raqobatdosh ustunlikni shakllantirishga yordam beradi. Maqolad avtomobil yo‘l qurilishi
tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati tarkibiy qismlarini aniqlashga bo‘lgan
yondashuv bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik,
salohiyat,
moliya, kadr, texnologik,
avtomobil, iqtisodiy,
intelektual, tashkiliy, nomoddiy, omil, bandlik, infrastruktura, innovatsiya, investitsiya.
Аннотация:
Вопрос повышения инновационного потенциала в управлении
экономическим потенциалом дорожно-строительных предприятий Узбекистана
является одной из актуальных задач, стоящих перед хозяйственными предприятиями,
поскольку инновационный потенциал не имеет себе равных в экономическом
развитии предприятий строительной отрасли. Инновационное развитие предприятия,
являющееся драйвером роста отраслей и комплексов народного хозяйства,
предполагает процесс, направленный на реализацию инновационной стратегии,
способствующей формированию устойчивого конкурентного преимущества. В статье
описан подход к определению составляющих инновационного потенциала
предприятия дорожного строительства.
Ключевые слова
: предпринимательство, потенциал, финансы, персонал,
технологический,
автомобильный,
экономический,
интеллектуальный,
организационный, нематериальный, фактор, занятость, инфраструктура, инновации,
инвестиции.
Abstract:
The issue of increasing the innovative potential in managing the economic
potential of road construction enterprises in Uzbekistan is one of the urgent tasks facing
business enterprises, since the innovative potential is invaluable in the economic
development of construction industry enterprises. Innovative development of an enterprise,
which is a driver of the growth of sectors and complexes of the national economy, implies a
process aimed at implementing an innovative strategy, which helps to form a sustainable
competitive advantage. The article describes an approach to identifying the components of
the innovative potential of a road construction enterprise.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
Key words:
entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile,
economic, intellectual, organizational, intangible, factor, employment, infrastructure,
innovation, investment.
Kirish.
Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, innovatsion salohiyat, jumladan avtomobil yo‘l
qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati kategoriyasiga turli olimlar
tomonidan bo‘lgan yondashuvlar biz tomondan tahlil qilindi. Bugungi kunda innovatsion
salohiyatni aniqlashda turli ta’riflar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga innovatsion salohiyat
iqtisodiy salohiyatning bir qismi sifatida takror ishlab chiqarish jarayoni uchun umumiy
shart-sharoitlarni, iqtisodiy o‘sish va rivojlanish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratishga
yordam beruvchi va uning iqtisodiy mohiyatini belgilaydigan muhim xususiyati sifatida
ta’riflovchi olimlar ham mavjud[1].
G‘arb iqtisodchi olimlari innovatsiyalarni boshqarish masalasida innovatsion
salohiyatni baholash zarurligini tan olishadi va innovatsion salohiyat oyekt boshqaruvida
mavjud muammolarni hal qilishda tashqi muhit ta’sirini tahlil qilishdan tortib yakuniy
natijalarni baholashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi deb hisoblashadi[2].
Biroq, shunday bo‘lsada korxonaning innovatsion salohiyatini boshqarishdagi asosiy
muammolardan biri, hatto xozirgi kunga kelib ham korxona iqtisodiy salohiyatini baholashda
umumiy qabul qilingan yagona yondashuvning yo‘qligidir.
Shunday bo‘lsada, G‘arb iqtisodchi olimlari tomonidan innovatsion salohiyatni
boshqarishning muhim bosqichi sifatida innovatsion salohiyatni baholashda uch guruhga bo‘li
bo‘yicha yondashuvni taklif qilishadi va ushbu guruhlarni miqdoriy, sifat jihatdan va aralash
ko‘rsatkichlar asosida baholash kerakligi sifatida talqin qiladilar[3].
Shu o‘rinda aytish kerakki, korxonaning innovatsion salohiyatiga ko‘p jihatdan
korxonaning barcha salohiyatlari yig‘indisi sifatida qarovchi iqtisodchi olimlar ham mavjud.
Jumladan, korxonaning innovatsion salohiyatini uning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat,
investitsion salohiyatlari yig‘indisi sifatida qarovchilar mavjud. Ammo, shuni aytish kerakki
biz tomondan ushbu paragrafda korxonaning innovatsion salohiyati tarkibiga alohida
yondashuv sifatida muallif talqinini keltirganmiz.
Innovatsion
salohiyat
Resurslar
Natija
Tashkil etish
Boshqaruv usullari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
1-rasm. Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi
k
orxonasining innovatsion
salohiyati tarkibini ichki imkoniyatlar bo‘yicha shakllantirish yondashuvi[4].
Mazkur tadqiqotlar yuzasidan xorijiy olimlar bilan bir qatorda mamlakatimiz olimlari
ham ulkan ishlar olib bormoqdalar. Misol tariqasida aytish mumkinki, mamlakatimiz
iqtisodchi olimlaridan E.B.Iskandarov[5] tomonidan korxonalar innovatsion salohiyatini
aniqlashda o‘ziga xos yondashuv taklif qilgan. Unga ko‘ra korxonaning innovatsion salohiyati
faqatgina korxonadagi ilmiy-tadqiqot salohiyati, korxonaning yangi texnika-texnologiyalar
bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashda uning texnologik salohiyati, innovatsiyalarning
natijaviyligi salohiyati, ya’ni innovatsion faoliyatdan olinayotgan iqtisodiy foyda qolaversa har
bir xodim va ishchi xissasiga innovatsion maxsulot miqlorining to‘g‘ri kelishi va shu bilan
birga innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyati kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha
aniqlash tavsiya qilingan.
Bizningcha ham qorxonaning innovatsion salohiyatini aniqlashga bo‘lgan ushbu
yondashuv to‘g‘ri yondashuv bo‘lib, avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasidagi
mavjud innovatsion foaliyat darajasini aniqlash va o‘lchash imkoniyati yaratilishi va shu bilan
birga alohida ko‘rsatkich sifatida talqin qilinishi mazmunan to‘g‘ri hisoblanadi. Shu bilan
birga biz tomondan korxona iqtisodiy salohiyati tushunchasining nazariy va iqtisodiy
mazmunidan kelib chiqib ushbu yondashuvga mos ravishda ehtimoliy innovatsion salohiyat
darajasini aniqlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
O‘z navbatida korxonalarning ehtimoliy innovatsion salohiyat darajasini aniqlash unga
berilgan nazariy ta’riflarga mos kelishi bilan izohlansa, boshqa tarafdan korxonaning
ehtimoliy innovatsion salohiyati ushbu korxonaning innovatsion faoliyati davomida erishishi
mumkin bo‘lgan natijalarning ehtimoliy ko‘rsatkichini ifodalaydi. Jumladan, ehtimoliy
innovatsion salohiyat darajasini aniqlashda biz tomondan dispersiya va o‘rtacha kvadratik
chetlanish ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan.
Korxonalarning innovatsion salohiyatini aniqlash va baholash bo‘yicha uslubiy
yondashuvlar yuzasidan olib borilgan kuzatuvlar natijasida shuni aytish mumkinki, qurilish
sanoati korxonalari uchun mos keluvchi innovatsion salohiyatni uslubiy baholash bo‘yicha biz
tomondan taklif qilingan me’zon va ko‘rsatkichlar jamlanmasi 2.1-jadvalda o‘z ifodasini
topgan.
Avtomobil
yo‘l
qurilishi
tadbirkorligi
korxonasi
innovatsion
salohiyati
ko‘rsatkichlarining tarkibi va tuzilishi masalasida korxonaning innovatsion o‘sish
imkoniyatlarini to‘liq tavsiflovchi zarur va yetarli miqdordagi ko‘rsatkichlarni taqdim etish
maqsadga muvofiqdir.
Korxona innovatsion faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini, uning ko‘lami va miqdorini
belgilovchi omillar, birinchi navbatda, korxonaning ilmiy-tadqiqot darajasi, korxonaning
texnikaviy darajasi, innovatsiyalar natijaviyligi darajasi, innovatsiyalarning turmush
darajasiga ta’siri va ehtimoliy innovatsion salohiyat darajasi kabi me’zon ko‘rsatkichlardan
foydalangan holda aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi (1-jadval) .
Mazkur jadvaldan kelib chiqqan holda avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi
korxonalarining innovatsion salohiyati tarkibiy qismlari sifatida korxonaning ilmiy-tadqiqot
darajasi asosida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ishchi va xodimlar ko‘rsatkichi, ilmiy
darajaga ega ishchi va xodimlar va ilmiy tadqiqot ishlari ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
Korxonaning texnikaviy darajasini aniqlashda asosiy fondlarning yaroqlilik
koeffitsiyenti, asosiy fondlarning qoldiq ko‘rsatkichilari, asosiy fondlarning yangilanish,
innovatsiyalarga qilingan xarajatlar hamda amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun qilingan
xarajatlar koeffitsiyentlari aniqlanadi.
Innovatsiyalar natijaviyligi darajasini aniqlashda innovatsiyalarga kiritilgan
investitsiyalar hajmi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarda innovatsion
mahsulotlarning ulushi o‘rganiladi. Innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri
ko‘rsatkichini aniqlashda har bir ishchi-xodimga to‘g‘ri keluvchi innovatsion tovar va
xizmatlar miqdori o‘rganilsa ehtimoliy innovatsion salohiyat darajasini aniqlashda o‘rtacha
kvadratik chetlanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
1-jadval
Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati
tarkibiy qismlarini aniqlashga bo‘lgan yondashuv
1
№
Ko‘rsatkichl
ar
Formula
Izoh
1
H
isob
lash y
ond
ashuv
i
Korxonaning
ilmiy-
tadqiqot
darajasi
If.u=Ii.f./ I
If.u-
ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
ishchi va xodimlar ulushi;
Ii.f.-
ilmiy faoliyat
bilan shug‘ullanuvchi ishchi va xodimlar soni.
2
Ii.u=Ii.d./I
Ii.u-
ilmiy darajaga ega ishchi va xodimlar
ulushi;
If.u-
ilmiy darajaga ega ishchi va xodimlar
soni;
Ii.f.-
ilmiy darajaga ega ishchi va xodimlar
soni.
3
Ti.u=Ti.i/H
Ti.u-
ilmiy tadqiqot ishlari ulushi;
Ti.i-
ilmiy tadqiqot ishlari soni;
H-
jami ishlab chiqarish soni.
4
Korxonaning
texnikaviy
darajasi
Kya=Qk/Qb
Kya
-asosiy fondlarning yaroqlilik
koeffitsiyenti;
Qk
-asosiy fondlarning qoldiq
ko‘rsatkichi;
Qb
-asosiy fondlarning
boshlang‘ich ko‘rsatkichi
5
Qk=Ab-Ay
Qk
-asosiy fondlarning qoldiq ko‘rsatkichi;
Ab
-amortizatsiya ajratmalarining
boshlang‘ich qiymati;
Ay-
amortizatsiya
ajratmalarining yig‘ilgan qiymati.
6
Aya=Ak/Ao
Aya
-asosiy fondlarning yangilanish
koeffitsiyenti;
Ak-
asosiy fondlarning kiritilish
qiymati;
Ao
-asosiy fondlarning davr oxiridagi
qiymati.
7
Xi.k=Xt.i/Xa.i
Xi.k-
Innovatsiyalarga qilingan xarajatlar
koeffitsiyenti;
Xt.i-
texnik innovatsiyalarga
1
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
98
qilingan xarajatlar;
Xa.i-
jami amaliy
tadqiqotlar va ishlanmalar uchun qilingan
xarajatlar.
8
Xa.k=Xa.i/Xj
Xa.k
-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar
uchun qilingan xarajatlar koeffitsiyenti;
Xa.i-
jami amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun
qilingan xarajatlar;
Xj-
jami qilingan xarajatlar.
9
Innovatsiyala
r natijaviyligi
darajasi
Iu=Ih/
I.h
Iu-
innovatsiyalarga kiritilgan investitsiyalar
ulushi;
Ih-
kiritilgan investitsiyalar hajmi;
I.h-
ishlab chiqarish hajmi
.
10
Im.u=Im/Mya
Im.u-
yaratilgan mahsulot va xizmatlarda
innovatsion mahsulotlarning ulushi;
Im
-innovatsion mahsulotlar miqdori;
Mya-
jami yaratilgan mahsulot va xizmatlar
.
11
Innovatsiyala
rning
turmush
darajasiga
ta’siri
Xi.t=It.x/I
Xi.t-
har bir xodimga to‘g‘ri keluvchi
innovatsion tovar va xizmatlar ulushi;
It.x-
innovatsion tovarlar va xizmatlar
miqdori.
12
H
isob
lash y
ond
ashuv
i
Ehtimoliy
innovatsion
salohiyat
darajasi
(koeffitsiyent
i)
IMi
=(M1.2/M1.1+
M2.2/M2.1 ...+
Mn.2/Mn.1)/n
IM
n
- ehtimoliy innovatsion salohiyat
koeffitsiyenti;
Mn.1-
manfaat miqdori;
n- manfaatlar soni.
Mazkur jadval tahlilidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, avtomobil yo‘l qurilishi
tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati iqtisodiy salohiyatning tarkibiy qismi
bo‘lib, unda mazkur korxonaning ilmiy-tadqiqot, korxonada yaratilgan ilmiy-tadqiqot
loyihalari, intellektual mulk obektlari, korxonaning nomoddiy aktivlari hajmini intellektual
faoliyat natijalari sifatida aks ettirishi nazarda tutiladi.
Bundan tashqari korxonaning innovatsion salohiyati tarkibi sifatida korxonaning ilmiy-
tadqiqot salohiyati, korxonaning texnikaviy salohiyati, innovatsiyalar natijaviyligi salohiyati
va innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyati sifatida baholanishi maqsadga
muvofiqligi asoslangan. Yuqori rahbariyatning barcha bo‘limlar va bo‘linmalari muammosiz
ishlashi va innovatsion faoliyat natijasi imkon qadar samarali bo‘lishi uchun xodimlarga ta’sir
o‘tkazish qobiliyati ham korxona uchun yuqori qadriyat hisoblanadi. Biroq, korxonaning
texnikaviy salohiyati ham talab darajasiga javob bersagina korxona o‘z imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanishga erishishi mumkin bo‘ladi. Gap birinchi navbatda korxonaning innovatsiyalarga
texnik tayyorgarligi, jumladan, asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti, asosiy fondlarning
qoldiq ko‘rsatkichi, asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti, innovatsiyalarga qilingan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
99
xarajatlar koeffitsiyenti, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun qilingan xarajatlar
koeffitsiyentini aniqlash haqida bormoqda.
Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsiyalar natijaviyligi
salohiyati masalasida korxonaning innovatsiyalarga kiritilgan investitsiyalari ulushi va
yaratilgan mahsulot va xizmatlarda innovatsion mahsulotlarning ulushlari haqida gap boradi.
Innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyati esa har bir xodimga to‘g‘ri keluvchi
innovatsion tovar va xizmatlar ulushini aniqlash imkonini beradi. Bunda yana bir jihatga
alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladiki, korxonaning iqtisodiy salohiyatini tashkil etuvchi
innovatsion salohiyat boshqa salohiyat turlaridan ham aynan korxonadagi innovatsion
faoliyat darajasini aniqlash imkonini beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan inovatsion salohiyat tarkibiy qismlari orqali avtomobil yo‘l
qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyatini baholash mumkin bo‘ladi. Natija
ko‘rinishida barcha omillarning o‘rtacha integral ko‘rsatkichlarini hosil qilish orqali
aniqlanadi. Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati integral
koeffitsiyentini quyidagi formula bo‘yicha aniqlashni taklif etamiz.
INsqk =(ITs* Its*Ins*Itds*
IMi)
1/5
Bu yerda:
INsqk – avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasi innovatsion salohiyati
koeffitsiyenti;
ITs – Korxonaning ilmiy-tadqiqot salohiyati koeffitsiyenti;
Its – Korxonaning texnikaviy salohiyati koeffitsiyenti;
Ins – Innovatsiyalar n
tijaviyligi salohiyati koeffitsiyenti;
Itds–Innovatsiyalarning turmush darajasiga ta’siri salohiyati koeffitsiyenti:
Imi– Ehtimoliy innovatsion salohiyat koeffitsiyenti.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish zarurati keng ko‘lamli texnologik va
tashkiliy o‘zgarishlarni, uning innovatsion faolligini oshirish masalalarini hal qilishni talab
qiladi. O‘zbekistonda avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini
boshqarishda innovatsion salohiyatni oshirish masalasi xo‘jalik yurituvchi korxonalar oldida
turgan dolzarb vazifalardan biridir, chunki qurilish sanoat korxonalarining iqtisodiy
rivojlanishida innovatsion salohityaning beqiyosdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va
komplekslari o‘sishining drayveri bo‘lgan korxonaning innovatsion rivojlanishi, innovatsion
strategiyani amalga oshirishga qaratilgan jarayonni nazarda tutadi, bu esa barqaror
raqobatdosh ustunlikni shakllantirishga yordam beradi. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning
innovatsion rivojlanishini tahlil qilish innovatsion salohiyatni oshirishga ta’sir etuvchi
omillarni, shuningdek, innovatsion rivojlanishini ta’minlaydigan resurslarni tadqiq etishga
asoslanadi.
Mazkur maqolada avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonalari faoliyatida
innovatsion faoliyatni rivojlantirishning eng muhim mezoni sifatida «innovatsion salohiyat»ga
oid tushunchalar tadqiq etildi va innovatsion salohiyatni baholashga bo‘lgan turli yondashular
tahlil qilib chiqildi.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi
korxonalarini iqtisodiy salohiyatini boshqarish iqtisodiy salohiyat tarkibidagi barcha
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
100
salohiyat turlarini samarali rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, muvofiqlashtirish va
shu kabi vazifalarni uzlksiz tashkil etish orqali amalga oshiriladi. O‘z navbatida avtomobil yo‘l
qurilishi tadbirkorligi korxonalarini iqtisodiy salohiyatini boshqarish ham iqtisodiy salohiyat
tarkibidagi barcha salohiyat turlarining o‘zaro ta’siri qanchalik to‘g‘ri va samarali tashkil
etilishiga bog‘liq. Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonalari faoliyatida innovatsion
jarayon va faoliyatni uzluksiz tashkil etish, yangi g‘oya va takliflarni izlab topish va ishlab
chiqarishga joriy etish korxonaning innovatsion salohiyatini oshirishning asosiy omilidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Фомченкова Л.В. Формирование и реализация инновационного потенциала
промышленного предприятия // Российское предпринимательство. – 2005. – № 8.
2.
Westley F., Mintzberg H. Visionary leadership and strategic management // Strategic
Management Journal. – 2005. – p. 32.
3.
Oslo Manual. Guidelines for Collecting and Interpreting Innovation Data. 3rd edition. A
Joint Publication of OECD and Eurostat. OECD/EC, 2005. 192.
4.
Николаев А. Инновационное развитие и инновационная культура // Проблемы
теории и практики управления. – 2011. – № 2. – c. 57-63.
5.
Искандаров Э.Б., “Ўзбекистон қурилиш саноати корхоналарида барқарор
инновацион ривожланишни таъминлаш” мавзусидаги 08.00.03-Саноат иқтисодиёти
ихтисослиги бўйича иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси автореферати. 2022 й. б-13.
6.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE
SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
7.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE
THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. –
2024. – Т. 49. – С. 167-174.
8.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL
TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89
9.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER
COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131
10.
SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR
IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL
ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277
11.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI TSI PROGRESSIVE DEVELOPMENT OF THE
RETAIL SERVICES MARKET IN UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary
Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 593-600.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
101
12.
EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S., OGLI J. A. E. F. PROBLEMS OF SMALL
BUSINESS DEVELOPMENT IN THE SERVICE SECTOR IN A MARKET ECONOMY //Web of
Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 609-613.
13.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. RUSLANOVICH BA THE LATEST SOCIAL
TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary
Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 585-592.
14.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI KDS THE ROLE OF FOREIGN INVESTMENT
IN MODERNIZATION OF ECONOMY OF UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 601-608.
15.
NODIROVNA M. S. et al. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING
THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR: PROS AND CONS //Excellencia: International
Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 238-247.
16.
EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S. OGLI UAA WAYS TO INCREASE RESOURCE
EFFICIENCY AT SERVICE ENTERPRISES //Excellencia: International Multidisciplinary Journal
of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 290-295
17.
SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF
PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET
OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.
18.
NODIROVNA M. S. et al. INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web
of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 304-312.
19.
BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE
CONCEPTS
OF
INNOVATION,
INNOVATION
ACTIVITY
AND
INNOVATION
ENTREPRENEURSHIP. – 2023.
20.
Nodirovna M. S. NOVELTY OF BANKING SERVICES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
//The Journal of Economics, Finance and Innovation. – 2023. – С. 620-628.
21.
Nodirovna M. S. Developing Rural Services and Increasing the Living Standards of the
Population in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 653-
661