Авторы

  • Baxora Sadinova
    TDIU Samarqand filialining mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.81537

Ключевые слова:

tadbirkorlik salohiyat moliya kadr texnologik avtomobil iqtisodiy intelektual tashkiliy nomoddiy omil bandlik infrastruktura innovatsiya investitsiya.

Аннотация

Innovatsion faoliyatini  taraqqiyotning asosiy omili sifatida qarash, ilm-fan, ishlab chiqarish, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish avtomobil yo‘l qurilishi korxonalarning iqtisodiy va innovatsion rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Innovatsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda muallif maqolada avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik  korxonasi resurslarining  innovatsion salohiyat tarkibini ishlab chiqqan va unga  natijaviylik  bo‘yicha yondashuvlarni izohini keltirgan .


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

AVTOMOBIL YO‘L QURILISHI TADBIRKORLIK KORXONASI

RESURSLARINING INNOVATSION SALOHIYAT TARKIBI VA UNGA

NATIJAVIYLIK BO‘YICHA YONDASHUV

Sadinova Baxora Boymurzoyevna

TDIU Samarqand filialining mustaqil tadqiqotchisi

Muallifning elektron manzili: sadinovabaxora837@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15294125

Annotatsiya.

Innovatsion faoliyatini taraqqiyotning asosiy omili sifatida qarash, ilm-

fan, ishlab chiqarish, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish avtomobil yo‘l
qurilishi korxonalarning iqtisodiy va innovatsion rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Innovatsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda muallif maqolada avtomobil
yo‘l qurilishi tadbirkorlik korxonasi resurslarining innovatsion salohiyat tarkibini ishlab
chiqqan va unga natijaviylik bo‘yicha yondashuvlarni izohini keltirgan .

Kalit so‘zlar:

tadbirkorlik,

salohiyat,

moliya, kadr, texnologik,

avtomobil, iqtisodiy,

intelektual, tashkiliy, nomoddiy, omil, bandlik, infrastruktura, innovatsiya, investitsiya.

Аннотация:

Рассмотрение инновационной деятельности как основного фактора

развития, налаживание связей между наукой, производством, образованием и важным
становится в экономическом и инновационном развитии предприятий дорожного
строительства. Исходя из значимости инноваций, в статье автор разработал состав
инновационного потенциала ресурсов дорожно-строительного предприятия и
объяснил подходы к нему с точки зрения эффективности.

Ключевые слова:

предпринимательство, потенциал, финансы, персонал,

технологический,

автомобильный,

экономический,

интеллектуальный,

организационный, нематериальный, фактор, занятость, инфраструктура, инновации,
инвестиции.

Abstract:

Considering innovation activity as a key factor of development, the

organization of relations between science, production, education and society is of great
importance in the economic and innovative development of road construction enterprises.
Based on the importance of innovations, the author in the article developed the structure of
the innovative potential of the resources of a road construction entrepreneurial enterprise
and explained the approaches to its effectiveness.

Key words:

entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile,

economic, intellectual, organizational, intangible, factor, employment, infrastructure,
innovation, investment.

Kirish.

Globallashuv va integratsiya jarayonlari, raqobat qoidalarining keskinlashuvi,

geosiyosiy o‘zgarishlar va jahon iqtisodiy makonida ishlab chiqarish hamda texnologik
kuchlarning qayta taqsimlanishi uning barcha ishtirokchilari oldiga o‘z pozitsiyalarini saqlab
qolish va rivojlantirish zaruratini qo‘ymoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlari, shu
jumladan, korxonalarning innovatsion faoliyatini ushbu taraqqiyotning asosiy omili sifatida
qarash, ilm-fan, ishlab chiqarish, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish
korxonalarning iqtisodiy va innovatsion rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

boisdan innovatsion salohiyat samaradorligini oshirishning fundamental va amaliy jihatlarini
o‘rganish katta e’tibor qaratilayotgan asosiy masala sanaladi.

Shunday bo‘lsada xo‘jalik yurituvchi korxonalarning innovatsion faoliyati va innovatsion

salohiyatni boshqarish bilan bog‘liq masalalar hali ham munozarali bo‘lib qolmoqda. Shu
o‘rinda aytish lozimki, Ye.A.Lapteva ta’rifi bilan aytganda, innovatsion jarayonlar iqtisodiy
tizimning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan korxonaning modernizatsiya va yangilanish qobiliyatini ochib
beruvchi, texnik yetakchilik va ustunligini belgilaydigan innovatsion salohiyatidir. Innovatsiya
nazariyasida uning tarkibiy qismlari sifatida uch turini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular
umumiy innovatsion salohiyat: resurs, ishlab chiqarish va ichki salohiyat iqtisodiy kategoriya
sifatida namoyon bo‘ladi [1].

Asosiy qism.

Mamlakatimizda innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha haqiqiy harakat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2018 yildagi PQ-3682-sonli “Innovatsion
g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori bo‘lib, unda “Ilmiy va amaliy
tadqiqotlar natijalarini va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash jarayonlariga nou-xauning keng joriy etilishi, bu borada ilmiy tashkilotlar va real
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik mamlakatning jadal
innovatsion rivojlanishidagi eng muhim omil hisoblanadi” deb ta’kidlab o‘tilgan.

Innovatsiya nazariyasining asoschisi bo‘lib avstriyalik olim Y.Shumpeter hisoblanadi.

1911 yilda u radikal texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish iqtisodiy tanazzulni jadal
yengish uchun imkoniyatlar yaratishini asoslab bergan. Keyinchalik, XX asrning 30-yillarida
olim “innovatsiya” tushunchasini ilm sohasiga kiritdi.

MDH olimlaridan V.A.Balukova, I.A. Sadchikov, V.YE.Somovlar innovatsiyani ixtirodan

foydalanish jarayoni deb hisoblaydilar [2]. I.T.Balabanovning ishlarida innovatsiya
tushunchasi natija sifatida o‘rganiladi. Shu bilan birga, adabiyotlarni tahlili natijasida uning
paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida olimlarning turli xil yondoshuvlari mavjudligini ko‘rsatadi
[3].

Mahalliy olimlardan I.Abdurahmonovning fikriga ko‘ra, “Ilm mablag‘ga aylansa, ana shu

innovatsiya”[4] deb ta’riflaydi.

Mahalliy iqtisodchi olimlar SH.N.Zaynutdinov, D.Shodiyeva, I.S.Xotamov, M.Rasulov,

A.E.Norov, G.P.G‘ulomovalar [5] o‘zlarining ilmiy izlanishlarida sanoat korxonalarida
innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirish borasida inson omili, kadrlarning o‘rni
hamda innovatsion ishlanmalardan foydalanishga oid yondashuvlarni aks ettirganlar.

Innovatsion rivojlanish nazariyasini tahlil qilish turli ilmiy maktablarning rivojlanishiga

qo‘shgan hissasini kuzatish imkonini beradi. Dastlabki bosqichda innovatsiyalar
nazariyasining fundamental asoslari shakllantirildi, ularning mehnat unumdorligini
oshirishdagi ahamiyati asoslab berildi (merkantilistlar - A. Monkretyen, T. Men, A. L. Ordin-
Nashekin, I.T.Pososhkov va boshqalar [6]; fiziokratlar - F.Kene, A.Tyurgo, C.Bodo, I.Tyunen va
boshqalar [7]. Innovatsiya nazariyasi bo‘yicha keyingi rivojlanish bosqichi innovatsiyani
iqtisodiy o‘sish omili sifatida ko‘rib chiqish, bilimlarning ahamiyatini anglash, mahsulot
yaratish jarayonida davlatning vazifalarini aniqlash bilan bog‘liq (klassik maktab: R.
Kantilyon, A. Smit, D. Rikardo va boshqalar [8]).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

89

Innovatsion rivojlanishning zamonaviy nazariyasining shakllanishi “bir qancha

nazariyalarni (iqtisodiy rivojlanish, innovatsiya, tadbirkorlik) sintez qilish va tadqiqot obekti
va predmetini har tomonlama tahlil qilish, metodologik va uslubiy apparatni diversifikatsiya
qilishni yanada takomillashtirish” bilan bog‘liq [9]. Innovatsiyalarning paydo bo‘lish
manbalari va sabablarini asoslash, bu jarayonda davlat va institutlarning rolini aniqlash
imkonini beradigan nazariyalar shakllantirilmoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish uchun

mustahkam zamin yaratildi, kimyo, energetika, biologiya, ta’lim, tibbiyot, elektronika, qishloq
xo‘jaligi fanlari va boshqa sohalarda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonlik olimlar iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi

bo‘yicha faol ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. A.SH.Bekmurodov, B.B.Berkinov,
N.Q.Yuldashev, B.K. G‘oyibnazarov va boshqalar shular qatoridadir. SH.N.Zaynutdinov va
R.I.Nurimbetovlarning qurilish materiallari sanoatining innovatsion rivojlanishini o‘rgangan
tadqiqotlari alohida qiziqish uyg‘otadi.

Shunday qilib, innovatsion salohitni aniqlashda resursli yondashuv tarafdorlari

S.N.Yashin, N.A.Murashova va S.D.Karlinalar1 mavjud resurslar salohiyatini, shu jumladan
kadrlar, texnologik, moliyaviy va ilmiy-tarkibiy qismlarni umumlashtirish zarur deb
hisoblaydilar. Ushbu yondashuv shuni ko‘rsatadiki, korxonaning innovatsion salohiyati
innovatsiyalarni aniqlaydigan moddiy va nomoddiy resurslardan iborat deb baholanadi.
Bunday yondashuv "innovatsiya" atamasining o‘zi paydo bo‘lgan davrda ancha keng tarqalgan
edi. Mazkur yondashuvga ko‘ra avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik korxonasining
innovatsion salohiyati 1-rasmda keltirilgan salohiyat turlarini o‘z ichiga olidi. Bu salohiyat
turlari o‘z navbatida kadrlar salohiyati, texnologik salohiyat, moliyaviy salohiyat va ilmiy
salohiyat turlaridir (1-rasm). Bizning nazarimizda bunday yondashuv korxonadagi
innovatsion rivojlanganlik holati ya’ni innovatsion salohiyat darajasini baholash imkonini
beradi, lekin bunday yondashuv korxonaning innovatsion rivojlanganlik darajasini to‘liq aks
ettiraolmaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu sohada yanada ko‘proq tadqiqotlar olib borishni
talab etai.

Korxonaning innovatsion salohiyatini aniqlashda navbatdagi yondashuv sifatida aytish

mumkinki, ko‘p miqdordagi zaxiralarga ega va innovatsion salohiyati past korxonalar
mavjudligi va aksincha, innovatsion salohiyati yuqori bo‘lgan hamda mavjud zaxiralari kam
bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Navbatdagi yondashuv mualliflari bo‘lgan
V.L.Gorbunov va P.G.Matveyevlar korxonaning innovatsion salohiyatini quyidagicha
tavsiflaydilar (2.-rasm). Ular korxonaning innovatsion salohiyatini korxonaning innovatsion
faoliyati bo‘yicha tavsiflaydilar. Bunda korxonaning innovatsion faoliyati olingan patentlar,
nomoddiy aktivlar, intelektual mulk obektlari, zamonaviy texnolgiyalar bilan ta’minlanganlik
va intelektual salohiyat turlarini o‘z ichiga oladi. Ammo, bizningcha bunday yondashuv bir
qancha kamchiliklarga ega va bunda korxona innovatsion salohiyati faqatgina mavjud
holatgagina aoslanishidir.


1

A.SH.Bekmurodov, B.B.Berkinov, N.Q.Yuldashev, B.K. G‘oyibnazarov


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

1-rasm. Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik

korxonasidagi mavjud resurslari

bo‘yicha innovatsion salohiyat tarkibi.

Iqtisodchi olim B.Lisinning fikriga ko‘ra, innovatsion salohiyat maqsadlarga erishish

uchun harakatga keltirilishi mumkin bo‘lgan to‘plangan resurslarning foydalanilmagan, kam
foydalanilgan, yashirin imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Bizning fikrimizcha, bunday ta’rif
innovatsion salohiyatning mohiyati va tuzilishini tushunishdagi noaniqlikni keltirib chiqaradi.

Korxonaning innovatsion salohiyatini natijaviylik bo‘yicha aniqlash yondashuvi

tarafdorlari bo‘lgan J.A.Mingaleva va I.I.Platinyuklar korxonaning innovatsion faoliyat
samaradorligi ko‘rsatkichlarini innovatsion salohiyat natijasi sifatida talqin qiladilar. Ammo
shuni ta’kidlash kerakki, korxonaning innovatsion faoliyati natijasi har doim ham innovatsion
salohiyatning ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘laolmaydi.

2-rasm. Avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik

korxonasining innovatsion salohiyat

tarkibiga samaradorlik bo‘yicha yondashuv.

Navbatdagi yondashuv korxonaning innovatsion salohiyatini ichki imkoniyatlarga

asoslangan holda shakllantirishga asoslanadi. Bunday yondashuv tarafdorlari A.N.Plotnikov
va S.N.Litoninskiylar bo‘lib ushbu yondashuvga ko‘ra korxonaning innovatsion salohiyati
uning mohiyati, innovatsion faoliyatni kengaytirish imkoniyati sifatida talqin qilinadi. Unga
ko‘ra ushbu yondashuv nafaqat ma’lum zaxiralar yoki erishilgan natijalar yig‘indisi sifatida,,
balki jarayonlar va ushbu jarayonlarning o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatini ham aks
ettiradi (3-rasm).

Avtomobil yo‘l qurilishi korxonasining innovatsion salohiyati

Kadrlar salohiyati

Texnologik salohiyat

Moliyaviy salohiyat

Ilmiy salohiyat

Avtomobil yo‘l qurilishi korxonasining innovatsion salohiyati

Korxonaning innovatsion faoliyati

Patent
samara-
dorligi

Intel-

lektual

salohiyat

Nomoddiy

aktivlar

Zamonaviy

texnologiyala

r bilan

ta’minlan

-

ganlik

Intelektual

mulk

obyektlari


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

91

Xulosa.

Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik korxonasidagi

innovatsion salohiyat, jumladan korxonaning innovatsion salohiyati kategoriyasiga turli
olimlar tomonidan bo‘lag yondashuvlar biz tomondan tahlil qilindi.

Bugungi kunda avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik korxonasidagi

innovatsion

salohiyatni aniqlashda turli ta’riflar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga innovatsion salohiyat
iqtisodiy salohiyatning bir qismi sifatida takror ishlab chiqarish jarayoni uchun umumiy
shart-sharoitlarni, iqtisodiy o‘sish va rivojlanish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratishga
yordam beruvchi va uning iqtisodiy mohiyatini belgilaydigan muhim xususiyati sifatida
ta’riflovchi olimlar ham mavjud.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гилева Т.А., Низаев А.Р. Инновационный потенциал предприятия: структура,

оценка, формирование // Актуальные вопросы управления в социальных и
экономических системах: Межвузовский сборник научных трудов. Ч. II. Уфа, 2006. – c.
213-218.
2.

Балукова, В.А. Управление инновационными процессами на предприятиях

химической и нефтехимической промышленности [Текст]/ В.А.Балукова, И.А.Садчиков,
В.Е. Сомов. – СПб.: СПбГИЭУ, 2003. – 147 с.
3.

Балабанов, И.Т. Инновационный менеджмент [Текст] – СПб.:Питер, 2001. – 304 с.

4.

https://kun.uz/Инновацион ривожланиш вазири билан эксклюзив суҳбат

5.

Зайнуддинов Ш.Н., Расулов Н.М. Инновацион

менеджмент (дарслик). ¬Т.:

“Инновацион ривожланиш нашриёт ¬матба уйи”, 2020. Б.540.;
6.

Шодиева Д. Миллий иқтисодиётнинг

инновацион ривожланишини

инвестициялашнинг назарий асосларини такомиллаштириш. (PhD) дисс. автореф. ¬
Т.:2020. ¬ Б.58;
7.

Расулов Н.М. Корпоратив тузилмаларда инновацион жараёнларни стратегик

бошқариш услубиётини такомиллаштириш: (DSc) дисс. автореф. – Т.:2021, Б.81;
8.

Норов А.Э. Инновацион фаолият ва унинг

натижаларини

тижоратлаштиришнинг назарий ва услубий асослари “Iqtisodiyot va

innovatsion

texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. №1, 2020 yil.;
9.

Ғуломова Г.П. Инновацион фаолият инфратузилмасини шакллантириш ишлаб

чиқаришни модернизациялаш омили сифатида // Экономика и финансы
(Узбекистан). 2016. №7
10.

Посошков, И.Т. Книга о скудости и богатстве и другие сочинения [Текст] /

И.Т.Посошков; ред. и коммент. Б.Б.Кафенгауза; ред. изд-ва В.Р.Швейковская; худож. И.Ф.
Рерберг. - М.: Изд-во АН СССР, 1951. – 411 с
11.

Кенэ, Ф. Физиократы: избранные экономические произведения [Текст] / Ф.Кенэ,

А.Р.Ж.Тюрго, П.С.Дюпон де Немур; [предисл. П.Н.Клюкин; пер. с франц., англ., нем.]. - М.:
Эксмо, 2008. – 1200 с


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

92

12.

Смит, А. Исследование о природе и причинах богатства народов [Текст] / А.Смит: в

2 т. – М.: Наука, 1993. – 570 с.
13.

Теребова, С.В. Роль трансфера и коммерциализации научных разработок в

инновационном развитии территорий [Текст]/С.В.Теребова//Проблемы развития
территорий. – 2015. – №6. – С. 7
14.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE

SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
15.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE

THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. –
2024. – Т. 49. – С. 167-174.
16.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL

TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89
17.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER

COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131
18.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR

IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL
ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277
19.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI TSI PROGRESSIVE DEVELOPMENT OF THE

RETAIL SERVICES MARKET IN UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary
Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 593-600.
20.

EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S., OGLI J. A. E. F. PROBLEMS OF SMALL

BUSINESS DEVELOPMENT IN THE SERVICE SECTOR IN A MARKET ECONOMY //Web of
Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 609-613.
21.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. RUSLANOVICH BA THE LATEST SOCIAL

TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary
Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 585-592.
22.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI KDS THE ROLE OF FOREIGN INVESTMENT

IN MODERNIZATION OF ECONOMY OF UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 601-608.
23.

NODIROVNA M. S. et al. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING

THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR: PROS AND CONS //Excellencia: International
Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 238-247.
24.

EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S. OGLI UAA WAYS TO INCREASE RESOURCE

EFFICIENCY AT SERVICE ENTERPRISES //Excellencia: International Multidisciplinary Journal
of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 290-295
25.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF

PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET
OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

93

26.

NODIROVNA M. S. et al. INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web

of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 304-312.
27.

BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE

CONCEPTS

OF

INNOVATION,

INNOVATION

ACTIVITY

AND

INNOVATION

ENTREPRENEURSHIP. – 2023.
28.

Nodirovna M. S. NOVELTY OF BANKING SERVICES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

//The Journal of Economics, Finance and Innovation. – 2023. – С. 620-628.
29.

Nodirovna M. S. Developing Rural Services and Increasing the Living Standards of the

Population in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 653-
661.

Библиографические ссылки

Гилева Т.А., Низаев А.Р. Инновационный потенциал предприятия: структура, оценка, формирование // Актуальные вопросы управления в социальных и экономических системах: Межвузовский сборник научных трудов. Ч. II. Уфа, 2006. – c. 213-218.

Балукова, В.А. Управление инновационными процессами на предприятиях химической и нефтехимической промышленности [Текст]/ В.А.Балукова, И.А.Садчиков, В.Е. Сомов. – СПб.: СПбГИЭУ, 2003. – 147 с.

Балабанов, И.Т. Инновационный менеджмент [Текст] – СПб.:Питер, 2001. – 304 с.

https://kun.uz/Инновацион ривожланиш вазири билан эксклюзив суҳбат

Зайнуддинов Ш.Н., Расулов Н.М. Инновацион менеджмент (дарслик). ¬Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт ¬матба уйи”, 2020. Б.540.;

Шодиева Д. Миллий иқтисодиётнинг инновацион ривожланишини инвестициялашнинг назарий асосларини такомиллаштириш. (PhD) дисс. автореф. ¬ Т.:2020. ¬ Б.58;

Расулов Н.М. Корпоратив тузилмаларда инновацион жараёнларни стратегик бошқариш услубиётини такомиллаштириш: (DSc) дисс. автореф. – Т.:2021, Б.81;

Норов А.Э. Инновацион фаолият ва унинг натижаларини тижоратлаштиришнинг назарий ва услубий асослари “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. №1, 2020 yil.;

Ғуломова Г.П. Инновацион фаолият инфратузилмасини шакллантириш ишлаб чиқаришни модернизациялаш омили сифатида // Экономика и финансы (Узбекистан). 2016. №7

Посошков, И.Т. Книга о скудости и богатстве и другие сочинения [Текст] / И.Т.Посошков; ред. и коммент. Б.Б.Кафенгауза; ред. изд-ва В.Р.Швейковская; худож. И.Ф. Рерберг. - М.: Изд-во АН СССР, 1951. – 411 с

Кенэ, Ф. Физиократы: избранные экономические произведения [Текст] / Ф.Кенэ, А.Р.Ж.Тюрго, П.С.Дюпон де Немур; [предисл. П.Н.Клюкин; пер. с франц., англ., нем.]. - М.: Эксмо, 2008. – 1200 с

Смит, А. Исследование о природе и причинах богатства народов [Текст] / А.Смит: в 2 т. – М.: Наука, 1993. – 570 с.

Теребова, С.В. Роль трансфера и коммерциализации научных разработок в инновационном развитии территорий [Текст]/С.В.Теребова//Проблемы развития территорий. – 2015. – №6. – С. 7

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 49. – С. 167-174.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI TSI PROGRESSIVE DEVELOPMENT OF THE RETAIL SERVICES MARKET IN UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 593-600.

EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S., OGLI J. A. E. F. PROBLEMS OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT IN THE SERVICE SECTOR IN A MARKET ECONOMY //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 609-613.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. RUSLANOVICH BA THE LATEST SOCIAL TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 585-592.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI KDS THE ROLE OF FOREIGN INVESTMENT IN MODERNIZATION OF ECONOMY OF UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 601-608.

NODIROVNA M. S. et al. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR: PROS AND CONS //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 238-247.

EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S. OGLI UAA WAYS TO INCREASE RESOURCE EFFICIENCY AT SERVICE ENTERPRISES //Excellencia: International Multidisciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 290-295

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.

NODIROVNA M. S. et al. INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 304-312.

BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE CONCEPTS OF INNOVATION, INNOVATION ACTIVITY AND INNOVATION ENTREPRENEURSHIP. – 2023.

Nodirovna M. S. NOVELTY OF BANKING SERVICES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //The Journal of Economics, Finance and Innovation. – 2023. – С. 620-628.

Nodirovna M. S. Developing Rural Services and Increasing the Living Standards of the Population in the Republic of Uzbekistan //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 35. – С. 653-661.