ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI SIFATIDAGI O‘RGANISHLAR
Azimov Adhamjon
FaDU Sport faoliyai kafedrasi katta o`qituvchisi,
Kurash bo`yicha xalqaro toifadagi hakam
Nosirov Husanboy
Sport faoliyati( Kurash ) yo`nalishi 24.48-guruh talabasi
Farg`ona davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15307678
Annotatsiya.
Mazkur maqola Amir Temur faoliyatini buyuk davlat arbobi va strateg
sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uning davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishdagi
o‘ziga xos yondashuvlari, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlari, hamda adolatli siyosati tahlil
qilinadi. Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi muvaffaqiyati, uning kuchli tashkilotchilik
qobiliyati, aniq maqsad sari intilishi va harbiy strategik fikrlash qobiliyatlari bilan bog‘liq
ekanligi asoslanadi. Ushbu tadqiqot Amir Temurning dunyo tarixidagi o‘rnini chuqurroq
anglashga, uning rahbarlik san’ati va boshqaruv tizimidan saboq olishga imkon beradi. Maqola
tarixchilar, siyosatshunoslar, talaba va o‘quvchilar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
davlat arbobi, ma’rifat, muqaddas siymolar, vatan himoyachisi, saodat.
Аннотация.
Данная статья посвящена изучению деятельности Амира Темура как
великого государственного деятеля и стратега. В нем анализируются его конкретные
подходы к формированию системы государственного управления, социальные и
экономические реформы, а также его справедливая политика. Успех Амира Тимура как
государственного
деятеля
обусловлен
его
сильными
организаторскими
способностями, стремлением к конкретной цели и способностями к военно-
стратегическому мышлению. Это исследование позволит глубже понять место Амира
Темура в мировой истории, извлечь уроки из его лидерского искусства и системы
управления. Статья имеет научное и практическое значение для историков,
политологов, студентов и читателей.
Ключевые слова:
государственный деятель, просвещение, святые фигуры,
защитник Отечества, блаженство.
Abstract.
This article is devoted to the study of the activities of Amir Temur as a great
statesman and strategist. It analyzes his unique approaches to the formation of the state
administration system, social and economic reforms, and fair policies. It is based on the fact
that Amir Temur’s success as a statesman is associated with his strong organizational skills,
pursuit of a clear goal, and military strategic thinking skills. This study allows us to better
understand the place of Amir Temur in world history, to learn from his leadership and
management system. The article is of scientific and practical importance for historians,
political scientists, students and pupils.
Keywords:
statesman, enlightenment, sacred figures, defender of the homeland,
happiness.
Bugungi kunda vatanni asrash har bir insonning eng muhim burchlaridan biridir. Zero,
vatan bu hammani kindik qoni to‘kilgan, o‘sib ulg‘ayish hayot kechiradigan joyi va makonidir.
Qolaversa, bunday sharafli burchni bajarish uchun ulug‘ bobokalonlarimiz va ajdodlarimiz
ham tarixda ulkan ishlarni bajarib ketganlar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
Xalqimiz azaldan o‘zining mard va jasur o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Ajdodlarimiz
o‘zidan keyingi har bir avlodga yigit kishining eng oliy va muqaddas burchi avvalo Ona
tuproqni avaylash, uning sarhadlari daxlsizligini, tinchligini ta’minlashdan iboratligini bot-bot
eslatib, shu ruhda tarbiyalab kelgan.
Temurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda
(8.04.1336), oʻn ikki hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja
Ilgʻor qishlogʻida tulilgan. Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim
Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuzyillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini
kabi oʻz ikkilanishli qarashlarini oldinga surib keladi va bu shubhalanishiga sabab qilib
Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini
va uning davriga tegishli bir nechta manbalardagi voqealarda Temurbekning yoshi uning
1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi. Biroq birorta tarix kitoblarida
Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida bilgi umuman
uchramaydi.
Amir Temur mo‘g‘ullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni
falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va
uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu
sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tug‘luq Temurning yana bir raqibi -
qaynog‘asi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur mo‘g‘ullar bilan kurashish maqsadida
u bilan birlashib, ikkovlon kuch to‘plashga kirishadi. Dastlab ular Tug‘luq Temurxonning
farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal)
bilan jang qiladilar. So‘ngra 1362 yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik
Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda Amir Temur o‘ng kifti va
o‘ng oyog‘idan jarohatlandi.
Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari
bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida ular mo‘g‘ul qo‘shinlarini
Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar.
Biroq, Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y. ning bahorida
yana Turkiston ustiga qo‘shin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oralig‘ida ikki o‘rtada sodir
bo‘lgan jang tarixda “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati
oqibatida mag‘lubiyatga uchraydilar va o‘z qo‘shinlari bilan Amudaryo bo‘ylariga chekinib,
Balx viloyatida o‘rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo‘jand, Jizzax
va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi.
Samarqand o‘sha paytlarda katta qo‘shinga qarshilik ko‘rsata olmasdi. Shaharning na devori
va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi.
Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin mo‘g‘ullarga qarshi xalq ko‘tariladi,
sarbadorlar shahar mudofaasini o‘z qo‘llariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa
tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli
Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar.
Sarbadorlar Samarqand shahrida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab
Samarqandni, so‘ngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Sarbadorlarning mo‘g‘ullar ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan
Amir Temurga ham borib yetgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
141
Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazib, 1366 y. bahorida
Samarqandga yo‘l oldilar. Ular Konigita to‘xtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan
g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar.
Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrug‘i bilan
Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi.
Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazib, 1366 y. bahorida
Samarqandga yo‘l oldilar. Ular Konigita to‘xtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan
g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar.
Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrug‘i bilan
Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa
qilich bilan bajo keltirilur.
Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi
mingminglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
G‘anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning
kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri
bilandir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso
va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan
barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘y.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim
menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu
ikrom ko‘rsatdim.
Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala
qildimki, do‘stligi yana-da ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning
dushmanligi do‘stlikka aylandi.
Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan
tanishgan bo‘lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.
Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib,
jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.
Amir Temurning tarixiy ahamiyati:
1.
Geosiyosiy ta’sir: Amir Temur davlatining siyosiy tizimi va hududiy kengayishi Markaziy
Osiyoning xalqaro maydondagi rolini oshirdi.
2.
Madaniy meros: Uning boshchiligida yaratilgan me’moriy va madaniy yodgorliklar
hozirgacha saqlanib kelmoqda va jahon merosining ajralmas qismi hisoblanadi.
3.
Harbiy san’atga qo‘shgan hissasi: Amir Temurning strategik yondashuvlari bugungi
kunda ham o‘rganilmoqda.
Xulosa:
Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda, balki davlat arbobi sifatida ham dunyo
tarixida alohida o‘rin egallaydi. Uning faoliyati davlatchilik, harbiy strategiya va madaniy
taraqqiyotning ulkan yutug‘i sifatida qadrlanadi. Bugungi kunda Amir Temur merosi
O‘zbekiston va butun dunyo uchun muhim tarixiy va madaniy boylik hisoblanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг кадимги даврдан Россия босқинига
кадар. - T.: Шарк, 2001.
2.
Sagdullayev A. S. O‘zbekiston tarixi. - T.: VNESHINVESTPROM, 2019.
3.
G‘ulomov, A. "Amir Temur va Temuriylar davri". Toshkent, 2001.
4.
Klavixo, R. G. "Amir Temur saroyiga sayohat". Madrid, 1406.
5.
Akramov, X. "Markaziy Osiyo tarixi". Toshkent, 2010.