ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
10
YEVROBONDLAR VA ULARNING XALQARO MOLIYAVIY BOZORDAGI
BARQARORLIKKA TA’SIRI
Minnurov Bunyod Akmal o‘g‘li
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
“Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligi magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15388400
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bank-
moliya tizimini mustahkamlash va uning xalqaro moliyaviy bozorlar bilan integratsiyasini
chuqurlashtirishdan iboratdir. Milliy bank tizimini raqobatbardosh va barqaror qilish, uzoq
muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish, shu jumladan yevrobondlar kabi xalqaro moliyaviy
instrumentlardan foydalanish zarurati ushbu tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Banklar endi faqat moliyaviy xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilot emas, balki tadbirkorlik va iqtisodiy faollikni oshirishda muhim o‘rin
tutadigan mexanizmga aylanishi kerak”
.
Bu tamoyil banklarning moliyaviy resurslarni
diversifikatsiya qilishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Shu
nuqtayi nazardan, yevrobondlar xalqaro moliya bozorlaridan uzoq muddatli kapitalni jalb
qilishning samarali vositasi hisoblanadi. “2030-yil strategiyasi doirasida tijorat banklarining
xalqaro moliya bozorlaridagi ulushini oshirish va uzoq muddatli kapitalni jalb qilish vazifalari
belgilangan" hamda "Xalqaro moliyaviy instrumentlardan foydalanish mahalliy iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga xizmat qiladi" kabi fikrlar, aynan "O‘zbekiston — 2030" strategiyasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan.
1
Biroq, ushbu strategiyada iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha umumiy
maqsadlar belgilangan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, davlat ulushiga ega banklar aktivlarning 67,4% va kredit
portfelining 70,1% ini tashkil qiladi. Ammo ushbu banklarda 100 so‘mlik kreditga atigi 36 so‘m
depozit jalb qilingan. Xususiy banklarda esa bu ko‘rsatkich 83 so‘m ni tashkil etdi. Tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, davlat ulushiga ega banklar aktivlarning 67,4% va kredit portfelining 70,1%
ini tashkil qiladi. Ammo ushbu banklarda 100 so‘mlik kreditga atigi 36 so‘m depozit jalb
qilingan. Xususiy banklarda esa bu ko‘rsatkich 83 so‘m ni tashkil etdi. Xususiy banklar esa
yevrobondlar orqali resurs bazasini diversifikatsiya qilib, o‘z raqobatbardoshligini oshirishi
mumkin. Depozitlarning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning birinchi choragidagi 42% ga nisbatan joriy
yil atigi 13% ni tashkil etdi. Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi depozitlarning ulushi 38% dan
29% gacha kamaygan. Yevrobondlar ichki depozitlarga qaramlikni kamaytiradi va xorijiy
valyutadagi uzoq muddatli resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Xorijiy investitsiyalarni
kengaytirish orqali milliy banklarning barqarorligini oshiradi.
Yevrobondlardan foydalanish tajribasining cheklanganligi hozirgi kunda tadqiqot
muamosi hisoblanadi va bunda O‘zbekiston tijorat banklarida yevrobondlardan foydalanish
bo‘yicha tizimli mexanizmlar va tajriba yetishmaydi. 2023-yilda davlat tomonidan emissiya
qilingan yevrobondlar bozor hajmi 4,133 milliard AQSh dollariga yetgan bo‘lsa-da, tijorat
banklari tomonidan ushbu instrument yetarlicha qo‘llanilmagan. Muammoli kreditlar
ulushining oshishi bu muamoni kengaytriradi kreditlashning past sifati va resurslarning
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi
to‘g‘risida
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
barqaror bo‘lmaganligi muammoli kreditlar ulushining oshishiga olib kelmoqda. 2024-yilning
I choragida muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 4,4% ga yetdi (2023-yilda 3,8%
edi). Xalqaro moliyaviy bozorlardagi ishtirokning cheklanganligi ham muamo hisoblanadi.
Tijorat banklarining xalqaro moliyaviy bozorlarga chiqishi uchun yetarlicha imkoniyatlar
yaratilmagan. Xalqaro moliya bozorlari orqali uzoq muddatli kapital jalb qilish faqat davlat
banklari tomonidan amalga oshirilmoqda, xususiy banklar esa bu jarayonda faol emas.
Yevrobondlar banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, uzoq muddatli kapitalni
jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun samarali vosita sifatida qaraladi.
Yevrobondlardan foydalanish jarayoni quyidagi usullar va strategiyalarni o‘z ichiga
quydagilarni oladi. Birinchisi bu yevrobondlar emissiyasining rejalashtirilishi hisoblanadi va u
ikki qisimdan iborat.
Emissiya jarayoni bo‘lib bu tijorat banklari yevrobondlar chiqarish uchun xalqaro moliya
bozorlarida talab va taklifni tahlil qilib, to‘g‘ri strategiya ishlab chiqadilar. Ushbu jarayonni
o‘rganishda yevrobondlarning qaysi turlari (masalan, qisqa yoki uzoq muddatli, foizli yoki
foizsiz) eng maqbul ekanligini aniqlash kerak.
Kapitalni jalb qilish
bo‘lib bu yevrobondlar orqali jalb qilingan kapital uzoq muddatli va
arzon moliyaviy resurslarni taqdim etadi, bu esa tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Yevrobondlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi bu esa yevrobondlar tijorat
banklarining moliyaviy barqarorligini oshiradi. Banklar yevrobondlar orqali uzoq muddatli
resurslar jalb qilib, o‘z portfellarini kengaytirishi mumkin. Yevrobondlardan foydalanish orqali
tijorat banklari foiz xarajatlarini kamaytirish va likvidlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yevrobondlarni chiqarish jarayoni orqali global moliya bozorlariga chiqish va xalqaro
investorlar bilan aloqalarni mustahkamlash mumkin.
Yevrobondlarning tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishdagi roli bu
yevrobondlar milliy bank tizimining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshiradi. Banklar
yevrobondlar chiqarish orqali xalqaro moliya bozorlariga chiqish va investorlar uchun
jozibador bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Xalqaro investorlar bilan hamkorlik qilish banklar
uchun yangi resurslarni jalb qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatini beradi.
Yevrobondlar orqali bank sektorini modernizatsiya qilish Yevrobondlar banklarning
moliyaviy tizimini modernizatsiya qilish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarga o‘tish
jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu jarayonni o‘rganish tijorat banklarining global miqyosda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yordam beradi.
Yevrobondlar orqali tijorat banklari global moliya bozorlaridan uzoq muddatli kapitalni
jalb qilgan holda o‘z faoliyatini kengaytirishi va moliyaviy barqarorlikni oshirishi mumkin.
Xalqaro tajriba yevrobondlardan foydalanishni moliyaviy barqarorlikni oshirish,
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va davlat fiskal siyosatini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida
ko‘rsatadi.
Masalan, Turkiya
,
Indoneziya
va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar o‘z tijorat
banklari orqali yevrobondlar chiqarib, xalqaro bozorlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalar
o‘rnatishdi. Bu tajriba milliy sharoitda yevrobondlarning afzalliklarini yaxshiroq tushunishga
yordam beradi. Yevrobondlar bo‘yicha tadqiqotlari va rivojlangan mamlakatlar tajribasi
asosida ushbu instrumentning samaradorligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston tijorat
banklarining resurs bazasi haqida mavjud mahalliy tadqiqotlar ham ko‘rib chiqilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
Shu bilan birga, O‘zbekiston tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlashga oid
mahalliy tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularda banklarning moliyaviy resurslarining
diversifikatsiyasi, xususan, yevrobondlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Tadqiqotlarda shuningdek, tijorat banklarining kreditlash faoliyati va davlat va xususiy banklar
o‘rtasidagi resurslar taqsimoti muhokama qilinadi. Bu tadqiqotlar yevrobondlarning milliy
iqtisodiyotdagi o‘rnini va samaradorligini aniqlashda foydalidir.
Tijorat banklari moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, investitsion imkoniyatlarni
kengaytirish va uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash maqsadida turli moliyaviy
instrumentlardan foydalanadilar. Yevrobondlar ushbu maqsadlarga erishishda muhim rol
o‘ynaydi. Ular banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta’minlab, qo‘shimcha kapital
jalb qilishga imkon yaratadi.
Yevrobondlarning mohiyati va xususiyatlari ko‘rib chiqadigan bo‘lsak bunda birinchi
yevrabonda ta’rif berishimiz to‘gri keladi. Yevrobondlar – bu xalqaro bozorlar orqali
chiqariladigan obligatsiyalardir.
Ular quyida keltiradigan asosiy 4 ta asosiy xususiyatlarga ega:
Xalqaro investorlarga yo‘naltirilganligi – Yevrobondlar xorijiy investorlar tomonidan
sotib olinadi, bu esa banklarga ichki bozorga bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha mablag‘ jalb
qilish imkoniyatini beradi.
Muddatning uzoqligi – Odatda yevrobondlar uzoq muddatga (5-10 yil yoki undan
ko‘proq) chiqariladi, bu esa tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ta’minlashga
yordam beradi.
Valyuta xilma-xilligi – Yevrobondlar turli valyutalarda chiqarilishi mumkin, bu esa tijorat
banklariga valyuta risklarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
Foiz stavkalari va likvidlik – Ularning foiz stavkalari ichki bozordagi obligatsiyalarga
nisbatan qulayroq bo‘lishi mumkin, shu bilan birga, yuqori likvidlikka ega bo‘ladi.
O‘zbekiston tijorat banklari uchun yevrobondlarning ahamiyatio‘ragnib chiqadigan
bo‘lsak asosan ahamyat berdaoigan jihatlar tadqqiqot qilib chiqildi. O‘zbekiston tijorat banklari
so‘nggi yillarda yevrobondlar chiqarish orqali xalqaro kapital bozorlariga chiqishga harakat
qilmoqda. Masalan, yirik tijorat banklari tomonidan chiqarilgan yevrobondlar quyidagi
afzalliklarni ta’minlagan:
Banklarning uzoq muddatli kapital bazasini mustahkamlash;
Xalqaro reyting agentliklaridan ijobiy baho olish;
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini oshirish.
Bunday yondashuv banklarning kapital yetarliligi darajasini oshirishga va milliy
iqtisodiyotga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni
aytishimiz mumkinki Yevrobondlar tijorat banklari uchun muhim moliyaviy instrument bo‘lib,
ularning resurs bazasini kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xalqaro bozorlarga
chiqishini osonlashtiradi. O‘zbekiston tijorat banklari yevrobondlar chiqarish amaliyotini
rivojlantirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishlari va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlashlari mumkin. Shu sababli, yevrobondlardan foydalanish strategiyasini yanada
takomillashtirish va xalqaro tajribalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro moliyaviy bozorlarning barqarorligi investitsiyalar oqimi, likvidlik, aktivlarning
diversifikatsiyasi va risklarni boshqarish kabi omillar bilan bog‘liq. Yevrobondlar ushbu
bozorlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular kapital jalb qilish, suveren va korporativ qarz
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
bozorlarining rivojlanishi, shuningdek, investorlarga turli xil risk darajasidagi aktivlarni
tanlash imkoniyatini taqdim etadi.
Yevrobondlarning xalqaro moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘ragniayotganda berilgan
jihatlaerni o‘rganoiish muhim hisoblanadi.Yevrobondlar xalqaro moliyaviy tizimga quyidagi
jihatlar orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatadiladi va buiz buni keltirgan tadqiqotimizda o‘rganib
chiqganmiz
Birinchisi likvidlikni oshirish hisonblanib va uni oshirish uchun biz quydagin
operatsiyalarni amalgha oshirishmixzga to‘g‘ri keladi. Ulardan birinchis bu yevrobond
bozorlari global kapital oqimlarini ta’minlab, banklar va korporatsiyalar uchun likvidlik manbai
bo‘lib xizmat qiladi va bu likvidlikni oshirish uchun birinchi omil hisoblanadi. Ulardan
ikinchhisi esa, bu yevrobondlarning emissiyasi bozorning o‘sishiga va likvidlik darajasining
oshishiga hissa qo‘shadi va bu eas o‘z o‘rnida likvidlikni oshirishgfa olib keladi .
Ikkinchi e’tiboor beradigan jihatimiz bu
risklarni diversifikatsiya qilish hisobalani va
unga ham ikki omoil ta’sir ko‘rsatadi. Birinchis bu
Investorlar turli mamlakatlar va sohalar
kesimida yevrobondlarga sarmoya kiritib, risklarni kamaytirish imkoniga ega bo‘ladilar va bu
o‘z o‘rnida risklarni divversifikatsiya qilsihga yordam beradi. Ikkinchisi esa, iqtisodiy inqiroz
yoki geosiyosiy noaniqliklar paytida yevrobondlar muqobil investitsiya vositasi sifatida
qaraladi va bular dan biz shuni taadqiq qildik risklarni diversifikatsiya qilish uchun judfa
samarli hisoblandi.
Uchinchi jihati bu Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hisoblani ularni anmaga oshirish
uchun asosiy qilinadigan amaliyotmizbular quydaigalr hisoblanadi. Birinchisi bu
yevrobondlar
bank va korporatsiyalar uchun uzoq muddatli moliyalashtirish manbai bo‘lib, ularning
barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.Ikkinchisi esa, xalqaro reyting agentliklari tomonidan
yuqori baholangan yevrobondlar bozordagi ishonchni mustahkamlash hisoblanadi.
To‘trtinchi esa foiz stavkalarini barqarorlashtirish olib keladi. Birinchi
Yevrobond
bozorlarining rivojlanishi foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligini kamaytirib, investorlar va
emitentlar uchun prognoz qilinadigan muhit yaratish hisoblandi. Ikkinchisi esa markaziy
banklar yevrobondlar orqali o‘zining monetar siyosatini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi va
rivojlanishi oloib kelishi hisoblanadi.
Beshinchisi bu xalqaro investitsion oqimlarning samarali taqsimlanishi hisoblanadi. Bu
oraqali biz quyadi nasrasni aniqladik ya’ni
yevrobondlar orqali rivojlanayotgan mamlakatlar
ham kapital jalb qilib, o‘z iqtisodiyotlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar bus esa
o‘z navbatida moliyaviy resursalr bazasini ko‘payishing olib keladi. Global moliyaviy inqirozlar
davrida yevrobond bozorlari investorlar uchun xavfsiz aktivlar ta’minlash orqali inqirozning
ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, yevrobondlar tijorat banklari uchun kapital manbalarini
diversifikatsiya qilishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Ular banklarga xalqaro moliya
bozorlariga chiqish, valyuta risklarini kamaytirish, foiz stavkalarining o‘zgarishidan
himoyalanish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. O‘zbekiston tajribasida
ham yevrobondlarning joriy etilishi tijorat banklarining kapital bazasini mustahkamlash va
global moliya bozorlariga integratsiya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-
son“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida
2.
Toshkent moliya instituti. “Tijorat banklarining resurs bazasini kengaytirishda
obligatsion instrumentlardan foydalanish.” – T.: Toshkent moliya instituti, 2023. – 28 b.
3.
“Markaziy Osiyo moliyaviy bozorlari” jurnalining maxsus soni. – T.: O‘zbekiston, 2023. –
34 b.
4.
Armstrong, J. S., &Fildes, R. (1995). On the selection of Error Measures for Comparisons
Among Forecasting Methods. Journal of Forecasting, 14, 67-71.
5.
Armstrong, J. S., Collopy, F., & Yokum, J. T. (2005). Decomposition by causal forces: A
procedure for forecasting complex time series. International Journal of Forecasting, 21, 25-36.
6.
Artis, M. J. (1996). How Accurate are the IMF‟s Short-Term Forecasts? Another
Examination of the World Economic Outlook. IMF Working Paper WP/96/89.
