Авторы

  • Gulandom Tog‘ayeva
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi
  • Fazliddin Islomov
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.86918

Ключевые слова:

oʻzbek mumtoz adabiyoti tasavvuf falsafasi “Soch” ramzi “Ko‘z” ramzi badiiy talqin.

Аннотация

ushbu maqolada oʻzbek mumtoz adabiyoti tasavvufiy istilohlar haqida mulohazalar keltirilgan. Ramzlarning she’riyatda, mumtoz tasavvuf adabiyotida bajaradigan badiiy vazifalariga toʻxtalingan. Turli oʻrinlarda tasavvuf istilohlarning umumiy-soʻfiyona ma’nolari sharhlab oʻtiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

95

O‘ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA TASAVVUFIY RAMZLAR

Gulandom Tog‘ayeva Jummayevna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi

gulandom123@gmail.com

+998-97-430-38-56

Islomov Fazliddin Isomiddinovich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

islamovfazliddin7@gmail.com

+998-91-561-06-74

https://doi.org/10.5281/zenodo.15378553

Annotatsiya:

ushbu maqolada oʻzbek mumtoz adabiyoti tasavvufiy istilohlar haqida

mulohazalar keltirilgan. Ramzlarning she’riyatda, mumtoz tasavvuf adabiyotida bajaradigan
badiiy vazifalariga toʻxtalingan. Turli oʻrinlarda tasavvuf istilohlarning umumiy-soʻfiyona
ma’nolari sharhlab oʻtiladi.

Kalit soʻzlar

: oʻzbek mumtoz adabiyoti, tasavvuf falsafasi, “Soch” ramzi, “Ko‘z”

ramzi,badiiy talqin.

Abstract.

In this article, the classic Uzbek literature is mystical revolutions comments

are given. The artistic functions of symbols in poetry and classic Sufism literature are
discussed. The general Sufi meanings of Sufism terms are explained in different places.

Key words:

Uzbek classical literature, Sufism philosophy, "Hair" symbol, "Eye" symbol,

artistic interpretation.

Абстрактный

. В этой статье классическая узбекская литература – это

мистические революции, комментарии даны. Обсуждаются художественные функции
символов в поэзии и классической суфийской литературе. Общие суфийские значения
терминов суфизма объясняются в разных местах.

Ключевые слова:

классическая узбекская литература, философия суфизма,

символ «Волос», символ «Глаз», художественная интерпретация.


Badiiy adabiyotni ramzlarsiz toʻlaqonli tushunish imkonsiz hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz

adabiyotidagi maxsus qoʻllanadigan ramzlar alohida yondashuvni talab etadi. Haqiqatatan
olib qaralganda, “Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini
yaxshi bilmasdan, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari,
falsafiy teranligi bilan toʻliq holda toʻgʻri, haqqoniy yoritib berish mushkul”. Oʻzbek mumtoz
adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy gʻazaliyoti ramzlarga juda boy. “Simvolizm muayyan
maqsad yoʻlida gʻoyani anglatishga moʻljallangan usul. U bir lahzada abadiyatni yodga
solguvchi vosita” . Tasavvufiy she’riyatda ma’shuqning yuzi – Olloh yaratgan narsalar ichida
eng mukammal ko‘zgu bo‘lib, Olloh jamolini yuz komillik ifodalanadi. Yuzning hidoyat
nurlariga qiyos qilinishi so‘fiyona adabiyotda keng tarqalgan tashbeh-istiora bo‘lib,
Navoiyning quyidagi baytida ham ma’shuqaning zarfishon chehrasi hidoyat shamiga
o‘xshatilgan:

Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon
Tajalliy mash’alidin yorugʻon shami hidoyatdur.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

96

[

1.Navoiy,”Gʻaroyibus-sigʻar”, 180-b.]

Sochlaring gumrohlik kechasidir, – deydi ulug‘ shoir baytda, – nurafshon chehrang esa

tajalliy mash’alidan nur olib, oshiqlar qorong‘ida adashib qolmasligi uchun har yonga yoqib
qo‘yilgan hidoyat shamidir. Navoiyning boshqa bir baytida ham yorning sochi zulmatga, yuzi
esa shamga tashbeh qilinib, mahbub yuzi hidoyat nurlari sifatida talqin qilingan:

Zulfin ochganda zanax chohiga tushgay ming ko‘ngul,
Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori shamin yorutib.

(

2. Navoiy, “Badoyeul-bidoya”, 77-b

.)

(Mazmuni: Agar yor yuzining shamini yoritib qo‘ymaganda edi, u zulflarini yoyganda,

minglab ko‘ngillar yor kuldirgichining zindoniga tushib ketgan bo‘lar edi). Baytda tilga olingan
zunnor musulmon mamlakatlarida g’ayridinlar musulmonlardan ajralib turish uchun bellariga
bog’lab yuradigan maxsus ip. She’riyatda esa yor sochining istioraviy ifodasi. Tamsil
san’atining noyob namunasi bo’lgan mazkur baytning birinchi misrasida aytiladiki, yor
zulfining zunnori bilan yashirgan yuzlarini ochdi. Ikkinchi misrada shoir bu holatni izohlab
deydiki, axir kufr zulmatiga iymon davo bo’ladi-da! Tamsil she’riy san’atining
qonuniyatlaridan kelib chiqiladigan bo’lsa, soch (zulf) – kufr, yuz (uzor) esa – iymon. Quyidagi
baytda oshiq ko’nglining parishon holati ifodalangan. Baytda aytilishicha, mosivalloh –
Ollohdan o’zga narsalarning havasi ko’ngildagi ilohiy husn jilvasini xiralashtirib qo’ygan:

Yuziga tushti zulf, aylang nazzora,
Ki bo‘ldi kufr iymon birla mamzuj.

(

4.Navoiy,”Gʻaroyibus-sigʻar”, 124-bet)

Ya’ni soch ( zulmatga qiyos) yuz(nur)ni toʻsmoqda, botiniy ma’noda – kufrni iymon bilan

bartaraf etmoq lozim. Soch tasviri Alisher Navoiyning hamma she’riy devonlarida uchraydi.
“Favoyidul-kibar” devonining 96, 98 va 100-gʻazallarida ham “Soch” tashbehi talqinga
tortilgan [7. Navoiy, “Favoyidul-kibar”, 72-75-betlar]. Yuz o’tmish adabiyotida mazhar sifatida
suv va ko’zguga, tajalliy sifatida esa zarvaraq, sham, subh, kunduz, oy, quyosh, iymon va o’t
singari nurafshon va ezgulik, ilohiy lutf bilan bog’liq ijobiy tushunchalarni ifodalovchi
narsalarga tashbeh qilingan. Soch esa ana shu ilohiy goʻzallikni toʻsguvchi, yashiruvchi uzv
boʻlib gavdalanadi. Sochning qoraligi esa – ishq yoʻli mashaqqatlariga ishora, soch jingalaklari
esa ilohiy ishq yoʻlining mushkulotlariga, sinovlariga ishoradek. Soʻz qudratli kuch. Soʻzdan
qalqon ham, qilich ham bunyod etish mumkin. Albatta, soʻz oʻz egasiga tushsa, oʻz oʻrnini topa
olsa. Soʻz insonga qalbidagini izhor etish, ayni damda koʻnglidagini yashirish imkonini ham
beradi. Shu sababli ham soʻzda sehr, she’rda hikmat bor, deyilgan. Tasavvufiy adabiyotda
uchraydigan timsol-istilohlar lug‘atlarida ko‘z komil inson timsoli sifatida tushuntiriladi.
Xuddi komillikka erishgan inson o‘zidan kechib, boshqacha aytganda, o‘zidagi barcha illatlarni
bartaraf etib, faqat Yaratganni ko‘rgani, uni o‘ylagani kabi, ko‘z ham o‘zini ko‘rmaydi,
o‘zgalarni ko‘radi.

Tasavvuf ta’limotida ko‘ngil ulug‘lanadi. Sababi, u Alloh jilvagohidir. Shu ma’noda

ijodkorlar ko‘ngil timsoliga murojaat qilish orqali insonning ulug‘ligiga, uni Allohning
yeradagi xalifasi ekanligiga ishora qiladir. Ishqda hamma narsa go‘zaldir, Ishqda hamma narsa
jozibador. Hatto qotillik ham2 Ishq - tasavvufiy atamalardan biri. Ishq - nafsga qarshi qurol,
ishq bo‘lmasa, insonning eng yaxshi fazilatlari ro‘yobga chiqmaydi. Shu fikrlardan kelib chiqib,
yuqoridagi misralarni tasavvufiy ma’noda tahlil qilganda, ilohiy ishq ko‘nglidan joy olgan
oshiq uchun undan go‘zalroq, undan jozibaliroq, undan sehrliroq hech qanday vosita yo‘qdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

97

Ishq - bu inson ko‘nglini poklovchi vosita. Iroda, mehr, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr,
qanoat, g`ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shafqat,
umuman, inson qalbini, ruhini poklovchi, uni Allohga yaqinlashtiruvch barcha ezguliklar
tushunilar ekan, ulardan “go‘zal”, “jozibador” tuyg`uning o‘zi yo‘q. Shoira inson ko‘nglidagi
nafsoniy istaklarni o‘ldirishni “qotillik” deb ta’riflaydi. Bu “qotillik” inson vujudidagi noqis
xislatlarni tarbiyalab, komillik sari yetaklashdir. Shuning uchun shoira bunday qotillikni go‘zal
deya ta’kidlaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,

Muxtasar qilib aytganda, yuz o’tmish adabiyotida

mazhar sifatida suv va ko’zguga, tajalliy sifatida esa zarvaraq, sham, subh, kunduz, oy, quyosh,
iymon va o’t singari nurafshon va ezgulik, ilohiy lutf bilan bog’liq ijobiy tushunchalarni
ifodalovchi narsalarga tashbeh qilingan. Soch esa ana shu ilohiy goʻzallikni toʻsguvchi,
yashiruvchi vosita boʻlib gavdalanadi. Sochning qoraligi esa – ishq yoʻli mashaqqatlariga
ishora, soch jingalaklari esa ilohiy ishq yoʻlining mushkulotlariga, sinovlariga ishora
hisoblanadi. Tasavvufdagi istilohlar mazmunini anglamay turib, komilikka erishib bo’lmaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бертелс Е. Э. “Сўфизм ва тасаввуф адабиёти”. Рус тилидан Ибодулла Мирзаев

таржимаси. Т.: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. – 2005.
– 104 б.
2.

Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. Т.: “Oʻzbekiston”, 2009. – 448 б.

3.

Р. Уэллек, О. Уоррен. Теория литературы. Перевод с английского. М.: “Прогресс”.

1978.- 326 с.
4.

Алишер Навоий. “Ғаройибус-сиғар”. ЎзССР давлат бадиий адабиёт нашриёти, Т.-

1963. – 496 б.
5.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 1 том. “Бадойиъ ул-бидоя”. Т.:”Фан”, -

1987. – 724 б.
6.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 5 том. “Бадойиъ ул-васат”. Т.:”Фан”, -

1990. – 544 б.
7.

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology
and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
8.

Toshpo‘latov,

A.

(2023).

SHAXS

PSIXODIAGNOSTIKASIDA

PROYEKTIV

METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
9.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL

ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.
10.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi

texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления, 1(10), 49–55.
11.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

98

12.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK
VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.

Библиографические ссылки

Бертелс Е. Э. “Сўфизм ва тасаввуф адабиёти”. Рус тилидан Ибодулла Мирзаев таржимаси. Т.: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. – 2005. – 104 б.

Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. Т.: “Oʻzbekiston”, 2009. – 448 б.

Р. Уэллек, О. Уоррен. Теория литературы. Перевод с английского. М.: “Прогресс”. 1978.- 326 с.

Алишер Навоий. “Ғаройибус-сиғар”. ЎзССР давлат бадиий адабиёт нашриёти, Т.-1963. – 496 б.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 1 том. “Бадойиъ ул-бидоя”. Т.:”Фан”, - 1987. – 724 б.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 5 том. “Бадойиъ ул-васат”. Т.:”Фан”, - 1990. – 544 б.

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b

Toshpo‘latov, A. (2023). SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA PROYEKTIV METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 170–178.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(10), 49–55.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)