ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
56
MAHMUD KOSHG'ARIYNING "DEVONI LUG'OTIT TURK"ASARI
Jumayeva Muslima Madaminjon qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti
Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti 1-bosqich talabasi
Email:muslimajumayeva307@gmail.com
+998937405605
https://doi.org/10.5281/zenodo.15410487
Annotatsiya:
Maqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit
turk” asari, uning yaratilish tarixi va uning o’rganilishi haqida yozilgan. Mahmud
Qoshg’ariyning tilshunoslikka oid qarashlari haqida ham ayrim ilmiy yondashuvlar
tasvirlangan.
Kalit so‘zlar:
qiyosiy tilshunoslik, lug‘at, lingvistika, devon, atama.
Til-millatning ma‘naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning
madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu boisdan insoniyat paydo bo‘libdiki til
insonlar bilan yonma yon yashab, insonlar tomonidan o‘rganilib unga oid ilmiy asarlar, turli
xil nazariyalar bundan tashqari tilning yangidan yangi sohalari paydo bo‘lib kelmoqda.Qadim
zamonlardan beri bizning yurtimiz buyuk alloma va olimlar beshigi hisoblanadi. Qaysi bir
sohaga nazar tashlasak, o‘sha fanda katta yangiliklar yaratishgan va qaysidir fan
asoschilaridir. Shu jumladan tilshunoslik sohasida ham bir qancha asarlar yozilib, ilmiy
izlanishlar olib borgan va ushbu izlanishlar natijasida bir qancha tilshunoslikning yangi
sohalarni yaratishgan. Shu o‘rinda Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug’atit turk” asari
tilshunoslik sohasida o‘ziga xos ahamiyatga egadir.
Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga
maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador
zodagon oilada tugʻilgan.[1] Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib,
15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida
Bagʻdodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning
tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror
qilgan.
Ushbu asar muqaddima va lugʻat qismdan iborat boʻlib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniy
hayotida alohida oʻrinni egallaydi. Chunki, olim asarga dunyo xaritasini ham ilova qiladi va
Kichik Osiyodan to Xitoy hududlarigacha choʻzilib ketgan hududlarda yashagan turkiy xalqlar
tarixi, geografiyasi, etnogenezi, urf-odatlari, turmush tarzi va madaniyati toʻgʻrisida gʻoyatda
qimmatli maʼlumotlarni beradi. Asarda turkiy qavm-urugʻlar: qipchoq, oʻgʻuz, yamak, boshqirt,
basmil, qay, yaboku, tatar, qirgʻiz, chigil, yagʻmo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uygʻur, tangut,
tabgʻochlardan tashqari fors, arab, xitoy va rus xalqlari haqida ham maʼlumotlar bor. Shunisi
muhimki, “Devonu lug’atit turk” shaharlarda soʻgʻd-turk ikki tilliligi rasmiy holat boʻlganligi
Mahmud Koshgʻariyning asarida ham qayd etilgan[2].
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar,
hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan.
She’riy parchalarning ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to‘rtliklardan iborat. Ammo
«Devon»da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo‘lgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
57
«bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g‘azal, qit’a parchalari bo‘lib, ularni Koshg‘ariy o‘zi ham
ko‘pincha «bayt» deb ataydi. Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo‘shiqlar, pandnomalar, koinot
yaratilishiga oid asotir, she’rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar
uchraydi. Koshg‘ariy devonida keltirilgan VIII—XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida
u yoki bu darajada aruz vazniga o‘tish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih,
hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy she’riyat namunalarida ishlatilgan bo‘lib, ayniqsa
rajaz bahridan keng foydalanilgan. Bunday she’rlarni muallif o‘zi alohida urjuzalar deb
nomlaydi. Ular turkiy xalq she’riyatida keng tarqalgan bo‘lib, bu bahr ohangi turkiy she’riyat
tabiatiga moye kelishidan bo‘lsa kerak[3].
«Devon»dagi epik doston-qo‘shiqlar ko‘proq jangnoma xarakterida bo‘lib, ba’zi yirik
parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «O‘yg‘urlar bilan jangnoma»,
«Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra arablarning johiliya
davridagi qabilalararo janglari tasvirlangan epik rivoyatlariga o‘xshab ketadi, faqat arablarda
bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa she’riy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati,
qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik,
hikmat, mexr va qahr tuyg‘ulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga
qabilaviy boshboshdoqlik, o‘zaro nizo-adovatlardan o‘kinish, birlashishga, ittifoqqa intilish
mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona
birlashtiruvchi g‘oyaning yetmasligi ushbu qo‘shiqlar ko‘proq islomdan ilgarigi og‘zaki
she’riyat namunalari ekanidan darak beradi. Qadimgi epik qo‘shiqlardan «Devon»da
saqlangan ikki yirik asar ko‘pchilikning diqqatini tortib keladi. Bulardan biri «Ali Er Tunga
marsiyasi» va ikkinchisi — «qish va yoz» munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda
ma’lum ma’noda turkiy el o‘zining sevimli qahramo-ni, xoqoni va yo‘lboshchisigagina emas,
boy berilgan imkoniyatlari, parchalangan elati, tushkunlikka yuz tutgan turkiy imperiyadagi
ma’naviy yo‘lsizlik holatiga ham ko‘z yosh to‘kadi, motam qiladi. Bu qo‘shiq xalq og‘zaki
ijodidagi «yig‘i» janrining adabiylashgan namunasi desa bo‘ladi. «Qish va yoz» munozarasi
turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan birinchi yorqin namunasi bo‘lib, unda turkiy
elatlarning butun tabiati, yashash, tafakkur tarzi, sevinchlari, qayg‘ulari batafsil aks etgan.
Ayniqsa, tabiatga mexr go‘zal ifoda topgan. Asar majoziy tasvirlar, tashbehlar, istioralar,
jonlantirish va yengil kinoyalarga boy. Uni o‘qiganda chorvador turkiy elatlar hayoti, faoliyati,
tabiiy muhit ko‘z oldingizda yaqqol gavdalanadi:
Alin topu yashardi
Urut o‘tin yashirdi,
Ko‘lning suvin kushardi,
Sigir buva mungrashur.
Mazmuni:
Tog‘ boshlari yashardi,
Qurug‘ o‘tni yashirdi,
Ko‘l suvlari toshurdi,
Sigir, buqa ma’rashur.
Bu bahor tasviri. Qish tasviri aksincha:
Keldi asin asnayu,
Qozqa to‘pal usnayu.
Kirdi budun qusnayu,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
58
qara bulit ko‘krashur.
Mazmuni:
Keldi shamol huvillab,
Bo‘ron bo‘lib g‘uvillab,
Xalq titrashur uvillab,
Qora bulut guldirar.
Bu manzaralar chorvadorlar hayoti uchun islomdan oldingi davrda ham, keyinchalik
ham xarakterli edi. Bu janrda jangnoma va marsiyalar singari dramatizm ruhi juda kuchli. Shu
bilan birga romantik surur ham mavjud.
Devonda islom davr she’riyati asosan ishqiy, falsafiy-didaktik, madhiyaviy qasida va
she’r namunalari bilan namoyon bo‘lgan. Unda ham mazmun, ham shakliga ko‘ra Ahmad
Yugnakiy dostoniga asos bo‘lgan to‘rtdiklarni eslatuvchi «aaba» qofiyali o‘n bir hijoli
parchalar uchraydi:
Yag‘a erur yo‘liguqin nangi tavar,
Bilig eri yig‘isin nelik sevar,
Tavar yiig‘ib suv aqin indi saqin,
Ko‘rum kabi izisin qo‘di suvar.
Mazmuni:
Dushman erur insonga molu tovar,
Olim odam yovini qanday sevar,
Mol yig‘ishni sel kelish deb
Mol egasini tosh kabi yumalatar.
«Devon»dagi birgina madhiyaviy qasidadan parcha ayol kishiga — malikaga
bag‘ishlangan. U tashakkurnoma yo‘sinda yozilgan bo‘lib, aruz vaznining «munsari» bahriga
to‘g‘ri keladi. Falsafiy-didaktik kasida va masnaviylar pandnoma yo‘sinida bo‘lib, turkiy elatlar
ma’naviyatiga xos bo‘lgan bunday yo‘nalish «Devon»da ko‘proq aks etgan. Ularda ilm
o‘rganish tashviq etiladi, jaholat, kibru havo qoralanadi, saxovat va himmat, mehmondo‘stlik
ulug‘lanadi, mol-dunyoga hirs qo‘yish, baxillik va ochko‘zlik fosh qilinadi, ota-onani hur-
matlash, ularning so‘ziga quloq osishga da’vat etiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, "Devoni lug'atit turk" turkiy tildagi so'z yasalishini
chuqur o'rganish imkonini beruvchi keng qamrovli asardir. Lug'at turkiy til haqidagi
tushunchamizni shakllantirishga yordam berdi va uning so'z boyligini kengaytirishda muhim
rol o'ynadi. Kitob turkiy til va tilshunoslikni o'rganishga qiziquvchilar uchun muhim manba
hisoblanadi. Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asari turkiy tilshunoslik uchun qimmatli
manba bo'lib, turkiy tilni shakllantirgan so'z yasalishi, tuzilishi va ijtimoiy lingvistik omillar
haqida tushuncha beradi. Uning hissasi boshqa tilshunoslar va akademiklarga ta'sir ko'rsatdi
va uning tadqiqoti turkiy tilshunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotchilar uchun muhim
ma'lumotnoma bo'lib qolmoqda.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
59
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Doniyorov A. X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi / Darslik. Toshkent: NIF MSH,
2020. 107-108-betlar.
2.
F. Van Donzel, ed (1997). "Al-Kâshgharî" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. IV.
Leiden—New York: E. J. Brill.
3.
Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Ugli, B. B. B. (2019). Paralinguistic features of
the written language: problems of classification. Проблемы современной науки и
образования, (12-2 (145)), 116-118.
4.
Kemal H. Karpat, Studies on Turkish Politics and Society:Selected Articles and Essays,
(Brill, 2004), 441.
5.
Muminova, E., Honkeldiyeva, G., Kurpayanidi, K., Akhunova, S., & Hamdamova, S. (2020).
Features of introducing blockchain technology in digital economy developing conditions in
Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 159, p. 04023). EDP Sciences.
6.
Nasimxon Rahmonov O‘zbek adabiyoti tarixi."Sano-standart"nashriyoti.Toshkent-2017.
