ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
45
FARG’ONA VODIYSI AN’ANAVIY TURAR JOYLARI ARXITEKTURASINING
O’ZIGA XOS JIHATLARI (QO’QON SHAHRI MISOLIDA)
Abdurasulova Gulshoda Olim qizi
Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti
O’zbekiston respublikai, Toshkent shahar
E-mail:abdurasulovagulshoda4@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401350
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Farg'ona vodiysi, xususan, Qo'qon shahri an'anaviy
turar joylarining arxitektura xususiyatlari, ularning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, ichki
va tashqi rejalashtirish unsurlari, qurilish materiallari va iqlimga moslashuv darajasi ilmiy
asosda tahlil qilinadi. Qo'qon arxitektura maktabining o'ziga xos tomonlari ochib beriladi va
milliy me'moriy merosni zamonaviy qurilishda saqlab qolish bugungi dolzarb masalalaridan
biri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
karkasli qurilish, temir-beton, po‘lat konstruksiya, sinchli uylar, Farg‘ona
arxitekturasi, seysmik barqarorlik, zamonaviy binokorlik, milliy me’moriy meros, ekologik
moslashuvchanlik, ayvon, tobadon, namunaviy uylar.
Аннотация:
В данной статье на научной основе анализируются архитектурные
особенности традиционных жилых домов Ферганской долины, в частности города
Коканда, факторы, влияющие на их формирование, элементы внутренней и внешней
планировки, строительные материалы и уровень адаптации к климату. Раскрываются
особенности Кокандской архитектурной школы и обосновывается необходимость
сохранения национального архитектурного наследия в современном строительстве.
Ключевые слова:
каркасное строительство, железобетонная, стальная
конструкция, каркасные дома, архитектура Ферганы, город Коканд, сейсмостойкость,
современное строительство, национальное архитектурное наследие, экологическая
гибкость, веранда, терраса, типовые дома.
Abstract:
This article scientifically analyzes the architectural features of traditional
dwellings in the Fergana Valley, in particular in the city of Kokand, the factors influencing
their formation, elements of internal and external planning, building materials, and the degree
of adaptation to the climate. The distinctive features of the Kokand architectural school are
revealed, and the need to preserve the national architectural heritage in modern construction
is substantiated.
Keywords:
frame construction, reinforced concrete, steel structure, frame houses,
architecture of Fergana, the city of Kokand, seismic stability, modern construction, national
architectural heritage, environmental adaptability, veranda, tobadon, model houses.
Kirish:
Farg’ona vodiysi O'zbekistonning eng qadimiy va sermahsul hududlaridan biri
bo'lib, bu yerda shakllangan an'anaviy uy-joy arxitekturasi xalqning turmush tarzi, iqlimiy
sharoiti va madaniy qadriyatlarini o’zida mujassam etadi. Ayniqsa, Qo’qon shahri tarixan
siyosiy va madaniy markaz sifatida rivojlangan bo'lib, bu yerda shakllangan me’moriy maktab
o'zining noyob xususiyatlari bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlari o‘zining turli-tuman tabiiy va iqlimiy sharoitlari
bilan ajralib turadi. Bu farqlanishlar nafaqat xo‘jalik yuritish uslublariga, balki har bir
hududda shakllangan mahalliy madaniyat va arxitektura an’analariga ham bevosita ta’sir
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
46
ko‘rsatgan. O‘zbekistonning tarixiy-etnografik mintaqalari o‘ziga xos madaniy meros, turmush
tarzi va qurilish uslublariga ega bo‘lib, ular o‘zaro farqlanadi va har biri alohida o‘rganishni
talab qiladi.
Asosiy qism:
Shu jihatdan, Farg‘ona arxitektura maktabi o‘zining mustaqil, yuksak
darajada shakllangan me’moriy uslubi bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi geografik jihatdan
janub va shimoldan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, uning iqlimi kontinental va
yog‘ingarchilik miqdori boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu tabiiy sharoitlar
aholining uy-joy qurilishiga bo‘lgan yondashuvini belgilagan va atrof-muhitga mos
arxitekturaviy yechimlar yaratilishiga olib kelgan.
Farg‘ona uylarining arxitekturasida “darbaza–hovli” (kirish darvozasi va ichki hovli)
printsipi asosiy tuzilma sifatida shakllangan. Hovli atrofiga joylashtirilgan yashash xonalari,
ayvonlar, mevali daraxtlar, va uzum toklarining soyasida yaratilgan mikroiqlim uylarni issiq
yozda salqin, qishda esa nisbatan iliq saqlashga xizmat qilgan. Bu passiv issiqlik boshqaruvi
uslubi, bir tomondan, ekologik, boshqa tomondan esa madaniy-ruhiy qadriyatlar bilan bog‘liq.
1-rasm. Qo‘qon shahrining qadimiy an’anaviy turar joy arxitekturasi
Rasmda xom g‘ishtdan qurilgan ikki qavatli uy, tomda saqlanayotgan sopol xumlar,
tashqi zinapoya va ayvon konstruksiyasi ko‘rinmoqda. Ushbu elementlar Farg‘ona vodiysining
iqlim sharoiti va mahalliy qurilish an’analariga mos ravishda shakllangan bo‘lib, xalqning
turmush tarzi va moddiy madaniyatini aks ettiradi.
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning eng serhosil va nisbatan sernam iqlimga ega
mintaqalaridan biri hisoblanadi. Yillik yog‘ingarchilik miqdorining yuqoriligi (ba’zi
hududlarda 400–600 mm gacha) mahalliy arxitekturaviy yechimlarda o‘z aksini topgan.
Jumladan, tom yopmalarning qalinligi 40 sm gacha yetishi namlikdan himoyalanish va
issiqlikni saqlashda muhim rol o‘ynagan. Ushbu arxitekturaviy elementlar tabiiy sharoitga
moslashuvchanlikni ifodalaydi (1-rasm).
Farg‘ona turar-joy uylarining eng ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri – bu inson va
tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi ayvonlar va derazalarning keng
qo‘llanilishidir. Ayvonlar xonalarni tabiat bilan bog‘lab turuvchi oraliq zona bo‘lib xizmat
qiladi, yozning jaziramasida salqinlik, qishda esa yopiq fazoga o‘tish imkonini beradi.
Ayvonlar ko‘pincha ustunli, ochiq yoki yarim yopiq shaklda bo‘lib, ularning dekorativ
bezaklarida atrof manzaralar aks ettirilgan naqshlar keng uchraydi. Bu naqshlar nafaqat
estetik, balki madaniy–ma’naviy ma’noga ham ega.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
Ilmiy tahlil:
Shuningdek, tobadon (shiftga yaqin joylashtirilgan derazacha) xonaga
tabiiy yorug‘lik tushishini me’yorlashtirishda va havo aylanishini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi. Yorug‘likni mo‘tadillashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish – bu an’anaviy
arxitekturaning zamonaviy ekologik talablarga hamohang bo‘lgan jihatlaridan biridir.
Farg‘ona uylari odatda yopiq arxitektura majmuasi sifatida shakllangan bo‘lib, tashqi
dunyodan mustaqil ichki muhitni yaratadi. Hovlilar ko‘cha va qo‘shni hovlilardan baland
devorlar orqali ajratilgan, bu esa mahalliy madaniyatda muhim o‘rin tutuvchi shaxsiy hayotga
hurmat prinsipining fizik ifodasi sifatida qaraladi.
-
uyning ichki tuzilishi asosan quyidagicha bo‘lgan:
-
usosiy xona (uy) – oilaning asosiy yashash joyi;
-
old xona (dahliz) – tashqi muhitdan ichki makonga o‘tish zonasini tashkil etadi;
-
terassa (ayvon) – yozgi yashash yoki dam olish hududi sifatida xizmat qiladi.
Uyning o‘lchami va xonalar soni oilaning tarkibi, yosh tarkibi va ijtimoiy mavqeiga qarab
farqlangan. Ayrim hollarda xonalar joylashuvi hovlida o‘stiriladigan ekinlarga ham bog‘liq
bo‘lgan. Masalan, tokzorli hovlilarda uzum toklarini soyabon sifatida ishlatish orqali yozda
salqin mikroiqlim yaratilgan, bu esa issiqlikdan himoya qilish bilan birga, oziq-ovqat bilan
ta’minlash funksiyasini ham bajargan.
Farg‘ona vodiysidagi an’anaviy turar-joy uylari, bir
tomondan, mahalliy tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan, ikkinchi tomondan esa
soddaligi, funksionalligi va ekologik moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu uylarning
konstruksiyasi va tashqi ko‘rinishi mahalliy iqlimga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga va
xalqning asrlar davomida shakllangan qurilish tajribasiga asoslangan. Farg‘ona uylari asosan
mahalliy materiallar – pahsa (gil), guvala, xom g‘isht, pishgan g‘isht va yog‘ochdan qurilgan.
Turar-joy devorlari odatda pastki va yuqori tasma (ramka)lar orqali qurilgan bo‘lib, ular
orasiga vertikal ustunlar o‘rnatilgan. Bu konstruksiyalar orasiga xom g‘isht yoki guvala
materiallari bilan to‘ldirilgan. Ushbu tizim “sinch uylar” deb ataladi va ular quyidagi ikki
asosiy turga bo‘linadi:
Yakka sinch (bir qatorli) – bitta ustunli qatorda joylashgan, sodda va tez quriladigan
variant.
Qo‘sh sinch (1-rasm. Ikki qatorli) – ikkita parallel ustunlar qatori bilan
mustahkamlangan, nisbatan barqaror konstruksiya. Oʻrta Osiyo hududida sinchli imoratlar
qadim zamonlardan beri qurilish amaliyotida muhim oʻrin tutib kelgan. Sinch — yaʼni yogʻoch
karkasli konstruksiyalar — asosan tabiiy yogʻoch materiallardan tayyorlanib, arxitektura va
qurilishda zamonaviylik va funksionallik uygʻunligini ifodalagan. Tarixiy manbalar va
arxeologik topilmalar shuni koʻrsatadiki, sinchli uylar nafaqat estetik jihatdan jozibador, balki
seysmik barqarorlik nuqtai nazaridan ham ustunlikka ega boʻlgan. Zilzila taʼsirida boshqa
turdagi inshootlar zarar koʻrgan hollarda, sinchli binolar koʻp marotaba oʻz mustahkamligini
saqlab qolgan.
Fargʻona vodiysi, xususan, Qoʻqon shahri misolida bu anʼana yanada yorqinroq namoyon
boʻladi. Qoʻqon o‘zining qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan mashhur boʻlib, bu hududda
sinchli qurilish uslubining turli namunalari, ayniqsa, XIX asrga oid xonadonlar, madrasa va
masjidlar arxitekturasida kuzatiladi. Mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan bu
konstruktsiyalar yogʻoch va xom gʻisht kombinatsiyasida yaratilgan boʻlib, ularning
haroratsizlikka va yer silkinishlariga nisbatan yuqori chidamliligini taʼminlaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
Zamonaviy binokorlikda sinchli qurilish elementlarining qayta joriy etilishi ekologik
barqarorlik, tabiiy materiallardan foydalanish va energiya tejamkorligi tamoyillari bilan
uygʻunlashadi. Ayniqsa, Fargʻona vodiysidagi yangilangan namunaviy uy-joy qurilish
loyihalarida ushbu yondashuvga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, bir tomondan, milliy
me’moriy merosni saqlash, ikkinchi tomondan, seysmik xavfli zonalarda xavfsizlikni
oshirishga xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, sinchli imoratlar qadimiy tajriba va zamonaviy texnologiyalar uygʻunligini
namoyon qiluvchi konstruktiv yondashuv boʻlib, Oʻrta Osiyo, xususan, Fargʻona vodiysi
arxitektura an’analarida oʻz oʻrnini saqlab qolmoqda va binokorlikning istiqbolli
yoʻnalishlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Sinchlik uylar seysmik xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal bo‘lmagan bo‘lsa-da, ular
iqlimiy izolyatsiya nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan. Qalin devorlar yozda salqinlik, qishda
esa issiqlikni saqlab qolgan.
1-rasm. An’anaviy qo‘sh sinchli uylar
Farg‘ona uylari ko‘pchilik hollarda ko‘chaga yopiq, ya’ni ichki hovliga yo‘naltirilgan
shaklda qurilgan. Uyning tashqi fasadi baland devor va darvoza bilan ajralib turgan.
Darvozaning usti esa murakkab “shlyapa” – ya’ni, dekorativ tom bezagi bilan bezatilgan. Bu
dekorativ elementlar nafaqat estetik jihatdan muhim, balki uyning maqomini, egalarning
ijtimoiy mavqeini ham bildirgan.
Farg‘ona vodiysi an’anaviy uy-joy arxitekturasi o‘zining nafaqat tashqi tuzilmasi, balki
ichki makonlarni rejalashtirish, bezash va iqlimiy sharoitlarga moslashtirishdagi murakkabligi
bilan ham ajralib turadi. Xonalar o‘zaro funksional aloqada bo‘lib, ular geografik yo‘nalish,
fasllar, hamda ijtimoiy ehtiyojlarga qarab joylashtirilgan.
Adabiyotlar tahlili:
Fan va texnikaning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, ayniqsa XX asr
o'rtalaridan boshlab, qurilish materiallari sohasida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Endilikda
an’anaviy yogʻoch asosidagi sinchli tizimlar oʻrnini fizik-mexanik jihatdan yanada kuchli va
uzoq muddatli materiallar — poʻlat va temir-betondan tayyorlangan karkasli konstruksiyalar
egallamoqda. Bunday konstruktiv yondashuv "sinch" atamasidan farqli ravishda hozirgi
zamon texnik adabiyotida keng tarqalgan "karkas" termini bilan ifodalanadi.
Zamonaviy karkasli qurilishda ishlatilayotgan poʻlat va temir-beton materiallarining
elastiklik moduli, bosimga chidamlilik darajasi, deformatsiyaga qarshiligi va antiseysmik
xususiyatlari yogʻoch sinchlardan tubdan farq qiladi. Shu sababli, bu materiallardan yasalgan
karkaslarning konstruktiv sxemalari ham yangicha yondashuvni talab etadi. Ular koʻp qavatli
binolar, savdo markazlari, sanoat inshootlari hamda infratuzilma obyektlarida keng
qoʻllanilmoqda.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
Fargʻona vodiysi kabi zilzilaga moyil hududlarda, ayniqsa Qoʻqon shahri singari tarixiy
va urbanistik jihatdan ahamiyatli joylarda zamonaviy karkasli qurilishning afzalliklari yaqqol
namoyon boʻlmoqda. Bu yondashuv bir tomondan inshootlarning mustahkamligini oshirsa,
ikkinchi tomondan, ularning loyihaviy moslashuvchanligini ham taʼminlaydi. Ayniqsa, temir-
beton karkasli inshootlar ko‘p funksiyali binolarni yaratish, ichki makonlarni erkin tashkil
etish va energetik tejamkorlik talablarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy Farg‘ona uylari xonalarining me’moriy nisbati odatda 2:3 bo‘lib, bu eng qulay
va oddiy geometriya hisoblanadi. Ushbu nisbat xonada proportsionallik va harakat qulayligini
ta’minlaydi. Xonalar quyidagi funksional tamoyillarga asoslangan holda joylashtirilgan:
Yozgi xonalar: shimol tomonga qaragan, keng va baland bo‘lib, yozgi issiqlikdan himoya
qilishga xizmat qiladi.
Qishki xonalar: hovlining qarama-qarshi tomonida, ya’ni janubga qaragan holatda,
quyosh nurini maksimal darajada olish uchun joylashtirilgan.
Farg‘ona uylari ichki makonlarida ham estetik did va funksional yechimlar
uyg‘unlashgan. Ayniqsa, ikki qatorli sinch tizimiga ega bo‘lgan uylarda devorlar bo‘ylab
to‘rtburchak va yarim gumbazli tokchalar (tahmon) o‘rnatilgan. Ular asosan uy-ro‘zg‘or
buyumlarini saqlash va xonaning ichki ritmini saqlashga xizmat qilgan.
Yotoqxonalarda an’anaviy mebellar – ko‘pincha xonaning burchagiga joylashtirilgan, bu
esa maydonni maksimal darajada ochiq saqlashga imkon bergan.
Devorlar va shiftlar uy egasining iqtisodiy holatiga qarab bezatilgan. Ganchli suvoq,
rasmli shift, naqshli yog‘ochli bezaklar tez-tez uchraydi. Bu bezaklar uy egasining estetik didi
va ijtimoiy maqomini ham namoyon etgan.
Umumiy xonalar, ayniqsa mehmonxona yoki katta xona, qishgi sharoitda foydalanishga
moslashtirilgan. Bunda:
Isitish tizimi (xumdon yoki pech) xonaning markazida yoki devor chetida
joylashtirilgan;
Derazalarning joylashuvi va shakli esa yorug‘lik va issiqlikni tejashga qaratilgan. [1]
XULOSA:
Farg‘ona vodiysi, xususan, Qo‘qon shahri an’anaviy turar-joy arxitekturasi
mahalliy iqlim, madaniyat va ijtimoiy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan bo‘lib,
uning zamirida asrlar davomida to‘plangan xalq qurilish tajribasi mujassamdir. Ushbu
me’moriy maktab o‘ziga xos konstruktiv tizimlar – sinchli (yog‘och karkasli) uylar, hovli
markazida joylashgan xonalar, ayvonlar, tobadonlar va mikroiqlimni tartibga soluvchi
elementlar orqali ekologik va funksional yondashuvlarni namoyon etadi.
Qo‘qon arxitektura an’analarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, iqlimga
moslashtirilgan rejalashtirish, material tanlashdagi ehtiyotkorlik va dekorativ estetikaga
bo‘lgan e’tibor alohida o‘rin tutadi. Mahalliy materiallardan – guvala, xom g‘isht, yog‘och va
ganchdan foydalanilganligi bu arxitekturaning ekologik barqarorligini ta’minlagan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Pugachenkova, G.A.
Architecture of Central Asia in the 18th–19th centuries
. // Moscow:
Nauka, 1960. -стр. 125.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
2.
Khakimov, A.M. (2007).
The Architecture of the Fergana Valley
. // Tashkent: Fan
nashriyoti.
3.
UNESCO Report on Vernacular Architecture in Uzbekistan, 2019.
4.
Karimova, M. (2021). "Traditional Courtyard Housing in Kokand: Cultural Patterns and
Spatial Syntax." //
Central Asian Architecture Journal
, 5(1), 45–60.
5.
“Ayvan va Ganchsan’at: O‘zbekiston me’morchiligi namunalarida” // O‘zR Madaniyat
vazirligi, 2022.
6.
N.J. To‘ychiyev Binova inshootlar konstruksiyasi. «Voris nashriyot» // M ChJ Toshkent
— 2010.
7.
Sheraliyev X.D.
Farg’ona an’anaviy turar-joy arxitekturasini zamonaviy turar-joy
binolarida qo’llash
// Proceedings of International Conference on Modern Science and
Scientific Studies. — Paris, France, 2022. — 19-oktabr. — B. 169–182.
8.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. // T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy
nashriyoti, 2000–2005.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni (PF-6186-son, 11.03.2021 y.) “Aholini uy-
joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
