ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
SHE’RIYATDA TAZOD SAN’ATI VA UNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR
Elnur Niyozmatov Husin o‘g‘li
Urganch innovatsion universiteti o‘zbek va xorijiy filologiyasi
kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421755
Annotatsiya:
ushbu tezisda tazod san‘atini yuzaga keltiruvchi omillar va o‘ziga xos
xususiyatlari to‘g‘risida so‘z boradi.
Annotation:
This thesis discusses the factors that give rise to the art of contrast
(antithesis) and its specific characteristics.
Аннотация:
Данная диссертация посвящена факторам, обусловливающим
возникновение искусства контраста (антитезы), и его специфическим особенностям.
Kalit so‘zlar:
qarshilantirish, antonimlar, salbiy-ijobiy, mazmuniy zidlik, hozirgi
she’riyat, undalma va birikmalar zidligi.
Keywords:
contrast, antonyms, negative-positive, semantic opposition, contemporary
poetry, opposition of address and phrases.
Ключевые
слова:
противопоставление,
антонимы,
отрицательно-
положительное,
смысловая
противоположность,
современная
поэзия,
противопоставление обращения и словосочетаний.
Tilshunoslik fanida qarama-qarshi ma’noli so‘zlar – antonimlar badiiy adabiyotda tazod
san’atini yuzaga keltirishini bilamiz. Avvalo, tazod san’atini yuzaga keltirayotgan so‘zlarning
qaysi so‘z turkumlarga mansubligiga e’tibor qaratamiz. Ma’lumki, mustaqil so‘z turkumlaridan
son va olmoshning antonimi yo‘q (ayrim darslik va qo‘llanmalarda son ya’ni har qanday
sonning nolga zidlanishi qayd etilgan xolos). Bu degani adabiyotshunoslik fanida olmosh va
son turkumidan ham tazod san’atini yaratib bo‘lmaydi degani emas.
Quyida misollarda men va sen olmoshlarining zidligidan tazod yaratilgani kuzatiladi:
Meni
balo ko‘rdilar,
seni
a’lo ko‘rdilar,
Yuragimiz ustida chapak chalib turdilar.
Seni
ko‘kka
surdilar,
meni
yerga urdilar, Ikkimizning ishq to‘la jomimiz sindirdilar.
Men
– go‘dak, tikan
bo‘lay ilon inida,
Sen
– keksa, qopqoq bo‘l ilon iniga.
(Abduvali Qutbiddin)
Sen
somon yo‘lida
bir bekat,
Men
armon yurtida bir karvon. (Vafo Fayzulloh)
Ko‘rinib turibdiki, “sen” va “men” so‘zlari zidligi vositasida boshqa qarama-qarshi
so‘zlarni qo‘llash orqali lirik asar yozish hozirgi o‘zbek she’riyatida ham keng an’anaga aylanib
ulgurgan. Bunday go‘zal satrlani boshqa ijodkorlar ijodida ham uchratish mumkin.
Yoqubjon Ishoqovning “So‘z san’ati so‘zligi” kitobida ta’kidlab o‘tilganiday tazod so‘zlar
vositasida yuzaga kelgan fikrlar mazmunidan ham kelib chiqadi. Ijodkorlar o‘z iqtidorlari
hamda mahoratlarini ishga solib bo‘lmaydigan narsalarni bo‘ldirishi, yangi-yangi ma’no-
mazmunga ega hayratlanarli timsollar yaratishi mumkin. Quyida tazod san’atini yuzaga
keltirishda faol qatnashadigan so‘z turkumlari hamda ularning ma’no jihatidan turlariga
e’tibor qaratildi:
1. Sifatlarni qarshilantirish; 1) ranglar:
oq-qora, oydin-zulmat;
2) holatlar:
semiz-ozg‘in,
go‘zal-xunuk, issiq-sovuq, baland-past;
3) xususiyatlar:
yaxshi-yomon, mard- nomard, baxil-
saxiy;
4) maza-ta’m:
achchiq-chuchuk, sho‘r- nordon, shirin-achchiq;
5) hajm-o‘lchov:
keng-tor,
uzun-qisqa.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
2. Otlarni qarshilantirish: 1) payt:
yoz-qish, tong- shom, subh-oqshom, kun-tun, shom-
sahar;
2) moddalar:
suv-o‘t, muz-o‘t;
3) o‘rin-joylar:
Afrika- Arktika, janub-shimol, g‘arb-sharq;
4) mavhum otlar:
visol-hijron, orzu-armon, sadoqat-nafrat, quvonch-qayg‘u, muhabbat-nafrat...
3. Sonlarda zidllik:
bir – ming.
4. Olmoshlarda:
sen – men.
5. Ravishlarni qarshilantirish:1) miqdor:
ko‘p-oz, andak-mo‘l;
2) payt:
kecha-kunduz,
bugun-erta, oldin-keyin, avval-so‘ng;
3) o‘rin:
old-orqa, ost-ust, tepa-past, yuqorida-pastda;
4)
holat:
piyoda-ulovda, zo‘rg‘a-tezda, sekin-birdan.
6. Fe’llarni qarshilantirish: 1) harakat:
bordi-keldi, oldi- berdi, mehnat qildi-dam oldi;
2)
holat:
quvondi- xafa bo‘ldi, uxladi-uyg‘ondi,uyaldi- bezraydi, oqardi – qoraydi.
Bulardan tashqari qarama-qarshilik o‘zaro shakliy jihatidan tashqari mazmunan ham
yuzaga keltirilishi kuzatiladi. Tazod hayvonlar, qushlar, asar qahramonlari xususiyatlaridan
kelib chiqib ham shakllantiriladi. Masalan:
Hayvonlar: bo‘ri –quyon, sher – shaqol, sichqon – mushuk, sichqon – fil;
Qushlar: bulbul – zog‘, to‘ti- qarg‘a, sa’va –boyqush;
Gullar:
lola
–rayhon,
atirgul
–
cinnigul,
pechakgul
–sunbul
kabi.
Sharq mumtoz she’riyatidan to hozirgi o‘zbek she’riyatigacha bo‘lgan she’rlarda qo‘llanilgan
tazod san’atini yuzaga keltiruvchi omillarni quyidagicha aks ettirishga harakat qildik.
Narsa-buyumlar:
qog‘oz-qalam, o‘q va yoy;
Belgi – xususiyatlar:
yaxshi-yomon, xunuk-chiroyli, baxil-saxiy, egri-
to‘g‘ri;
Miqdor-daraja:
oz-ko‘p, kam-mo‘l;
Holat:
issiq-sovuq, baland-past;
Harakat va holat:
kuldi-yig‘ladi, bordi-keldi, xafa bo‘ldi-sevindi;
Shaxslar:
shoh-gado, oshiq-ma’shuqa, do‘st-dushman;
Shaxs nomlari:
Farhod – Husrav, Muso – Fir’avn, Alpomish – Ko‘kaldosh,
Tohir – Qorabotir, Jaloliddin – Chingizxon, Muso – Firavn, Axuramazda – Axriman;
Paytni bildiruvchi so‘zlar:
yoz- qish, bahor-qish, kecha-kunduz, erta-kech;
O‘rin-joy bildiruvchi so‘zlar:
ichkari-tashqari, oldida-orqasida, yer-osmon
ustida-pastida;
Mavhum tushunchalar:
Orzu-armon, sadoqat-xiyonat, erk-tutqunlik,
sevgi-hijron;
Maza-ta’m:
achchiq-chuchuk, shirin-achchiq, taxir-xushta’m;
Salbiy-ijobiy:
xunuk-go‘zal, hurliqo-badburush.
Maqolada tazoddan unumli va o‘rinli foydalanishgan ijodkorlardan Abduvali Qutbiddin,
Vafo Fayzulloh, Aziz Said kabi shoirlar she’rlaridan namunalar keltirilib, o‘zaro qiyoslanib,
tahlil qilindi. Hozirgi o‘zbek she’riyatida bu san’atning o‘ziga xos qirralari yana-da
rivojlantirilib, go‘zal namunalari yaratilmoqda. Buni she’riyat bo‘stoniga endigina kirib kelgan
yosh shoirlar ijodi misolida ham bemalol ayta olamiz.
Poetik obraz yaratish va poetik mazmun ifodalashda tazodning ahamiyati, faol
qo‘llanilishi, mumtoz adabiyotdan hozirgi zamon she’riyatigacha bo‘lgan davrdagi tadriji
imkon qadar tahlil qilindi. Ko‘rib chiqilgan she’r misralaridagi tazodlar faqatgina shakliy
go‘zallik, mazmun ifodasi bo‘lmasdan, lirik asar yaxlitligini, undagi qismlarning mantiqiy
bog‘lovchi vosita hamdir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т.: Фан, 1983. – Б. 168.
2.
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Ўзбекистон, 2014. – Б. 370.
3.
Рахмонов В. Шеър санъатлари. – Ленинобод. 1972. – Б. 192.
4.
Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Т.: Фан, 1979. – Б. 154.
5.
Файзуллоҳ В. Оқ лайлак. – Т.: Адабиёт, 2020. – Б. 263.
6.
Қутбиддин А. Сўз чамани. – Т.: Академнашр, 2020. – Б. 128.
