Авторы

  • Sayyora Inamova
    Namangan davlat universiteti doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.98016

Ключевые слова:

ijod tafakkur qobiliyat taqlid bilim ko‘nikma kredit-modul nutqiy va lingvistik mustaqil ishlash.

Аннотация

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish,  mustaqil ta’limni o‘zlashtirish  (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash (learning autonomy) kompetensiyasini rivojlantirish, chet tillarga oid nutqiy va lingvistik rivojlantirishda mustaqil ishlash (work self-sufficiently) ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan hamda  mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING

IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH (INGLIZ TILI O’RGATISH MISOLIDA)

Sayyora Inamova

Namangan davlat universiteti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15541700

Annotatsiya:

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida

o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish, mustaqil ta’limni o‘zlashtirish (mastering
independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash (learning autonomy) kompetensiyasini
rivojlantirish, chet tillarga oid nutqiy va lingvistik rivojlantirishda mustaqil ishlash (work self-
sufficiently) ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan hamda mustaqil
ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar

: ijod, tafakkur, qobiliyat, taqlid, bilim, ko‘nikma, kredit-modul, nutqiy va

lingvistik, mustaqil ishlash.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVITY THROUGH

INDEPENDENT STUDY ACTIVITIES (ON THE EXAMPLE OF TEACHING

ENGLISH)

Sayyora Inamova

Namangan state university doctoral student.

Annotation:

This article focuses on teaching in higher education institutions based on

the credit-module system, improving the quality of foreign language teaching, developing the
competence of mastering independent learning and learning autonomy, improving the skills
of working independently in foreign language speech and linguistic development, and
discusses the formation and development of talent through the organization of independent
learning activities.

Keywords

: creativity, thinking, ability, imitation, knowledge, skills, credit-module,

speech and linguistic, independent work.


Kirish.

Xalqaro Yunesko tashkiloti tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha Xalqaro

ta’lim konsepsiyasida butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish strategik
vazifa sifatida belgilandi. Talabalarga ingliz tillаrni о‘qitishdа mustаqil tа’limni tashkil etish
va rivоjlаntirish bо‘yiсhа quyidаgi ustuvоr yо‘nаlishdаgi tаdqiqоtlаr оlib bоrilmоqdа:
umumеvrора СЕFR tаlаblаri аsоsidа tаlаbаlаrgа ingliz tillаrni о‘qitishning реdаgоgik
mехаnizmlаrini tаkоmillаshtirish; о‘qitish mаzmuni, tа’lim tехnоlоgiуаlаri, nаzоrаt
оb’yеktivligini kuсhауtirish; tаlаbаlаrning tа’lim, mа’nаviуаt vа ilm-fаn sоhаsidа о‘zаrо
hаmkоrlikni kuсhауtirish; аuditоriуа vа аuditоriуаdаn tаshqаri mustаqil tа’limni tаshkil
qilish, mustаqil tа’lim оrqаli mutахаssisliklаri dоirаsidа bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrni
shаkllаntirish hаmdа krеdit – mоdul tizimi аsоsidа оliу tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrini ingliz
tillаrni o‘qitishlаri uсhun mustаqil tа’lim оlish рlаtfоrmаsini yаrаtish, shu bilаn birgа mustаqil
tа’lim оlishning реdаgоgik tizimini ishlаb сhiqish kаbilаr shulаr jumlаsidаndir.

Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda bilimga bo‘lgan ehtiyojni

yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali salohiyatli,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

qo‘yilgan muammoni hal qila olish layoqatiga ega yetuk mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim
tizimini oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Rеsрublikаmiz tа’lim tizimini
islоh qilishdа oliy ta’lim muassasalari kredit-modul sharoitida chet tillarni, jumladan, ingliz
tilini oʻqitish hamda mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini takomillashtirishda ilg‘or yetakchi
xorijiy mamlakatlarning soʻnggi ilmiy texnologiyalari qoʻllanilib, chet tillar oʻqitish mazmuni
va oʻquv-metodik ta’minoti, shuningdek, mustaqil ishlashda nazorat obyektivligini ta’minlash
kabi yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Aholi orasida xorijiy
tillarni o‘rganishni ommalashtirish va tillarni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar
yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni ta’limning
barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish” kabi vazifalar belgilangan. Shunga
ko‘ra, oliy ta’limmuassasalarida ingliz tilini kredit-modul tizimida o‘qitishda mustaqil ishlash
kompetensiyasining rivojlantirish metodikasi ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi,
talabalarga ingliz tilini oʻqitishda mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish tizimini yoʻlga
qoʻyish zaruratini belgilaydi.

Oliy ta’lim tizimida chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni takomillashtirish asosida

bilimlarni yanada oshirishda turli manbalardan mustaqil foydalanish, masalan muzeylarga,
suratlar galereyalariga borish, ekskursiyalar uyushtirish kabi mustaqil ta’limni targ’ib qiluvchi
faoliyatlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda talabalar “loyiha” topshirig‘ini
mustaqil bajarish uchun 4-6 haftagacha muddatga darslardan ozod etiladi. Bunday ish
natijasida hisobotlar tuzilib, pedagoglarga taqdim etiladi. Topshiriqlar tipologiyasi turli xil
bo‘lib, ularning barchasi talabalar tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilishini
nazarda tutadi. Tanlab ishlash, yakka tartibda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladigan ish (directing study),
tayyorgarlik, seminar (o‘quvchilar o‘z ishining natijalari bilan tanishtiriladi) va maxsus chet
tilni o‘rgatishni rivojlantirish bo‘yicha “qidiruv” ishi (o‘z rejasi bo‘yicha ishlash) ustunlik
qiladi.

Keyingi yillarda metodik tadqiqotlarda talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil

ta’limni tashkil etishning quyidagi belgilarga ega bo‘lgan yaxlit tizim sifatida qaralmoqda:

1) muammoli bilish-nutq topshirig‘ining mavjudligi;
2) o‘qituvchi tomonidan mustaqil ishning tashkil etilishi va boshqarilishi;
3) mustaqil ishni bajarishda talabalarning faolligi;
4) talabalar mustaqilligi (o‘zgartiruvchi, ijodiy);
5) talabalar ijodi, uning darajasi o‘qitish bosqichi, talabalarning bilimlilik darajasi, hal

etilayotgan fikrlash topshirig‘ining xususiyati bilan belgilanadi.

Talabalarda mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otuvchi kuch, motiv kabi sabablarga

bog‘liq holda ular o‘z oldilariga mustaqil ta’lim mazmunini tashkil etuvchi maqsad va
vazifalarni belgilab oladilar. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Mustaqil faoliyat olib borishda muhim hisoblangan siyosiy mustaqil ta’lim, zamonaviy

voqelik va ularga bo‘lgan munosabat;

2. Tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borish, talabaning mustaqil ta'lim olishlarini

o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tayyorgarlik davridagi kasbiy mustaqil ta'lim;

3. O‘quv fanlarini yanada chuqurroq o‘rganishga, shaxsiy–hayotiy rejalari, shaxsiy

qiziqish asosida yo‘naltirilgan mustaqil ta'lim;

4. O‘z iste’dodini va sevimli mashg‘ulotlarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil

ta'lim;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

5. Chet tili o‘rgatish bo‘yicha mustaqil ta’lim;
6. O‘z harakterini tarbiyalashga qaratilgan mustaqil ta’lim.
Talabalar mustaqil ishlarining oliy o‘quv yurtining o‘quv jarayonida amalga

oshiriladigan turlariga e’tibor qaratamiz. Ushbu muammoga nisbatan turli tadqiqotchilarning
yondashuvi turlicha. Ayrim tadqiqotchilar mustaqil ishlarni ularning didaktik maqsadlariga
ko‘ra, boshqalari talabalar tomonidan mustaqil ishlar jarayonida hal etiladigan bilish
topshiriqlarining xususiyatiga qarab, uchinchilari esa bilish topshiriqlarini hal etish
jarayonida talabalar bilish faoliyatining xususiyati bo‘yicha tasniflashadi. To‘rtinchi turga
mansub tadqiqotchilarning ishlarida mustaqil ishlar turlarining barcha yuqorida sanab
o‘tilgan asoslarni hisobga oluvchi tasnifini yaratishga urinib ko‘rilgan.

P.I.Pidkasistiy mustaqil ishlarni bilish topshiriqlari va bilish faoliyatining xususiyatiga

qarab guruhlaydi hamda mustaqil ishlarning quyidagi turlarini ajratadi:

1) mustaqil ishlarni namuna bo‘yicha amalga oshiruvchi;
2) rekonstruktiv-variativ;
3) evristik;
4) ijodiy (tadqiqot).
Fikrimizga ko‘ra, ushbu turlarning har biri uni o‘zgartirish bo‘yicha bajarilayotgan chet

tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuniy-mantiqiy xususiyatlari bilan
tavsiflanadi, shunga qarab talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’lim orqali baholash
darajasi belgilanadi.

R.S.Semenova tomonidan taklif etilgan mustaqil ta’lim turlarining tasnifi katta qiziqish

uyg‘otadi. U oliy o‘quv yurtidagi o‘quv jarayonini didaktik nuqtai nazardan tahlil qilib,
rejalashtiruvchi, ijro va nazorat funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan holda
mustaqil ta’limlarning uchta turini ajratadi:

1) ijodiy (evristik) yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim;
2) ta’lim-qidiruv yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim;
3) reproduktiv yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim.
Bunda muallifning ta’kidlashicha, ilmiy va uslubiy adabiyotlarda mustaqil ta’limlarni

ikkita guruhga bo‘lish o‘rinli: “ijroiy” va “ijodiy”, bu yerda ijodiy ta’limlarga ustunlik beriladi.
Biz muallifning faqat ijodiy faollikka, mustaqillikni yuqori darajasiga ustunlik berish va
takrorlovchi ishlarga yetarlicha baho bermaslik noto‘g‘ri, degan fikriga qo‘shilamiz, chunki
haqiqiy ijodiy mustaqil ta’limni faqat mustahkam bilimlar asosida, hamda bilish-qidiruv va
reproduktiv yo‘nalishdagi turli-tuman o‘quv vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida aqliy
faoliyatning aniq usullarini ishlab chiqish orqali amalga oshirish mumkin. Reproduktiv bilim
faoliyati jarayonida bilimlarni yanada chuqurlashtirish va o‘zgarish jarayoni
takomillashtirilgan holda ijodiy-izlanuvchan faoliyati uchun poydevor qo‘yiladi.

Yuqoridagilarni hisobga olib, talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil

etish metodikasini takomillashtirish muammosi ijtimoiy zarurat ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.

Mustaqil ishini tashkil etish – bu o‘quv muassasalaridan tashqarida egallanadigan

ta’limot, u o‘z xohishi bo‘yicha ishlash davomida amalga oshiriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasalarida talabalarning mustaqil ishini takomillashtirishda ajratilgan o‘quv soatlarining
40 - 60 % gacha mustaqil soatlar ajratilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

“Mustaqil ta’limni tashkil etish-o‘qituvchi yordamisiz o‘quv muassasadan tashqari

jarayonda bilimlarni egallash”, deya ta’riflangan. Mustaqil ish faoliyati, mustaqil shug‘ullanish
kabi iboralar qo‘llaniladi.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni holati va

uni tashkil qilishning o‘ziga xos jihatlari, talaba mustaqil ishini va mustaqil ishining o‘rni
hamda ahamiyati, mustaqil ishini tashkil etish mohiyati, uni tashkil qilish yo‘llari va vositalari
ko‘rsatib berilgan hamda mustaqil ishini tashkil etish jarayonining tarkibiy qismi sifatida
qaralishi ilmiy-metodik jihatidan asoslangan.

Shundan kelib chiqib, xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida erishilgan tajribalar bilan

mamlakatimiz oliy ta’limidagi yutuqlar va kamchiliklarni qiyoslash hamda bu sohada aniq
vazifalarni belgilab olish maqsad qilib qo‘yildi.

Yoshlarning mustaqil bilim olishlari oliy o‘quv yurtlarida o‘quv reja va dasturda aniq

belgilangan. Xuddi shunday tartib umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi tizimida
ham amal qilinsa bilim egallashdagi izchillik va uzluksizlik yanada takomillashdi. Ayrim
hollarda umumiy o‘rta ta’limdagi tartib-qoidalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan
farqlanadi. Xuddi, shuningdek, o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi bosqichida o‘quvchining bilim
olishi oliy o‘quv yurtlaridagidan keskin farq qiladi. Ushbu tafovutlar talabalarning bilim olishi
va kasb egallashlarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bo‘lajak
mutaxassisning kompetentligi shakllanishi uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi,
izchilligi , tizimliligi katta ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak.Ma’lumki, keyingi
yillarda talabalarning keng ma’nodagi mustaqil mutaxassis bo‘lib kamol topishlariga juda
katta e’tibor qaratilmoqda. Ular oldiga har bir fan materiallarini atroflicha, puxta egallash,
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda o‘rinli qo‘llay olish, zamon bilan
hamnafas bo‘lish, mustaqil qaror qabul qila olish, qo‘yilgan hayotiy yoki ilmiy masalalarga
to‘g‘ri va ijodiy yondashgan holda eng maqbul yechimni topish, o‘z malakasini muntazam
oshirib borish, tanlagan sohasi yoki kasbiga oid dunyo miqiyosidagi yangiliklardan,
erishilayotgan yutuqlardan doimo boxabar bo‘lish va ularni o‘z o‘qish va ish faoliyatiga
bevosita tatbiq qilish, innovatsion faoliyat olib borish, bunda masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi jiddiy va o‘rinli talablar qo‘yildi. Talaba-
yoshlarning yangi avlodini yuqoridagi talablarga javob bera oladigan mutaxassis qilib
yetishtirish milliy ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ta’lim jarayonini mustaqil
bilim olish asosida zamonaviy usullarda, yangicha ko‘rinishlarda tashkil qilishga undaydi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlaridagi fan, yoshlarga ta’lim berish hamda ularga jahon
andozalariga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha
ko‘rsatmalari, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga xalqimiz tomonidan
tanlangan rivojlanishning o‘ziga hos yo‘liga asoslangan yangi jamiyat va davlat qurilishining
bosh tamoyillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil
ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi
mumkin.

Xulosa qilib aytganda

, mustaqil ta’limning yuqoridagi taklif qilinayotgan shakllaridan

oqilona foydalanganda, talabalarning tom ma’nodagi ijodiy faoliyati yangi bilimlarni mustaqil
tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; adabiy, ilmiy va maxsus manbalardan
kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarin aniqlashi; o‘quv
adabiyotlari, internet tarmog‘i, axborot resurslari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

79

ma’lumotlar bazasidan oqilona foydalanishi va tahlil qilishi; mustaqil ravishda topshiriq va
vazifalarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishi; insonning faolligi, prinsipialligi, ma’naviy
boyligi, uning hayotga to‘g‘ri qarashlari va ma’naviy-ma’rifiy yakdilligi bilan belgilanishi ishlab
chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va jamoada himoya qilish kabi bir qator muhim
vazifalarni bajarishda yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.Mirziyoyev.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga

ko‘taramiz.
2.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgust 286-sonli «Talabalar

mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i.
3.

Boltayeva M., Dadamirzayev F. Mustaqil ta’limni shakllantirishning metodologik asoslari

// Ta’lim muammolari, 2008. №1. B.78-79. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical
Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 287 ht

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoyev.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgust 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i.

Boltayeva M., Dadamirzayev F. Mustaqil ta’limni shakllantirishning metodologik asoslari // Ta’lim muammolari, 2008. №1. B.78-79. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023 287 ht