Авторы

  • Sayyora Inamova
    Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.98017

Ключевые слова:

Mustaqil ta’lim ingliz tili ko‘nikma interaktiv metodlar zamonaviy ta’lim o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘lajak pedagoglar tilni bilishning umumyevropa kompetensiyasi o‘rganish o’rgatish.

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning ahamiyati, talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish usullari va samarali o‘qitish strategiyalari tahlil etilgan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar o‘z bilimlarini chuqurlashtirish, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli, uning afzalliklari, mustaqil taʼlim nega kerakligi haqidagi olimlarning fikri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi; chet tillarni o‘qitish va o‘rganishda mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qonunlar va ularning ahamiyati haqida ham so‘z yuritiladi. Qolaversa, bo‘lajak pedagoglar uchun uchun aynan xorijiy tillarni egallashning ahamiyati, xorijiy tillarni egallashda mustaqil ta’limdan nega foydalanish kerakligi borasidagi bir necha olimlarning qarashlari nazariy jihatdan solishitirilib, tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati, uning mustaqil ta’limdagi tutgan roli haqida mulohazalar beriladi. Natijada talabalar mustaqil ta’lim orqali orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, chet tilida  hujjatlarni mustaqil tuza olish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

TALABALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISHDА MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA

ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Inamova Sayyora Axmad qizi

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

Sayyorainamova18@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15541666

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning ahamiyati,

talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish usullari va samarali o‘qitish strategiyalari tahlil
etilgan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar o‘z bilimlarini
chuqurlashtirish, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va zamonaviy ta’lim
jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu maqolada chet tilini
o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli, uning afzalliklari, mustaqil taʼlim nega kerakligi haqidagi
olimlarning fikri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi; chet tillarni o‘qitish va o‘rganishda
mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qonunlar va ularning ahamiyati haqida
ham so‘z yuritiladi. Qolaversa, bo‘lajak pedagoglar uchun uchun aynan xorijiy tillarni
egallashning ahamiyati, xorijiy tillarni egallashda mustaqil ta’limdan nega foydalanish
kerakligi borasidagi bir necha olimlarning qarashlari nazariy jihatdan solishitirilib, tahlil
qilinadi. Kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati, uning mustaqil
ta’limdagi tutgan roli haqida mulohazalar beriladi. Natijada talabalar mustaqil ta’lim orqali
orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, chet tilida hujjatlarni mustaqil tuza olish
kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Kalit so‘zlar:

Mustaqil ta’lim, ingliz tili, ko‘nikma, interaktiv metodlar, zamonaviy ta’lim,

o‘z-o‘zini nazorat qilish, bo‘lajak pedagoglar, tilni bilishning umumyevropa kompetensiyasi,
o‘rganish, o’rgatish.

FORMATION OF WORK SKILLS IN THE PROCESS OF INDEPENDENT

LEARNING IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS

Inamova Sayyora Akhmad kizi

doctoral student at Namangan State University.

sayyorainamova18@gmail.com

Annotation

. This article analyzes the importance of independent learning in teaching

English, methods of directing students to independent work, and effective teaching strategies.
By forming independent learning skills, students have the opportunity to deepen their
knowledge, increase their motivation for language learning, and adapt to the modern
educational process. Also, this article analyzes the role of independent learning in learning a
foreign language, its advantages, and the opinions of scientists about why independent
learning is needed from a theoretical and practical perspective; it also discusses the reforms,
laws, and their significance that our country is carrying out in teaching and learning foreign
languages. In addition, the views of several scholars on the importance of foreign language
acquisition for future teachers and the reasons for using independent learning in foreign
language acquisition are theoretically compared and analyzed. The importance of a gradual
transition to the credit-module system and its role in independent learning are discussed. As a
result, students will acquire skills such as applying the knowledge and skills acquired through


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

independent learning in practice and being able to independently prepare documents in a
foreign language.

Keywords:

Independent learning, English, skills, interactive methods, modern

education, self-control, future teachers, Pan-European language competence, learning,
teaching.

KIRISH

Hozirgi global integratsiyalashuv jarayonida ingliz tilini bilish zaruratga aylangan. Tilni

o‘rganish hayotimizning barcha sohalaridagi har qanday yoshdagi taʼlim oluvchining va
insonlarning muloqoti va shaxsiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Tarjimonlik, til
o‘rganish kabi sohalarda xorijiy tillarni bilish insonning istiqbolini oshirishi mumkin. Chet
tillarini bilishni talab qiladigan ko‘plab sohalardan biri pedagoglardir.. Xususan, o’qituvchilik
sohasida tillarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimida bu tilni samarali o‘rgatish
uchun nafaqat an’anaviy usullar, balki talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ta’lim bu — talabani faol, ijodiy, mustaqil
fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vositasi hisoblanadi.

1. Mustaqil ta’limning mohiyati:
Mustaqil ta’lim — bu talabaning o‘z bilimini mustaqil ravishda oshirish, ma’lumot izlash,

tahlil qilish, amaliyotda qo‘llash, xatolarini tahlil qilish va o‘zini baholash jarayonidir. Bu
metod talabani passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi.

2. Ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning roli:
Ingliz tili — bu o‘rganish va amaliyot talab qiladigan til. Uni puxta egallash uchun doimiy

mashg‘ulotlar, o‘z-o‘zini sinovdan o‘tkazish, eshitish va o‘qish malakalari ustida ishlash lozim.
Mustaqil ta’lim aynan shu jarayonlarni faollashtiradi:

-Audio va video materiallar bilan ishlash
-Onlayn platformalarda topshiriqlar bajarish
-O‘z-o‘zini baholash testlari
-Dialog va esse yozish amaliyoti
3. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish usullari:
-Metakognitiv yondashuv – talabaning o‘z fikrlash jarayonini boshqarish, rejalashtirish,

nazorat qilish va baholashga o‘rgatish.

-Portfolio yuritish – o‘z yutuqlari, kamchiliklari va natijalarini muntazam kuzatib borish.
-Refleksiya – o‘z bilimlarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash.
-Interaktiv platformalar (Quizlet, Duolingo, BBC Learning English) – mustaqil

mashg‘ulotlar uchun qulay vositalar.

4. O‘qituvchining vazifasi:
-O‘qituvchi bu jarayonda yo‘naltiruvchi rolini bajaradi;
-Mustaqil o‘rganish topshiriqlarini beradi;
-Talabani rag‘batlantiradi;
-Mustaqil ishlar natijasini tahlil qiladi;
-Individual yondashuvni qo‘llaydi.

Adabiyotlar tahlili.

Barcha sohalar singari pedagogika sohasida chet tillarini o‘rganish

muhim hisoblanadi. Tilning qudrati haqida olimlar o‘zlarining asarlarida bir qator fikrlarni
aytib o‘tishgan. Jumladan, Janubiy Afrika sobiq prezidenti Nelson Mandella tilning qudrati
haqida shunday degan edi: “Agar siz bir inson bilan u tushunadigan tilda gaplashsangiz, bu


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

71

uning miyasiga kiradi, agar siz u bilan uning tilida gaplashsangiz, bu uning qalbiga kiradi” (3,
2). Bundan tashqari, chet tillarni o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli va o‘rni haqida ham
olimlar o‘zlarining qarashlarini taʼkidlab o‘tishgan. Masalan, Queensland University of
Technologyning bir qator olimlari, jumladan, Rachael Field, James Duffy, Anna Hugginslarning
fikricha, mustaqil taʼlimni 1-kurs talabalarida stressni yo‘qotishda samarali natijalarga olib
kelishini taʼkidlashadi (4, 6). Rus olimasi Y. A. Makarovaning fikricha, bugungi kunda
o’qituvchilarning aksariyat qismi xalqaro miqyosda bo‘lib, ularda ish yuritishda pedagogik
terminologiyani ingliz tilida amaliy biladigan o’qituvchilik sohasidagi malakali
mutaxassislarga ehtiyojning ortishi, shuningdek, ushbu ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallash
ushbu sohadagi muassasalarning bosh vazifalaridan biridir, zero, zamonaviy ta’limda
amaliyotni xalqaro hamkorlarsiz va xorijiy tajribasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb taʼkidlaydi
(4, 6).

Tadqiqot metodologiyasi

. Mustaqil taʼlim jarayoni talabalarning tashkilotchilik

qobiliyatlarini rivojlantirish xususan, bo‘lajak huquqshunoslarda boshqaruv faoliyati va ish
yuritish tartibini rejalashtirish kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik muammo
sifatidagi tahliliga ko‘ra, mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri xulosa chiqarishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlarda mustaqil taʼlim – olingan bilim, ko‘nikma va
malakalarni mustahkamlash, qo‘shimcha maʼlumot yoki materialni mustaqil o‘rganish
maqsadidagi o‘quv shakli sifatida eʼtirof etiladi (6, 7). Mustaqil taʼlim – talabaning mustaqil
yoki o‘z-o‘zini boshqarish taʼlimi hisoblanib, o‘quvchilarning maktab, litsey, kollej va oliy
taʼlimda olib boriladigan dars mashg‘ulotlaridan so‘ng taʼlimni davom ettirishda, ilm olishda,
til o‘rganishda o‘qituvchi ko‘magisiz taʼlim olish mahoratini anglatadi. Boshqacha aytganda,
talaba o‘zining tadqiqot vazifalari bilan shug‘ullana olishi kerak va o‘qituvchi unga berishi
kerak bo‘lgan maʼlumotnomalarni o‘z harakatlari orqali amalga oshirishi kerak. Shu nuqtayi
nazardan, talabalarning ingliz tilini bilishi va qo‘llay olishlarini baholashning turlicha
metodlari, mezonlari mavjud bo‘lib, tilni bilish darajasi milliy va xalqaro sertifikatlar bilan
baholanadi. Ulardan biri CEFR (Common European Framework of Reference) hisoblanadi.
Mazkur tizim (CEFR) xalqaro meʼyorlari amaldagi DTSlarda “can do” mazmunida yoritilgan
bo‘lib, OTMlarda mutaxasisligi chet tili bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichi
bitiruvchilari, yaʼni talabalar uchun kommunikativ kompetensiyalarining tayyorgarlik darajasi
va kasbiy kompetensiyalarni egallashlariga qo‘yilgan taʼlim mazmunida ham quyidagicha
belgilangan:

— dunyoqarash bilan bog‘liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo‘lishi, mustaqil tahlil qila

olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

— xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi,

tabiiy, ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda
ulardan zamonaviy ilmiy asosda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

— axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan

bo‘lishi, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi; — tegishli taʼlim
(bakalavriat va magistratura) yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka
ega bo‘lishi;

— yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy

asosda tashkil qila olishi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

— sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur

hamda eʼtiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; —
intellektual, madaniy, maʼnaviy, jismoniy va kasbiy o‘zo‘zini rivojlantirish va takomillashtirish
qobiliyatiga ega bo‘lishi va bu qobiliyatni amalda qo‘llay bilishi; — tarixiy meros va madaniy
anʼanalarga samimiy munosabatda bo‘lishi, ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan
qabul qilishi;

— zamonaviy tadqiqot metodlarini mustaqil ravishda o‘rganish hamda ilmiy va ishlab

chiqarish doirasida kasbiy faoliyatni o‘zgartirishni bilishi;

— umuminsoniy qadriyatlarni chuqur tushunish, o‘zbek va tili o‘rganilayotgan

mamlakatlar xalqlari jamiyatlariga xos bo‘lgan ijtimoiy, milliy, diniy va kasbiy sifatlar va
qadriyatlarni bilish, farqlash, baholash, hurmat qilish va inobatga olish va kasbga oid
sohalarda boshqaruv ishlarini amalga oshirishi; — bir jamoa bo‘lib ishlash, qabul qilingan
axloqiy va huquqiy qoidalarga rioya qilgan holda ijtimoiy o‘zaro taʼsir o‘tkazish, shaxsiyatni
hurmat qilish, ishonchli hamkorlik munosabatlarini taʼminlashda masʼuliyatni sezish va
javobgarlikka tayyor turishi;

— fikrlash madaniyati, tahlil qilish, maʼlumotlarni umumlashtirish, maqsad qo‘yib unga

erishish yo‘llarini izlash qobiliyatlariga ega bo‘lishi;

— o‘z mutaxassisligining kelajak uchun bo‘lgan ahamiyatini anglash, kasbiy faoliyatini

amalga oshirishda masʼuliyat bilan yondashishi. — davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari
tomonidan eʼlon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega
bo‘lishi; ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. Bo‘lajak
mutaxassislarni bakalavriat taʼlimi bosqichida o‘qitiladigan ingliz tili o‘qituvchilarining
sotsiolingvistik kompetensiyalarini mustaqil taʼlim jarayonida rivojlantirish muhim sanaladi.
Qirol Saud universiteti olimi X. Al-Saadatning fikricha, aksariyat talabalarning xorijiy tillarni
o‘rganishda taxminan 70 foizi mustaqil taʼlim orqali samaraliroq ekanligini taʼkidlaydi (8, 9).

Tahlillar va natijalar

. Bo‘lajak o’qituvchilar tomonidan chet tilini mukammal

o‘zlashtirish sohaga doir jahon ilm-fani va amaliyotining axborot manbalari bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tanishish imkoniyatini beradi hamda jahon standarlari talabalariga javob beradigan
kasbiy kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladi. Bo‘lajak pedagog kredit-modul tizimi
asosida chet tilini o‘qitishda quyidagi uch bosqichga muvofiq amalga oshirish maqsadga
muvofiq:

— birinchi bosqichda, chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarga pedagogikaga oid

lingvistik va madaniy materialni muhim xususiyatlariga muvofiq bilimlarni o‘rgatish;

— ikkinchi bosqichda, talabalar jahonning yetakchi mamlakatlari pedagog tizimiga xos

nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishi;

— uchinchi bosqichda, jamiyatimizdagi mavjud qonunlarni jahon standartlariga mosligi,

milliy mentalitet va etnopsixologik omillar hamda inson ruhiy holatini hisobga olinish
jarayonlari nuqtai nazarlaridan kelib chiqqan holda differensial o‘rganish eʼtiborga olinmog‘i
lozim. Talabalar tomonidan chet tilida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish
mutaxassislik bo‘yicha suhbatni o‘tkazish, muzokaralar olib borish malakalarini egallash,
professional nuqtai nazardan chet tilidagi matnni izohlash va umumlashtirish, analiz va sintez
qilish kompetensiyasini egallash zarurati bilan bog‘liq.

Xulosa.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

Oliy taʼlim muassasalari, jumladan, huquq sohasi talabalarning mustaqil taʼlim

jarayonida til o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z oldidagi muhim vazifalardan biri
deb biladi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:

— birinchidan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan taʼlim tizimidagi islohotlar

negizida talabalarning erkinligi va faolligini oshirish, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda
ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy
tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga
xizmat qilishini taʼminlashga eʼtibor qaratish;

— ikkinchidan, ushbu sohada tajribali va muvaffaqiyatli novator pedagoglarning

ishlarini ommalashtirish, motivatsion ko‘maklarni amalda qo‘llash;

— uchinchidan, bugungi texnogen sivilizatsiya rivojlangan davrda talabalarning

mustaqil taʼlimga oid maʼlumotlarini zamon talablari asosida shakllantirish va ularni to’g’ri
yo‘naltirish;

— to‘rtinchidan, mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tillarni o‘rganish

qobiliyatlarini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish.

Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish mumkinki, oliy taʼlim muassasalarida mustaqil

taʼlim jarayonini amalga oshirishda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, talabalarni mustaqil til
o‘rganishda o‘z ustida ishlashga o‘rgatish ijodiy va ijtimoiy faol, hayotda mustaqil ravishda o‘z
o‘rnini topa olish malakasiga ega bo‘lgan, istiqbolli vazifalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga
ega bo‘lgan malakali kadrlarni shakllantirishga asos bo‘ladi. Ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil
ta’limga asoslangan yondashuv talabalarni faollashtiradi, ularning til o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi va bilimni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa zamonaviy ta’lim
talablari asosida shakllangan mustaqil fikrlovchi, har tomonlama yetuk shaxslarni
tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rvachev, V.L.

Theory of R-functions and Some Applications.

Naukova Dumka, Kiev, 1982.

2.

Shapiro, V.

Semi-analytic geometry with R-functions.

Acta Numerica, Vol. 16, 2007, pp.

239–303.
3.

Pasko, A., Savchenko, V., & Kunii, T.

Function representation in geometric modeling:

concepts, implementation and applications.

The Visual Computer, 1995, Vol. 11, No. 8, pp. 429–

446.
4.

HyperFun Project

http://hyperfun.org

5.

Mitchell,

R.

Function-based

visualization:

An

introduction.

https://richmit.github.io/FuncViz
6.

Belyaev, A. G., Pasko, A. A., & Kunii, T. L.

Geometric modeling with functionally based

representations.

IEEE Computer Graphics and Applications, 1998, Vol. 18, No. 5, pp. 80–90.

7.

Mortenson, M.E.

Geometric Modeling.

Wiley, 2006.

8.

Pasko, A. A., Igelsias, A., Vilbrandt, C.

Function representation in geometric modeling:

concepts, implementation and applications.

The Visual Computer, 2011.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

9.

Farin, G., Hoschek, J., Kim, M.-S. (Eds.)

Handbook of Computer Aided Geometric Design.

Elsevier, 2002.
10.

Nuraliev, F., Maksumova, U., Otaxanov, N., Kamalov, I., & Xalilov, R. (2016). vAcademia

muhitida o‘quv kurslarini loyihalashtirish [Designing training courses in the vAcademia
environment]. Tashkent.
11.

Nuraliev, F., Nazirov, S., & To‘rayev, B. (2015). Kompyuter grafikasi va dizayn [Computer

graphics and design]. Tashkent: Fan va texnologiya Publ.

Библиографические ссылки

Rvachev, V.L. Theory of R-functions and Some Applications. Naukova Dumka, Kiev, 1982.

Shapiro, V. Semi-analytic geometry with R-functions. Acta Numerica, Vol. 16, 2007, pp. 239–303.

Pasko, A., Savchenko, V., & Kunii, T. Function representation in geometric modeling: concepts, implementation and applications. The Visual Computer, 1995, Vol. 11, No. 8, pp. 429–446.

HyperFun Project http://hyperfun.org

Mitchell, R. Function-based visualization: An introduction. https://richmit.github.io/FuncViz

Belyaev, A. G., Pasko, A. A., & Kunii, T. L. Geometric modeling with functionally based representations. IEEE Computer Graphics and Applications, 1998, Vol. 18, No. 5, pp. 80–90.

Mortenson, M.E. Geometric Modeling. Wiley, 2006.

Pasko, A. A., Igelsias, A., Vilbrandt, C. Function representation in geometric modeling: concepts, implementation and applications. The Visual Computer, 2011.

Farin, G., Hoschek, J., Kim, M.-S. (Eds.) Handbook of Computer Aided Geometric Design. Elsevier, 2002.

Nuraliev, F., Maksumova, U., Otaxanov, N., Kamalov, I., & Xalilov, R. (2016). vAcademia muhitida o‘quv kurslarini loyihalashtirish [Designing training courses in the vAcademia environment]. Tashkent.

Nuraliev, F., Nazirov, S., & To‘rayev, B. (2015). Kompyuter grafikasi va dizayn [Computer graphics and design]. Tashkent: Fan va texnologiya Publ.