ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
151
INDIVIDUAL TA'LIM YONDASHUVI ASOSIDA GEOGRAFIYA OʻQITISH
METODIKASI
Turgʻunova Robiya Fazliddin qizi
Baxtiyorova Noila Baxodir qizi
ChDPU: Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 2-kurs talabasi
Jumaniyazova Zulfiya Aitbayevna
Ilmiy rahbar: ChDPU: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15553557
Annotatsiya.
Ushbu maqolada individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya fanlar
tizimini oʻqitish mobaynida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish,
mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Individual tartibda o'qitish mobaynida metodlarni
toʻgʻri tanlash. Individual ta'lim yondashuvi asosida Geografiyada individual tartibda
o'qitishning toʻgaraklar va ustoz -shogird an'anasining samarali va oʻziga xos jihatlari haqidagi
bilimlarga ega boʻlish mumkin.
Kalit soʻzlar:
Individual ta'lim, bilim, koʻnikma, Geografiya, toʻgarak, rivojlantirish, ustoz-
shogird, oʻqituvchi, toʻgarak.
Kirish qism:
Individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya oʻqitish metodikasi bu - ta '
lim jarayonida har bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olishni
nazarda tutadigan metodika boʻlib, uning asosiy maqsadi o'quvchining shaxsiy rivojlanishini
taʼminlash, Geografiya fanini samarali o'rgatishdan iborat. Oʻz navbatida bunday individual
(yakka) tartibda o'qitishning samaradorligi yuqori darajada boʻladi. Bu kabi individual ta'lim
yondashuvi asosida oʻqitish metodikasiga toʻgaraklarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Toʻgarakda har bir oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda shaxsiy
qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek yangi
faoliyatni oʻrganish imkonini beradi. Toʻgarak davomida oʻquvchilar ijtimoiy va kommunikativ
koʻnikmalari rivojlanadi, muloqot qilish va jamoa bilan ishlash liderlik va ma'siliyatni his qilish
kabilar tarkib topadi. Toʻgarak davomida oʻzlarini ijodiy jihatdan koʻrsatishlari, yangi gʻoya va
loyihalarni yaratishi mumkin. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi, bilimlarini yanada
rivojlantirishi va toʻgʻri qoʻllay olishni amaliy jihatdan oʻrganadi. Individual ta'lim yondashuvi
asosida o'qitishning samarali jihatlari eng avvalo oʻquvchi fikrlashi bilan birgalikda taxlil qila
olish qobiliyatinii tarkib topishiga yordam beradi. Oʻqituvchi talabaning shaxsiy qiziqishlarini
tahlil qilib, shaxsiy motivatsiyani oshirish uchun individual yondashuvlarni qoʻllashi lozim. Har
bir oʻquvchi oʻzining oʻqish tezligiga ya' ni ilmni qay darajada puxta va tez oʻzlashtira olishi
turlicha boʻladi va shu sababli ham o'qituvchi bularni ham hisobga olishi lozim. Toʻgarak
davomida har bir o'quvchining yutuqlari yoki xato kamchiliklari toʻgʻrisida fikr mulohazalar
taqdim etishi va bu orqali oʻquvchilar oʻz bilimlarini tahlil qilish va kamchiliklarini bartaraf
etish imkonini yaratadi. Ta'limni yuqori darajada sifatli tashkil etish uchun oʻqituvchilar
koʻproq oʻz metodikalarini yangilab turishi zarur.
Asosiy qism;
Individual ya'ni shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimda har bir talabaning
intelektual salohiyatiga mos ravishda ya'ni uning ehtiyojlari, qiziqishlarini, oʻziga xos
xususiyatlarini, hisobga olgan holda ta'lim berish sanaladi. Geografiya fanini o'qitish
mobaynida oʻquvchilar oʻz bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga, mavzuni shaxsiy tajribalari
bilan bogʻlash imkoniga ega boʻlishi kerak. Har bir talabaning bilim darajasiga qarab mavzuni
va metodlarni oʻzgartirish talab etiladi. Geografiya fanini oʻqitish mobaynida oʻquvchini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
152
ragʻbatlantirish faolligini yanada oshirishga o'quvchini oʻz ustida ishlashga motivatsiya beradi.
Shuningdek darsning qiziqarli o'tishi uchun qiziqarli va hayotiy maʼlumotlar koʻproq taqdim
etish kerak. Masalan; iqlimga oid maʼlumotlar, turli xil tabiiy ofatlar, ekologik muammolar va
hokazo. Talabalar oʻz ustida ishlashlari uchun topshiriqlar, loyihalar va labaratoriya ishlari
orqali mustaqil izlanishlari talab etiladi. Darslarni an'anaviy darslardan farqli ravishda tashkil
etish, turli xildagi metodlardan foydalanish kerak. Darslarni interfaol metodlar orqali tashkil
etish muhim sanaladi. Bularga; Interaktiv xaritalar, GAT (Geografik Axborot tizimi),
simulyatsiylar, onlayn resurslar (koʻrgazmalar), va tashqi makonda oʻtkaziladigan darslar va
boshqalarni misol qilish mumkin. Ana shunday individual ta'lim yondashuvi asosida oʻqitish
jarayoniga toʻgaraklarni yoki ustoz- shogird an'anasidagi darslarini misol keltirish mumkin.
To'garakda har bir o'quvchiga individual ta'lim yondashuvi asosida oʻqitiladi va uning
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yoʻnalish tanlanadi. Toʻgarakning tadqiqot yoʻnalishlari
quyidagilar tashkil etadi; Tabiiy geografiya, Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya, Geografiya oʻqitish
metodikasi, atrof -muhitini muhofaza qilish va boshqalar boʻlishi mumkin. Ushbu toʻgarak
davomida erishilgan yutuqlari orqali individual ta'lim yondashuvi asosida o'qitishning
qanchalik samaradorligini yuqori ekanligini koʻrish mumkin. Individual ta'lim yondashuviga
misol tariqasida Ustoz -Shogird an'anasini keltirib o'tish kerak. Deyarli barcha ta'lim dargohida
ustoz -shogird tizimidan foydalaniladi. Shu oʻrinda Geografiya oʻqitish metodikasida ham ustoz
-shogird an'anasi muhim sanaladi. Ushbu an'ana oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi o'zaro ishonch,
hurmat tarkib topishida yordam berishi bilan birgalikda, bilim almashiladi. Geografiya oʻqitish
mobaynida ustoz shogirdni faqatgina nazariy bilimlar beribgina qolmay, balki amaliy
koʻnikmalarni hosil qilish, tabiatni anglash, ijtimoiy va madaniy masalalar boʻyicha keng
fikrlashga taxlil qila olish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Geografiya darslari
oʻqitish mobaynida ustoz - shogird an' anasining oʻziga xos jihatlari;
1. Tarbiyaviy jihatlar; Ustoz Geografiyaning ilm-fan jihatdan muhim qirralarini o'rgatish
bilan birgalikda, ahloqiy- tarbiyaviy jihatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu oʻrinda
ustoz na'muna oʻrnak boʻlib, shogirdni nafaqat ma'suliyatli geograf balki, ma'suliyatli isnon
qilib tarbiyalaydi.
2. Ustozning bilim va tajribasi; Geografiya oʻqitishda ustozning uzoq yillik va amaliy
tajribasi katta oʻrin tutadi. Ustozning uzoq yillik bilim - koʻnikmalari va metodik yondashuvlari
talabaning qiyin ilmiy masalalarni oson oʻzlashtirishida yordam beradi.
3. Dialog va hamkorlik. Ustoz -shogird oʻrtasida samarali aloqa oʻrnatish orqali fikr va
mulohazalar almashilinadi. Ustoz -shogirdni savol berishga, yangiliklar qilishga, oʻz ustida
ishlash uchun ragʻbatlantiradi. Bu esa oʻz navbatida shogirdning yangi bilimlar oʻzlashtirishiga
koʻmak beradi.
4. Amaliy - ishlar. Geografiyaning amaliy jihatlari ya'ni kartalar, grafiklar, statistik
maʼlumotlar, sayohatlar va boshqalar ustoz - shogird an'anasini yanada mustahkamlaydi. Ustoz
-shogirdni shu yoʻl bilan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllas imkoniyatlari bilan tanishtiradi.
5. Ilmiy izlanish va motivatsiya; Ustoz -Shogirdni Geografiyadagi ilmiy izlanishlarga jalb
qilgan holda, uning yangi bilimlarni oʻzlashtirishi va oʻz ustida ishlashi uchun yangi gʻoyalar va
yondashuvlarga yetaklaydi. Bu jarayonda ustozning shogirdga boʻlgan e'tibori va
ragʻbatlantirishi muhim roʻl oʻynaydi.
Xulosa:
Individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya oʻqitish yuqori darajada
samaradorlikka erishish imkonini beradi. Oʻz navbatida oʻqituvchi oʻquvchining barcha
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
153
jihatlarini hisobga olgan holda uning bilim va koʻnikmalarini yanada chuqurroq
shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, individual ta'lim yondashuvi asosida
geografiya oʻqitish metodikasi oʻquvchilarni faqatgina geografik bilimlar bilan taminlabgina
qolmasdan, balki ularning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy muammolarni
hal qilish koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. Bu yondashuv oʻquvchining oʻz bilimlarini
kengaytirish va mustahkamlashga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Geografiya oʻqitish metodikasi (oʻquv uslubiy qoʻllanma)-56 bet ;
2.
https/arxiv.uz <geografiya< geografiya oʻqitish nazariyasi va metodikasi fani, va uning
oʻrganish predmeti, mazmuni, vazifalari va muammolari.
3.
R. A. Mavlonova, N. H. Rahmonqulova ; Umumiy pedagogika (oʻquv uslubiy qoʻllanma) -
216 bet;
4.
Bekzod Hadjayev. Umumiy pedagogika - 167 bet.