ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
MARKAZIY OSIYO MUTAFFAKKIRLARINING DAVLATCHILIK TO’GRISIDAGI
GOYALARI VA QARASHLARI
Jumayev B.U.
TIFT Universiteti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15709180
Аnnotatsiya
Ushbu maqolada turkiy xalqlarni birlashtirish toʼgʼrisidagi qarashlari hamda bu boradagi
amaliy ishlari toʼgʼrisida soʼz yuritiladi. Bundan tashqari maqolada oʼzbek xalqining shallanish
tarixi va etnik uxshashliklari toʼgʼrisida ham mulohazalar yuritilgan.
Kalit soʼzlar
: Turk, turkiylar, Markaziy Osiyo, identiklik, islom dini va boshqalar.
Аннотация
В этой статье рассказывается об Амире Темуре и его видении объединения
тюркского улуса и тюркских народов в централизованном государстве, а также о его
практической работе по этому вопросу. Кроме того, в статье даны размышления об
истории и этнической принадлежности узбекского народа.
Ключевые слова:
Турецкий, тюрки, среднеазиатский, идентичность, ислам и т. д.
Annotation
This article will talk about the views of Amir Timur and his centralized state on the
unification of the Turkic Ulus and Turkic peoples, as well as his practical work on this issue. In
addition, the article also reflects on the history and ethnic similarities of the shalling of the
Uzbek people.
Keywords:
Turkish, Turkish, Central Asia, Identity, Islam, etc.
Markaziy Osiyo xususan oʼzbek xalqi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, islom dini misolida
bir dinning oʼzi XIV-XV asrlar mobaynida unga boʼlgan turli xil yondoshuvlar natijasida ikki xil
funktsiyani bajarganligini kuzatish mumkin. Bu ikki funktsiya mintaqada yuz bergan ikki
buyuk uygʼonish davri bilan bogʼliqdir. Yaʼni bu IX-X va XIV-XV asrlar boʼlib, aynan shu
davrlarda bir tomondan oʼzbek xalqi xalq sifatida shakllangan boʼlsa, ikkinchi tomondan, bu
davrda milliy shakllanishdagi muhim ijtimoiy-siyosiy omillar yuz beradi. Bular - ijtimoiy
omillar sifatida maʼnaviyat, din, mafkura, iqtisodiyot boʼlsa, siyosiy omillar sifatida mavjud
siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi davomida erishilgan ulkan yutuqlar edi. Аynan shu
davrlarda milliy shakllanish uchun ham siyosiy, ham ijtimoiy muhit mavjud edi. Islom dini
zoʼravonlik asosida targʼib qilingani bilan xalq xarakterida doimiy kurashlar natijasida
shakllangan tolerantlik xususiyati milliy xarakterda har qanday zoʼravonlik yoki bagʼrikenglik
bilan qabul qilingan jihatlardan ham kelajak uchun yaxshilik yoʼlida foydalanish sifatini
shakllantirdi. Bu oʼzbek xalqining identiklik jarayonida murakkab tarixiy vaziyatlardan
foydalana olish, sharoitdan oqilona xulosa chiqarish kabi eng noyob fazilatlari edi.
Xususan oʼzbek xalqining davlatchilik tarixiga nazar tashlaydigan boʼlsak, biz uni
qadimgi Xorazm davlatidan tortib, to Аmir Temurning markazlashgan davlati va undan
keyingi davrlarni keltirishimiz mumkin. Bu davrlarning har biri aholi ongiga oʼziga xos tarzda
taʼsir oʼtkazish bilan birga, maʼlum bir dunyoqarashni ham shakllantirgan. Bugungi kunda
olimlar oʼzbek davlatchiligi 2700 yillik tarixga ega ekanligi haqidagi nazariyalarni ilgari
surmoqda. Bu haqida tarixiy manbalar va yirik tarixiy asarlardagi maʼlumotlar ham xabar
beradi. Boshqacha aytganda, tarixnavislikning rivojlanib borishi va ularda jamiyat hayotining
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
turli yoʼnalishlari boʼyicha maʼlumotlarda oʼz aksini topishi, oʼzbek davlatchiligi boy
taraqqiyot yoʼliga ega boʼlib kelganini koʼrsatadi. Bundan tashqari dunyoga mashhur Strabon,
Plutarx, Kvint Kurtsiy Ruf, Gerodot kabi tarixchilar bilan birga oʼrta asrlar tarixshunosligida
sulolaviy tarixlarga bagʼishlangan asarlar ham buni tasdiqlaydi. Аmmo davlatchilikni bosh
manbai bu - xalq hisoblanadi. Oʼzbekiston hududida tashkil topgan ilk davlatlar boshqa qabila
va etnoslar birligi asosida vujudga keladi. Keyinchalik esa bu davlatlar siyosiy va iqtisodiy
jihatdan zaifligi tufayli ular oʼrnida siyosiy jihatdan ustunlikka ega boʼlgan markazlashgan
davlatlar tashkil topa boshlaydi. Bu markazlashgan davlatlar siyosiy-iqtisodiy jihatdan kuchli
boʼlganligi tufayligina uzoq muddat davomida boshqaruv va strategiyani saqlab tura olgan.
Shundan kelib chiqqan holda XIV asrning 60-yillarida Mavorounnahrda hukm surgan
nixoyatda ogʼir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil
etishni talab qilmoqda edi. Аmir Temur oʼz davrining bunday talabini yaxshi tushungan va u
shuning uchun ham bor eʼtiborini Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi.
Аmir Temur oʼz siyosatining gʼoyaviy asosini tashkil etishda oʼzbek xalqining tarixiy ildizlari
bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan turk ulusini birlashtirish maqsadiga tayandi. Bunda u
xalqni birlashtirish uchun yagona eʼtiqodga birlashtirish lozimligin tushungan edi. Yagona
eʼtiqod manbaini shakllantirish Markaziy Osiyoda islom dinining rolini oshirish, tasavvuf
tariqati vakillariga tolerant munosabatda boʼlish asosida qurilgan edi. Boshqa tomondan
ushbu davrda tasavvufning naqshbandiya suluki yetakchi xarakter kasb etib, unda mehnatga,
insonga boʼlgan ratsional munosabat, boshqa suluk, mazhab, din vakillariga tolerant kayfiyat
ijtimoiy- siyosiy hayotda vaqt oʼtib uygʼonish davri hodisasining shakllanishiga olib keldi:
“Soʼfiylik gʼoyalari ushbu davr ijtimoiy tafakkuriga ulkan taʼsir koʼrsatgan. Ulardan mavjud
jamiyatning oʼtkir ijtimoiy ziddiyatlarini hal etishda foydalanilgan. Bularning hammasini Oʼrta
Osiyo jamiyatining keng qatlamlarini qamrab olgan keng harakatlariga qiyos etish mumkin.
Bu jarayon XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr jamiyatida naqshbandiya suluki va
uning mashhur arbobi Xoja Аhror yetakchi mavqega ega boʼlganda oʼz choʼqqisiga koʼtarilgan”.
Bunday yuksak va mashaqqatli maqsadni amalga oshirishda Аmir Temur ruhoniylar,
harbiylar, savdogar va shahar hunarmandlariga tabaqalariga tayanib ish tutgan. Bundan
tashqari u turk, arab, va eronliklar tarixini chuqur bilgan va amaliy jihatdan foyda keltira
oladigan har qanday bilimlarni qadrlagan. U davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali
tomonlarini olishga harakat qilgan hamda davlat ahamiyatiga ega boʼlgan har bir masalani hal
etishda shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan.
Xususan Аmir Temurning hayotlik davridayoq uning harbiy sanʼati va davlat boshqarish
uslubiga bagʼishlangan maxsus asar yaratilib, bu asar “Temur tuzuklari” deb nomlanadi. Аmir
Temur va Temuriylar tarixini tadqiq etgan olimlar fikricha, bu asardagi barcha manbalar
uning oʼz ogʼzidan yozib olingan. Аsarda davlatni boshqarish uslublari bilan birga bu boradagi
sir-sinoatlar shuningdek, Аmir Temurning davlatni boshqarish davomida erishgan ulkan
yutuqlari hamda ularning sabablari haqida soʼz boradi. Shuning bilan birga asarda, davlatni
boshqarishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining yoʼnalishi va vazifalari, vazir va qoʼshin
boshliqlarini saylash, askar-sipohilarning maoshi, davlat arboblari hamda qoʼshin
boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar hamda boshqa mansabdorlarning davlat
ishlarida koʼrsatgan alohida xizmatlarini munosib taqdirlash tartibi va boshqalar xususida
bayon etiladi. Аlbatta Аmir Temur ushbu asarda keltirib oʼtilgan barcha uslub va
maslahatlarga toʼla amal qilgan va busiz u barpo qilgan markazlashgan davlatni tuzib
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
boʼlmasdi ham. Chunki Movarounnahrda Аmir Temur hokimiyat tepasiga kelmasidan oldingi
ijtimoiy-siyosiy ahvol tang holatda boʼlib, Mavorounnahr hududida yashagan umumiy aholi
turli etnik birliklar va urugʼ-qabilalar sifatida yashab, ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham
turlicha boʼlgan. Bu esa oʼz navbatida, ushbu hududda yashagan xalqlarning milliy birlik va
birdamlik asosida birlashishiga toʼsqinlik qilar edi. Bundan tashqari davlatchiligimiz tarixida
davlat boshqaruvi haqida asar yozib qoldirgan yagona hukmdor АmirTemur hisoblanadi. U
oʼz zamonasi tartiblariga mos ravishda jamiyatni oʼn ikki toifaga taqsimlasa-da, mohiyat
eʼtibori bilan bu oʼn ikki toifaga barcha ijtimoiy guruhlar kirgan. Mavorounnahrni Аmir Temur
va Temuriylar boshqargan davrini tahlil qilishda “Temur tuzuklari” dan tashqari bir qancha
boshqa tarixiy asarlarning oʼrni katta albatta. Аmmo bu asar boshqa asarlardan farq qilib, bu
ham boʼlsa unda davlat va jamiyat oʼrtasidagi munosabatlarni huquqiy asosda qurish
gʼoyasining keng targʼib qilinganiligidir. Аmir Temur bu asardan davlatni boshqarishda keng
foydalangan va shu bilan birga u davlat va jamiyatni boshqarishda asardan oʼzidan keyingi
hukmdorlarning ham foydalanishini targʼib qilgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
La route de Samarcand au temps de Tamerlane. Imprimerie Nationale. Paris, 1990.
2.
Amir Temur in historia mundi. "Sharq", 2001.
3.
Erkuziev A.A., Mamazhanova N.A. Izuchenie lichnosti Amira Timura in Europa (saeculo
XVI–XVIII) // Molodoy uchenyy, 2015. N. 9. S. 959-961.
