TEMURIYLARNING TARIXIY KUTUBXONASI VA BUGUNGI KUNDA SAQLANIB QOLGAN YOZMA YODGORLIKLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada temuriylar davrining sirli kutubxonasi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi va bu kutubxona bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu tarixiy kutubxonaning hozirgi kunda mavjudligi yoki yo‘qolib ketganligi haqidagi fikrlar oydinlashtiriladi. Temuriylar davriga oid yozma yodgorliklarning bir qismi haqida ham ma’lumot beriladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
73-80
10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axmatov, A. ., & Qambarov , G. . (2025). TEMURIYLARNING TARIXIY KUTUBXONASI VA BUGUNGI KUNDA SAQLANIB QOLGAN YOZMA YODGORLIKLAR. Наука и инновация, 3(14), 73–80. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/86196
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada temuriylar davrining sirli kutubxonasi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi va bu kutubxona bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu tarixiy kutubxonaning hozirgi kunda mavjudligi yoki yo‘qolib ketganligi haqidagi fikrlar oydinlashtiriladi. Temuriylar davriga oid yozma yodgorliklarning bir qismi haqida ham ma’lumot beriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

TEMURIYLARNING TARIXIY KUTUBXONASI VA BUGUNGI KUNDA SAQLANIB

QOLGAN YOZMA YODGORLIKLAR

Axmatov Abdulla Odil o’g’li

Sharisabz “davlat” muzey-qo’riqxonasi kutubxona mudiri.

Tel: +998977999109 Email:

aajadidim@gmail.com

Qambarov G‘ayrat Sayfiyevich

Sharisabz “davlat” muzey-qo’riqxonasi filial mudiri.

Tel: +9989916378404 Email:

qambarovg19@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15364748

Annotatsiya:

Ushbu maqolada temuriylar davrining sirli kutubxonasi haqidagi qarashlar

tahlil qilinadi va bu kutubxona bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu
tarixiy kutubxonaning hozirgi kunda mavjudligi yoki yo‘qolib ketganligi haqidagi fikrlar
oydinlashtiriladi. Temuriylar davriga oid yozma yodgorliklarning bir qismi haqida ham
ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

Sirli kutubxona, g‘oyib bo‘lgan kitoblar, Hazrati Bashir, Niyoztepa, Rampur

Razo, Kolber kolleksiyasi.

Annotation:

This article analyzes various perspectives on the mysterious library of the

Timurid era and explores scientific research related to it. It also clarifies opinions regarding
whether this historical library still exists or has been lost. Additionally, the article provides
information about some of the written monuments from the Timurid period.

Keywords:

Mysterious library, lost books, Hazrat Bashir, Niyoztepa, Rampur Raza,

Colbert collection.

Аннотация:

В данной статье анализируются взгляды на загадочную библиотеку

эпохи тимуридов и рассматриваются научные исследования, связанные с ней. Также
освещаются мнения о том, существует ли эта историческая библиотека в настоящее
время или она утрачена. Кроме того, приводятся сведения о некоторых письменных
памятниках, относящихся к эпохе тимуридов.

Ключевые слова:

Загадочная библиотека, исчезнувшие книги, Хазрати Башир,

Ниёзтепа, Рампур Разо, Колберская коллекция.

Kirish

: Tarixdan ma’lumki buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur Movoraunnahrning

poytaxti Samarqandda o’z davrining ilm-fan san’at va madaniyati yuksaltirgan ajoyib shaharni
bunyod etgan. Jumladan, bu shaharda Temuriylarning tarixiy kutubxonasi ham qad rostlagan
bo’lib, u o’zining yozma yodgorliklari, noyob kitoblari bilan mashxur bo’lgan. Bugungi kunda
temuriylar kutubxonasi va undagi yozma yodgorliklar yetarlicha tadqiq qilinmaganligi bois,
tarixchilar va kutubxonashunoslar orasida turli xil qarashlarni keltirib chiqarmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Temuriylarning tarixiy kutubxonasi haqida qariyb

to‘rt asr davomida ilmiy va amaliy izlanishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu izlanishlar
kutubxonaning bugungi kunda saqlanib qolganligini asoslaydi. Shu o‘rinda Amir Temur asos
solgan kutubxonaga va kutubxonachilikka alohida e’tibor berilgan. Buning isboti sifatida
quyidagi fikrni keltirishimiz mumkin: “Samarqanddan kitob olib chiqish taqiqlandi. Kitob
o‘g‘irlaganga o‘lim jazosi berilgan. Kitoblar bebaho boylik sifatida himoyalangan.

Amir Temur o‘zi vatani Shahrisabzda, so‘ngra mamlakat poytaxti Samarqandda saroy

kutubxonasiga asos solgan.[1]”


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

Avvalo bugungi kunda mavjud bo‘lgan Temuriylar davridan qolgan yozma yodgorliklarga

to‘xtalsak. Sharqshunos olim Xayrulla Ismatullayevga ko‘ra: “Britaniya Muzeyi, Parij Milliy
Kutubxonasi, Oksford, Kembrij, Sorbonna, Garvard, YEL universiteti kutubxonalari, Gollandiya,
Olmoniya, Ispaniya, Italiya, Vatikan kitobliklari, hamda Turkiya, Eron, Hindistondagi
kutubxonalarda o‘zimiz saqlay olmagan ko‘plab yozma adabiyotlarimiz namunalari avaylab
asrab kelinmoqda.

O‘rta Osiyo taraqqiyoti uchun Uyg‘onish hisoblangan bu davr biz uchun muhim

ahamiyatga molikdir. Ma’lumki, Sulton Husayn Boyqaro asarlari Britaniyadagi Chester Betti
kutubxonasida 404 raqami bilan, Britaniya Muzeyida Or.208 raqami bilan, Parijdagi Milliy
kutubxonada 993 raqami bilan, Turkiyadagi To‘pqapi Saroy Muzeyi kutubxonasida E.N. 1686
va A.2381 raqamlari bilan saqlanib kelinmoqda. Aniqlanishicha, Sulton Husayn Boyqaroning
o‘z zamonasi mashhur kishilariga yo‘llagan xatlari hamda chiqargan farmonlari ham jahon
kitobliklarida saqlanib qolgan.

Britaniya Muzeyida Or. 61 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning Boyozid 2 ga

yozgan xati, shu muzeyda yana Og. 1702 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning
Hasanbeg Bahodirga yozgan xati saqlanadi.”[2]

Shuningdek “Dunyoga mashhur Rampur Raza kutubxonasi Hindistonning Uttar-Pradesh

shtatidagi Rampur shahrida joylashgan. Bu kutubxonada Movarounnahr, Xuroson va Sharqning
boshqa hududlariga oid minglab qo‘lyozmalar mavjud. Unda Amir Temur hayoti va faoliyatiga
oid temuriylarga bag‘ishlangan o‘nlab kitoblar jamlangan.

Masalan, ular orasida “Malfuzat-i Amir Temur” juda qimmatlidir. Qo‘lyozma 1637-yilda

Abu Tolib al-Oriziy tomonidan chig‘atoy turkiysidan fors tiliga tarjima qilingan. Bu asar Amir
Temurning avtobiografik xotirasi hisoblanadi. Bu asar “Vaqi’at-i Temuriy” va “Tuzuk-i
Temuriy” nomi bilan ham mashhur. Asar ikki jildli maqoladan iborat. Birinchi qism umumiy
boshqaruv san’ati, strategiya va siyosatga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi qismi “Tuzukat” deb
nomlanib, Temur siyosati va boshqaruv usullariga bag‘ishlangan.

Kutubxonada yana bir mashhur asar – Sharafiddin Ali Yazdiyning Temur va temuriylar

haqidagi “Zafarnoma” (“G‘alabalar kitobi”) va “Asnad-i aulad-i amjad-i hazrat-i sohib-qiron”
(Amir Temur va uning taxtiga o‘tirish sanalari aniq ko‘rsatilgan qisqacha risola) mavjud.

Ko‘rib turganimizdek, Hindistondagi Rampur Razo kutubxonasida tariximiz, adabiyotimiz

bilan bog‘liq nodir asarlar mavjud bo‘lib, ular navqiron avloddan bu merosga e’tibor qaratish,
uni o‘rganishni taqozo etadi.[3]”

Yuqoridagi manbaga ko‘ra hozirgi kunda bu kutubxonada: Islom fiqhi, ilohiyoti, falsafa,

mantiq, astronomiya, matematika, nutq san’ati, tilshunoslik she’riyat nazariyasi, nazm, tibbiyot,
al-kimyo va tumorlar, lochin ovi va qushlar, ertaklar, hayvonlar haqidagi masallar latifalar va
afsonalar, shuningdek arab tilidagi, manbalardan, Qur’on tavsifi va imlosi, Rasululloh SAVning
tarjimai holi, Sahih hadislar to‘plami, Habashiston tarixi, Bag‘dod tarixi, geometriya,
astranomiya, afsungarlik, musiqa, Islom tibbiyoti, farmakologiya kabi fanlarga oid yuzlab
qo‘lyozmalar saqlanmoqda.

Samarqanddagi saroy kutubxonasi juda mashhur bo‘lgan. Rus olimi Dmitriy Logofetning

yozishicha, “Amir Temur hukmronlik qilgan dastlabki yillarda mazkur kutubxona Shahrisabzda
bo‘lgan. Keyinchalik Samarqandga ko‘chirilgan.” Mazkur kutubxonada yunon, lotin, fors,
suryoniy, arman va boshqa tillardagi eng noyob qo‘lyozmalar saqlangan. Ta’kidlash joizki,
barcha kitoblar XI–XII asrlardagi mashhur kutubxonalar singari, fanlar bo‘yicha joylashtirilib,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

maxsus sandiqlarda saqlangan. Saroy kutubxonasida o‘z davrining yetuk olimlari hisoblangan
Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison,
Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono No‘moniddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Mavlono Alouddin
Koshiy, Jalol Xokiylar Amir Temur homiyligida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borgan” [4] [5]

“Shuningdek, Hindistonda saqlanayotgan Akbarshoh buyrug‘i bilan yozilgan noyob kitob

haqida ham xabar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik
instituti ilmiy xodimi Dilorom Karomatning aytishicha, Xudobaxsh Xon kutubxonasi
Hindistondagi eng boy kutubxonalardan biri bo‘lib, u yerda O‘zbekiston tarixiga oid hujjatlar,
xususan, Temuriylar tarixiga oid arab va turk tillaridagi qo‘lyozmalar saqlanadi.

Bu

qo’lyozmalar orasida eng noyobi, qimmatlisi esa “Tarixi xonadoni Temuriya” bo’lib, unda Amir
Temur davriga oid 132 ta miniatyura mavjud.[6]

Qolaversa, yana bir qimmatli qo‘lyozma mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Bu astronomiyaga oid

“Zij-i Rassad-i Samarqand” qo‘lyozmasi bo‘lib, hijriy 832, milodiy 1428-29 yillarda noma’lum
nusxa ko‘chiruvchi tomonidan yozilgan. Ulug‘bekning “Zij-i Jadid-i Sultoniy” asaridan (milodiy
1437 yilda yozilgan) oldin yozilgan ushbu qo‘lyozma Hindistondagi “Rampur Razo”
kutubxonasi fondida saqlanadi.

Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini aks ettiruvchi “Boburnoma” yoki “Bobur

kitobi” asari qo‘lyozmasi ham e’tiborga molik topilmalardan hisoblanadi. Qo‘lyozmada turli
mavzularni aks ettiruvchi 145 ta illyustratsiya mavjud. Shuningdek, undagi 27 ta rasmda
Boburning shaxsiy hayoti, 42 ta rasmda o‘simlik va hayvonot dunyosi, 27 ta rasmda esa muhim
tarixiy epizodlar tasvirlangan. Shu bilan birga, 25 ta jangovar sahna, 12 ta uy hayoti, 7 ta ov
sahnasi va 3 ziyofat tasviri mavjud. Qo‘llanmada qirq to‘qqizta rassomning ismlari keltirilgan.
Ushbu qo‘lyozma ayni damda Kobulda saqlanadi.

XVII asrda Istanbulda topilgan uyg‘ur yozuvidagi “Me’rojnoma” va “Muhammad

payg‘ambarning ulug‘lanishi” asarlari qo‘lyozmalarini ham qayd etish joiz. Mazkur
qo‘lyozmalar XIV asrda qirol Lui hukmronligi davrida vazir Jan-Batist Kolber kolleksiyasi uchun
sotib olingan. Ushbu noyob qo‘lyozmalar mutaxassislar tomonidan o‘zining naqshlarining
nafisligi, juda yorqin ranglari va kuchli estetik ta’siri bilan ajralib turadi, deb baholanadi. Ushbu
ikki durdona asarning yuqori sifatli faksimiliyasi “Mueller Schindler” nashriyoti tomonidan
chop etilgan.

Ali Qushchining matematikaga oid “Risola-i Qushchiya” qo‘lyozmasi ham qimmatli

manbalardan deya e’tirof etiladi. Razo kutubxonasi fondida saqlanayotgan ushbu qo‘llanma
muallifning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi.[7]

Temuriylardan Shohrux Mirzo, Boysung‘ur Mirzo va Husayn Boyqaroning kutubxonasi

ham adabiy-badiiy, ilmiy kitoblarning xilma-xilligi va soni jihatdan Temurning Samarqanddagi
kutubxonasidan qolishmagan.

Boysung‘ur Mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etadi. Unda qirq nafar yetuk

hunarmand: xushnavis xattot Mavlono Ja’far Tabrizi raisligida kitobat bilan mashg‘ul bo‘lib,
kitobatga lozim bo‘lgan varroqlik, sahhoflik, tasvir, tazhib, tajlid, vassolik, zarafshonlik va
boshqa nafosat, badiiy san’at ijodi bilan band bo‘lganlar. Mavlono Ja’far Tabrizi Boysung‘ur
Mirzo kutubxonasining raisi, nasta’liq xatining ijrochisi, Mir Alining shogirdi edi.

Mirzo Boysung‘ur tashkil etgan kutubxona va nigorxonasida quyidagi naqqosh va xattot,

musavvirlar ishlar edi: Mavlono Shams Boysung‘uri xattotlikda Boysung‘ur Mirzoning ustozi,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

olti nav yozuvini mukammal bilgan yetuk xattot Xalil Haraviy Boysung‘ur Mirzo tarbiyasini
olganlardan, u chizgan Amir Temur surati bizgacha yetib kelgan.

O‘sha davr tarixnavislarining e’tirofiga ko‘ra, shu 40 nafar hunarmand o‘z hamdast ham

peshalari bilan har biri zamon ajibasi, davron nodirasi bo‘lgan. Boysung‘ur Mirzo kutubxonasini
yirik nafis san’at akademiyasi desa ham bo‘ladi. Chunki bu yerda faqat kitob ko‘chirish bilan
shug‘ullanibgina qolmay, nodir qo‘lyozmalarning ilmiy-tanqidiy matnini tiklab, tasvirli
albomlar ham tuzganlar.

Hozirgi kunda Boysung‘ur kutubxonasida yaratilgan kitoblarning aksari Istanbul va

Tehron muzeylarida saqlanmoqda.[8]

Yuqorida Temuriylar davridan qolgan yozma yodgorliklar, bugun dunyoning qaysi

burchagida saqlanayotganini qisman bilib oldik. Eng asosiy masala esa XVII asrdan beri tadqiq
etilayotgan Temuriylarning tarixiy kutubxonasi haqida. Quyida ushbu kutubxona haqidagi
izlanishlarni muhokama qilamiz.

Muhokama va natijalar:

Ma’lumki deyarli barcha manbalarda Temuriylar

kutubxonasining bugungi kunga qadar mavjud ekanligi yoki yo‘qolib ketganligi haqidagi
qarashlarga duch kelamiz. Lekin hech biri ilmiy jihatdan o‘zining aniq isbotini topganicha yo‘q.
Temuriylarning tarixiy kutubxonasi bugungi kunga qadar kimlar tomonidan qay tarzda tadqiq
etilganligini va ilmiy xulosalarni qisqacha keltirib o‘tamiz.

“Samarqandda arab, fors, turk, sanskrit, yunon, lotin, arman tilidagi ko‘plab bebaho

qo‘lyozmalar Istanbul, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Bursa, Armaniston kabi davlatlardan,
Brus, Isfahon, Hamadon, Sheroz, Bag‘dod, Damashq kabi qadimiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan
shaharlardan olib kelingan edi. Olimlarning taxminicha, Temur Samarqandga VIII asrning
birinchi choragida aynan BasrBursadan Ko‘fiy xati bilan ko‘chirilgan Qur’oni Karimning
nusxasini olib kelgan.[9]

Amir Temur kutubxonasidan faqat saroy vakillarigina emas, balki muayyan guruhdagi

kitobxonlar ham foydalanganlar. Kutubxonadagi kitoblar fan sohalari bo‘yicha ro‘yxatga olinib,
sandiqlarda saqlangan. Bu tartib kitoblarni hisobga olish uchun emas, balki foydalanish oson
bo‘lishi uchun ham o‘rnatilgan. Temurdan so‘ng uning noyob kutubxonasi nabirasi Ulug‘bekka
(1394 – 1449) meros bo‘lib qolgan. Ulug‘bek davrida O‘rta Osiyo kutubxonachilik ishi yanada
rivojlandi. Ayniqsa, Ulug‘bek topshirig‘i bilan 1428-1429 yillarda Samarqanddagi
observatoriya qoshida tashkil etilgan kutubxona eng boy kitob fondiga ega bo‘lgan.”[10]

Taxmin qilishlaricha, Ulug‘bek yiqqan kitoblar xazinasi Pargami qo‘lyozmalaridan

boshlangan, Temur Pirgami shahrini bosib olganda qo‘lyozmalarni ham karvon bilan
Samarqandga olib kelgan. Kutubxona Ulug‘bek davrida betinim boyib borgan. Kutubxonada
Platon, Gippokrat, Ptolomey, Aristotel asarlari to‘plangan va yaxshi saqlangan. Bulardan
tashqari, bu yerda vatandoshlarimiz buyuk olim Muhammad ibn Muso Xorazmiyning algebraga
doir mashhur risolasi, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va
«Astronomiya kaliti» nomli asarlari, Al – Battoniyning astronomik jadvallari; Abu Ali ibn
Sinoning «Tib qonunlari» risolasi Ulug‘bek ning «Ziji jadidi Ko‘ragini», «Ulug‘bek ziji»kabi
asarlari bo‘lgan.

Ulug‘bek, kutubxonasining mudiri vazifasiga shogirdi Ali Qushchini tayinlagan. 1449-

yilda halok bo‘lgan Ulug‘bek kitoblar xazinasining bundan keyingi qismati ham Ali Qushchi
bilan bog‘liq bo‘lgan.[10]


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

Kutubxonaning qidiruv ishlari Samarqand Rossiya imperiyasiga qo‘shib olingandan so‘ng

darhol boshlandi. 1869 yildayoq bu Turkiston general-gubernatori, sharqshunos Aldeksandir
Kun qoshidagi maxsus topshiriqlar amaldori zimmasiga yuklatilgan edi. Sankt-Peterburg
universitetining Sharq fakultetining bu bitiruvchisi arab, fors va turkiy tillarni yaxshi bilgan.
Bundan tashqari, Kun onasi tomonidan arman bo‘lganligi sababli, ushbu mashhur kutubxona
haqida eng qadimgi ma’lumotlar yozilgan tilni ham bilar edi.[11]

Kundan so‘ng Aldeksand Ludvigovich Samarqand va unga yaqin joylarda joylashgan

masjid va madrasalardagi barcha minoralarni ko‘zdan kechirdi. Biroq, buning uchun sarflangan
katta sa’y-harakatlarga qaramay, yo‘qolgan kutubxonaning izlarini topishning iloji bo‘lmadi.

Eng boy qo‘lyozmalar to‘plami haqidagi afsona Yevropa olimlari va sayohatchilarini

qiziqtirdi. 19-asrning ikkinchi yarmidayoq Yevropaning taniqli olimlari Vamberi, Skayler,
Uolles va Samarqandga tashrif buyurgan boshqa bir qancha ishqibozlar ushbu kitob omborini
izlab yurgan edilar.

1881-yilda Parijda “O‘rta Osiyoga paroxodda” nomli kitob nashr etildi, uning muallifi

marshal Ney Napoleon-Polning tug‘ilgan nabirasi, fransuz harbiy rahbari, jurnalisti va
sayohatchisi bir yarim oydan kamroq vaqt ichida Rossiya imperiyasining muhim qismlarida
bo‘ldi. Ushbu nashrning uch jildli maqolasi Samarqandga bag‘ishlangan.[12]

1403-yilda Samarqandga tashrif buyurga Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo

o‘zining kundalik daftariga kutubxona to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlarni qayd qilgan edi. 1863-
yilda venger sharqshunosi Armeniy Vamberi Markaziy Osiyo bo’ylab sayohati davomida,
Samarqandda mashhur arman-yunon kutubxonasining “izlari”ni topishga intildi. Markaziy
Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin ko‘pgina sharqshunoslar va turli mamlakatlarning
olimlari o‘z nazarlarini Amir Temurning mashhur kutubxonasiga qaratdilar, uning taqdirini
bilishga qiziqdilar. Turkiya viloyatida istiqomat qilayotgan armanlar 1868-yilda Samarqand va
Buxoro arman yunon kutubxonasini topish to‘g‘risidagi iltimosi bilan hukumatga murojaat
qildilar.[16]

Bir versiyaga ko‘ra, kitob ombori joylashgan rasadxonaning qazish ishlari bu taxminni

tasdiqlamadi. Afsonaviy kutubxonani qidirish keyingi o‘n yilliklarda olib borildi. Yana ir
versiyaga ko‘ra, kitoblarni buyuk munajjim Ali-Qushchining sherigi Afg‘oniston viloyatlaridan
biriga olib ketgan, ikkinchisiga ko‘ra, ular Samarqand zindonlaridan biriga dafn etilgan. [13]

Boshqa variantlar ham bor edi. Shunday qilib, Ali Qushchi karvoni Temur

kutubxonasining o‘ndan bir qismiga ham ega emas edi. Shunday ekan, to‘plangan asarlarning
aksariyati Samarqandda qolib, o‘sha joylarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzila paytida qulab
tushgan minora vayronalari ostida ko‘milgan bo‘lishi mumkin.[14]

O‘tgan asrning 60-yillari boshida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida tarixchi va

o‘lkashunos olimlarning Ulug‘bek kutubxonasi Afg‘onistonga umuman olib ketilmagani,
Qashqadaryo tog‘larida yashiringanligi haqidagi maqola va eslatmalar paydo bo‘la boshladi.
Hatto uning joylashgan joyini - xuddi shu nomdagi daryoning yuqori oqimidagi Hazrati-Bashir
qishlog‘ini nomlagan holda - sensatsiya mualliflari kitoblar bilan u yerda maxsus jihozlangan
zindonda saqlanganiga ishontirishdi. Matbuotdagi shov-shuvlar jamoatchilik fikri tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi.[15]

Keyin esa 1963 yilning bahorida respublika Fanlar akademiyasi ko‘rsatilgan hududga

samarqandlik arxeologlar guruhini yubordi, ular tarkibiga olimlar S.Kabanov, K.Shaxurin,
A.Asqarov va laborant A.Kobzev kiradi. Topilgan epigrafik yodgorliklar va tarixiy mazmundagi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

kitoblar bilan tanishish uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti
xodimlari A.Juvanmardiev va T.Negmatovlar Hazrati Bashir yuborildi.

Bir asrlik pistazor bilan o‘ralgan mahalliy qabristonni o‘rganib chiqqan olimlar bir qancha

qadimiy qabrlarni topdilar. Ulardan biri Hazret-Bashir avliyoning qabri bo‘lsa, ikkinchisi
temuriylar davrida tuman hokimi bo‘lgan amir Said al-Abtariy edi. Yana bir qancha qabr
toshlarini sanab bo‘lmadi. Shuningdek, arxeologlar qirq kunlik namoz o‘qish uchun
mo‘ljallangan sun’iy g‘or (chillaxona) hamda qishloqda joylashgan XVIII asrga oid masjid
xarobalari bilan tanishdilar. Biroq ularning izlanishlarining asosiy yo‘nalishi go‘yoki yer ostida
kutubxona joylashgan Niyoztepa tepaligi edi.[13]

Uning izidan borib, arxeologlar qidiruv maydonini sezilarli darajada kengaytirdilar,

ammo natija bir xil bo‘ldi. Ular faqat sobiq aholi punktlarining qoldiqlarini: uylar devorlari,
oshxona anjomlari, sopol buyumlar bo‘laklarini topishga muvaffaq bo‘ldilar, bu Temuriylar
davrida Hazrati-Bashir kichik feodal mulkining markazi bo‘lganligini ta’kidlash uchun asos
bo‘ldi.

Ushbu ekspeditsiya nafaqat Ulug‘bek kutubxonasini nomidagi qishloq hududiga olib

o‘tish masalasini yopdi, balki u haqidagi mavjud versiyalarga tuzatishlar kiritdi. Ilgari, Ali-
Qushchi kutubxonasi bilan bu yerga faqat o‘zi tug‘ilgani uchun borgan, deb taxmin qilingan va
bu taxminning asosi qo‘shni qishloqlardan birining nomini qo‘pol ravishda buzib ko‘rsatish edi:
Qutchi o‘rniga, u uzoq vaqt davomida chaqirilganidek, afsonalar tomonidan olib ketilgan
odamlar uni “Qushchi” deb atashdi.[14]

Uni topish turli ixtisoslikdagi olimlar: sharqshunoslar, tarixchilar, arxeologlarning azaliy

orzusi edi. Ularning fikricha, Ulug‘bekning taqdiri hanuzgacha rivoyatlar mavzusi bo‘lib kelgan
kutubxonasi saqlanib qolgan va buzilmagan. Shu munosabat bilan har xil taxminlar va turli
farazlar ilgari suriladi.

Boshqa bir olim B.Ahmedov bu variantni mumkin deb hisoblaydi. Ulug‘bek tomonidan

tasdiqlangan dastlabki rejaga ko‘ra, tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan va cheksiz mablag‘ bilan
ta’minlangan Ali-Qushchi hukmdor vafotidan keyin yuzaga kelgan sarosimaga tushib qolgan va
o‘zi bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni: kitoblar, qo‘lyozmalar, chizmalar va
hokazolarni olib, shoshib Samarqandni tark etadi. U katta karvon bilan, keyin esa avval
mamlakatdan jo‘nab ketadi. “Kutubxonani yerdan izlash befoyda”, deydi Penjikent arxeologik
ekspeditsiyasi rahbari A. M. Belenitskiy.[13]

Samarqand universiteti dotsenti A.E.Xatipov qo‘lyozmalarning bugungi kungacha

saqlanib qolganiga ishonchi komil. Sultonning hamrohlari nodir kitoblarning ajoyib to‘plami
rasadxona taqdirini baham ko‘rishiga yo‘l qo‘ya olmadilar. A.Xatipovning so‘zlariga ko‘ra,
kitoblar Hazrati Bashir qishlog‘i yaqinida yashiringan.Olimlarning fikrlari bir-biriga to‘g‘ri
kelmaydi, versiyalar har xil, ammo ularning barchasi bir masalada birlashadi – qo‘lyozmalar
buzilmagan, kutubxonani topish kerak!

Kutubxonaning mavjudligi haqida ishonchliroq ma’lumotlar mavjud. Ulug‘bekning

shogirdi, matematik olim Ali Qushchi “Arifmetika kaliti” risolasining so‘zboshisida shunday
yozadi: “Men buni eng ulug‘, oliyjanob Sulton Ulug‘bek Kuragan kutubxonasi uchun qildim”[12].

Xulosa:

Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, Temuriylarning tarixiy kutubxonasi, to‘liq

yo‘qolib ketmagan. Uning parchalari bugun dunyoning turli burchaklaridagi muzeylarda,
kutubxonalarda nodir qo‘lyozma sifatida saqlanmoqda. Shu o‘rinda Temuriylarning sirli
kutubxonasi va unga bo‘lgan qiziqish, kutubxonaning qisman topilganligi ammo hali hanuz


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

79

katta qismi topilmaganligidan darak beradi. Ana endi Olimlarning fikrlarni tahlil qilish orqali
kutubxonaning bugungi taqdiri haqida shaxsiy fikrlarimni yozib qoldiraman.

Birinchidan: Mirzo Ulug‘bek va qolgan barcha temuriyzodalar kutubxonaning qanchalik

muhim ekanligini va u davlat xavfsizligi darajasida, muhofaza qilinganligini yaxshi bilishgan
Kutubxona haqidagi ma’lumotlarni maxfiylashtirishgan. Bunday fikrga kelishimga
manbalardagi Temur kutubxonasidan hatto bitta hujjat olganni ham o‘limga hukm qilganligi
asos bo‘ladi. To‘g‘ri olimlar juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borishgan, Ammo dastlabki
tadqiqotchilarning hech biri markaziy Osiyoda yashamaganligini hisobga olishimiz kerak. Zero
Amir Temur shu qadar ma’rifatli inson bo‘lganligi o‘zi avlodlariga ilmda undan-da yaxshiroq
bo‘lishini ta’minlagan meni nazarimda.

Ikkinchidan: Mirzo Ulug‘bekning o‘zi kutubxonani maxfiylashtirgan bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlarim buni tasdiqlashga turtki bo‘ladi. Shuningdek Ulug‘bek Olim va mutafakkir
inson bo‘lgan.

Uchinchidan: Ali Qushchi kitoblarni turli joylarga yashirib, bir qismini o‘zi bilan Turkiyaga

olib ketgan. Uning karvoni haqidagi ilmiy qarashlar bu haqiqatga yaqinroq manba bo‘lishi
mumkinligini tasdiqlaydi.

To‘rtinchidan: Kutubxona Hazrati-Bashir ziyoratgohiga yaqin Niyoztepa manzilgohida,

Shuningdek Qizil sharshara nomi bilan atalgan tog‘ tizmalari orasida, shuningdek
Samarqanddan 70 km masofada, Smarqanddagi yer ostiga ko‘milib ketgan minoralar ostida
qolgan bo‘lishi mumkin. Bu taxminlar ilmiy izlanuvchilarning tadqiqotiga suyanib ilgari
suramiz.

Demak Temuriylarning tarixiy kutubxonasi Hozirga qadar sirliligicha qolmoqda, undan

olingan manbalar dunyoning turli burchaklarida hozirga qadar saqlanib kelmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Chamxyan, M. (2023). Amir Temur va temuriylar davrida kitobat san’ati va kutubxonalar.

Payariq tuman axborot-kutubxona markazi. Olingan sana: 2025-yil 3-may, manba:

https://www.payariq.takm.uz

2.

Ismatullayev, X. Zarvaraqlar / X. Ismatullayev // Maqola. – 2015. – 21 iyun. – B. 1.

3.

Ўзбекистон маданий мероси муаллифлик туркуми: Ўзбекистон адабий мероси

Рампур Раза кутубхонаси тўпламида (Ҳиндистон). Иккинчи қисм, китоб-альбоми / Ф.Ф.
Абдухолиқов, Э.В. Ртвеладзе, Сейид Ҳасан Аббас, Г.С. Хважа, С. Нақи Аббас (Кайфий). – Т.:
«Zamon-Press-Info Nashriyot uyi» МЧЖ, «Silk Road Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis»
МЧЖ буюртмасига кўра, 2021. – 552 б.
4.

Амир Темур ўгитлари. – Т.: “Наврўз”, 1992. – 59 б.

5.

Султон Ҳусайн Бойқаро ижоди жаҳон кутубхоналарида [Электрон ресурс] //

Oyina.uz. – 2023. – 11 март. – Режим кириш: https://oyina.uz/uz/article/3376 (мурожаат
қилинган сана: 2025.05.02).
6.

Темур кутубхонаси борми? [Электрон ресурс] // Telegra.ph. – 2023. – 25 ноябрь. –

Режим кириш: https://telegra.ph/Temur-kutubxonasi-bormi-11-25 (мурожаат қилинган
сана: 2025.05.02).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

80

7.

Улуғбекнинг сирли сурати — Маданий мерос конгрессида [Электрон ресурс] //

Xabar.uz.

2023.

[сана

кўрсатилмаган].

Режим

кириш:

https://xabar.uz/uz/madaniyat/ulugbekning-sirli-surati-madaniy-meros-kongressida
(мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).
8.

Kutubxona – nurxona. O’rta Osiyoning qadimgi kutubxonalari [Elektron resurs] //

Kattaqo’rg’on

tuman

axborot-kutubxona

markazi.

Rejim

kirish:

https://kattakurgon.takm.uz/yangiliklar/item/49-kutubxona-nurxona-o-rta-osiyoning-
qadimgi-kutubxonalari (murojaat qilingan sana: 2025.05.02).
9.

Ғойиб

бўлган

кутубхоналар.

Odam.uz,

2019.

Режим

кириш:

https://www.odam.uz/amp/news/2541 (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).
10.

Улуғбек

расадхоналари.

Википеdия,

2021.

Режим

кириш:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_rasadxonasi (мурожаат қилинган сана:
2025.05.02).
11.

Rasulov, O. Temur kutubxonasi bormi? // Telegra.ph – 2021. – https://telegra.ph/Temur-

kutubxonasi-bormi-11-25 (murojaat qilindi: 2025.05.03).
12.

Bibliomir83. Tayna biblioteki Timura // Bibliomir83.blogspot.com – 2019. –

https://bibliomir83.blogspot.com/2019/04/blog-post_5.html (murojaat qilindi: 2025.05.03).
13.

Назарьян Р. По следам легендарной библиотеки Улугбека [Электронный ресурс] //

Samcity.uz. – 2016. – 11 авг. – Режим доступа: https://www.samcity.uz/gorod/593-po-
sledam-legendaНазарян Р. В поисках легендарной библиотеки Улугбека [Электронный
ресурс] // Vesti.uz. – 2020. – 6 февр. – Режим доступа: https://vesti.uz/v-poiskah-
legendarnoj-biblioteki-ulugbeka/, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).
14.

Ulug‘bek kutubxonasi haqida muhokama [Электронный ресурс] // Odnoklassniki. –

Режим

доступа:

https://m.ok.ru/group/47971841278018/topic/68912044531778,

свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).
15.

Косарев А. Заморские клады: кладоискательские истории [Электронный ресурс]. –

М.:

Вече,

2004.

ISBN

5-94538-442-9.

Режим

доступа:

https://libking.ru/books/russian_contemporary/643333-aleksandr-kosarev-zamorskie-
klady-kladoiskatelskie-istorii.html, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).rnoj-
biblioteki-ulugbeka, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).
16.

To‘ychiyeva D. Amir Temur va Temuriylar davrida kitobat san’ati va kutubxonalar //

Oriental Art and Culture: Scientific-Methodical Journal. – 2022. – T. 3, № 2. – B. 290–297.

Bibliografik manbalar

Chamxyan, M. (2023). Amir Temur va temuriylar davrida kitobat san’ati va kutubxonalar. Payariq tuman axborot-kutubxona markazi. Olingan sana: 2025-yil 3-may, manba: https://www.payariq.takm.uz

Ismatullayev, X. Zarvaraqlar / X. Ismatullayev // Maqola. – 2015. – 21 iyun. – B. 1.

Ўзбекистон маданий мероси муаллифлик туркуми: Ўзбекистон адабий мероси Рампур Раза кутубхонаси тўпламида (Ҳиндистон). Иккинчи қисм, китоб-альбоми / Ф.Ф. Абдухолиқов, Э.В. Ртвеладзе, Сейид Ҳасан Аббас, Г.С. Хважа, С. Нақи Аббас (Кайфий). – Т.: «Zamon-Press-Info Nashriyot uyi» МЧЖ, «Silk Road Media» МЧЖ, «Darakchi inform servis» МЧЖ буюртмасига кўра, 2021. – 552 б.

Амир Темур ўгитлари. – Т.: “Наврўз”, 1992. – 59 б.

Султон Ҳусайн Бойқаро ижоди жаҳон кутубхоналарида [Электрон ресурс] // Oyina.uz. – 2023. – 11 март. – Режим кириш: https://oyina.uz/uz/article/3376 (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).

Темур кутубхонаси борми? [Электрон ресурс] // Telegra.ph. – 2023. – 25 ноябрь. – Режим кириш: https://telegra.ph/Temur-kutubxonasi-bormi-11-25 (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).

Улуғбекнинг сирли сурати — Маданий мерос конгрессида [Электрон ресурс] // Xabar.uz. – 2023. – [сана кўрсатилмаган]. – Режим кириш: https://xabar.uz/uz/madaniyat/ulugbekning-sirli-surati-madaniy-meros-kongressida (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).

Kutubxona – nurxona. O’rta Osiyoning qadimgi kutubxonalari [Elektron resurs] // Kattaqo’rg’on tuman axborot-kutubxona markazi. – Rejim kirish: https://kattakurgon.takm.uz/yangiliklar/item/49-kutubxona-nurxona-o-rta-osiyoning-qadimgi-kutubxonalari (murojaat qilingan sana: 2025.05.02).

Ғойиб бўлган кутубхоналар. – Odam.uz, 2019. – Режим кириш: https://www.odam.uz/amp/news/2541 (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).

Улуғбек расадхоналари. – Википеdия, 2021. – Режим кириш: https://uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_rasadxonasi (мурожаат қилинган сана: 2025.05.02).

Rasulov, O. Temur kutubxonasi bormi? // Telegra.ph – 2021. – https://telegra.ph/Temur-kutubxonasi-bormi-11-25 (murojaat qilindi: 2025.05.03).

Bibliomir83. Tayna biblioteki Timura // Bibliomir83.blogspot.com – 2019. – https://bibliomir83.blogspot.com/2019/04/blog-post_5.html (murojaat qilindi: 2025.05.03).

Назарьян Р. По следам легендарной библиотеки Улугбека [Электронный ресурс] // Samcity.uz. – 2016. – 11 авг. – Режим доступа: https://www.samcity.uz/gorod/593-po-sledam-legendaНазарян Р. В поисках легендарной библиотеки Улугбека [Электронный ресурс] // Vesti.uz. – 2020. – 6 февр. – Режим доступа: https://vesti.uz/v-poiskah-legendarnoj-biblioteki-ulugbeka/, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).

Ulug‘bek kutubxonasi haqida muhokama [Электронный ресурс] // Odnoklassniki. – Режим доступа: https://m.ok.ru/group/47971841278018/topic/68912044531778, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).

Косарев А. Заморские клады: кладоискательские истории [Электронный ресурс]. – М.: Вече, 2004. – ISBN 5-94538-442-9. – Режим доступа: https://libking.ru/books/russian_contemporary/643333-aleksandr-kosarev-zamorskie-klady-kladoiskatelskie-istorii.html, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).rnoj-biblioteki-ulugbeka, свободный. – (Дата обращения: 03.05.2025).

To‘ychiyeva D. Amir Temur va Temuriylar davrida kitobat san’ati va kutubxonalar // Oriental Art and Culture: Scientific-Methodical Journal. – 2022. – T. 3, № 2. – B. 290–297.