SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
268
Synapses:
Insights Across the Disciplines
OʻZBEKISTON DEMOKRATIK FUQAROLIKNI JAMIYATINI OSHIRISH
Boyto`rayev Sirojiddin
Imomov Murotjon G`ulamovich
Ro’zmetov Sulaymon Ilxomboy og’li
DTPI o`qtuvchisi
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Oʻzbekistonning demokratik fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari, ularning asosiy tamoyillari, huquqiy va
ijtimoiy asoslari, shuningdek, jamiyatda fuqarolik turmush tarzi va faolligini
oshirishning ahamiyati tahlil etiladi. Demokratik qadriyatlarni qaror toptirish orqali
Oʻzbekistonning yanada barqaror va rivojlangan fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidagi
olib borilayotgan islohotlar, faoliyatlarning ahamiyati va natijalari ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Demokratik fuqarolik,Jamiyat, Ijtimoiy faoliyat, Huquqiy
asoslar,Rivojlanish,Islohotlar
АБСТРАКТНЫЙ:
В данной статье анализируются процессы становления и
развития демократического гражданского общества Узбекистана, их основные
принципы, правовые и социальные основы, а также важность повышения
гражданского образа жизни и активности в обществе. Показаны значение и
результаты проводимых реформ и мероприятий, направленных на построение
более стабильного и развитого гражданского общества Узбекистана путем
утверждения демократических ценностей.
Ключевые слова:
Демократическое гражданство,Общество,Общественная
деятельность,Правовые основы,Развитие,Реформы
ABSTRACT:
This article analyzes the processes of formation and development of
democratic civil society in Uzbekistan, their basic principles, legal and social
foundations, as well as the importance of increasing civic life and activity in society.
The importance and results of the reforms and activities carried out towards building a
more stable and developed civil society in Uzbekistan through the establishment of
democratic values are shown.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
269
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Key words:
Democratic citizenship, Society, Social activities, Legal
frameworks, Development, Reforms
Kirish
So‘nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni
kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu
sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar olib
borildi.
Xususan, oxirgi to‘rt yilda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining 1 270 dan ortiq loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Davlat budjetidan 117 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar ajratildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining
huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro
standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi.
Buning natijasida 20 ga yaqin qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular
o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi tashkil qilindi, shuningdek, aholi bilan
ochiq muloqot olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat
organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson
huquqlarini, qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining
siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishga munosib hissa qo‘shgan nodavlat
notijorat tashkilotlari vakillarini rag‘batlantirish maqsadida “Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi hamda sohaning
126 nafar faollari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
Ko‘rilayotgan choralar natijasida so‘nggi to‘rt yilda fuqarolik jamiyatining eng
asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshdi,
shu jumladan 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatini
boshladi.
Shu bilan birga, ushbu ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va o‘rta muddatli
istiqbollarini belgilab olish zarur.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
270
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy
faolligi va faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” va
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi
o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘mak berish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining
ishtirokini yanada kengaytirish;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
3. Quyidagilar:
2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021-yilda
amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-
ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari
(keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) Konsepsiya har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan alohida tasdiqlanadigan
“Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi;
b) Maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi:
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat
tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
271
Synapses:
Insights Across the Disciplines
quvvatlash hajmini 2021-yilda kamida 1,2 baravarga, 2025-yilda 1,8
baravarga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga 2021-yilda 16
milliard so‘m, 2025-yilda 70 milliard so‘m mablag‘lar ajratish;
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi a’zolari sonini
jami faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soniga nisbatan 2021-yilda
10 foizga, 2025-yilda 30 foizga yetkazish;
har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar
tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining sonini
(jami jamoatchilik kengashlari tarkiblariga kiritilgan nodavlat notijorat tashkilotlari
vakillarining soniga nisbatan) 2021-yilda 5 foizga, 2025-yilda 25 foizga yetkazish;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflarning umumiy sonini 2021-
yilda 1 000 taga, 2025-yilda 5 000 taga yetkazilishini ta’minlash;
mamlakatimizda e’lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan
nodavlat notijorat tashkilotlari sonini 2021-yilda 30 taga, 2025-yildagi davlat dasturida
— 50 taga yetkazish;
amaldagi jarayonlarni soddalashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni
kuchaytirish orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan sodir qilinayotgan
huquqbuzarliklarni (jami 2020-yilda sodir qilingan huquqbuzarliklar soniga nisbatan)
2021-yilda 3,8 foizga, 2025-yilda 19,2 foizga kamaytirish;
2021-yilda 50 ta, 2025-yilda 250 ta nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini
Davlat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi va
unga ko‘ra har yil yakunlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga
oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy
buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan ularning
reytingi tuziladi;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi (keyingi o‘rinlarda —
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
272
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Jamoatchilik palatasi), O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy
assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi va
indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va to‘liq
amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. Акаев, А. "Фуqarolik жамияти: ташкилий ва иқтисодий асослар." Тошкент,
2021.
2. Каримова, Т. "Узбекистонда демократия ва фуқаролик." Тошкент, 2022.
3. Нурматов, Д. "Демократия ва ижтимоий адолат." Тошкент, 2020.
4. Муслимов, С. "Ижтимоий фаоллик ва демократик ислоҳотлар." Тошкент, 2023.
5
. Йўлдошев, Р. "Фуқаролик жамиятига отаща етиб боради." Тошкент, 2020
.
