SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
279
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ARISTOTEL
Imomov Murodjon G`ulom o`g`li.
Ro’zmetov Sulaymon Ilxomboy og’li
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
ANNOTATSIYA:
Aristotel, qadimgi Yunoniston faylasuf, bilim va tajriba o'rtasidagi
muvozanatni oʻrganishga qaratilgan falsafiy sistemaga ega. U mantiq, etik,
politologiya va tabiiy fanlarda tahlil va nazariyalar taklif qilgan. Uning asarlarida inson
xulqi, ijtimoiy hayot va tabiat qonunlari haqida chuqur mulohazalar mavjud.
Kalit so`zlar: .
Mantiq, Falsaf,Etika, Meta,fizik,Rivojlanish
АБСТРАКТНЫЙ:
Аристотель, древнегреческий философ, разработал
философскую систему, основанную на балансе между знанием и опытом. Он
предложил анализы и теории в логике, этике, политологии и естественных
науках. В его трудах содержатся глубокие размышления о человеческом
поведении, социальной жизни и законах природы.
Ключевые слова:
Логика ,. Философия , Этика . Мета,Развитие
ABSTRACT:
Aristotle, the ancient Greek philosopher, developed a philosophical
system focused on the balance between knowledge and experience. He offered analyses
and theories in logic, ethics, political science, and natural sciences. His works contain
profound reflections on human behavior, social life, and the laws of nature.
Key words:
Logic,Philosophy, Ethics, Metaphysics, Development
Kirish
Aristotelning hayoti haqida juda kam narsa maʼlum. Olim shimoliy
shahrida tugʻilgan. Otasi Nikomachus Aristotel bolaligida vafot
etgan va u vasiyning qoʻlida tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 367-yilda, oʻn yetti-oʻn
sakkiz yoshida,
yoshgacha (miloddan avvalgi 347-yil)gacha shu yerda qolgan. Aflotun vafotidan koʻp
oʻtmay, Aristotel Afinani
tark
etgan.
Miloddan
avvalgi
343-yildan
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
280
Synapses:
Insights Across the Disciplines
taklifi bilan shahzoda Aleksandrga
murabbiylik qilgan. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining
tashkil qilgan. Aleksandr vafotidan soʻng 323-yilda xudosizlikda ayblanib,
Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻlgan va umrining oxirigacha shu yerda
yashagan.
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti
ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini
tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga
juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini
qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar
nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi,
aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati
masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his
bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma
yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu
ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik — fan predmeti, uni aql
vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi:
1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga keltiruvchi
sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan
biri, deb eʼtirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni
esa — faol sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday
narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl — borliq mohiyatidir, shakl — abadiy,
oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi sabab harakat yoxud
turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir narsaning imkoniyatdan
voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish;
miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi
harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad —
harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir.
Arastu taʼlimotiga binoan, xudo — oʻz qonunlari boʻyicha rivojlanayotgan barcha
shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi,
„shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu
nazariyasiga koʻra, har qanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa „materiya“ bilan
„shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos „koʻrinishi“dir, unga
ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
281
Synapses:
Insights Across the Disciplines
„materiya“dan — „shakl“ ga va „shakl“dan — „materiya“ga izchil
ravishda oʻtish jarayonidan iborat.
Arastu bilish haqidagi taʼlimotida „dialektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilishni
bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish — tajriba samarasi boʻlmish „fikr“ni,
„apodiktik“ bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani
ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy
qonun qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb
nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy
shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni
isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk
falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil
etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri — oʻsimlik va hayvonot
turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir.
Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga
muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat
qilishi — tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Soliqlar haqida “Aristotel soliqlarni to‘lashni dasturxonga qo‘yilgan noz-ne’matlar
sifatida tasvirlab unda hamma turlicha dehqonlar, hunarmandlar, mulk egalari
to‘lovlarni amalga oshirishni aytib o‘tgan”.
Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani — etikaga asos soldi. Uning axloq
sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu
aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan
ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa
hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql,
ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanlagan maʼqul.
Arastuning siyosiy qarashlari „inson — ijtimoiy mahluqdir“ degan gʻoyaga
asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat — inson hayoti va faoliyatining asosiy
sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat
tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki
boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan
saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob
qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan
kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda
yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
282
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul
shakli mavjud, degan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan
davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa
butun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular — monarxiya (yakka podsho hukmronligi),
aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻʼtadil
demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof
oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan
olomon hukmronligi) — monarxiya, aristokratiya va „politiya“ shakllarining vaqt
oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan koʻrinishidir.
Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi:
tarbiyadan maqsad — ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol
toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro chambarchas bogʻliq uch jihati — jismoniy, axloqiy va
aqliy tarbiya — ruhning uch turiga muvofiq keladi, yaʼni kamolatga erishishning
harakatlantiruvchi kuchlari — tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql-idrokdan iborat hamda
tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu oʻz iqtisodiy taʼlimotida
qullik — tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish? negizi boʻlishi lozim, degan
nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan
tovar ishlab chiqarish? oʻrtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi.
Uningcha, boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boylik va
tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Arastu „tabiiy boylik“
deb ataydi) manbai — dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub
ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu „gʻayritabiiy
boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, oʻzaro
ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson
ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab
boʻlmaydi. Shuningdek Arastu isteʼmol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi
chegarani birinchi boʻlib belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida oʻzaro
qiyoslash mumkin, deb hisobladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Aristotel - "Metafizika" (Metaphysics)
2. Aristotel - "Nikocha Etikasi" (Nicomachean Ethics)
3. Aristotel - "Politika" (Politics)
4. Aristotel - "Organon" (Organon)
5. Heath, M. (2000) - Aristotle: Logic and Metaphysics.
6. Russell, B. (1946) - A History of Western Philosophy.
7. Kenny, A. (2010) - Aristotle.
8. Irwin, T. (1988) - Aristotle's First Principles
