SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
263
Synapses:
Insights Across the Disciplines
OʻZBEKISTONNING OʻZIGA XOS ISTIQLOL VA MUSTAQILLIK YOʻLI
Boyto`rayev Sirojiddin
Imomov Murotjon G`ulamovich
Ro’zmetov Sulaymon Ilxomboy og’li
DTPI o`qtuvchisi
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
ANNOTATSIYA:
Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh Respublikalarda milliy
o'zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo'yildi 7 "Paxta ishi" "O'zbek ishi"
nomli kampaniyalar "Paxta ishi" deb nomlangan qatag'onga milliy tus berilib, u
"o'zbeklar ishi"ga aylantirildi va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi.
Kalit so‘zlar:
respublika, befarqlik, iqtisod, bosqichi, milliy, xalqi, ishonchsiz;
АБСТРАКТНЫЙ:
В государстве начался кризис. В союзных республиках были
предприняты смелые шаги к национальной идентичности и независимости. 7
Кампании под названием «Хлопковая работа» «Узбекская работа» Репрессиям
под названием «Хлопковая работа» придали национальную окраску и
превратились в «узбекскую работу», а интеллектуалы также подвергались
преследованиям.
Ключевые слова:
республика, апатия, экономика, этап, национальный,
народный, ненадежный;
ABSTRACT:
The educational content is the main aspect of the educational process.
This thesis examines the importance of educational content, its components, and its
role in the modern education system. Educational content helps increase the
effectiveness of the educational process and determines the level of knowledge of
students.
Key words:
republic, indifference, economy, stage, national, people, distrustful;
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
264
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Kirish
XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy
hayotidagi inqirozli holatlar 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik
yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma'muriy-siyosiy
biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik
kuchaydi. 80-yillar o'rtalarida sovet jamiyatida "qayta qurish" boshlandi. Qayta qurish
haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. 3 XX
asr 80-yillari o'rtalarida Respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi
inqirozli holatlar 80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta
qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi
Qayta
qurish
yillarida
O'zbekistonda
ijtimoiy-siyosiy
hayot
yomonlashdi.Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning
oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi
yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi,
paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlashtirishni O'zbekistonda
dolzarb masala sifatida ko'tarildi.
1 • Iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zo’r berilib,
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga yaroqsiz yondoshuvlarning tobora
kuchayib borishi;
2 • Respublika sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mo’may xom
asgyo manbai sifatida qarab kelinishi;
3 • O’lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan
mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
4 • Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq
mehnat taqsimotida O’zbekistonning mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil
yo’llari e’tiborga olinmagani. O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari
Qayta qurishning 1-bosqichi (1985-1987-yillar)
1 • Ma’muriy-tashkiliy tadbirlar avvalgidek buyruqbozlik asosida olib borildi
2 • Bu bosqichdagi vazifa – ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga
jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida
inson omilini faollashtirish edi
3 • Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor iqtisodiyotni rivojlantirishga
qaratildi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
265
Synapses:
Insights Across the Disciplines
4 • 1986 yildan mamlakat iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, 1987 yil
yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaydi.
1 - bosqich mag'lub bo'ldi
Qayta qurishning 2-bosqichi (1987-1990-yillar)
1 • Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga harakatlar bo’ldi.
Asosiy maqsad sovet jamiyatini to'liq demokratlashtirish deb aytildi
2 • 80-yillar 2-yarmida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Markaz o'z ta'sirini kuchaytirish
maqsadida O'zbekistonda "O'zbek ishi", "paxta ishi" kabi uydirmalarni o'ylab topdi 3 •
Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi.
Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh Respublikalarda milliy o'zlikni anglash va
mustaqillik sari dadil qadamlar qo'yildi 7 "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli
kampaniyalar "Paxta ishi" deb nomlangan qatag'onga milliy tus berilib, u "o'zbeklar
ishi"ga aylantirildi va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi. O'zbekiston KP MQning 1984
yildagi XVI plenumi Markazning "sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini
quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya
ko'rsatmalariga to'la amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. Ulardan Sovet
turmush tarzini ulug'lovchi asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq
mafkuraviy nazoratga olindi. 8 1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori А.Rekunkov
topshirig’iga ko’ra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo’yicha tergovchisi
T.Gdlyan boshchiligida malakatning turli mintaqalaridan to’plangan 200 kishidan
iborat tergov guruhi tuzilib, O’zbekistonda faoliyat boshlaydi . Markazdan
Respublikamizga yuborilgan tekshiruvchilar esa mahalliy shart – sharoitni hisobga
olmay, o’zbek xalqining milliy manfaatlari, madaniyati, qadr – qimmatini paymol
etadi. O’zbekiston SSR KP MQ, Respublika Ministrlar Soveti, O’zbekiston SSR Jliy
Soveti, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, O’zbekiston SSR IIB kabi muhim boshqaruv
bo’g’nlari shunday kadrlarning qo’liga o’tadi. Ular Respublikadagi ijtimoiy – siyosiy
vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi. Natijada, “O’zbekiston tergov usullari
o’tkaziladigan “maydon”ga aylanib qoladi. O’zbekistonda “O’zbeklar ishi” deb
nomlangan qatag’onning boshlanishi 9 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi o'zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi. 80 yillar
o’rtalaridan vaziyat o’zgardi. А.Qodiriy, Cho’pon, Fitrat, Usmon Nosir,
М.Sayxzodalarning millarchilik, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on
qilinganliklari ochib tashlandi 30-40 yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on
qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi.
«Chig’atoy gurungi», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol», «Botir gapchilar» singari
«aksilinqilobiy guruhlar» vakillari oqlandi 1937 -1939 yillarda qamoqqa olinib otib
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
266
Synapses:
Insights Across the Disciplines
tashlangan 6920 ta ziyolining qatag’n qismati o’rganildi Akademik Erkin
Yusupovning (1928-2003) publisistik maqolalarida markaz o’yinlari ochib berildi 10
O'zbekistonda 1989 yilning ikkinchi yarmidan boshlangan o'zgarishlar Gdlyan
guruhiga nisbatan munosabatlarni ham keskin o'zgartirib yubordi. "Paxta ishi" bilan
bog'liq bo'lgan qonunbuzarliklarni fosh etish, begunoh kishilarni oqlashda
O'zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov boshchiligida keng ko'lamli ishlar
boshlandi. Bu ishlar markazdan hech qanday ruxsat so'ramasdan mustaqil tarzda olib
borildi. Shunday murakkab sharoitda ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo'lib
respublika Bosh prokurori Prezident Islom Karimovning tavsiyasiga ko'ra tayinlandi.
Yurtboshimiz Bosh prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish,
birinchi navbatda, "paxta ishi" bo'yicha nohaq qamalagan fuqarolarning haqhuquqini
tiklash masalasini qo'ydi. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12
sentyabrda "paxtachilikda qo'shib yozishga yo'l qo'ygani uchun jinoiy javobgarlikka
tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan komissiya" tashkil
etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O'zbekistonga qaytarib, minglab ishlarni qayta
o'rgandi. O'zoq davom etgan mashaqqatli kurash natijasida, 2940 kishining haqhuquqi
qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz sudlangani aniqlandi. Noqonuniy ravishda hibsga
olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi. 11 O’zbekistonda prezidentlik
boshqaruvining shakllanishi 1990 yil 23 martda O’zbekiston SSR Prezidenti
lavozimini ta’sis etish, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish
to’g’risida Qonun qabul qilindi 1990 yil 24 martda 12 chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy
Sovetining 1-sessiyasi Respublika Kompartiyasi 1- kotibi bo’lgan I.A.Karimovni
O’zbekiston SSRning 1-Prezidenti etib sayladi 12 Mustaqillik sari qo'yilgan eng
muhim siyosiy, huquqiy qadamlardan biri – bu 1990 yil 20 iyundagi O'zbekiston SSR
Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasining
qabul qilinishi bo'ldi. Deklarasiyada shunday deyiladi: O'zbekiston Sovet sosialistik
Respublikasi Oliy Soveti: – o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va
tarkib topgan boy an'analari, – har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini
ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, – har bir kishining farovon hayot kechirishini
ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, – O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun
tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, – xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib,O'zbekiston
Sovet sosialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qiladi". 13 1991 yil
avgust voqealari. 1991 yil 18 avgustda sobiq ittifoqda avqulodda xolat e'lon qilindi.
Moskva va boshqa bir necha yirik shaharlariga qo'shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi
21 avgustda fitnachilar mag'lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda xolat davlat
qo'mitasi (GKCHP) a'zolari qamoqqa olindi.. Mazkur holat KPSSning 1991 yil
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
267
Synapses:
Insights Across the Disciplines
yozidagi umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy xolat edi. O'zbekiston
o'z nuqtai azarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan beriladigan qonunga
xilof bo'lgan har kanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda O'zbekiston
SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston SSR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar
Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
rahbarlari ishtirokida qo'shma Majlisi bo'ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga
kelgan vaziyat muhokama qilinib, O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li
o'zgarmasligi haqida bayonot qabul qilindi.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. Муртазаева Р.Х. Ва boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. . –
Т.:Аkademiya 2010.
2. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr
avlodi, 2011.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi "Oliy
ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3775-sonli qarori.
4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.
5. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston.. 2017.
6. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. 2020 yil. 26 yanvar
