SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
275
Synapses:
Insights Across the Disciplines
KALIFORNIYA QIZIL CHUVALCHANGIDAN OLINGAN
EKSTRAKTINING TARKIBI, XUSUSIYATI VA ODAM TERISIGA TA’SIR
MEXANIZMINI O’RGANISH
Bekmirzayev Eshquvvat Ro‘ziboyevich
Allaberdiyev Hamro Davron o'g'li
Termez iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o‘qituvchilari
Termez iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi
Аннотация
Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning tarkibi, uning biologik
faolligi va odam terisiga ta’sir mexanizmi o‘rganildi. Tadqiqotda chuvalchanglardan
olingan ekstraktning immun tizimiga ta’siri, shuningdek, teri kasalliklariga qarshi
samaradorligi tahlil qilindi. Ekstrakt organizmda immun tizimini mustahkamlash, teri
kasalliklariga qarshi kurashish va viruslarning faoliyatini susaytirishda samarali
ekanligi aniqlangan. Ushbu tadqiqot Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan
ekstraktni tibbiyotda, ayniqsa teri kasalliklarini davolashda qo‘llash uchun yuqori
potensialga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar:
Kaliforniya qizil chuvalchang, ekstrakt, immun tizimi, teri
kasalliklari, biologik faol moddalar, viruslar, psoriaz, vitiligo, allergik toshmalar,
tibbiyot, reabilitatsiya.
КАЛИФОРНИЙСКИЙ КРАСНЫЙ ЧЕРВЬ: СОСТАВ, СВОЙСТВА И
МЕХАНИЗМ ВЛИЯНИЯ НА КОЖУ ЧЕЛОВЕКА
Бекмирзаев Эшкуват Рузибоевич
Аллабердиев Хамро Давронович
Преподаватели медицинского факультета Термезского университета
экономики и сервиса
Студент медицинского факультета Термезского университета экономики и
сервиса
Аннотация
Изучены состав экстракта, его биологическая активность и механизм
воздействия на кожу человека, полученные из калифорнийского красного червя.
В исследовании был проанализирован эффект экстракта на иммунную систему, а
также его эффективность в борьбе с кожными заболеваниями. Экстракт показал
свою эффективность в укреплении иммунной системы организма, борьбе с
кожными заболеваниями и ослаблении активности вирусов. Это исследование
показало, что экстракт, полученный из калифорнийского красного червя,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
276
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
обладает высоким потенциалом для применения в медицине, особенно для
лечения кожных заболеваний.
Ключевые слова:
Калифорнийский красный червь, экстракт, иммунная
система, кожные заболевания, биологически активные вещества, вирусы,
псориаз, витилиго, аллергические высыпания, медицина, реабилитация.
COMPOSITION, PROPERTIES, AND MECHANISM OF ACTION OF
CALIFORNIAN RED WORM EXTRACT ON HUMAN SKIN
Bekmirzayev Eshquvvat Ruziboyevich
Allaberdiyev Hamro Davron ogli
Teacher of the Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service
Student of the Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service
Abstract
The composition, biological activity, and mechanism of action of the extract
obtained from the Californian red worm on human skin were studied. The research
analyzed the effect of the extract on the immune system, as well as its effectiveness in
combating skin diseases. The extract was found to be effective in strengthening the
immune system, combating skin diseases, and reducing the activity of viruses. This
study demonstrates that the extract obtained from the Californian red worm has high
potential for use in medicine, particularly in the treatment of skin diseases.
Keywords:
Californian red worm, extract, immune system, skin diseases,
biologically active substances, viruses, psoriasis, vitiligo, allergic rashes, medicine,
rehabilitation.
Kirish:
Immun tizimi organizmni kasalliklardan himoya qiluvchi biologik
jarayonlar tarmog‘idir. Odamda immun tizimi ikki asosiy guruhga bo‘linadi: tug‘ma
va adaptiv (orttirilgan) immun tizimlari. Tug‘ma immun tizimi tezkor javob beradi va
umumiy himoya ta’minlaydi, adaptiv tizim esa ko‘proq maxsus va aniq patogenlarga
qarshi samarali javob qaytaradi. Immun tizimining disfunktsiyasi turli kasalliklarga,
shu jumladan autoimmun kasalliklar, yallig‘lanish kasalliklari va saratonga olib kelishi
mumkin.
Kaliforniya qizil chuvalchanglari (Eisenia fetida) o‘zining biologik faolligi bilan
ajralib turadi. Ular nafaqat o‘simliklar va mikroorganizmlar uchun, balki odam
organizmi uchun ham qimmatli biologik faol moddalarga ega. Kaliforniya qizil
chuvalchangidan olingan ekstraktlarning tarkibi va ularning odam immun tizimiga
ta’siri, shuningdek, teri kasalliklariga qarshi samaradorligi bu tadqiqotning asosiy
yo‘nalishlaridan biridir.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
277
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Kaliforniya
qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning tarkibi va uning odam organizmidagi ta’sir
mexanizmini o‘rganishdir. Tadqiqotda quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
1.
Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning biologik tarkibini
aniqlash.
2.
Ekstraktning odam terisiga va immun tizimiga ta’sirini o‘rganish.
3.
Teri kasalliklariga qarshi samaradorligini tahlil qilish.
Materiallar va Metodlar: Tajribalar Oltinsoy tumanidagi "Chep" va "Guliston"
mahallalarida amalga oshirildi. Kaliforniya qizil chuvalchanglari o‘simliklardan ajratib
olinib, maxsus quritish jarayonidan o‘tkazildi. Ekstraktni olish uchun chuvalchanglar
48 soat davomida pechda quritilib, so‘ngra maxsus asboblar yordamida un shakliga
keltirildi. Olingan zardob immunologik testlardan o‘tkazilib, odam immun tizimiga
ta’sir darajasi o‘rganildi.
Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan
ekstraktning tarkibi o‘simliklardan olingan zardoblarning yuqori biologik faolligini
ko‘rsatdi. Ekstraktning odam immun tizimiga bo‘lgan ta’siri quyidagicha:
1.
Immun tizimi faolligi: Ekstrakt odam organizmida immun tizimini
kuchaytirish va meyorlashtirishga yordam beradi. Imunoglobulinlar (IgA, IgG) va
sitokinlar ishlab chiqarilishi oshganligi qayd etildi.
2.
Teri kasalliklariga ta’siri: Ekstraktning teri kasalliklariga qarshi
samaradorligi tekshirildi. Leshmanioz, psoriaz va allergik toshmali kasalliklar kabi teri
kasalliklariga qarshi samarali natijalar olingan. Kasalliklar to‘g‘risida kuzatilgan
patologik belgilar kamaydi.
3.
Holestirin va qon bosimi: Zardobning qon holatiga ta’siri ham o‘rganildi.
Natijalarga ko‘ra, holestirin darajasi va qon bosimi normallashgan. Bu jarayonning
organizmning umumiy holatini yaxshilashdagi roli katta ekanligini ko‘rsatadi.
Muhokama: Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktning odam
terisiga va immun tizimiga ta’siri, uning biologik faol moddalari bilan bog‘liqdir.
Ekstraktning immun tizimiga ijobiy ta’siri uning mikroblarga qarshi kurashish
qobiliyatini oshiradi va tananing himoya tizimini mustahkamlaydi. Teri kasalliklariga
qarshi kurashishda, ayniqsa, yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi va viruslarning
oldini olishda bu ekstraktning muhim o‘rni bor.
Xulosa: Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstrakt immun tizimini
kuchaytirish va teri kasalliklariga qarshi samarali vosita sifatida foydalanish uchun
yuqori potensialga ega. Bu ekstraktni tibbiyotda qo‘llash, ayniqsa teri kasalliklarini
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
278
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
davolashda keng qo‘llanilishi mumkin. Yaqin kelajakda uning samaradorligi va
xavfsizligi haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
N.K. Belamurov. “Полезные калифорниские черви” Москва 2020 год.
2.
Ч.Н.Виноградский. Почвоведение и биогумос Москва 2018 год.
3.
Bekmirzayev E. R., Xalilov D. B., qizi Aminova M. N. (2023). Bugungi kundagi
transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb
muommolari. golden brain. – т. 1. – №. 2. – с. 325-328.
4.
Nurova, Z. A., Toshpo’Latov, T. L. A., Doniyorova, G. E., Bahodirjonov, T. L.,
& Qilichev, J. F. (2022). Organizmning antigenlik, biologik, allergik omillari va
ularning ta’sir darajalari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 2(4), 654-657.
5.
Бекмирзаев Э. Р. и др. Витамин А //Лучшие интеллектуальные
исследования. – 2023. – Т. 10. – №. 3. – С. 92-94.
6.
Kilichev, J., To’raqulova, M., Tursunaliyeva, V., & Menglibayeva, N. (2022).
Causes, types, symptoms and treatment methods of prostatitis diseases that occur in the
human div today. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research,
2(10), 18-21.
7.
Бекмирзаев Э. Р. и др. Мочевина //Лучшие интеллектуальные
исследования. – 2023. – Т. 10. – №. 3. – С. 85-87.
8.
Kenjayev Y.M., Berdieva S.A., Termiz iqtisodiyot va servis universiteti. "Yurak
bo’lmacha va qorinchalari gipertrofiyasining elektrokardiografiya belgilari
o’zgarishlarini tahlili."
9.
Mamatqulovich K. Y. Meʼda osti bezi o ‘tkir va surunkali pankreatit
kasalliklarini gistomorfologik tahlili //American journal of applied medical science. –
2024. – T. 2. – №. 3. – S. 49-53.
10.
Mamatqulovich K. Y. et al. Glomerulonefrit kasalligida klinik labarator
tahlillarning o’rni va samaradorligi //American journal of applied medical SCIENCE.
– 2024. – T. 2. – №. 3. – S. 112-120.
11.
Mamatqulovich K. Y., Ismatulloevich X. I., Xabibullo o‘g‘li C. S. Ko‘kyo‘tal
kasalligi va uni oldini olish chora-tadbirlari //American journal of applied medical
science. – 2024. – T. 2. – №. 4. – S. 18-21.
12.
Mamatqulovich K. Y., Fayzullayevna R. S. Husnbuzarlar etiologiyasi, klinikasi
va davolash chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. – 2024. –
T. 2. – №. 3. – S. 126-130.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
279
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
