SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
5
GUVOHNING SUD MAJLISIDAGI PROTSESSUAL MAQOMI BO‘YICHA
XALQARO STANDARTLAR: HUQUQIY TAHLIL VA TAQQOSLAMA
YONDASHUV
A.Sh.Xoldorov
Toshkent davlat yuridik
universiteti magistranti
Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi
Telefon raqam: +998912352001
https://doi.org/10.5281/zenodo.15623979
Annotatsiya:
Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi
xalqaro huquqiy standartlar asosida o‘rganiladi. Inson huquqlari bo‘yicha
muhim xalqaro hujjatlar, jumladan BMTning “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”,
Yevropa inson huquqlari konvensiyasi, Rim statuti va unga tegishli protsessual
qoidalar asosida guvohning xavfsizligini ta’minlash, shaxsi va huquqlari
himoyasi, shuningdek anonim guvohlik, guvohlikdan bosh tortish huquqi kabi
institutlar yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida guvohni jismoniy va psixologik
himoya qilish, ko‘rsatmalarining xolisligi va ishonchliligini ta’minlash orqali
jinoyat protsessining adolatli kechishiga xizmat qiluvchi huquqiy asoslar tahlil
qilinadi. Shuningdek, xalqaro sudlarda guvohlar bilan ishlash amaliyoti va
ularning protsessual maqomini mustahkamlashga qaratilgan mexanizmlar o‘z
aksini topgan.
Kalit so‘zlar:
guvoh, protsessual maqom, xalqaro huquq, guvoh huquqlari,
Rim statuti, jinoyat protsessi, guvoh himoyasi, anonim guvohlik, guvohlikdan
bosh tortish huquqi, inson huquqlari, adolatli sudlov, xalqaro jinoyat sudi.
Annotation:
This thesis explores international legal standards governing
the procedural status of witnesses during court proceedings, emphasizing their
rights, protections, and legal guarantees. Foundational human rights
instruments such as the Universal Declaration of Human Rights, the
International Covenant on Civil and Political Rights, the European Convention on
Human Rights, and the Rome Statute of the International Criminal Court, along
with its Rules of Procedure and Evidence, are analyzed to understand the
evolving international approach to witness protection.
The study pays particular attention to legal mechanisms such as anonymity,
the right to refuse self-incriminating testimony, and protective measures
available to witnesses and their families. It evaluates the role of witnesses as
essential actors in the fact-finding process while emphasizing the need to
safeguard their physical and psychological integrity. By examining international
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
6
practice, especially within the ICC framework, the paper outlines how effective
witness protection enhances the credibility of testimony and ensures fair trial
guarantees. Comparative insights and scholarly contributions are used to assess
gaps and propose improvements for national procedural laws in line with
international norms.
Key words:
Witness, procedural status, international law, criminal
procedure, witness protection, fair trial, Rome Statute, Rules of Procedure and
Evidence, anonymity, legal guarantees, self-incrimination, ICC, human rights
instruments.
Jinoiy odil sudlovga ko‘maklashuvchi shaxslar, shuningdek guvohning ham
huquqlari va erkinliklari, shuningdek ularning qonuniy manfaatlari himoya
qilish har qachon ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan bo‘lib, buning isboti
sifatida mazkur holatlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va xalqaro
normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu qoidalarning aks etishini keltirib o‘tish
mumkin. Ushbu hujjatlar sirasiga “Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi” ,
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” , Xalqaro jinoyat
sudining asosiy hujjati hisoblangan Rim statuti , Rim statutini qo‘llash uchun
vosita hisoblangan Protsedura va dalillar qoidalari , Inson huquqlari bo‘yicha
Yevropa konvensiyasi va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi boshqa bir
qator xalqaro hujjatlarni kiritish mumkin.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida jinoyat protsessi
ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus normalar mavjud
emas, ammo ularning qator subyektiv huquqlari va qonuniy manfaatlari
belgilangan bo‘lib, bu malakatlar jinoyat-protsessual faoliyati ishtirokchilarining
huquqlarini himoya qilish, ularning protsessual maqomini shakllantirish
sohasida milliy qonunchilikni shakllantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Insonni himoya qilish bilan bog‘liq Umumjahon deklaratsiyasi g‘oyalarining
bevosita rivojlanishi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” ni
ishlab chiqish edi. Uning alohida ahamiyati shundaki, u ko‘rib chiqilayotgan
sohadagi xalqaro me’yorlarni yanada yuqori darajada, batafsil belgilab bergan va
u e’lon qilgan huquqlarni iloji boricha kafolatlashga intilgan, ya’ni huquqlari va
erkinliklari buzilgan har qanday shaxsni samarali himoya vositasi bilan
ta’minlash, har qanday shaxs uchun huquqiy himoya huquqini ta’minlash va
bunday himoyani talab qilish imkoniyatlarini rivojlantirish kabilardir. Xalqaro
Paktdagi qoidalar jinoyat protsessida ishtirok etgan har qanday shaxs uchun va
guvoh uchun ham katta ahamiyatga ega.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
7
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” 1966-yil 16-
dekabrda BMT Bosh Assembleyasi tomonidan qabul qilngan bo‘lib, mazkur
paktda deklaratsiyada mustahkamlangan inson huquqlarini himoya qilish
sohasidagi standartlarning yanada rivojlanganligi, takomillashganligiga guvoh
bo‘lishimiz mumkin. Ushbu paktda belgilangan normalarga muvofiq, har bir
shaxs erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Shuningdek mazkur pakt
xalqaro qonunchilikda ilk bor yopiq sud majlisini o‘tkazish, shu jumladan jinoyat
protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash imkon beradigan
normalarni ham o‘zida mujassam etdi. Bu ham shubhasiz guvohning ham
xavfsizligini ta’minlovchi va uning maqomini belgilab beruvchi xalqaro
standardlardan biri deb aytish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasida fuqarolarning huquqi,
erkinligi va xavfsizlik kafolati muhim ahamiyatga ega ekanligi va har qanday
holatda ham mazkur jihatlar borasida davlat nazorati mavjudligi
ta’kidlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Guvoh jinoyat protsessida haqiqatni aniqlashning eng ko‘p uchraydigan va
samarali vositalaridan biri hisoblanadi, yoki Bentam ta’biri bilan aytganda ular
adolatning ko‘zlari va quloqlaridirlar . Guvohning ko‘rsatuvlari mamlakatlar va
xalqaro jinoyat sudida ham haqiqatni aniqlash, ish yakuni yuzasidan qonuniy,
asosli va adolatli qaror chiqarish uchun naqadar ahamiyatli bo‘lishiga qaramay,
uning protsessual maqomi, xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Shu sababdan ham Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro sud
guvohlarga o‘zlari ega dalillar va ko‘rsatuvlarni taqdim qilish vositasi yoki taraf
sifatida emas, balki xavfsizligi ta’minlanishi shart bo‘lgan subyekt sifatida
yondashadi. Guvohlarning xavfsizligini ta’minlash ayniqsa xalqaro miqyosda
anchayin mashaqqatli bo‘lib, xalqaro sudning faoliyatini potensial
samaradorligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi holatlardan biridir.
Xalqaro jinoyat sudida guvohlarning muhofazasiga oid ilmiy izlanish olib
borgan Romina Beqirining ta’kidlashicha, guvohlarni himoya qilish har qanday
jinoiy yurisdiksiya, ayniqsa xalqaro yurisdiksiyalar uchun murakkab va talab
etiladigan vazifa hisoblanadi. Negaki, na Rim statuti va na Protsedura va dalillar
qoidalarida guvohning rasmiy ta’rifi mavjud bo‘lmay ushbu holat uning
xavfsizligini ta’minlashda katta muammolardan biri hisoblanadi .
Rim statutining 57-moddasi “v” qismida sudgacha bo‘lgan bosqichda
jabrlanuvchi va guvohlarning himoyasi va shaxsiy daxlsizligi ta’minlash haqida
norma keltirilsa, 68-moddada sudda guvohlarni qo‘llab quvvatlash mexanizmi
va ularning protsessual maqomi borasida normalar mavjud. Statutning 7-
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
8
moddasi 3-bandida ko‘rsatilgan jinoyatlar sodir etilagnda prokuror guvoh va
jabrlanuvchining sharoitidan, sodir etilgan jinoyat turidan kelib chiqib ularning
huquqlari va xavfszligini ta’minlashga qaratilgan talab qo‘yishi lozimligi
belgilangan. Bundan tashqari 68-modda 5-bandida guvoh va uning oilasiga
jiddiy xavf tug‘iladigan hollarda prokurorning guvohga oid ma’lumotlarni va
dalillarni oshkor qilishdan bosh tortishi lozimligi belgilangan. 54-modda 3-qism
f bandida esa prokuror har qanday shaxsning, jumladan guvohning ham
himoyasini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rishi va yoki suddan shunday
choralar ko‘rilishini talab qilishi mumkinligi belgilanadi. 68-modda 1-qismida
esa ushbu jarayon sud bosqichida ham amalga oshirilishi shartligi nazarda
tutiladi. Xalqaro sud reyestrining majburiyatlari haqida Arbia Silvana fikr yuritib
ularning asosiylari qatorida jabrlanuvchi va guvohlarni himoya qilish va qo‘llab
quvvatlashni keltiradi .
Rim statutida guvohlarni himoya qilish tamoyillari haqida fikr yuritilib,
guvohlarni himoya qilishning asosiy tamoyillari sifatida ularni a) jismoniy
himoya qilish; b) psixologik himoya qilish; c) adolatsiz muomaladan himoya
qilish kabilardan iborat ekanligi belgilanadi. Shubhasiz ushbu holat sud
majlisida guvoh protsessual maqomining xalqaro standardlari qatoridan o‘rin
ola oladi. Chunki yuqorida ko‘rsatilgandek himoya qilingan guvohning ishdagi
xolisligi va uning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri va ishonchliligi yanada ortadi.
Guvohning protsessual maqomi va uning xavfsizligi, daxlsizligining ro‘yobi
sifatida anonim guvohlik institutini ham keltirib o‘tish mumkin. Knups
tomonidan bayon etilgan fikrlarga ko‘ra Xalqaro jinoyat sudida anonim
guvohlikka istisno qoida berilmaydi . Rim statutining 67-moddasi va 68-moddasi
5-qismi birgalikda guvohning xavfsizligini ta’minlash uchun ularga sudda
anonim tarzda ishtirok etish huquqini taqdim etadi. 68-modda 5-qismida
shunday deyiladi: “Agar ushbu Nizomga muvofiq dalillar yoki ma’lumotlarning
oshkor etilishi guvoh yoki uning oila a’zolarining xavfsizligiga jiddiy xavf
tug‘diradigan bo‘lsa, prokuror sud boshlanishidan oldin bunday dalil yoki
ma’lumotlarni berkitib qo‘yishi mumkin va uning o‘rniga ularning xulosasini
taqdim etadi. Ushbu choralar ayblanuvching huquqlariga, adolatli va xolis
sudlovga zarar yetkazmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim”. Lekin qiziq
jihati RPEning 87-qoidasi 3-bandi anonim guvohlikning 68-modda 1-bandida
keltirilgan himoya choralari qatoriga kirmasligini bayon etib, zarur hollarda ish
holatidan kelib chiqib guvohning anonimligiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Rim statuti milliy va xalqaro hamkorlikni nazarda tutib, guvohning
protsessual maqomi va uning xavfsizligini ta’minlash borasida qator qoidalarni
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
9
belgilab qo‘yadi. Unga ko‘ra sud a'zo davlatlarga yordam so‘rab hamkorlik
qilish to‘g‘risida so‘rov yuborishi va har qanday jabrlanuvchilar, guvohlar va
ularning xavfsizligini yoki jismoniy yoki psixologik himoyalanganligini
ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq
choralarni ko‘rishga haqli hisoblanadi. Sud Rim Statutining 9-bobiga binoan
taqdim etilgan har qanday ma'lumot jabrlanuvchilar, guvohlar va ularning oila
a'zolarining xavfsizligini ta’minlaydigan, jismoniy va psixologik himoya
qiladigan tarzda taqdim etilishini va ko‘rib chiqilishini so‘rashi mumkin.
Bundan tashqari shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xalqaro jinoyat sudida
guvohlik berishdan bosh tortish huquqi mavjud va bu qoida Rim statutida
belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra shaxs o‘zini batamom xavfsiz deb o‘ylamasa va
uning bergan guvohligi natijasida u va oilasiga jiddiy xavf tug‘iladigan taqdirda u
guvohlik bermaslikka haqli hisoblanadi. Guvohlik bermaslik sabablari sifatida
esa jabrlanuvchi shaxsning “guvoh” maqomiga ega bo‘lishi, uning ayblanuvchi
bilan yuzlashishga qo‘rqishi va buning natijasida jismoniy va ruhiy jarohat olish
mumkinligi keltirilishi mumkin. Mazkur sudda guvohdan ko‘rsatuv olishdan
ko‘ra uning xavfsizligini ta’minlash yuqoriroq ahamiyat kasb etadi degan
xulosaga kelish mumkin deb o‘ylaymiz.
Guvoh protsessual maqomiga oid xalqaro standardlardan yana biri sifatida
1989-yil 24-mayda BMT rezolyutsiyasida qabul qilingan “Noqonuniy,
o‘zboshimchalik va umumiy qatllarni samarali oldini olish va tergov qilish
prinsiplari”dagi jinoyat protsessi ishtirokchilarini huquqiy va protsessual
himoya qilish choralarini qo‘llash zarurligi to‘g‘risidagi nizomni keltirish
mumkin. Ushbu nizom talablariga ko‘ra da’vogarlar, guvohlar, tergov
o‘tkazuvchilar va ularning oilalari zo‘ravonlik, zo‘ravonlik tahdidlari yoki
qo‘rqitishning boshqa shakllaridan himoyalangan hisoblanadi Noqonuniy,
o‘zboshimchalik bilan yoki umumiy qatllar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan
shaxslar da’vogarlar, guvohlar va ularning oilalari va tergov olib boruvchilarga
nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita har qanday harakat nazorat yoki
hokimiyatdan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi( Nizom 15-bandi) . Ushbu xalqaro
AKTning 17-bandida esa guvohning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor
qilmaslik va oqilona vaqt ichida guvohning adolatli va tegishli kompensatsiya
olish huquqini nazarda tutiladi.
Bundan tashqari 1990-yil avgust-sentyabr oylarida Gavanada BMTning
jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga qarshi kurashish bo‘yicha
sakkizinchi Kongressi bo‘lib o‘tib, ushbu kongressda qabul qilingan va
o‘rganilayotgan masalalarga oid hujjatlar qatoriga rivojlanish nuqtayi nazaridan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
10
jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlovning amalga oshirilishi
sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha tavsiyalarda guvohlarni to‘g‘ri himoya
qilishni ta’minlash borasida ham gap boradi. Birlashgan Millatlar tashkilotining
sakkizinchi Kongressi natijalariga ko‘ra xalqaro terrorizmga qarshi kurash
choralari ko‘rilib mazkur choralarning 23-26-bandlarida jabrlanuvchilar va
guvohlarning jamoat yoki xizmat burchini bajarishi munosabati bilan noqonuniy
ta’sirlardan himoya qilish choralari ko‘rilishi belgilandi.
Ushbu kongress davomida qabul qilingan “Uyushgan jinoyatchilikning
oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rsatmalar”ning 11-bandida
guvohlarni vaqtincha xavfsiz joyga joylashtirish, ko‘chirish va moliyaviy yordam
berishga qaratilgan normalar mustahkamlandi.
1992-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Barcha shaxslarni zo‘ravonlik bilan
yo‘q bo‘lib ketishdan himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya”da har bir davlat
jinoyat protsessining barcha ishtirokchilari, shu jumladan guvohning ham
himoya qilinishini ta’minlash uchun choralar ko‘rishi kerakligi, har qanday
yomon muomala, qo‘rqitish yoki qasos olishdan ularni muhofaza etish lozimligi
mustahkamlanib qo‘yildi . Bu shu kabi qator normalar xalqaro miqyosda ham
jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari singari guvohning ham jinoyat
protsessi, jumladan sud majlisida ham protsessual maqomi va uning himoyasiga
qaratilgan desak xato qilmaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1948-yil, BMT Bosh
Assambleyasi.
2.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”, 1966-yil, BMT.
3.
Yevropa Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi
Konvensiya, 1950-yil.
4.
Rim statuti (Xalqaro jinoyat sudi asosiy hujjati), 1998-yil.
5.
Protsedura va dalillar qoidalari (Rules of Procedure and Evidence) –
Xalqaro jinoyat sudi.
6.
“Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa
ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi,
2019-yil 14-yanvar.
7.
BMTning “Noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan va ommaviy qatllarning
oldini olish va tergov qilish tamoyillari”, 1989-yil 24-may.
8.
BMTning 1990-yil Gavana Kongressi materiallari (jinoyatchilikka qarshi
kurash bo‘yicha 8-Kongress).
9.
“Zo‘ravonlik bilan yo‘qolishdan himoya qilish to‘g‘risida”gi deklaratsiya,
BMT, 1992-yil.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
11
10.
Beqiri, Romina. Witness Protection in International Criminal Law:
Challenges and Perspectives.
11.
Knups, K. Anonymity of Witnesses in International Criminal Trials:
Balancing Fair Trial Rights and Security.
12.
Arbia, Silvana. The Role of the ICC Registry in Witness Protection and
Support.
13.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent,
2024.