Авторы

  • Mohigul Shamsiyeva
    Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.113192

Аннотация

Tarixan klasterlarning raqobat ustunliklarini oshiruvchi eng asosiy xususiyati  - bu klaster ichida hamkorlik muhitni, jumladan, paxta-to’qimachilik texnologik zanjirlari ishtirokchilari o'rtasidagi samarali va barqaror kompaniyalararo manfaatli munosabatlarni ta'minlaydigan integratsion aloqalarni kuchaytirish evaziga sinergik effektga ega bo’lish hisoblanadi. Ammo jahon tajribasidan nafaqat agrosanoat majmuasida, balki boshqa sohalarda ham hududiy klasterlarini shakllantirishning yagona sxemasi, qolipi va mexanizmi mavjud emas. D.M. Begov mintaqaviy paxta-to'qimachilik klasterining asosiy maqsadi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish orqali sinergik samaraga erishish uchun majburiy raqobat, investitsion jozibadorlik va innovatsiyalarga yo'naltirilganlik kombinatsiyasiga erishish ekanligini ta’kidlaydi [1].


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

186

HUDUDIY BIZNES-ANALITIKA XIZMATLARI PAXTA-

TO’QIMACHILIK SEKTORIDA INTEGRATSION TUZILMALARNI

TAKOMILLASHTIRISH VOSITASI SIFATIDA

Shamsiyeva Mohigul Olimjon qizi

Buxoro davlat texnika universiteti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15718209

Tarixan klasterlarning raqobat ustunliklarini oshiruvchi eng asosiy

xususiyati - bu klaster ichida hamkorlik muhitni, jumladan, paxta-to’qimachilik
texnologik zanjirlari ishtirokchilari o'rtasidagi samarali va barqaror
kompaniyalararo manfaatli munosabatlarni ta'minlaydigan integratsion
aloqalarni kuchaytirish evaziga sinergik effektga ega bo’lish hisoblanadi. Ammo
jahon tajribasidan nafaqat agrosanoat majmuasida, balki boshqa sohalarda ham
hududiy klasterlarini shakllantirishning yagona sxemasi, qolipi va mexanizmi
mavjud emas. D.M. Begov mintaqaviy paxta-to'qimachilik klasterining asosiy
maqsadi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish orqali sinergik samaraga erishish
uchun majburiy raqobat, investitsion jozibadorlik va innovatsiyalarga
yo'naltirilganlik kombinatsiyasiga erishish ekanligini ta’kidlaydi [1].

Buxoro viloyatida shakllangan klasterlashtirish tizimining o’ziga xos

xususiyatlari va mavjud reallikdan kelib chiqib paxta-to’qimachilik
klasterlarining qo’shimcha tuzilmalariga ehtiyoj sezilmoqda. Buxoro viloyatida,
bizning

fikrimizcha,

paxta-to’qimachilik

klasterlari

faoliyatini

takomillashtirishda “Biznes-analitika markazi”ni va uning tarkibida “Eksport
salohiyatini rivojlantirish”, “Ilmiy-ta’lim”, “Loyihaviy boshqaruv” bo’linmalarini
tashkil etish taklif etiladi. Bizningcha, ushbu biznes-analitika markazini paxta
yetishtiruvchilar va paxtani qayta ishlovchi korxonalarning notijorat sheriklik
shaklidagi uyushmasi shaklida tuzish kerak va boshqaruv birgalikda amalga
oshirilishi kerak.

Bizning fikrimizcha, yangi taklif etilayotgan biznes-analitika markazi

xarajatlari mahalliy byudjet tomonidan qoplanishi va uning tarkibidagi loyihaviy
boshqaruv bo`linmasining xarajatlari esa, manfaatdor tomonlarning
buyurtmalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga sarf-xarajatlari, shuningdek,
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi grant mablag’lari, xalqaro va xorijiy
donor tashkilotlarning grantlari mablag’lari doirasidagi manbalardan qoplanishi
ko’zda tutiladi.

“Biznes-analitika markazi”ning asosiy maqsadi Buxoro viloyatida joylashgan

paxta-to’qimachilik klasterlari ishtirokchilari, ta'lim va ilmiy muassasalar, ishlab
chiqarish va boshqa strategik hamkorlarni yagona maqsad sari, ya’ni paxta-


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

187

to’qimachilik klasterlarining xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish
yo’lida birlashtirishga qaratilgan.

Ushbu tashkiliy tuzilmani tashkil etishdan avvalambor, sohaga dahldor

viloyat boshqarmalari, viloyat agrosanoat majmuasini rivojlantirish va tashqi
iqtisodiy va tashqi savdo sohasidagi mahalliy boshqaruv organlari, paxta-
to`qimachilik texnologik zanjirining barcha bosqichlari ishtirokchilari (fermer,
dehqon xo’jaliklari, hatto tomorqa xo’jaliklari, sanoat korxonalari, klaster
tuzilmalari), oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, kollejlar, mavjud
uyushmalar, mintaqaviy xoldinglarning boshqaruv kompaniyalari, mahalliy,
milliy, xorijiy va xalqaro miqyosdagi moliyaviy muassasalar, yordamchi
korxonalar qatoriga kiruvchi savdo kompaniyalari, mineral o'g'itlar, mashina va
uskunalar, idishlar va qadoqlash ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari,
konsalting kompaniyalari:, xomashyo va asbob-uskunalar yetkazib beruvchilar,
litsenziyalash va nazorat laboratoriyalari (xususiy va davlat) va boshqalar
manfaatdor bo’lishlari mumkin. Ushbu tashkiliy tuzilma nafaqat yuridik shaxslar,
balki jismoniy shaxslarning ham uyushmaga qo'shilish imkoniyatini beradi.

Bizningcha, biznes-analitika markazini tashkil etishda quyidagi

qadamlardan o’tiladi:

tuzilmani tashkil etish tashabbuskorlarini aniqlash;

klaster ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari va javobgarligi

qoidalarini belgilab beruvchi tuzilmaning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash;

muvofiqlashtiruvchi organlar (bo‘linmalar) majmuini va ular o‘rtasida

funksiyalarni taqsimlashni birlashtiruvchi tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish;

klasterlar strategiyasi, uni amalga oshirish dasturi va harakatlar rejasi

(klaster yo'l xaritasi) ni ishlab chiqish;

klasterlashning tabiiy-iqlimiy, texnik-texnologik, insoniy, moliyaviy

resurs salohiyati va innovatsion salohiyatini faollashtirish uchun klaster siyosati,
korxonalarning kooperatsiya shartlarida uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini
taqdim etish va boshqalar.

Biznes-analitika markazi koordinatori sifatida viloyat hokimligining tegishli

boshqarmalari vakillari, klaster korxonalari rahbarlari kollegial boshqaruv
organi

hisoblangan

biznes-analitika

markazining

muvofiqlashtiruvchi

kengashiga doimiy a’zo bo’lishi kerak, bizningcha. Biznes-analitika markazi
minimal vazifalarni bajarish bilan bog’liq moliyaviy va moddiy fondlari mahalliy
byudjet mablag'lari va klaster tuzilmalari mablag’lari evaziga shakllantiriladi.
Manfaatdor tomonlar o'rtasida kooperatsion aloqalar tobora chuqurlashib borgani
sayin, tegishli moddiy-moliyaviy manbalar oshib borgani sayin keyinchalik ishlab


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

188

chiqarishni ilmiy-tadqiqot, loyihalash va texnologik ta'minlash idoraviy
muassasalari va konstruktorlik byurolari, universal va ixtisoslashgan
laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Бегов Д. М., Эффективность формирования регионального хлопково-

текстильного кластера (на материалах Согдийской области). Диссертация
на соискание ученой степени кандидата экономических наук по
специальности 08.00.05 – Экономика и управление народным хозяйством
(региональная экономика). Душанбе – 2020, стр. 110
2.

Azimov, B., & Nazirov, H. (2025). THE IMPORTANCE OF EXTERNAL

COMMUNICATION STRATEGY IN MODERN CONDITIONS. Journal of Applied
Science and Social Science, 1(2), 3-5.
3.

Azimov, B. (2025). WHAT DOES THE EFFICIENCY OF FREE ECONOMIC

ZONES AND INNOVATION ZONES DEPEND ON?. International Journal of
Artificial Intelligence, 1(2), 280-282.
4.

Azimov, B., & Botirov, S. (2025). THE FIGHT AGAINST THE HIDDEN

ECONOMY: CAUSES, CONSEQUENCES AND BEST PRACTICES. Journal of Applied
Science and Social Science, 1(2), 879-883.
5.

Qudratova, G. M. (2025). MINTAQAVIY ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI:

RIVOJLANISH YO'NALISHLARI VA TAQQOSLAMA TAHLIL. IZLANUVCHI, 1(6), 6-
12.
6.

Qudratova, G. M. (2025). INNOVATSION YARMARKALARNI TASHKIL

ETISHDAGI ENG KOP UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING AYRIM
YECHIMLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 722-
729.
7.

Qudratova, G. M. (2025). MAHALLIY HUKUMAT VA TARTIBGA SOLUVCHI

ORGANLARINING

INNOVATSIYALARNI

RIVOJLANTIRISHDAGI

ROLI:

O'ZBEKISTON VA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI. ZAMIN ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI, 1(5), 152-158.

Библиографические ссылки

Бегов Д. М., Эффективность формирования регионального хлопково-текстильного кластера (на материалах Согдийской области). Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук по специальности 08.00.05 – Экономика и управление народным хозяйством (региональная экономика). Душанбе – 2020, стр. 110

Azimov, B., & Nazirov, H. (2025). THE IMPORTANCE OF EXTERNAL COMMUNICATION STRATEGY IN MODERN CONDITIONS. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 3-5.

Azimov, B. (2025). WHAT DOES THE EFFICIENCY OF FREE ECONOMIC ZONES AND INNOVATION ZONES DEPEND ON?. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 280-282.

Azimov, B., & Botirov, S. (2025). THE FIGHT AGAINST THE HIDDEN ECONOMY: CAUSES, CONSEQUENCES AND BEST PRACTICES. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 879-883.

Qudratova, G. M. (2025). MINTAQAVIY ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI: RIVOJLANISH YO'NALISHLARI VA TAQQOSLAMA TAHLIL. IZLANUVCHI, 1(6), 6-12.

Qudratova, G. M. (2025). INNOVATSION YARMARKALARNI TASHKIL ETISHDAGI ENG KOP UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING AYRIM YECHIMLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(9), 722-729.

Qudratova, G. M. (2025). MAHALLIY HUKUMAT VA TARTIBGA SOLUVCHI ORGANLARINING INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI: O'ZBEKISTON VA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI. ZAMIN ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(5), 152-158.