O’ZBEKITONNING JANUBIY GAVHARLARI: QASHQADARYO VA SURXONDARYO

Аннотация

Ushbu maqolada O’zkistonning janubiy yerlari  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining kelib chiqish tarixi , ijtimoiy-siyosiy hayoti ,ularning boshqa davlatlar bilan olib borgan munosabatlari haqida, shu o’rinda  vohalarning hozirgi kundagi o’rni va arxeologik yodgorliklari haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
56-59
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Baratova , G. . (2025). O’ZBEKITONNING JANUBIY GAVHARLARI: QASHQADARYO VA SURXONDARYO. Наука и инновации в системе образования, 4(9), 56–59. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/120740
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada O’zkistonning janubiy yerlari  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining kelib chiqish tarixi , ijtimoiy-siyosiy hayoti ,ularning boshqa davlatlar bilan olib borgan munosabatlari haqida, shu o’rinda  vohalarning hozirgi kundagi o’rni va arxeologik yodgorliklari haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

56

O’ZBEKITONNING JANUBIY GAVHARLARI: QASHQADARYO VA

SURXONDARYO

Baratova Gulzoda

Qarshi davlat universiteti

Tarix yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15853784

Annotatsiya :

Ushbu maqolada O’zkistonning janubiy yerlari Qashqadaryo

va Surxondaryo viloyatlarining kelib chiqish tarixi , ijtimoiy-siyosiy hayoti
,ularning boshqa davlatlar bilan olib borgan munosabatlari haqida, shu o’rinda
vohalarning hozirgi kundagi o’rni va arxeologik yodgorliklari haqida batafsil
ma’lumotlar keltiriladi.

Kalit so’zlari:

Qubbat ul-ilm val adab , Qarshi shahriga asos solinishi

,

Lola

va Anor guli ,Budda ibodatxonasi ,arxeolog D.N Lev, Navtaka ,Termiziy tahallusi.

Abstract:

This article provides detailed information about the history of the

origin , socio-political life, and relations with other countries of the southern
lands of Uzbekistan, Kashkadarya and Surkhandarya regions ,as well the current
location and archaeological manuments of the oases.

Keywords :

Qubbat ul-ilm wal adab, founding of the city of Karshi ,Tulip

and Pomegranate flower, Buddhist temple , Archieologist D.N.Lev ,Navtaka ,
Termiz’s pseudonym .

Аннотация :

В статье даны подробные сведения об истории

Кашкадарьинской и Сурхандарьинской областей южного Узбекистана , их
общественно- политической жизни , их связях с другими странами ,а
также современной роли оазисов и их археологических памятников.

Ключевные слова :

Куббат ул-ильм валь адаб , основание города

Карши , цветок тюльпана и граната , буддийскиий храм, археолог Д. Н. Лев,
Навтака , псевдоним Термизи .

Qashqadaryo va Surxondaryo chin ma’noda O’zbekistoning janubiy

gavharlari deb atash mumkin. Bu viloyatlar o’zining tabiati ,issiq iqlimligi va
tarixiy yodgorliklari bilan ajralib turadi .Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati
O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib , boy va qadimiy tarixga ega.
Viloyatlar tarixi qadimgi davrlardan boshlab turli madaniyatlar , davlatlar va
sivilizatsiyalar bilan bog’liq.1990-yillarda Qashqadaryo hududidan tosh asri
(jumladan paleolit davriga oid) odamlarning yashab istiqomat qilganligi haqida
dalillar kam edi. Lekin Tanxozdaryo vodiysidan topib o’rganilgan chaqmoq
toshlar yordamida yasalgan buyumlar Taxtaqoracha dovonida Takalisoy
bo’yidagi g’ordan mustye davriga oid buyumlar topilishi Qashqadaryo vodiysida
tosh asriga mavjud odamlar yashaganligini ko’rsatadi. Shuningdek vohaning


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

57

o’rta asrlardagi holati haqida ham so’z boradi.Jumladan vohaning X-VIII asrlarda
temir va jez asrlariga oid yodgorliklarini topilishi , Miloddan avvalgi VII-VI
asrlarda aholining dehqonchilik bilan shug’ullanishi haqida so’z boradi.

Janubiy viloyatlarning yana biri Surxondaryo hisoblanib , uning qadimgi

davrlarda qudratli davlatlar hududiga kirganliligi va o’rta asrlarda esa Buyuk
Ipak yo’lining bir tarmog’i sifatida taraqqiy etganini ko’rishimiz mumkin.
Surxondaryo ko’hna tarixi ,qadimgi davrlardagi madaniyati ,va tarixiy
yodgorliklari bilan mashhur ,Vohaning ko’plab olimlari ,,Termiziy’’ tahallusi
bilan tanilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

: Qashqadaryo vohasi o’zining madaniy tarixi

bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashaqadaryo hududida paleolit (tosh asri)
davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi.Faqatgina
Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar ,
Taxtaqoracha dovonida Takalisoy bo’yidagi g’ordan arxeolog D.N.Lev
tomonidan mustye davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo
vodiysida tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat berar edi. Vohada
miloddan avvalgi X-VIII asrlar jez va temir asrlarga oid Sangirtepa ,Yerqo’rg’on
yodgorliklari topilgan.[1.2] Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Qashqadaryo
vodiysida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi isqomat qilgan.[1]
Kesh,Naxshab shaharlari paydo bo’lib rivojlangan.Qadimiy Baqtriya davlati
tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan. Miloddan avvalgi 329-
yilda Aleksandr Makedoniyalik qo’shinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini
bosib olgan.[3] Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi ko’tarilgan Spitamen
qo’zg’olonining markazlaridan biri bo’lgan.[4] Miloddan avvalgi 3-2 asrlarda
Qashqadaryo vohasi Salavkiylar , undan keyin Yunon Baqtriya davlati tarkibiga
kirdi. 468-yilda Kushonlar avlodidan bo’lgan ko’chmanchi chorvador toxarlar
Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshab o’zlariga
vaqtincha qarorgoh qilib turdilar. Qashqadaryoda VII-VIII asrlarda iqtisodiy
hayot rivojlangan.Arablar qo’shini 700- yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib
kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qo’lga kiritdilar. Qutayba
ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta bosib oldi. Ammo Qarshi, Kesh va
Naxshabda yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlandi.Kesh asosiy
markazlaridan bo’lgan Muqanna qo’zg’oloni butun Movarounnahrga
tarqaldi.Kesh ,,

Qubbat

ul-ilm

val

adab’’

nomiga sazovor bo’ldi. Mo’g’ul

bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab ,Kesh
,G’uzor shahrilari va qishoqlarini vayron qildilar. Mo’g’ullar o’troqlikka
o’tgandan so’nginna (XIV asrda) Kebekxon qurdirgan saroy yaqinida yangi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

58

shahar – Qarshi shahriga asos solindi. Qashqadaryo vohasi o’tmishda 300 ga
yaqin nasafiylar va o’nlab keshiylarga Vatan bo’lgan yurtdir.Zotan ,Qashqadaryo
o’tmish kulolchiligida

lola

va

anor

guli

ramziy tus olgan. Lola –Navro’z ifodasi

bo’lsa , anor guli farovonlikni aks etirgan.[5] Viloyatda 1996-yilda Amir
Temurning 660yilligi ,2002-yilda 1-noyabrda Shahrisabz shahrining 2700-
yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.[6] Surxondaryo viloyati esa 1941-yil 6-
martda tashkil etilgan .1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan
qo’shilgan ,1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi .Miloddan avvalgi 329-327
yillarda viloyat hududi Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan.
Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan .O’rta asrlarda Buyuk Ipak
yo’lining bir tarmog’i Surxondaryo (Termiz) orqali o’tgan .Kushon podsholigi
hududiga ham kirgan. Dalvarzintepa va Xolchayonda o’tkazilgan arxeologik
qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning
naqadar taraqqiy etganini ko’rsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq
xo’jaligining taraqqiy topishi , tovarpul munosabatlarning rivojlanishi,
me’morchilik ,monumental , haykaltaroshlik , rassomchilik va boshqa
san’atlarning yuksalishi ham kuzatiladi.[7]Surxondaryo viloyatining hozirgi
hududi , III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach ,Eftaliylar davlati ,
V-VIII asrlarda Toxariston tarkibida , keyin Turk xoqonligi tarkibida bo’ladi.[8]
XI-asrda Chag’onoyonni va Termizni egallash uchun G’aznaviylar va
Qoraxoniylar o’zaro kurashdilar . Termiz G’aznaviylar davlatiga qo’shib
olinadi,so’ngra Xorazmshohlar davlati tarkibida bo’ladi. 1220-yilda Mo’g’ullar
bosib oldi.1370 –yildan Amir Temur saltanati tarkibiga kirdi . Surxondaryo
ko’hna tarixi ,qadimgi madaniyatlari ,yodgorliklari bilan mashhur. Surxondaryo
vodiysidagi olimlarning ko’pchiligi ,,Termiziy’’ taxallusi bilan nom
chiqarganlar.[7]

Xulosa va takliflar

: Bugungi kunda Qashqadaryo va Surxondaryo

O’zbekistoning muhim iqtisodiy,madaniy va sayyohlik markazlari hisoblanadi .
Termiz va Qarshi shaharlari nafaqat iqtisodiy rivojlanish , balki ta’lim va
madaniyat markazlari sifatida ham e’tiborga loyiqdir . Har ikkala viloyatda
qadimiy o’zbek qabilalari yashaydi va ular o’ziga xos urf-odatlari , san’ati va xalq
ijodi bilan ajralib turadi .Termiz Buyuk Ipak yo’lining muhim shahri bo’lgan.
Surxondaryo bugungi kunda O’zbekistonning eng janubiy qismi bo’lib
,Afg’oniston bilan chegaradosh. Iqlimi iliqroq tabiati xilma-xil:tog’lar daryolar
va vohalar mavjud .Qashqadaryo iqtisodiyotida gaz ,neft ,paxta va chorvachlik
muhim o’rin tutadi . Tabiati tog’li ,vodiyli ,va cho’l hududlarini o’z ichiga oladi.Bu
hududdan ko’plab buyuk olimlar va tarixiy shahslar yetishib chiqqan .Umuman


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

59

olganda , Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari O’zbekistonning janubiy
darvozasi bo’lib , boy tarixi , tabiiy resurslari va madaniy merosi bilan ajralib
turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.O’zbekiston Milliy Enskilopediyasi Q harfi .УзМЭ Дaвлат илмий нашриёти,
1992.-Б-96-98.
2. Qabvrov J.Sadullayev A.,,O’rta Osiyo arxeologiyasi .Toshkent 1990. 3.Poyon
Ravshanov ,,Shahrisabz tarixi’’ Toshkent.,,Yangi asr avlodi’’2011. Б-37.
4 .История Узбекистана в источниках .С.151
5.Poyon Ravshanov Qashqadaryo tarixi ( eng qadimgi davrlardan XIX asr II
yarmiga

qadar

)

.Toshkent

.

O’zbekiston

Respublikasi

Fanlar

akedemiyasi ; ,,FAN’’ NASHRIYOTI .1995 yil. Б-6,84,262,403,414.
6.Rajabov Qahramon .,,Shahrisabz’’ O’zME.Sh-harfi .Birinchi jild .Toshkent.Б-
11.,2000-yil ;
7.O’zbekiston Milliy Enkilopediyasi S harfi .Toshkent. УзМЭ Давлвт илмий
нашриёоти .1992 .—Б -760,763.
8.Tursunov S, Qurbonov A, Pardayev T., Tursunov .N .O’zbekiston tarixi va
madaniyati –Surxondaryo etnografiyasi , Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston
Milliy kutubxonasi nashriyoti ;.Toshkent., 2006.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Milliy Enskilopediyasi Q harfi .УзМЭ Дaвлат илмий нашриёти, 1992.-Б-96-98. 2. Qabvrov J.Sadullayev A.,,O’rta Osiyo arxeologiyasi .Toshkent 1990.

Poyon Ravshanov ,,Shahrisabz tarixi’’ Toshkent.,,Yangi asr avlodi’’2011. Б-37.

.История Узбекистана в источниках .С.151

Poyon Ravshanov Qashqadaryo tarixi ( eng qadimgi davrlardan XIX asr II yarmiga qadar ) .Toshkent . O’zbekiston Respublikasi Fanlar akedemiyasi ; ,,FAN’’ NASHRIYOTI .1995 yil. Б-6,84,262,403,414.

Rajabov Qahramon .,,Shahrisabz’’ O’zME.Sh-harfi .Birinchi jild .Toshkent.Б-11.,2000-yil ;

O’zbekiston Milliy Enkilopediyasi S harfi .Toshkent. УзМЭ Давлвт илмий нашриёоти .1992 .—Б -760,763.

Tursunov S, Qurbonov A, Pardayev T., Tursunov .N .O’zbekiston tarixi va madaniyati –Surxondaryo etnografiyasi , Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti ;.Toshkent., 2006.