FILOLOGIYA: ARAB TILINI O’RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUV

Аннотация

Ushbu maqolada arab tilining dunyo tillari orasidagi o‘rni va ahamiyati yoritildi. Nafaqat arab tilini o‘rganishda, balki chet tillarini o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarbligi haqida keltirildi. Hozirda foydalanib kelinayotgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan misollar keltirildi. Ularning afzalliklari va ular orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalar haqida fikrlar berildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
44-49
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Fahrutdinova , N. ., & Soliyev , E. (2025). FILOLOGIYA: ARAB TILINI O’RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUV. Наука и инновации в системе образования, 4(9), 44–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/120742
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada arab tilining dunyo tillari orasidagi o‘rni va ahamiyati yoritildi. Nafaqat arab tilini o‘rganishda, balki chet tillarini o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarbligi haqida keltirildi. Hozirda foydalanib kelinayotgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan misollar keltirildi. Ularning afzalliklari va ular orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalar haqida fikrlar berildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

44

FILOLOGIYA: ARAB TILINI O’RGANISHDA ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUV

Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi

Tosh.Yangi Asr Universiteti.Filologiya va

tillarni o‘qitish (ShMT) 101.24

1-kurs talabasi

ummumanzura@gmail.com

+998 934271927

Soliyev Elyorbek Muxammadmo‘sa ug‘li

Ilmiy raxbar:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15852273

Annotatsiya.

Ushbu maqolada arab tilining dunyo tillari orasidagi o‘rni va

ahamiyati yoritildi. Nafaqat arab tilini o‘rganishda, balki chet tillarini
o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarbligi haqida
keltirildi. Hozirda foydalanib kelinayotgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsion
yondashuvlardan misollar keltirildi. Ularning afzalliklari va ular orqali erishish
mumkin bo‘lgan natijalar haqida fikrlar berildi.

Kalit so‘zlar:

arab adabiyoti, omil, arab davlatlari, visual ta’lim, ilovalar,

platforma, loyiha

Abstract.

This article highlights the place and importance of the Arabic

language among the world's languages. It discusses the relevance of using
modern technologies not only in learning Arabic, but also in learning foreign
languages. Examples of advanced technologies and innovative approaches
currently being used are given. Their advantages and the results that can be
achieved through them are discussed.

Keywords:

arabic literature, factor, Arab countries, visual education,

applications, platform, project

Mumtoz arab tilida nihoyatda boy ilmiy va badiiy adabiyot mavjud. Uni

yaratishda nafaqat arablar, balki fath qilingan mamlakatlarning aholisi ham
ishtrok etgan.

Hozirgi vaqtda arab tili – somiy guruhiga kiruvchi eng ko‘p tarqalgan tildir.

Arab mumtoz adabiyotini o‘rganish arab mamlakatlarining o‘zlarida ham, sobiq
Ittifoq davri va G‘arb mamlakatlarida ham katta an’anaga ega. O‘rta asr arab
olimlari (antologiyalar tuzuvchilari, sharhlovchilar va adabiyot nazariyachilari)
hamda hozirgi zamon arab adabiyotshunoslari– Jo’rji Zaydon, Muhammad Kurd
Ali, Anis al-Maqdisiy, Taxa Husayn, Shavqi Dayf, Fuad al-Bo‘stoniy, Marun Abbud
va boshqalar arab adabiyoti tarixining ayrim masalalarini tadqiq etish uchun
ham, butun adabiy jarayonning manzarasini tiklash uchun ham ko‘p ishlar
qildilar. Bundan tashqari, sharq olim va mutafakkirlaridan, Abdurahmon


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

45

Jomiyning “Favoidu az-ziyoiyya” nomli asari, Zamaxshariyning “Al-Mufassol fi
son’atil-e’rob” asari, Ali Mutarriziyning “Al-Misbah fi I’lmin-nahv” asari ham arab
tili grammatikasiga bag‘ishlangan muhtasham asarlar hisoblanadi. Birgina
Zamaxshariyning misolini keltirsak, uni chuqur hurmat va alohida mehr bilan
«Ustoz ad-dunya» («Butun dunyoning ustozi»), «Ustoz al-arab val-ajam»
(«Arablar va g'ayri arablarning ustozi»), «Jorulloh» («Allohning qo'shnisi»),
«Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi birorta ham allomaga nasib etmagan
o'ta sharafli laqablar bilan atalganlar.

1

Arab tilining dunyo tillari orasidagi ahamiyati
Buni quyidagi omillarga bog‘lab o‘rganish mumkin.:

1.Diniy omil. Bilamizki muqaddas islom dinining asosiy manbalari

hisoblangan Qur’oni Karim, hadislar va boshqa adabiyotlar arab tilida bitilgan.
Musulmonlar o‘z dinlarini asl manbalar orqali arab tilida o‘rganadilar. Bugungi
kunda dunyo aholisining 25 foizi musulmonlar ekanligi va bu ko‘rsatkich
kundan kunga oshib borayotgani arab tilining ahamiyatini yanada oshishiga
sabab bo‘lyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

2.Ilmiy, madaniy va tarixiy omil. Islom dinining rivojlanishi va ta’sir

doirasining kengayishi sababli arab tili arab bo‘lmagan xalqar hayotiga ham
kirib bordi. VIII-XIII asrlar islom dinining gullab yashnagan oltin davri bo‘ldi. Bu
davr oralig‘ida arab tili nafaqat diniy balki ilmiy tilga ham aylanib ulgirdi. Bu
davrda musulmonlar tomonidan yaratilgan asarlar Yevropa uyg‘onish davriga
katta ta’sir o‘tkazdi va ko‘plab ilmiy kashfiyotlarga asos bo‘ldi va hozirgi kunga
qadar ahamiyatini yo‘qotmadi. Inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan matematika, kimyo, astronomiya, tibbiyot, falsafa kabi fan sohalarining
asosi ham arab tilida yozilgan manbalarga borib taqaladi. Kimyo, algoritm
so‘zlarining ildizi arab kalimalari ekanligi ham fikrimizning yorqin dalilidir.

3.Geografik omil. Har qanday til bir yoki ikki davlatning rasmiy davlat tili

hisoblansa, arab tili 22 arab davlatining rasmiy tili hisoblanadi. Bu davlatlar
dunyoning turli mintaqalarida joylashgani ham geografik jihatdan arab tilining
mavqeyiga bevosita ta’sir o‘tkazadi.

4.Iqtisodiy omil. Arab davlatlari hududi, ayniqsa Yaqin Sharq mintaqasi

tabiiy yer osti boyliklari xususan neft va gazga boy hududlar sifatida dunyo
jahon bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega. Shu jihatdan arab tili biznes va
iqtisod tili ham sanaladi.

5.Til sifatida betakrorligi.

2

Arab tili murakkab grammatik tuzilishga egaligi,

leksik zahirasining o‘ta boyligi, o‘ziga xos yozuv turlari bilan ham boshqa
tillardan ajralib turadi. Xususan, arab harflarining o‘ziga xos talaffuzga ega

1

“Sharq allomalarining ilmiy merosi”; Jumayeva N.; Buxoro. 2022-yil; 156-bet;

2

Xadicha.uz


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

46

ekanligi ham tilning ahamiyat kasb etishida muhim rol o‘ynaydi. So‘zlarining
tuzilishi o‘zak tizimiga asoslangan bo‘lib, bu so‘z yasalishini soddalashtiradi va
boy lug‘at xazinasiga ega bo‘lish imkonini beradi. Boshqa tillardan farqli o‘laroq
arab tili nihoyatda sinonimlarga boy. Ayrim so‘zlarning 100 dan ortiq
ma’nodoshlari mavjud. Islom dinining yoyilishi bilan birga arab tili ham keng
miqyosda yoyildi. Buning natijasini arab bo‘lmagan xalqlar tillarida ham hozirga
qadar arab leksikoni hissasining kattaligida ko‘rishimiz mumkin.

Umuman olganda, arab tilini o'qitish va o'rganish nafaqat til o'rgatish

jarayoni, balki arab madaniyati, iqtisodiyoti, siyosati hamda islom dini bilan
uzviy bog'liq kengqamrovli bilimlar to'plamidir.

Talaba arab tilini o'rganish orqali:
- arab xalqlari madaniyati, san'ati, adabiyoti va tarixi haqida chuqurroq

tushunchaga ega bo'lib, o'z dunyoqarashini kengaytiradi;

- islom dinining asosi sanalmish Qur'on va sunnat hukmlari haqidagi

tushunchalarini yanada aniq va teran tushunishga imkon topadi;

- iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan arab davlatlaridagi turli tashkilotlar

ish beruvchilari bilan aloqa o'rnatish, ular bilan hamkorlik qilish hamda xalqaro
munosabatlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo ladi;

- shasiy rivojlanish, o'sish, takomillashish imkonini qo'lga kiritib, yangi

g'oya va fikrlar bilan tanishadi

Shu bilan birga nafaqat arab tilini, balki boshqa xorijiy tillarni ham

o'rganishga harakat qilib, mamlakatimizning jahon miqyosida o'zining o'rnini
mustahkamlashida

hissa

qo'shishimiz

darkor.

Shu

sababli

ham,

Prezidentimizning 2022-yil “xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilinib, o'quv
dasturlari va darsliklar zamon talabiga mos bo‘lishi, xususan ilg'or axborot va
media-texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy
etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda
erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari
hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro
hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar
yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar belgilandi.

3

Chet tillari, xususan, arab tilini o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar va

innovatsion yondashuv

Xorijiy tillarni o‘rganishda, avvalo o‘sha til uning ona tilisi bo‘lgan pedagog-

shaxslardan o‘rganish eng samarali usul hisoblanadi. Chunki, xorijiy pedagog

3

Lex.uz;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

47

bizning ona tilimizni bilmasligi jihatidan ham biz unga maqsadimizni, mavzuni,
vaziyatni xorijiy tilda qo‘limizdan kelgancha tushuntirishga urunamiz. Bu esa
muloqot jarayonida, nutqimizdagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatadi va biz o‘z
ustimizda yanada jiddiyroq ishlashga kirishamiz. Bu nazariy olingan bilimlarni-
amaliy tadbiq etish bo‘lib, so‘zlashuvda ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni tez
o‘zlashtirishga ham ko‘mak beradi. Keyingi suhbatlar esa nisbatan oson va ravon
nutq orqali kechadi. Bu usul samarali usullardan bo‘lib, 2023-yildan boshlab
ta’lim muassasalariga jami 500

4

nafardan ziyod xorijlik pedagoglar jalb qilindi.

Bu raqam esa yildan-yilga oshib bormoqda.

- Visual ta’lim:

tilni o‘qitishda ko‘rgazmali materiallardan foydalanish,

jarayonni tashkil etishning eng muhim jihatlaridan sanaladi. Ko‘rgazmali
materiallardan har xil rasmlar, slaydlar, video va audio materiallardan
foydalanish orqali kerakli konseptni yaxshi tushinib olish imkoniyati paydo
bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda, bu kabi materiallardan foydalangan holda dars
jarayonida qiziqarli o‘yinlarni va topshiriqlarni tashkillashtirish orqali
talabalarning qiziqishlarini orttirish mumkin.

- Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish:

Zamonaviy

texnologiyalar yordamida onlayn kurslar, konferenciyalarga qatnashish orqali
yoki mobil til o‘rgatuvchi ilovalar orqali mustaqil ravishda ishlash imkoniyati
yaratiladi.

Mobil ilovalar. “Alifbee” ilovasi

orqali talaba to‘g‘ri yozish, gapirish va

o‘qishni interakiv usullar bilan o‘rganadi. Uning IOS va Android uchun mobil
ilovalari mavjud bo‘lib, o‘zingizning darajangizni bilib olib, aynan sizga mos
bo‘lgan daraja orqali ta’limingizni davom ettirishingiz mumkin.

U 10 darajaga

bo

lingan va 216 dan ortiq darslardan iborat.

5

Duolingo.

Duolingo chet tilini noldan boshlab o‘rganuvchilarga ham, davom

ettituvchilarga ham mos ilova. U sizga kichik gaplar, rasmlar va audio yordamida
yangi so‘z, so‘z birikma va gap tuzishlarni o‘rgatib boradi. Mashqlar yordamida
chet tilidagi so‘zni eshitish va suratini ko‘rish orqali o‘z ona tilingizga tarjima
qilishingiz mumkin.

Raqamli Platformalar

. Zamonaviy raqamli platformalar orqali talabalar

onlayn kurslarga ulanishlari, virtual sinflarda mashg‘ulotlarga qatnashishlari
mumkin. Bu ularga malakali o‘qituvchilardan masofaviy ta’lim olish imkonini
beradi. Misol uchun, Duolingo, Coursera va Zoom platformalari talabalar
o‘rtasida keng ommalashgan.

4

Xalqtaliminfo.uz;

5

Alifbee.com/uz


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

48

Gamifikatsiya.

O‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish talabalarni til

o‘rganishga qiziqtiradi va ularda sog‘lom raqobat ruhini shakllantiradi.
Gamifikatsiya jarayonida reyting tizimlari, mukofotlar va topshiriqlar mavjud
bo‘lib, o‘quvchilarni doimiy ravishda til o‘rganishga rag‘batlantiradi.

Immersiv Texnologiyalar (VR va AR) Virtual (VR) va kengaytirilgan

(AR) reallik texnologiyalari

til o‘rganuvchilar uchun muloqot muhitini yaratib

beradi. Bu usul orqali talabalar o‘zlarini real hayotda bo‘lgandek his qilishlari
mumkin va ularning muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Teskari O‘qish (Flipped Learning

) Bu usulda talabalar uyda darsliklarni

va materiallarni o‘qib tayyorlanishadi, dars vaqtida esa nazariyani amaliyotda
sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu yondashuvda talabalar mustaqil
o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishadi va dars vaqti esa ularni amalda
qo‘llashadi. Ushbu kitob ingliz tilini o‘qitishdagi interaktiv yondashuvlar va
innovatsion metodlarni tahlil qiladi.

Turli mamlakatlar bilan hamkorlikda loyihalarda qatnashish yoki

yozishmalar olib borish

orqali talabalar o‘zining amaliy til bilimlarini

rivojlantiradi va turli madaniyatlar bilan tanishadi. Bu esa madaniy muloqotni
rivojlantirib, til o‘rganishni boyitadi.

6

Xulosa.

O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha natijaga erishishda

qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida
hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa,
o‘quv jarayonida mustaqil fikrlay olsa, ijod qilsa, izlansa, tahlil qilsa, xulosa
chiqarsa, o‘zlariga guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi ularning
bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yaratsa, shu o‘qitish jarayonining
asosi hisoblanadi. Shu sababli har bir pedagog va talaba o‘ziga mos va qulay
bo‘lgan, o‘quv jarayonini ham oson ham qiziqarli tashkil etadigan va samarali
natija va muvaffaqiyatlarga erishtira oladigan ta’lim texnologiyalaridan
foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

“Mumtoz arab adabiyoti”; Ziyavuddinova M.; Toshkent. 2012-yil;

2.

“Sharq allomalarining ilmiy merosi”; Jumayeva N.; “Durdona” nashriyoti;

Buxoro. 2022-yil;
3.

Xadicha.uz; “Arab tili dunyo tillari orasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos

xususiyatlari”; Abduvaliyeva Komila; 1-yanvar; 2025-yil;

6

“Ingliz tilini o‘rganishning innovatsion usullari“; Iminova Shakhnoza-Begim Bakhodirovna; 2024


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

49

4.

“OTMlarda arab tilini o'qitish: ahamiyati, usullari va muammolari”;

Gaipova Sh.; www.oriens.uz; 4(24); Nov., 2024; (E) ISSN: 2181-1784;
5.

Lex.uz; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

19.01.2022 yildagi 34-son;
6.

“Chet tillarini mustaqil organishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati”;

Muwsa Narimbetov; Innovative developments and research in education
International scientific-online conference;
7.

Alifbee.com/uz;

8.

https://xabardor.uz/uz/x/296258;

9.

“Til o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va samarasi “;

Nosirova Surayyo;
10.

“Ingliz tilini o‘rganishning innovatsion usullari”; Iminova Shakhnoza-

Begim Bakhodirovna, The Lingua Spectrum Volume 2.1. Maxsus son. October
2024

Библиографические ссылки

“Mumtoz arab adabiyoti”; Ziyavuddinova M.; Toshkent. 2012-yil;

“Sharq allomalarining ilmiy merosi”; Jumayeva N.; “Durdona” nashriyoti; Buxoro. 2022-yil;

Xadicha.uz; “Arab tili dunyo tillari orasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari”; Abduvaliyeva Komila; 1-yanvar; 2025-yil;

“OTMlarda arab tilini o'qitish: ahamiyati, usullari va muammolari”; Gaipova Sh.; www.oriens.uz; 4(24); Nov., 2024; (E) ISSN: 2181-1784;

Lex.uz; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.01.2022 yildagi 34-son;

“Chet tillarini mustaqil organishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati”; Muwsa Narimbetov; Innovative developments and research in education International scientific-online conference;

Alifbee.com/uz;

https://xabardor.uz/uz/x/296258;

“Til o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va samarasi “; Nosirova Surayyo;

“Ingliz tilini o‘rganishning innovatsion usullari”; Iminova Shakhnoza-Begim Bakhodirovna, The Lingua Spectrum Volume 2.1. Maxsus son. October 2024