Авторы

  • Sojida Samandarova
    Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.122811

Ключевые слова:

psixologik triller manipulyatsiya chiller janri saspens prototip

Аннотация

Mazkur maqoladan psixologik metod tamoyillariga tayanilgan holda amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning Gannnibal Lekter tetrologiyasi misolida triller janrining xususiyatlari va yozuvchi tomonidan qo’llanilgan janrga xos badiiy-uslubiy vositalar tahlili o’rin olgan. Harrisning o’tkir syujetli trillerlari orqali qahramon badiiy psixologizmini tadqiq etish badiiy adabiyotning ahamiyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

48

TOMAS HARRIS ASARLARIDA PSIXOLOGIK TRILLER JANRI

AN’ANALARI

Samandarova Sojida Furqat qizi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-kurs tayanch doktoranti

Email: sojida.samandar0791@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10812583

Annotatsiya.

Mazkur maqoladan psixologik metod tamoyillariga tayanilgan

holda amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning Gannnibal Lekter tetrologiyasi
misolida triller janrining xususiyatlari va yozuvchi tomonidan qo’llanilgan
janrga xos badiiy-uslubiy vositalar tahlili o’rin olgan. Harrisning o’tkir syujetli
trillerlari orqali qahramon badiiy psixologizmini tadqiq etish badiiy
adabiyotning ahamiyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi.

Kalit so’zlar:

psixologik triller, manipulyatsiya, chiller janri, saspens,

prototip

Triller – adabiyot va kino sohasida yaratilayotgan asarlar janri boʻlib, u
tomoshabin yoki kitobxonlarda xavotirli kutuv, hayajon yoki qoʻrquv hislarini
uygʻotadi. Ushbu janrning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlsa ham aniq
chegaralari yoʻq. Triller elementlari boshqa janrlardagi asarlarda, boshqa
janrlarning elementlari esa trillerda keng qoʻllaniladi. Trillerni tagjanrlarga
boʻlish mavzuviy oʻziga xosliklarga asoslanadi, umumiy qaralganda ular janrning
asosiy xususiyatlariga mos keladi. Jeyms Patterson yozganidek, “

Triller janrida

yangidan-yangi turlar paydo boʻlmoqda va tarkibiy kengayishning ijobiy qabul
qilinishi janrning oʻlmas xususiyatlaridan biridir. Kuchli his-tuygʻular, ayniqsa,
hadik va shodlik, hayajon va nafasning ichga tushib ketishi trillerning turfa xil
tagjanrlarni yagona “tom” ostida birlashtiradi”

[6;4].

Psixologik triller e’tiborni qahramonlar ruhiyatiga qaratuvchi,
tomoshabin yoki kitobxonni ruhan manipulyatsiya qiluvchi triller janridagi
roman yoki kinofilmdir [5]. Qahramonning ruhiy holatidagi sezgilar, oʻy-
xayollar, buzib koʻrsatilgan haqiqatning asl koʻrinishini anglab yetish yoʻlidagi
qiyinchiliklar kabi evrilishlar janrning asosiy belgilaridir. Qoʻrquv va xavotir
ruhiy taranglikni kutilmagan usullar orqali kuchaytiradi. Qahramonlarning
keyingi xatti-harakatlarining, dunyoni qanday koʻrishlarining noma’lumligi
taranglikning susaymasligini ta’minlab turadi. Asosan psixopat (“Qoʻzichoqlar
sukunati”dagi Gannibal Lekter) yoki bir necha shaxsiyatga ega inson (“Qizil
ajdarho”dagi Frensis Dolarhayd) sifatida tasvirlanuvchi yovuz qahramonning
qaytib kelib, qahramonlarni abadiy ta’qib etishini ifodalovchi ochiq va dahshatli


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

49

xotima psixologik trillerga xos xususiyatdir. Unda oddiy detektiv romanlarda
ochiqlanmay qolib ketadigan yashirin koʻrinishlar

fosh etiladi. Unda dunyo

adolatsizlik, azob-uqubat va zoʻravonliklarga toʻla koʻrinishda aks ettiriladi.

Yovuz qahramon oʻzgalarning dardi ustidan kulishni istaydi, vaqtichogʻlik va
hayratomuz taassurotlar ilinjida boʻladi.
Jeyms Frey mukammal tarzda yozilgan psixologik trillerlarning e’tibor
markazida yovuq qahramonning psixologiyasi turishini va noma’lumliklar orqali
sekin-asta taranglik mustahkamlanib borishini e’tirof eta turib, koʻpincha
qoʻrqinchli janrda yaratilgan ijod mahsullarining salbiy kutib olinishini istamay,
uning psixologik triller deya tavsiflashini, aynan shu holat adabiy
tanqidchilarning asarning adabiy qimmatini oshirish maqsadida psixologik
triller deb atashida ham namoyon boʻlishini ilova qilib oʻtadi [1;248]. Psixologik
trillerni oddiy trillerdan ajratib turuvchi xususiyatlar kitobxonning butun
diqqaini jalb etuvchi jumboqli holatlar va xunrezliklarning koʻpligida aks etadi.
Ushbu janr uchun doimiy tahdid muhiti va nogahon yuz beruvchi zoʻravonlik,
jinoyat va qotillik harakatlari, bosh qahramonlar esa xavf-xatar hamda
zoʻravonlikka odatlanmagan oddiy odamlar (Mettyu Bennon – talaba; Kleris
Starling – kursant; Uill Grexem – tergovchi) boʻlishadi. Syujet asosida bosh
qahramonning tinch va xotirjam hayoti kutilmaganda allaqanday tushunarsiz
hamda nazorat qilib boʻlmas yovuzlik ta’sirida algʻov-dalgʻov boʻlib ketishi, turli
xatarli vaziyatlarga tushishi yotadi. Psixologik trillerning boshqa qoʻrqinchli
janrlardan, jumladan, chiller janridan asosiy farqi ham undagi yovuz
qahramonning haqiqiyligidadir. Masalan, Meksika qamoqxonasida faoliyat
yuritgan shifokor seriyali qotil Gannibal Lekter obrazi uchun prototip bo’lib
xizmat qilgan. Stiven Kingning chiller janridagi “U” romanida esa yovuz
qahramon sifatida olingan qonxoʻr “masxaraboz” esa oʻz koʻrinishini oʻzgartira
oluvchi afsonaviy mavjudot va vampirga oid xususiyatlarni oʻzida jamlagan.
Porstmut universiteti professori Kristofer Pittard detektiv asarlar bilan
bir qatorda psixologik triller janri, uning mohiyati va tadrijiy taraqqiyoti
boʻyicha ham tadqiqot olib boradi. Uiley nashriyotida chop etilgan “Gotika
ensiklopediyasi”ga psixologik triller atamasini hamda uning ilmiy tavsifini aynan
Kristofer Pittard kiritgan boʻlib, u oʻz maqolasida janrning gotik uslub bilan
uzviy jihatlarini ham sanab oʻtgan. Uning ta’kidlashicha, psixologik triller gotika
bilan ikki tomonlama bogʻliqlik kasb etadi [4;531-533]. Birinchidan, detektiv
adabiyotning adabiy analoglari sifatida psixologik trillerlar va gotik asarlar
umumiy ildizga ega. Detektiv adabiyot gʻayritabiiy unsurlarga ratsionalistik
yondashuv natijasida vujudga kelgan boʻlib, Edgar Allan Po ham gotik uslubda,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

50

ham detektiv janrda samarali ijod etgan yozuvchi sanaladi. Detektiv asarga
voqea-hodisalarning mantiqiy izohlanishi va aniq xotimaning mavjudligi xos
boʻlsa, psixologik triller subyektivlikka hamda huquqbuzarlikning psixologik
asoslariga koʻproq e’tibor qaratadi, aniq xotima bayoniga odatda kafolat
berilmaydi. Ikkinchi bogʻliqlik esa janr terminologiyasining oʻzida namoyon
boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

James N.Frey. How to Write a Damn Good Thriller: A Step-by-Step Guide

for Novelists and Screenwriters. St. Martin’s Publishing Group, –248 p.
2.

Harris T. Harris T. Qoʻzichoqlar sukunati. –Toshkent: Yangi asr avlodi,

2023. –431 b.
3.

Harris T. Qizil ajdarho. – Toshkent: Zukko kitobxon, 2021.–495 b.

4.

Pittard Ch. (2012). Psychological Thrillers. In the Encyclopedia of the

Gothic

(eds

W.Hughes,

D.Punter

and

A.Smith).

531-533

pp.

https://doi.org/10.1002/9781118398500.wbeotgp014
5.

Psychological

thriller.

Oxford

Living

Dictionaries.

https://en.oxforddictionaries.com/definition/psychological_thriller
6.

Thriller: Stories to keep you up all night. Ed.Patterson J. Ontario, Canada:

MIRA Books, 2006.–576 p.

Библиографические ссылки

James N.Frey. How to Write a Damn Good Thriller: A Step-by-Step Guide for Novelists and Screenwriters. St. Martin’s Publishing Group, –248 p.

Harris T. Harris T. Qoʻzichoqlar sukunati. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2023. –431 b.

Harris T. Qizil ajdarho. – Toshkent: Zukko kitobxon, 2021.–495 b.

Pittard Ch. (2012). Psychological Thrillers. In the Encyclopedia of the Gothic (eds W.Hughes, D.Punter and A.Smith). 531-533 pp. https://doi.org/10.1002/9781118398500.wbeotgp014

Psychological thriller. Oxford Living Dictionaries. https://en.oxforddictionaries.com/definition/psychological_thriller

Thriller: Stories to keep you up all night. Ed.Patterson J. Ontario, Canada: MIRA Books, 2006.–576 p.