Авторы

  • Nafisa Nuriddinova
    Sharof Rashidov nomidagi SAMDU mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.129412

Ключевые слова:

uzumchilik terminlari semantik tahlil strukturaviy yondashuv leksik-semantik tizim terminologik birliklar tarkibiy model sohaviy leksika sinonimiya va antonimiya terminologik birliklarning tasnifi morfologik tuzilma.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida bogʻdorchilik sohasining uzumchilik terminlarini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy tahlil metodlari, leksik-semantik, morfologik, etimologik, stilistik, dialektologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ushbu metodlar orqali soha terminlarining lug‘aviy, strukturaviy, mintaqaviy va uslubiy xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

184

SOHA TERMINLARIGA SEMANTIK VA STRUKTURAVIY

YONDASHUV (UZUMCHILIK MISOLIDA)

Nuriddinova Nafisa Muxiddin qizi

Sharof Rashidov nomidagi SAMDU mustaqil izlanuvchisi

Nuriddinovanafisa467@gmail.com

+99893987428

https://doi.org/10.5281/zenodo.16572219

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida bogʻdorchilik

sohasining uzumchilik terminlarini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy
tahlil metodlari, leksik-semantik, morfologik, etimologik, stilistik, dialektologik
yondashuvlar tahlil qilinadi. Ushbu metodlar orqali soha terminlarining lug‘aviy,
strukturaviy, mintaqaviy va uslubiy xususiyatlarini aniqlash imkoniyati
yaratiladi.

Kalit so‘zlar:

uzumchilik terminlari, semantik tahlil, strukturaviy

yondashuv, leksik-semantik tizim, terminologik birliklar, tarkibiy model, sohaviy
leksika, sinonimiya va antonimiya, terminologik birliklarning tasnifi, morfologik
tuzilma.

Abstract:

This article analyzes the main analytical methods, lexical-

semantic, morphological, etymological, stylistic, dialectological approaches used
in the study of viticulture terms in Uzbek linguistics. These methods make it
possible to determine the lexical, structural, regional and methodological
characteristics of the terms of the field.

Keywords:

viticulture terms, semantic analysis, structural approach,

lexical-semantic system, terminological units, structural model, sectoral lexicon,
synonymy and antonymy, classification of terminological units, morphological
structure.

Terminologiya har qanday ilmiy va kasbiy sohaning asosiy til vositasi

hisoblanadi. Terminlar — bu ilmiy va kasbiy tilning “kalitlari” bo‘lib, ularni
bilmasdan tushuncha, muloqot va izlanishlar noaniq yoki noto‘g‘ri bo‘lishi
mumkin. Terminlarni tizimli oʻrganish, ularni normativlashtirish va ilmiy
asoslash tilshunoslikning dolzarb yoʻnalishlaridan biridir. Bogʻdorchilik ham
Oʻzbekistonda qadimdan rivojlangan, madaniy va iqtisodiy jihatdan muhim
tarmoq boʻlib, bu sohaga oid terminlar xalq tilida ham, ilmiy nutqda ham keng
qoʻllaniladi. Bogʻdorchilikka oid an’anaviy bilimlar ko‘pincha og‘zaki shaklda
ajdoddan avlodga o‘tib kelgan. Terminlarni ilmiy asosda yig‘ish va
tizimlashtirish bu tajribani saqlab qolish va yangi avlodga uzatishda muhim.
Ularga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi terminlari (xususan , bog‘dorchilik ham) tilning
madaniy qatlamini ifodalab, xalqning qadimiy bilim, dunyoqarash va kasb-


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

185

ko‘nikmalarini o‘zida aks ettiradi. Terminologiya har bir sohaning til
shakllanishi va rivojida muhim o‘rin egallaydi. Xususan, O‘zbekistonda
qadimdan rivojlangan uzumchilik va bog‘dorchilik tarmoqlari bilan bog‘liq
terminlarni o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik,
agronomiya va tarjimashunoslik sohalari uchun ham dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda bu terminlarning ilmiy tahlili ularning kelib chiqishi, tuzilishi,
ishlatilish chastotasi va funksional yuklamasini aniqlash orqali amalga
oshirilmoqda. Bu borada o‘zbek tilshunosligida uzumchilik sohasi til boyligining
muhim qismi bo‘lib, unda ko‘plab mahalliy terminlar

,

dialektal leksik birliklar

,

semantik guruhlar

,

stilistik vositalar kuzatiladi. Bunday tahlillar til va sohaning

o‘zaro aloqasini yoritib, sohaga oid milliy lingvistik merosni

o‘rganishda muhim

ahamiyatga ega. Tilshunos olim R.Doniyorov qayd etishicha, terminologik
sistemada so‘z yasash yo‘llarining barchasiga babbaravar amal qilinavermaydi.
Masalan, o‘zbek tilining ornitologik terminologiyasida semantik va fonetik
yo‘llar bilan termn yasash bir qadar faol bo‘lsa, boshqa terminologik
sistemalarda buning aksicha, semantik, morfologik va sintaktik yo‘llar bilan
termin yasash juda aktivdir.[1] O‘zbek tilining uzumchilik terminologiyasida
ham terminlarni hosil qiladigan ko‘plab yo‘llarning xizmat vazifasi salmoqlidir,
albatta. Izlanishlarimizda leksik-semantik tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
terminlarning semantik maydoni, sinonim va antonim shakllari, polisemantik
holatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, “tok” so‘zi badiiy adabiyotda
metaforik ma’no kasb etsa, ilmiy matnlarda uzum o‘simligi sifatida aniq
qo‘llaniladi. “Ko‘chat”, “mayiz”, “novda” kabi terminlar kontekstda turlicha
semantik yuklamaga ega. Proffessor olim A.G‘ulomov o‘z izlanishlari orqali
o‘zbek tilida so‘z yasashning besh xil klassifikatsiyasi (morfologik, sintaktik,
leksik, semantik, fonetik usul)ni [2] qayd etar ekan, har bir sohada qaysi
usulning salmog‘i leksik qatlamning qanchalik keng ko‘lamda ekanligi bilan
baholanishini ham ta’kidlaydi. Xususan, bizningcha, o‘zbek tilining ichki leksik
resurslaridan foydalangan holda yangi terminlar hosil qilinish tendensiyalarini
aniqlash mobaynida uzumchilik sohasining so‘z yasash vositalari (derevatsion)
orqali hosil qilingan ayrim terminlar morfologik tuzilmasi quyidagicha
ekanligini qayd etish mumkin: Uzumzor

– “uzum” + “-zor” (yer bildiruvchi

affiks); tokchi – “tok” + “-chi” (kasb egasi bildiruvchi affiks); ko‘chatxona

“ko‘chat” + “xona” (bino/joy bildiruvchi); iliqxona – issiq iqlimli o‘stirish joyi
(issiq + xona). Bu holatda so‘z yasovchi affikslarning semantik yuklamasi

va

soha

doirasida ularning terminlashtirilishini kuzatish mumkin.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

186

Bog‘dorchilikning uzumchilik sohasiga doir atamalar, so‘z va birikmalar

o‘zbek tilining soha leksikasida alohida qatlamni tashkil qiladi. Tilshunoslikda
bunday leksik qatlam leksik-semantik guruhlarga ajratilib, semantik maydon)
asosida tahlil qilinadi. Bu tahlil orqali terminlarning mazmuniy yaqinligi,
semantik aloqadorligi va kontekstdagi o‘rni aniqlanadi. Leksik-semantik guruh
— bu mazmun jihatidan bir-biriga yaqin, umumiy semantik komponentga ega
bo‘lgan so‘zlar majmuasidir. Uzumchilik terminlari ma’nosiga ko‘ra, bir necha
asosiy guruhlarga ajraladi:

1.O‘simlikning morfologik qismlarini bildiruvchi so‘zlar. Masalan,bu

guruhda uzum o‘simligining qismlari, struktura elementlari ifodalash mumkin:
Barg — o‘simlikning fotosintez a’zosi; kurtak — yangi o‘sish nuqtasi; ildiz —
o‘simlikning yerosti qismi, oziqlanuvchi tizim. Ayni paytda bu leksik birliklar
giponimiya-giperonimiya munosabatida joylashgan: Tok — giperonim (umumiy
nom); Novda, shox, kurtak — giponimlar (xususiy qismlar).

2.Parvarish va agrotexnik ishlar bilan bog‘liq leksik qatlam.

Bu

guruhda uzumni yetishtirish, parvarishlash, mehnat texnikalari bilan
bog‘liqligini kuzatish mumkin. Sug‘orish — suv bilan ta’minlash; novdalash —
keraksiz novdalarni kesish; tillar — uzumni boshqa yerga ko‘chirib ekish usuli.
Semantik jihatdan bunday sememalarning ma’no ottenkalari

texnologik

jarayonlarni

bildiradi. Shuningdek, ular asosan

fe’l, ot va otlashgan fe’llar

shaklida namoyon bo‘ladi.

3.Hosil va mahsulotlar bilan bog‘liq terminlar.

Ayni semantik guruhga

hosil, uning turlari va undan olinadigan mahsulotlarni keltirish mumkin:Mayiz
— quritilgan uzum; sharbat — uzumdan olingan tabiiy ichimlik, vino — uzum
asosida tayyorlangan mahsulot, tok mevasi — hosil sifatida uzum ifodasi. Ushbu

semantik aspektda tahllilarimiz

“natija”, “hosil”, “tayyor mahsulot”

komponentlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda

nav nomlari

alohida giponimlar

sifatida ajraladi (kishmish, husayni, rizamat).

4.Uzum navlari va klassifikatsiyasi.

Uzumchilik leksikasida nav nomlari

— terminologik nomlashning alohida turidir. Bu guruh genetik, texnologik va
regional belgilarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan, izlanishlarimizga ko‘ra husayni –
yirik donli, serhosil meva; Rizamat – urug‘siz, shirin; kishmish – quritish uchun
yaroqli; xurmo uzum – mazasi xurmo ta’miga o‘xshash; toyfi – yirik guldasta kabi
bir qator xususiyatlarini o‘zida birlashtirib, bu guruh o‘zbek tilida

antroponim

asosida hosil bo‘lgan nomlar

(masalan, Rizamat) yoki

xususiyat asosida

nomlanganlar

(kishmish — quriydi) orqali shakllangan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

187

5.Joy va vositalarni bildiruvchi terminlar.

Bu guruh uzum yetishtirish

muhiti, joylashuvi va vositalarini anglatadi: Uzumzor – toklar ekilgan yer,
ko‘chatxona –ko‘chat yetishtiriladigan joy, iliqxona –

iliq tutuvchi yopiq joy, tok

ustuni –tokni bog‘lab o‘stirish uchun tirgak

.

Ayni terminlar joy bildiruvchi leksik

birliklar bo‘lib, ko‘pincha yuqorida keltirganimizdek –xona, –zor, –lik affikslari
bilan hosil qilingan murakkab so‘zlar hisoblanadi.

6. Kasallik va shu bilan bog‘liq muammolarni bildiruvchi terminlar. Bunda

uzum parvarishi jarayonida yuzaga keladigan salbiy holatlarning terminologik
nomlanishini kuzatishimiz mumkin: Chirish – uzum yoki tok tanasining
yomonlashuvi, qurt bosish – zararkunanda tufayli meva zararlanishi, yondiruv –
quyosh ta’siri bilan barg kuyishi zararlanishi, qora dog‘– barglarda yoki mevada
paydo bo‘ladigan kasallik belgisi. Bu guruhga xos leksik birliklar semantik
jihatdan “zarar”, “buzilish”, “xastalik” komponentlariga ega.

Yuqorida tahlilga olingan guruhlar uzumchilik leksik-semantik maydonini

shakllantiradi

,

har biri o‘zaro semantik aloqada bo‘lib, til tizimida giperonim-

giponim, antonimiya, sinonimiya kabi munosabatlarda namoyon bo‘ladi.

Qolaversa, dialektologik jihatdan soha terminlar tahlili hududiy leksik

farqlanishlarni o‘rganishga imkon beradi: Uzum leksemasining viloyatlarda
turlicha nomlanishi ( Toshkent, Farg‘ona, Samarqand atroflarida uzum,
Buxoroda angur); tok atamasining Farg‘onada boshqa viloyatlardan farqli
tayam deb nomlanishi; novda esa Toshkentda chugur, Buxoroda shox,
Farg‘onada esa chigiriq nomlari bilan atalishi kuzatiladi va bu kabi ko‘plab
uzumchilik sohasi leksikasi ikkilamchi nomlanish motivatsiyasini ham yuzaga
chiqaradi.

Umuman olganda, izlanishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, uzumchilik – qishloq

xo‘jaligining muhim va qadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy,
balki madaniy, lingvistik va ilmiy jihatdan ham alohida ahamiyatga ega. Ushbu
sohada qo‘llaniladigan terminlar nafaqat meva yetishtirish texnologiyasi bilan
bog‘liq ilmiy tushunchalarni ifodalaydi, balki xalqning qadimiy bilimlari,
an'analari va tajribasini ham o‘zida aks ettiradi. Uzumchilik terminlarini
o‘rganish – bu bir vaqtning o‘zida tilshunoslik, agronomiya, etnolingvistika,
madaniyatshunoslik va tarjima nazariyasini o‘zaro bog‘lovchi ko‘p tarmoqli
ilmiy faoliyatdir. Har bir soha tilining asosini tashkil etuvchi terminlar – ularning
aniqligi, izchilligi va moslashuvchanligi tufayli ilmiy-texnik taraqqiyotning
muhim vositasiga aylanadi. Zamonaviy davrda uzumchilik sohasi uchun
terminlarni chuqur o‘rganish quyidagi sabablarga ko‘ra zarur va dolzarbdir:


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

188

– ilmiy-texnik rivojlanish

:

uzumchilikda qo‘llanilayotgan yangi

texnologiyalar, ishlov berish usullari va kasalliklar bilan kurashish metodlarini
ifodalovchi yangicha terminlar tizimli ravishda ishlab chiqilishi kerak;

– milliy terminologiyani boyitish

:

O‘zbek tilining ilmiy-texnik sohalarda

nufuzi va qo‘llanilish doirasini kengaytirish uchun uzumchilik terminlarining
o‘zbekcha muqobillarini ishlab chiqish zarur;

– til madaniyatini saqlash va rivojlantirish

:

sohaviy terminlar xalqona

ifodalarni, tarixiy terminlarni, og‘zaki xalq bilimlarini saqlashda muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi;

– tarjima va xalqaro ilmiy hamkorlik

:

uzumchilik atamalarining ingliz, rus,

turk tillaridagi mos terminlar bilan qiyosiy tahlili va tarjimasi xalqaro aloqalarni
rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, uzumchilik terminlarini
o‘rganish orqali nafaqat til tizimidagi o‘ziga xosliklar aniqlanadi, balki
xalqimizning dehqonchilik madaniyati, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari ham
til vositasida ilmiy asosda yoritiladi. Demak, bu sohani chuqur o‘rganish ilm-fan,
ta’lim va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tashi bilan ham
beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar:

1. Doniyorov R. (1977). O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
O‘zbekiston : Fan.
2. G‘ulomov A. (1949). O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘llari haqida. Toshkent:
O‘zFAN.
3.Hojiyev A.( 1985). Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.
4.Yusupov S. (2005). O‘zbek tilida termin yaratish usullari. Toshkent: Fan.
5.Rajabov I. (2006).O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi.
6.Tojiyev M. (2020). Tilshunoslikka kirish va terminshunoslik asoslari.
Toshkent: Universitet.
7.Zaynutdinov A. (2017). O‘zbek terminshunosligi: muammo va yechimlar.
Toshkent: Fan va texnologiya.
8. Ширинова Е.Т. (2020). Ўзбек тили банк терминологияси. Тошкент,
Фил.фан.бўйича фалсафа фан.док.(PhD) дисс...

Библиографические ссылки

Doniyorov R. (1977). O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. O‘zbekiston : Fan.

G‘ulomov A. (1949). O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘llari haqida. Toshkent: O‘zFAN.

Hojiyev A.( 1985). Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.

Yusupov S. (2005). O‘zbek tilida termin yaratish usullari. Toshkent: Fan.

Rajabov I. (2006).O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi.

Tojiyev M. (2020). Tilshunoslikka kirish va terminshunoslik asoslari. Toshkent: Universitet.

Zaynutdinov A. (2017). O‘zbek terminshunosligi: muammo va yechimlar. Toshkent: Fan va texnologiya.

Ширинова Е.Т. (2020). Ўзбек тили банк терминологияси. Тошкент, Фил.фан.бўйича фалсафа фан.док.(PhD) дисс...