SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
176
DIRIJYORLIK SAN’ATI VA UNING TA’LIMDAGI O‘RNI
Yuldasheva Nozima Ja’farbek qizi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati
Institute Estrada orkestr dirijorligi fakulteti
Magistratura 1 bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16555441
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dirijyorlik san’atining ta’limdagi o‘rni
nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazlar yurutilgan.
Shuningdek, dirijyorning ijodiy faoliyat jarayoni haqida ham batafsil
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
dirijor, san’at, ko‘nikma, cholg‘ular,iste’dod, o‘qish, partitura.
Yosh avlod tarbiyasi, kelajak vorislarini tayyorlash dolzarb masala ekanligi,
“Ta’lim to‘g‘risidagi” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i qonunlarida
e‘tirof etilgan. Qobiliyatli va iste’dodli yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalab, jamiyatda o‘z
o‘rniga qo‘ya bilish ustoz san’atkorlardan katta mas’uliyatni talab etadi. Shu bois
soha mutaxassislari zamon talabi darajasida ish yuritib, vazifalariga jiddiy
qarashlari lozim.
Jamiyat m a’naviyatini yuksaltirish - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
hisoblanadi. Ma’naviyat esa uzluksiz, harakatdagi jarayon. San’atga aloqador
boyliklar ma’naviy boylikni tashkil etadi. San’atsiz hayot nursiz, jilosiz, mantiqsiz
va zerikarli bo'lib qolardi
Dirijor - asar musiqasini ijodiy rivojlantiruvchi, uning ruhi bilan yashobchi,
mashaqqatli, sar-bardosh talab qiluvchi, mas’uliyatli kasbdir. Bir qaraganda
osondek ko‘ringan dirijorlik san’atining naqadar mushkul ekanligini hamma
ham tushunib yetavermaydi. Bu kasbning murakkabligi shundaki, orkestrdagi
cholg‘ularning nafaqat mukammal ijrosi, balki uning sirlarini ham bilishi kerak.
Bu asosda ko‘plab izlanishlar olib borishi lozim. Chunki ana shu cholg‘ular
uyg‘un bo‘lgandagina ajoyib kuylar dunyoga keladi.
1
San’at nima? San’at deganda badiiy ijodni tushunamiz, har bir san’at asari
o‘z janr xususiyatlariga ko‘ra, hayot manzarasini ifodalaydi. Olam hodisalarini
yorqin obraz orqali yoki tasvirini musiqa orqali ifodalashga erishadi.
San’atlar ichida eng yoshi va kam o'rganilgani dirijorlik san’ati hisoblanadi.
Dirijorlik amaliyoti uning nazariyasini ancha ortda qoldirdi. Biroq aynan
nazariyaga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, dirijorlikka o'rgatish
ishida unga ehtiyoj katta.
1
Toshm atov, Ergash. D irijorlik : 0 ‘q u v q o i . / E. T o sh m a to v ; M a s ’ul m u h arrir B. A zim o v ; O 'zb ek iston R
espublikasi O liy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi, A bdulla Q odiriy n om idagi T o sh k en t D avlat M adaniyat instituti.
— Т.: O 'zb ek iston faylasuflari m illiy jam iyati nashrivoti, 2008. — 264 b.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
177
«Dirijor kо‘rish va eshitish san’atiga ega bo‘lmog‘i lozim, u yengil va ayni
paytda kuchli bo‘lishi darkor, и sozlar kompozitsiyasini, ulaming tabiati va
qamrovini his qilishi, partiturani о‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste’dod
egasi bo'lishi muhim... U yana o'zi va orkestr o'rtasida kо'zga kо‘rinmas aloqa
о‘matilishi uchun kerak bo'lgan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham
ega bo'lishi shart. Agar dirijor orkestrga o'z hissiyotlarini yetkazish xususiyatiga
ega bo'lmasa, unda u orkestr ustidan «hukmronlik» qila olmaydi, unga о 'z
ta’sirini о'tkazishdan mahrum bo'ladi. Bu holda u orkestming dirijori emas, balki
oddiygina «takt uruvchi»ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni
to'g'ri belgilash va ajratishni uddalay olsa!» Gektor Berlioz.
San’at — bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson
o'z boshidan kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga
yetkazadi, ular esa bu hissiyotni o'z qalblariga ko'chiradilar. dildan his etadilar».
Bu e’tirof dirijorlik san’atiga bevosita taalluqlidir. Bunda dirijorning em otsional
ta’sir kuchi. uning boshqalarga hissiyotlarni yetkaza bilish qobiliyati muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dirijor orkestr yoki xorga nisbatan rahbar, o‘qituvchi, instruktor bo'lishini
ham unutmasligi kerak. Bu mezonlar dirijor xoh yosh, xoh qari, tajribali yoki o‘z
faoliyatini endi boshlayotgan bo‘lsin — barchasiga barobar tegishlidir. Albatta,
dirijorlik tajribasini amaliy faoliyatsiz to‘plab bo'lmaydi. Biroq bu faoliyatdan
oldin, ya’ni boshlovchi dirijor orkestr yoki xor qarshisida turish huquqini qo'lga
kiritguncha qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko‘p.
2
Dirijorda tashabbuskorlik,
qat’iyatlilik, intizomlilik, tashkilotchilik iste'dodi uyg'unlashgan bo'lib, shu bilan
birga jamoaga nisbatan xushmuomalalik, osoyishtalik va chuqur his eta bilish
quvvati namoyon bo'lishi kerak. Orkestr yoki xor bilan yaxshi ishlash uchun
dirijor ziyrak va oqil pedagog-tarbiyachi bo'lishi lozim.
Ko'rinib turibdiki, dirijorning vazifalari juda ko'p va mas’uliyatli. Xo'sh,
musiqa san’ati oldida shunchalik katta mas’uliyatli bo'lgan san’atkor qanday
fazilatlar egasi.. bo'lishi kerak? Dirijor va orkestr o'rtasida «ko'zga ko'rinmas
aloqa» vujudga kelishi uchun zarur bo'ladigan intellektual, badiiy-ijodiy,
professional va insoniy fazilatlarning ko'p qirrali majmuasi nimalardan tarkib
topadi? Bu avvalo, keng ko'lamli musiqiy bilimlardir. Dirijor ko'p musiqiy asarlar
- ularning shakli, turli davrlarga xos musiqiy tilning xususiyatlarini bilishi kerak.
Orkestming har bir musiqachisi qanday muammoga duch kelishi va uni bartaraf
etish yo'lini tushunish uchun orkestming har bir musiqa cholg'usini yaxshi
bilishi shart. Dirijor orkestr partiturasini erkin o'qiy olishi, musiqa tarixi
2
www.ziyouz.com.kutubxonasi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
178
sohasida keng bilim va dunyoqarashga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, agar
tartib bilan sanab o'tsak, «iste’dod» deb atashga o'rganganimiz — asosiy
ifodavositalariga kiruvchi musiqiy eshitish, xotira, temperament, tasawur qilish
qobiliyati, musiqiy shakl va ansambl hissi, urg‘u sezgirligi, qo‘llar va yuzning
tabiiy harakatchanligi - bularning hammasi dirijorga orkestr a’zolariga o'zining
badiiy maqsadlarini yetkazishga yordam beruvchi vositalardir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, dirijorlik san’ati – bu musiqa
jamoalarini boshqarish,asarlarni sahnalashtirish va ularni badiiy jihatdan
mukammal talqin qilish san’atdir. Ta’limdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak,
asosan iste’dodli rahbarlarni yetishtiradi, musiqiytafakkurni chuqurlashtiradi,
ijodiylik va tashabbusni rivojlantiradi, jamoaviy ishlash madaniyatini o‘rgatadi,
musiqa maktablari va o‘quv yurtlarida muhim fan bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Toshm atov, Ergash. D irijorlik : 0 ‘q u v q o i . / E. T o sh m a to v ; M a s ’ul
m u h arrir B. A zim o v ; O 'zb ek iston R espublikasi O liy va o ‘rta m axsus ta ’lim
vazirligi, A bdulla Q odiriy n om idagi T o sh k en t D avlat M adaniyat instituti. —
Т.: O 'zb ek iston faylasuflari m illiy jam iyati nashrivoti, 2008. — 264 b.
2.
www.ziyouz.com.kutubxonasi.
3.
1.А. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. -Т .: Sharq, 1998 .
4.
Azimov K. O'zbekiston dirijorlari. —Т., 2001.
5.
I .A. Karimov. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. T.7. —Т.:
O'zbekiston, 1999 .