Ushbu tadqiqot bolalar zo‘ravonligining kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, bolalar huquqlarini himoya qilinishining huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada statistik ma`lumotlar asosida bolalar zo‘ravonligi bugungi kunda global darajada ortib borayotgani o‘rganib chiqilib, bolalar zo‘ravonligi tushunchasi, turlari, ularning kelib chiqishi, ularga qarshi kurashish, xalqaro darajadagi hujjatlarda belgilangan normalar asosida bolalar huquqlarini ta`minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilgan yangi normalar asosida zo‘ravonlikdan himoya qilinish usullari tahlil qilingan.