SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
10
SHAKLLANTIRUVCHI G`OYALARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA
IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI
Mutallibjonov Usmonjon Ixtiyorjon o'g'li
Andijon davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qtuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11381168
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida indikatorlarni
shakllantirish bo’yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu
borada ijobiy tajribalarni O’zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimiga
implemintatsiya qilish masalalari nazariy jihatdan tahlil etilgan.
Kalit so`zlar:
indikator, inson huquqlari sohasida indikator, “oltin
indikator”, subindikator, implementatsiya, disaggregatsiya, o’lchov, monitoring.
Bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlash borasida xalqaro standartlar
doirasida qator mamlakatlar tajribasi shakllandi. Ularning ayrimlari nafaqat
ushbu mamlakatda, balki boshqa davlatlar uchun ham dastur bo’lib xizmat
qiluvchi xalqaro ahamiyat kasb etgan bo’lsa, ayrimlari davlat uchun kutilgan
natijani bermadi. Taqdiqot ishining mazkur bo’limida, xalqaro va xorijiy
mamlakatlarda inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha yaratilgan, tadbiq
etilayotgan indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish
masalalari xususida so’z yuritamiz.
Buyuk Britaniya inson huquqlari indikatorlarining o’ziga xos tomoni har
bir inson huquqlari sohasi bo’yicha alohida indikatorlar tizimi yaratilib, mazkur
indikatorlar asosan shaharlar muhitida yashovchi aholi vakillariga nisbatan
tadbiq etilib, monitoring qilish imkoniyatlarini inobatga oladi2 . Yanada
tushunarliroq qilib aytganda, mazkur indikatorlar “Barqaror rivojlanish
maqsadlari”da belgilangan 11-maqsad (shaharlar va aholi yashash punktlarida
xavfsizlik va ochiqlikni ta’minlash) vazifalarini qamrab olgan indikatorlar bilan
deyarli o’xshash edi. Bugungi kunga kelib mazkur indikatorlar 5 ta asosiy guruh
tarkibiga birlashtirildi. Ya’ni: - Tenglik va kamsitilishning ta’qiqlanishi; - Ta’lim; -
Sog’liq va ijtimoiy himoya; - Boshpana va uy-joyga bo’lgan huquq; - Munosib
turmush darajasi; Buyuk Britaniyada indikatorlarni shakllantirishda aholi
o’rtasida turli so’rovlar o’tkazish orqali ularning ehtiyojlarini aniqlash
masalasiga alohida e’tibor qaratilib, barcha hududlar uchun bir xil standart
indikatorlardan emas, balki aholi muammolaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Masalan, qishloq joylarida istiqomad qiluvchi aholining toza ichimlik
suviga bo’lgan ehtiyoji shahar aholisiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Yoki
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
11
chekka hududlarda istiqomad qilayotgan aholini ish bilan bandligi ko’rsatkichi
shaxar aholisiga nisbatan pastroq hisoblanadi. Shu bois yuqoridagilarni inobatga
olib, milliy indikatorlatni shakllantirishda muayyan hudud, aholi ehtiyoji, sharoit
va boshqa belgilarni inobatga olgan holda (diskriminatsiyaga yo’l qo’ymagan
holda) yaratish lozim. Ayniqsa, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, ta’lim, ish bilan
ta’minlash, internet sifati, huquqiy bilimlarni baholoash kabi sohalarda samarali
natijalarni berishi mumkin. Yana bir inson huquqularini ta’minlash sohasida
yuqori natijalarga erishgan mamlakatlardan biri bu Daniyadir. Ushbu mamlakat
insonlar o’rtasida gender tenglikni ta’minlash, o’zboshimchalik bilan xibsga olish
holatlariga barham berish, qamoqxonlarda insoniy munosabatni ta’minlash,
nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida dunyo
mamlakatlari uchun tajriba bo’la oladigan indikatorlarni joriy etdi. Ulardan eng
muhimlaridan biri bu nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini
ta’minlanganlik darajasini baholovchi “Oltin inditarorlar”dir. BMTning
Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mitasi mustaqil eksperta a’zosi S.Langvad
“Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini rivojlanishi uchun oltin indikatorlar
tegishliligi, kuchliligi bilan o’ziga xos hissa qo’shdi” deb ta’kidladi.
Inson huquqlari sohasida ta’lim xalqaro standartlarini implimintatsiya
qilish orqali, zamonaviy milliy huquq normasi vujudga kelishi bilan birga, inson
huquqlarini himoya qilish va ta’minlash sohasida xalqaro darajada yetarli bilim
va malakaga ega bo’lgan davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlari tomonidan inson huquqlarini samarali ta’minlanishi bo’yicha ijobiy
natijalarga erishish mumkin bo’ladi.
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mazkur bobda bayon etilgan inson huquqlari
sohasida indikatorlarni shakllantirishda horijiy mamlakatlar tajribasi, ularning
xalqaro indekslar doirasidagi o’rni va nufuzi, xalqaro tashkilotlar tomonidan
sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etishdan asosiy maqsad zamonaviy
indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish orqali inson
huquqlarini himoya qilishning samarali usul va vositalarini nazariy asoslarda
ko’rsatish va bu borada taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Inson
huquqlari sohasida milliy indikatorlarni shakllantirishning nazariy asoslarini
yaratmasdan, bu borada aniq mexanizmlarni ishlab chiqmasdan turib
belgilangan maqsad va vazifalarga erishishga bo’lgan harakat davlat va uning
vakolatli organlari uchun murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Shu bois,
mamlakatimizda milliy indikatorlarni shakllantirishda yuqoridagi xalqaro va
horijiy mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish orqali milliy huquq
tizimimizni takomillashtirish kutilgan samaradorlikni taqdim etadi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
12
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston
Respublikasining
“Nogironlar
huquqlari
to’g’risidagi
Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida”gi 08.06.2021 yildagi Qonuni.
2. Office of the High Commissioner for Human Rights (OHCHR), Human Rights
Indicators: A Guide to Measurement and Implementation (2012)
3. York Human Rights Indicator Report 2017, Human Rights: Reclaiming the
Positive.
media/cahr/
documents/2017_
Report_A4_final.pd
4. Human Rights Education framework: Key indicators to monitor and assess the
implementation of human rights education and training. HRE2020.
https//www.hre2020.org
5. Quantitative data published and regularly updated by UNICEF UNDP
6. The second phase of the World Programme for Human rights education
focuses on the training of civil servents, and the third phase focuses on
strengthening the implamintation of the first two phases and promoting human
rights training for media professional journalists.