Авторы

  • Shokir Sattorov
    Termiz davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50826

Ключевые слова:

“Go‘ro‘g‘li” “Alpomish” “Rustamxon” “Murodxon” “Kuntug’mish” “Yozi bilan Zebo” “Ollonazar Olchinbek” “Kelinoy” “Oychinor”

Аннотация

Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi. Masalan, xalq qo‘shiqlarida odamlarning orzu-armonlari, umidlari, samimiy tuyg’ulari aks etsa, ertaklarda odamlardagi yaxshi fazilatlari bilan bir qatorda  yomon qusurlari ham ko‘rsatiladi. Zohiran ixcham, ma’nan purma’no maqol, hikmatlarda xalq donishmandligi zuhur topganligini ko‘rishimiz mumkin. Topshmoqlar, latifalarda uddaburonlik, topqirlik, fikr-mulohazakorlik namoyon bo‘lganligini ko‘rsak, afsona va rivoyatlarda ibrat, namuna, o‘rnak  kabilarni ko‘ramiz. Qisqasi, xalq og‘zaki namunalarida inson kamoloti uchun zarur xislatlar tarannum etilgani, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

67

MAKTABDA XALQ DOSTONLARINI О‘QITISHNING ESTETIK-

PEDAGOGIK ASOSLARI

Sattorov Shokir Jabborovich

Termiz davlat universiteti

erkin tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13379035

Annotatsiya:

Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq

og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi.
Masalan, xalq qo‘shiqlarida odamlarning orzu-armonlari, umidlari, samimiy
tuyg’ulari aks etsa, ertaklarda odamlardagi yaxshi fazilatlari bilan bir qatorda
yomon qusurlari ham ko‘rsatiladi. Zohiran ixcham, ma’nan purma’no maqol,
hikmatlarda xalq donishmandligi zuhur topganligini ko‘rishimiz mumkin.
Topshmoqlar, latifalarda uddaburonlik, topqirlik, fikr-mulohazakorlik namoyon
bo‘lganligini ko‘rsak, afsona va rivoyatlarda ibrat, namuna, o‘rnak kabilarni
ko‘ramiz. Qisqasi, xalq og‘zaki namunalarida inson kamoloti uchun zarur
xislatlar tarannum etilgani, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

“Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”,

“Kuntug’mish”, “Yozi bilan Zebo”, “Ollonazar Olchinbek”, “Kelinoy”, “Oychinor”

Adabiyot xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi. Xalq og‘zaki ijodida yosh

avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va
vatanparvarlik tarbiyasi, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, ota-onaga muhabbat,
ezgulik va xunuklikning, yaxshi va yomon xulqning oqibati, halollik, olijanoblik,
to‘g‘rilik tarbiyasi, adolat, insof, qon-qarindoshlik mehri-oqibati, mardlik,
kamtarlik, baxillik, sabr-qanoat va sabrsizlik, qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo
va bevafolik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik, andisha va andishasizlik,
tejamkorlik va isrofgarchilik, me’yor va me’yorsizlik, mas’uliyat va
mas’uliyatsizlik, tabiatni ardoqlash, yerni e’zozlash, o‘zidan kattaga hurmat,
kichikka izzatda bo‘lish, farzand va farzandsizlik, salomlashish odobi,
ovqatlanish madaniyati, kitobni sevish, jamoa orasida o‘zini tuta bilish, yurish-
turish madaniyati kabi qadriyatlar mujassamlashgan.
Maktabda xalq dostonlarini o‘qitish o‘quvchilarning dunyoqarashi, ijtimoiy-
siyosiy ongi, ma’naviy-estetik va falsafiy qarashlarini rivojlantiradi. Ma’lumki,
xalqimiz o‘ziing qadimiy va boy milliy madaniyati bilan dunyo sivilizatsiyasiga
katta hissa qo‘shib kelgan. Ming yillar mobaynida yaxshilkni, ezgulikni kuylab
kelayotgan folklor namunalarida xalqimizning eng ulug’, ezgu qarashlari
jamuljam ifodasini topgan. Xalq dostonlari bitmas-tuganmas ma’naviy-ruhiy
ozuqa manbai hisoblanadi. “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

68

“Kuntug’mish”, “Yozi bilan Zebo”, “Ollonazar Olchinbek”, “Kelinoy”, “Oychinor”
va shu kabi dostonlarda xalqimizning

yaratuvchanlik, kurashuvchanlik g‘oyalari

zavq bilan kuylangan. Bu kabi nodir dostonlar avlodlarga fidoyi folklorshunoslar
hamda xalq baxshilarining zahmatli mehnatlari orqali yetib kelgan. Shuning
uchun professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan baxshi-ijodkorlarni qadrlash,
ularniing noyob san’atini saqlab qolish, rivojlantirish, yosh baxshilarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda
baxshilar ijodi va faoliyatini keng miqyosa o‘rganish, targ‘ib qilish ishlari davlat
ahamiyatiga molik ishlar darajasiga ko‘tarilgan. Bu esa xalq og‘zaki ijodining
taraqqiyot tadriji, evolyutsiyasi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini keng
miqyosda o‘rganishning yangi pallasi boshlanganini ko‘rsatadi. Yurtboshimiz
Sh.Mirziyoyevning: “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish
to‘g’risida”gi qarorida “O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining
noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish,
yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini
kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini
mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar doirasini
xalqaro miqyosda kengaytirish”

1

kabi vazifalarni qoyganligi baxshichilik va

dostonchilik san’atining chuqur o‘rganilishi zarurligini bildirdi. Xalq
dostonlarining mazmunini, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rganish zarur. Xalq
dostonlarida ifodalangan g‘oyalar orqali ma’naviy-intellektual yetuk shaxslar
tarbiyalanishi haqiqat.

Doston va dostonchilik san’atining o‘ziga xosligi, baxshilar epik repertuari,

epik an’ana va mahorat, dostonlarda g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar, syujet, obraz
va motivlarning tarixiy asoslari va badiiy evolyutsiyasi, dostonlarda variantlilik,
umuman, epik ijodiyotning boshqa nazariy masalalarini maktabdayoq atroflicha
o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Vaholanki, hozirgi zamon ta’limida, kishilarni
ma’naviy barkamol, iymon-e’tiqodda sobit, mukammal qilib tarbiyalashda
folklorning o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Butun dunyo xalqlarining yaratgan folklor namunalari

ularning

milliy

o‘zligini, tili va yashash tarzini, an’ana va urf-odatlari, qadriyatlarini ifoda
etadigan ma’naviy boyligi hisoblanadi.

Shu sababli, maktab ta’limida biz xalq

ijodiyotini, xususan, dostonlarini o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qoyishimiz,
o‘quvchilarni o‘zbek xalq dostonlari dovrug‘ini dunyoga tanitgan uning
ijrochilari biografiyasi, ijodi, badiiy mahorati, ijrochilik iqtidori bilan yaqindan
tanishtirsak, yoshlarimiz qalbida xalq ma’naviy durdonalariga muhabbat hissi

1

Mirziyoyev Sh.M.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

69

uyg’onishi tabiiy, albatta. Xalqimiz Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir, Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li, Muhammad Jonmurot o‘g‘li Po‘lkan shoir, Bola baxshi, Esemurat
Jirov, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Qodir baxshi Rahimov singari
mashhur namoyandalar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi kunda ana shu
ijodiy an’analar ularning izdoshlari bo‘lmish Shomurod Tog‘ayev, Shoberdi
Boltayev, Abdunazar Poyonov, Qahhor va Abdimurod Rahimovlar, Qalandar
baxshi,

Gulnara

Allembergenova,

G‘ayratdin

Otemuratov,

Shodmon

Xo‘jamberdiyev, Ilhom Norov kabi o‘nlab iste’dodli ijrochilar tomonidan yanada
boyitilmoqda. “

Ta’lim sifatini oshirish – Yangi О‘zbekiston taraqqiyotining

yakkayu yagona tо‘g‘ri yо‘li”

2

ekan, bu о‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish

uchun jarayonga innovatsion yondashuv asosida xalq dostonlari mohiyatini
о‘quvchilar ongiga singdirishning о‘rni va ahamiyati kattaligini kо‘rsatadi. Bu
esa

, adabiyot o‘qituvchisi zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklaydi.

Buyuk olimlarning pedagogik asarlari va faoliyatlarining ijtimoiy-

pedagogik yо‘naltirilganligi avvalambor, hayotga har tomonlama tayyorlash
hisoblangan ta’lim mazmuniga doir tahlillarida о‘z ifodasini topgan.
Mutafakkirlar shaxsning jamiyatda о‘z о‘rnini belgilab olishini ta’minlab
beruvchi eng muhim sifatlar qatoriga mehnatsevarlik, xalqparvarlik, adolatlilik,
sabr va qanoatlilik, mehribonlik, vijdonlilik, halollik, mehr-oqibatlilik,
taqvodorlik kabilarni kiritadilar. Sharqda “muallimi soniy” nomi bilan mashhur
bо‘lgan Abu Nasr Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan о‘rni
va uning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan.
Forobiy ijtimoiy pedagogik faoliyatda о‘qituvchiga yetakchi о‘rin egallashini
ta’kidlab, uning faoliyatini – jamiyatning kelajagi unga bog‘liq bо‘lgan hukmdor
faoliyatiga qiyoslaydi.

Forobiyning fikricha, muallim – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi

va bolalarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i
zarur. Shu bilan birga, o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana
shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga
erishadi. Mutafakkir o‘qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona,
oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun
mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmagan.

Mutafakkir o‘zining “Aql to‘g‘risida” nomli risolasida axloqli odam egallashi

lozim bo‘lgan o‘n ikki xislatni sanab o‘tadi. Inson barcha a’zolarining
mukammalligi, bilim olishga muhabbatli bo‘lishi, xotirasi baquvvat, zehni o‘tkir,

2

Mirziyoyev Sh.M. Murojaatnoma.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

70

so‘zlari aniq, fikri ravonligi, g‘ururli, vijdonli, adolatli, moddiy boylikka
berilmasligi kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, Forobiy ustozlar haqida
fikr bildirib, “ta’lim-tarbiya ahllari ham o‘z bilimlarining darajasiga qarab bir-
birlaridan farq qiladilar, ortiq-kam bo‘ladilar. Ularning ba’zi birlarida kashf,
ixtiro quvvati bo‘lmaydi, ba’zilarida esa bu quvvat kamroq bo‘ladi”, - deya
ta’kidlaydi

3

.

Ustoz ulug’, zero u kelajak poydevori bo‘lgan yoshlarni o‘qitadi, tarbiya

qiladi. Forobiyning ta’kidlashicha, baxt-saodatga eltuvchi yetuk jamoa rahbari
(jumladan, o‘qituvchi) komil inson uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarni
hamda yetuk rahbar uchun shart bo‘lgan xislatlarni egallagan bo‘lishi kerak. Aks
holda, ko‘zlangan maqsadga erishishda turli to‘siqlar vujudga keladi. Forobiy
oqil insonlar haqida gapirib, aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli,
o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib
yuradilar. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va
kelishmovchiliklar bo‘lmasligiga ishora qiladi. Uning fikricha, ustoz shogirdiga
zug‘um qilishga, shuningdek, ko‘p hollarda yon berishga intilmasligi darkor.
Chunki ortiqcha zug‘um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi. Agarda
shogird ustozning ko‘ngli yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni
mensimaslikka, oxir-oqibatda u beradigan bilimdan sovib ketishga olib keladi

4

.

Bundan tashqari Forobiy “Ilmlarning kelib chiqishi” (“Ixso ul-ulum”) nomli

risolasida badiiy asar mutolaasi haqidagi fikrlarini bayon etadi. Risolada
o‘quvchi badiiy asarni ifodali о‘qiy olishi, olgan bilimini uqishi, o‘zlashtirishi, uni
qayta hikoya qilib berishi zarurligi, har bir inson o‘zicha bir olam ekanligini,
individual xususiyatga ega bо‘lishini, ta’lim-tarbiya jarayonida bu xususiyatlarga
e’tibor berish zarur ekanligi haqida salmoqli fikr yuritgan. Mutafakkir olimning
“Katta musiqa kitobi”, “Lafz – sо‘zlar va harflar haqida kitob”, “Ritmlar
klassifikatsiyasi haqida kitob”, “Musiqa haqida sо‘z”, “Yozuv san’ati haqida
kitob”, “Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida” kabi asarlari san’at
hamda adabiy ta’lim haqida ham bir qator jiddiy kuzatishlar olib borganligi
yaxshi ma’lum.

Sharq olimlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi qanday axloqiy

sifatlarga ega bo‘lishi lozim, degan savolga javob berib: “... O‘qituvchi matonatli,
sof vijdonli, rostgo‘y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi

3

. Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги нашриёт,

1993.-224 б.

4

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги

нашриёт, 1993.-89- б.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

71

biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi
dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”

5

– deydi. U

jamiyat ma’naviyatini tashkil etuvchi asosiy axloqiy fazilatlar xususida to‘xtalib,
uni juda ulug‘laydi va axloqiy illatlarni keskin qoralaydi. Olim ta’lim-tarbiya
masalalariga jamiyatning yetakchi muammolaridan biri sifatida alohida e’tibor
qaratadi.
Jamiyatning yetakchi muammosini hal qilishdek ulkan missiyani zimmasiga
olgan o‘qituvchining zalvorli vazifalaridan biri o‘quvchilar ongiga xalq
dostonlarida kuylangan umumbashariy g‘oyalarni singdirishdir. Dostonlar
zimnidagi umumbashariy g‘oyalarni singdirish uchun ta’lim jarayoniga yangicha
tafakkur, teran nazar bilan qaray oladigan o‘qituvchilarning o‘rni va roli har
doimgidek ahamiyatli.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

1.

Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q. Adabiyot о‘qitish metodikasi. –

T.: О‘qituvchi, 1967. – 301 b.
2.

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла

Қодирий номидаги нашриёт, 1993.-89- б.
3.

Ражабова

И.

Касб-ҳунар

коллежлари

адабиёт

дарслари

самарадорлигини оширишда интерфаол усуллардан фойдаланиш ёъллари.
Пед.фан.номз.дисс. – Т.: 2011.
4.

Тўхлиев Б. Бадиий асар таҳлили // Тил ва адабиёт таълимида янги

педагогик технологиялар. 1-қисм. – Т.: ТДПУ, 2006. – 3-6 б.
5.

Қуронов Д. Адабий асар талқини эстетик тамойил сифатида. “Ўзбек

адабиётшунослигида талқин ва таҳлил муаммолари” мавзусидаги
конференция материаллари. – Т.: Мумтоз сўз, 2014. – 65-72 б.
6.

Mardonova Lobar Umaraliyevna. (2023). Description of the tragic fate

7.

of the Timurid princesses.Journal of Universal Science Research, 1(5),

1291–1298.

5

Ирисов А. Абу Али ибн Сино. – Тошкент, 1980. - 208 б.

Библиографические ссылки

Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q. Adabiyot о‘qitish metodikasi. – T.: О‘qituvchi, 1967. – 301 b.

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги нашриёт, 1993.-89- б.

Ражабова И. Касб-ҳунар коллежлари адабиёт дарслари самарадорлигини оширишда интерфаол усуллардан фойдаланиш ёъллари. Пед.фан.номз.дисс. – Т.: 2011.

Тўхлиев Б. Бадиий асар таҳлили // Тил ва адабиёт таълимида янги педагогик технологиялар. 1-қисм. – Т.: ТДПУ, 2006. – 3-6 б.

Қуронов Д. Адабий асар талқини эстетик тамойил сифатида. “Ўзбек адабиётшунослигида талқин ва таҳлил муаммолари” мавзусидаги конференция материаллари. – Т.: Мумтоз сўз, 2014. – 65-72 б.

Mardonova Lobar Umaraliyevna. (2023). Description of the tragic fate

of the Timurid princesses.Journal of Universal Science Research, 1(5), 1291–1298.