SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
127
ESHITISHIDA NUQSONI BÒLGAN BOLALARNING O‘YIN
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Toshpulova Nodira Sultonmurot qizi
Jizzax davlat pedagogika universtiteti
Maxsus pedagogika stajyor o’qituvchisi
Anarboyeva Jasmina
Surdotarjimonlik yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11219398
Annotatsiya.
Ushbu maqolamizda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin
faoliyatining ahamiyati hamda eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarga o'yin
faoliyatini tashkil etish orqali ularni har tomonlama ruhiy, jismoniy va aqliy
jihatdan rivojlantirish hamda eshituv holatining buzulishlari orqali kelib
chiqadigan nutq nuqsonlarini korreksiyalash borasida olib boriladigan ishlar
samaralari haqida yoritib berilgan.
Kalit so‘zi:
Inson faoliyat turlari, o'yin,o'qish, mehnat eshitishda nuqsoni
bo'lgan bolalar,nutqiy tovushlar,nonutqiy tovushlar, "Do'kon" o'yini, korreksiya,
kommunikatsiya
Ключевые слова:
Виды деятельности человека, игра, чтение, труд,
слабослышащие дети, звуки речи, неречевые звуки, игра «Лавка»,
коррекция, общение
Аннотация.
В данной статье мы поговорим о значении игровой
деятельности для детей дошкольного возраста и результатах проводимой
работы по развитию детей с нарушениями слуха путем организации
игровой деятельности во всех аспектах их психического, физического и
интеллектуального развития. а также коррекция речевых дефектов,
вызванных нарушениями слуха.
Annotation.
In this article, we will talk about the importance of play
activities for children of preschool age and the results of the work carried out on
the development of children with hearing impairments by organizing play
activities in all aspects of their mental, physical and intellectual development, as
well as the correction of speech defects caused by hearing disorders. explained.
Disruption of phonetic-phonemic aspects of speech in hearing-impaired
children.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
128
Key words:
types of human activity, play, study, work, hearing impaired
children, speech sounds, non-speech sounds, "Shop" game, correction,
communication
Maktabgacha yoshdagi bolada bilish jarayoni ijodiy faoliyat natijasida yuz
beradi. Bolaning berilgan topshiriqni bajarish jarayonida izlanishi, ijodiy
faoliyati namoyon bo'lishi uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan, rejalashtirilgan,
me'yor va mezonlarga ega bo'lgan, o'z-o'zini anglagan faoliyat zaruriyati seziladi.
Bu esa bolada atrof-olam ob'ektlari va ular haqidagi bilimlarni o'zlashtirish;
ta'lim samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni
taqozo etadi. Xususan, "Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash
mumkin?"- degan dolzarb muammo bugun paydo bo'lmagan. Azal-azaldan
ijodkorlikning boshlanishi bo'lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
masalasi bevosita bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagoglarni
ham, tadqiqotchilarni ham hozirgi davrgacha qiziqtirib keladi. Ta'lim va tarbiya,
shaxsning jamiyatda shakllanishi, qobiliyatlarni rivojlantirish hanuzgacha
pedagogikaning eng dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarda
ijodiy
faollikni
shaklantirish
texnologiyasini ishlab chiqish muammosi ko'p qirrali pedagogik- psixologik
ijtimoiy vazifalardan biri bo'lib, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va taraqqiyoti
uchun dolzarb vazifalardan biridir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo'ladi. Qiziqish ilhom,
intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo
bo'lishidan tortib, to namoyon bo'lishigacha jarayonni o'z ichiga oladi. Shaxsning
ijodiy faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi, ilgari maqsad qilib qo'yilmagan
bunyodkorlik intilishini bildiradi. Bolalardagi ijodiy faoliyatning har qanday
kurtaklari ta'lim- tarbiya, faoliyatdan tashqarida kamol topa olmaydi. Ta'lim-
tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish,
maktabgacha yoshdan boshlab o'z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat
yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish kelajakda yuksak
salohiyatli, ijtimoiy faol, o'tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta
oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo'lib hisoblanadi.
Bu davlatimizning ustuvor yo'nalishlaridan biri - har tomonlama barkamol
insonni voyaga yetkazish g'oyasiga mos keladi. Maktabgacha ta'limda bolalarda
ijodiy faollikni shakllantirish ta'lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi
sanaladi. Maktabgacha ta'limning faol va yetakchi sub'ektlari bo'lgan bolalarning
yosh va psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy san'at, mehnat, musiqa va
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
129
jismoniy tarbiyaning o'ziga xos jihatlari o'qituvchidan ijodiy yondashuvni talab
qiladi.
«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat
talablari" va «Ilk qadam" o'quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim
tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng
imkoniyatlar yaratdi. O'quv dasturida maktabgacha ta'lim muassasasida
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o'ziga xos belgilarga ega
bo'lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat
kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga
quyidagilar ko'rsatiladi:maktabgacha ta'lim tashkilotining ko'rgazmali-
rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va
mintaqaviy an'analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos
bo'lishi lozim;
- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. Albatta,
maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu
kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning
ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda
yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida tashkil
etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda
yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z
bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish
jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining
asosiy maqsadidir.
Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda
quyidagilarni tarkib toptiradi:
- o'zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
- tanqidiy fikrlash;
- tanlashni amalga oshirish;
- muammolarni eta olish;
- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;
- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to'g'risida g'amxo'rlik
qilish.Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil
individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san'at markazida bir bola
qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan o'zi o'ylagan
shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
130
to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli
karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni
kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan
so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki
vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam
beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola yaxshi sur'atda o'sib-ulg'ayishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini
o'ynaydilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min
etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda
faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida
qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida
yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan
mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni
o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o'z
tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan
birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo'yishi va unga erishishni bilishlari
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.. Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. -T.:
TDPU, 2000. - 52 b. azs.kur org kanali
2.Korreksion
pedogogika
va
logopediya.
Muallif
RaxmonovaV.S
Toshkent<<IQTISOD-MOLIYA>> 2007
3."Maxsus pedogogika" kitobi Lola Mo'minova, Mukarram Ayupova,Dilbar
Nurkeldiyeva,Xurnisa Kalbayeva.<<NOSHIR>> Toshkent 20161.portal.
4.guldu.uz Korreksion pedogogika asoslari sayti
5.www.sceintificprogress.uz nashri
6. G.Kh.Temurova Issn 2181-9580 Tashkent State Pedagogical University
Scientific Information Journal 2020 Issue 2 Journal