Авторы

  • Dostonbek Sultonov
    O‘zDSMI FMF “Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50911

Ключевые слова:

rejissura senariy film kino tomoshabin

Аннотация

bu maqolada rejissura san’atida o‘zing o‘chmas izini qoldirib har qandayin rejissura ixlosmandlari uchun o‘rnak bo‘la oladiga va teatr rejissurasi asosida kino olamiga ham o‘zniing ilk hissasini qo‘shgan tarixiy shaxslar va kino san’atining ilk namoyondalari qatorida bo‘lgan shaxslar haqida mazmunli ma’luotlar keltrilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

122

REJISSYOR VA MUALLIF

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich

talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015952

Annotatsiya

: bu maqolada rejissura san’atida o‘zing o‘chmas izini qoldirib

har qandayin rejissura ixlosmandlari uchun o‘rnak bo‘la oladiga va teatr
rejissurasi asosida kino olamiga ham o‘zniing ilk hissasini qo‘shgan tarixiy
shaxslar va kino san’atining ilk namoyondalari qatorida bo‘lgan shaxslar haqida
mazmunli ma’luotlar keltrilgan.

Kalit so‘zlar:

rejissura, senariy, film, kino, tomoshabin

Teatr san’ati qadim - qadimdan о‘z mualliflariga ega. Necha asrlardan beri

dramaturglar teatr uchun asarlar yozishgan. Antik davr, о‘rta asrlar, uyg‘onish
davridan to shu kunga qadar ham mashhur teatr dramaturglari sahna asarlarini
yaratishdi. Esxil, Yevripid, Lope de Vega, Molyer, Shekspir, Goldoni, Shiller,
Chexov, Gorkiy, Hamza va boshqalar. Dramaturgiyaning о‘z qonun-qoidalari, sir
asrorlari tashkil topdi. Fojiali, kulguli, dramatik janrlar, qayg‘uli, xursandchilik
tomoshalari va boshqalar. Har bir davrning о‘z estetikasi, о‘z talablari bor. Bir
necha asr avval asarlar 4-5 pardali qilib yozilgan bо‘lsa, sо‘nggi asr о‘rtalariga
kelib bir tanaffusli, ikki pardali asarlar teatr sahnasini egalladi. О‘tgan asr, -30-
40- 50 yillarida tomoshabinlar 2-3 tanaffusli sahna asarlarini sahna bezaklari
almashinib parda ochilguncha kutishgan. Spektakl kechasi soat о‘n ikki-birda
tugab, tomoshabin miriqib tomoshadan qaytgan bо‘lsa, tezkor zamon taqozosi
bilan tomoshabin vaqtini tejash maqsadida bir tanaffusli yoki tanaffussiz asarlar
sahnalashtira boshlandi. San’at turlarining bir-biriga ta’siri namoyon bо‘ldi. Agar
kinotomoshabin bir yarim soat ichida yakunlangan mavzuni tomosha qilib
chiqsa, teatr ham yirik mumtoz sahna asarlarini davr ehtiyojiga qarab
qisqartirib asar qaymog‘ini kо‘rsata boshladi. Voqealar kechadigan joylarni
majoziy timsollar, shartli bezaklar bilan tomoshabinga havola qilinadigan bо‘ldi.
Vaqt, joy va harakat birligi teatr san’ati uchun katta rol о‘ynadi.

Hamzaning “Maysaraning ishi”, Izzat Sultonning “Imon”, Uyg‘unning

“Qotil”, Sharof Boshbekovning “Temir xotin”, “Toshkentga sayohat”, Mashrab
Boboyevning “Gurung” kabi asarlari shular jumlasidandir. Muallifning har bir
asari rejissyor talqiniga bog‘liq. Rejissyor ham spektakl muallifi hisoblanadi.
Qog‘ozdagi sо‘zlarga jon ato qilgan, unga umr bergan, о‘z zakosi bilan jonli sahna


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

123

asarini ijodiy jamoa bilan yaratgan rejissyor hisoblanadi. Rejissyor va muallif
birligi maslakdoshligi katta rol о‘ynaydi. Rejissyor dardi dramaturg dardi bilan
hamohang bо‘lishi kerak. Stanislavskiyning Chexov va Gorkiy bilan yaqinligi,
Mannon Uyg‘urning Hamza bilan maslakdoshligi, Toshxо‘ja Xо‘jayevning Oybek,
Erkin Vohidov bilan hamkorligi, Bahodir Yо‘ldoshevning Said Ahmad bilan,
Rustam Hamidovning О‘lmas Umarbekov bilan izlanishidan ajoyib sahna asarlari
yaratildi. Ba’zi rejissyorlar muallif tanlamaydi, duch kelgan asarni
sahnalashtiradi. Bunday rejissyorlar ijodni kasbga almashtirgan, u asardan bu
asarga о‘zini takrorlaydigan hunarmand rejissyorlardir. Ayrimlarga voqea
qayerda kechadi, qachon kechadi, tarixiymi, zamonaviymi farqi yо‘q, о‘z uslubi
tayyor qolipi bor, sahnalashtiraveradi. Bu о‘z navbatida tomoshabin qalbini jiz
ettirmaydi, larzaga solmaydi, hafsalasi pir bо‘lib teatrni tark etadi. Qars ikki
qо‘ldan deganiday dramaturg о‘ylab topgan mavzu, matn, qog‘ozdagi qiyofalar
rejissyor sayi-harakati tufayligina jonlanadi, hayotiy haqiqatga aylanadi,
tomoshabin larzaga tushadi, ma’naviy kamol topadi.
Teatr san’ati- shartli san’at. Sahnaga haqiqiy daraxtni, paxsa devorni olib chiqib
bо‘lmaydi. Tomoshabin chizilgan jihozlarni, yasama rekvizitlarni tushunadi,
hamma gap ijroda, uning ishonarli jonli va hayotiy chiqishida, talqinida.
Tomoshabin teatrga nega tushadi? Aktyorning jonli ijrosi, uni yuzma-yuz turib
tomosha qilish, har gal yangi holat, yangicha ruh, harorat о‘ziga jalb qilaveradi.
Qiyofalar turlanishi, voqealar rivoji, ijrochilarning har safar rolga о‘zini baxshida
qilishi tomoshabinni о‘z domiga tortaveradi. Teatrning jozibasi ham shunda.
Ba’zilar televideniye paydo bо‘lgandan keyin teatr о‘ladi deb bashorat qilgan
edilar, yо‘q teatr о‘z jonli mehrigiyosi - ijrosi bilan abadiy san’at ekanligini isbot
qildi. Kino va televideniyening ravnaqiga qaramay keyingi yillarda tomoshabin
teatrga yana oqib kela boshladi. Tо‘g‘ri, teatr san’ati asrlar davomida qutining
ichida qolib ketaverdi, yangi texnik imkoniyatlar yaratilmadi. Endi-endi teatr
tomoshalari ochiq maydonga chiqa boshladi. Bu esa о‘z navbatida rejissyorlarga
yangi imkoniyatlar yaratdi. Tо‘rt devorning ichida qolgan teatr san’ati, yangi
kino san’atining paydo bо‘lishiga olib keldi. Dramaturg va rejissyor teatrda qila
olmagan ijod mahsulini kino san’atida amalga oshirdi. Kinoda voqealar
kо‘lamining kengligi, vaqt cheksizligi ssenarist uchun ham rejissyor uchun ham
katta sharoitlarni tug‘dirdi. Teatrdagi rejissyor bilan dramaturg hamkorligi kino
san’atida rejissyor va ssenariy muallifi hamkorligiga aylandi. Teatrdagi kabi
kinoda ham rejissyor film muallifi hisoblanadi. Kinodramaturg о‘ylab topgan
voqealarni jonlantiradigan, uni kо‘rimli tomoshaga aylantiradigan shaxs bu kino
rejissyordir. Teatr san’atini sintetik san’at dedik. Kino ham teatr kabi sintetik


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

124

san’at hisoblanadi. Teatrdagi aktyor, rassom, bastakor, chiroqchi, liboschi,
pardozchi, rekvizitlar tufayli spektakl bunyodga kelsa, kinoda bundan ham
murakkabroq ularga qо‘shimcha tasvirchi operator, assistent, ovoz operatori,
montajchi, lablashtiruvchi va boshqa qator texnik xodimlar tufayli film vujudga
keladi. Yoz demay, qish demay, kech demay, kunduz demay mashaqqatli mehnat,
juda katta ijodiy jamoaning birligi sababli kinofilm dunyoga keladi, tomoshabin
yuzini kо‘radi. “Tohir va Zuhra”, “Alisher Navoiy”, “Nasriddinning
sarguzashtlari”, “О‘tgan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap” kabi mumtoz filmlar
mana shunday mashaqqatlar evaziga bunyod etildi. Nabi G‘aniyev, Komil
Yormatov, Yо‘ldosh A’zamov, Malik Qayumov, Shuhrat Abbosov kino
san’atimizning darg‘a rejissyorlari hisoblanadi. Bu rejissyorlar kino san’atining
qonuniyatlari, sir-asrorlarini yaxshi bilganliklari uchun, kinodramaturglar bilan
hammaslak bо‘lib ishlaganliklari uchun ana shunday jahonga mashhur filmlar
yaratdilar. Necha yillar о‘tsa ham bu filmlarni qayta qayta kо‘rging kelaveradi.
Kino san’atining ajoyib xislati ham mana shunda. U lentaga muhrlangan.
Tasmada saqlanayapti. Uni takror va takror kо‘ra olamiz. Teatr san’atining
fojiasi shundaki, uni har kuni muhrlab bо‘lmaydi, har kungi jonli ijroni saqlab
qololmaymiz. Bir marta muhrlandimi, tasmaga tushirildimi, shu qoladi. Hozirgi
elektron texnika taraqqiyotini afsuski о‘tgan asr о‘rtalaridagi buyuk san’atkorlar
kо‘ra olishmadi. Mannon Uyg‘ur, Mariya Kuznetsova, Yetim Bobojonov, Abror
Hidotovlarning yuksak darajada yaratgan jonli qiyofa va spektakllari saqlanib
qolmadi, ayrim xronikadagi lavhalar, urvoq kadrlargina xotira sifatida qoldi.
Teatrdagi mashhur spektakllar ayrim suratlar orqaligina kо‘z oldimizda
gavdalanadi, rejissyor va dramaturg hamkorligini tasavvur qilamiz. Ommaviy
axborot vositalarining shakllanishi, elektron texnikaning keskin rivoji teatrga
ham, kinoga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Rejissyor va dramaturg hamkorligining
yangi qirralari ochildi. Avvallari teatr va kino san’atida amalga oshmagan mо‘jaz
filmlar, kichik novellalar, uzundan-uzoq seriallar, hujjatli ekran asarlari,
publitsistik janrlar, film portretlar, kundalik informatsion kо‘rsatuvlar XX asr
mо‘jizasi televideniye tufayli dunyoga keldi va rivoj topdi. Televideniye va radio
kirmagan xonadon qolmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

www.ziyo.uz electron kutubxonasi

2.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3.

Muxtorov A. Shaxs tarbiyasida milliy g‘oya, ehtiyoj va man'aatlar

uyg'unligi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003

Библиографические ссылки

www.ziyo.uz electron kutubxonasi

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Muxtorov A. Shaxs tarbiyasida milliy g‘oya, ehtiyoj va man'aatlar uyg'unligi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003