Авторы

  • Azizaxon Lutfullayeva
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy -gumanitar fanlar va sanʼat fakulteti Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari huquq taʼlimi yoʻnalishi 303-guruh talabasi .

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50923

Ключевые слова:

Shaxs millat ma'naviyat milliy qadriyatlar urf-odatlar adabiyot va sanʼat .

Аннотация

Mazkur maqolada shaxs ma'naviyati millat ma'naviyatining ajralmas qismi ekanligi, shaxs va millat ma'naviyatini shakllantirishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, adabiyot va sanʼat muhim o'rin tutishi, buyuk ajdodlarimizning millatimiz ma'naviyatiga qo'shgan fidokorona xizmatlari hamda o'zbek millati bilan boshqa millatlar o'rtasidagi ma'naviy-madaniy munosabatlar ko'rsatib o'tilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

35

SHAXS MA'NAVIY KAMOLOTIDA MILLATNING O'RNI

Lutfullayeva Azizaxon Xayrullo qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Ijtimoiy -gumanitar fanlar va sanʼat fakulteti

Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari huquq taʼlimi yoʻnalishi 303-guruh talabasi .

https://doi.org/10.5281/zenodo.11171172

Mazkur maqolada shaxs ma'naviyati millat ma'naviyatining ajralmas qismi

ekanligi, shaxs va millat ma'naviyatini shakllantirishda milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, adabiyot va sanʼat muhim o'rin tutishi, buyuk ajdodlarimizning
millatimiz ma'naviyatiga qo'shgan fidokorona xizmatlari hamda o'zbek millati
bilan boshqa millatlar o'rtasidagi ma'naviy-madaniy munosabatlar ko'rsatib
o'tilgan.

Kalit sozlar:

Shaxs, millat, ma'naviyat, milliy qadriyatlar, urf-odatlar

adabiyot va sanʼat .
В данной статье духовность личности - неотъемлемая часть
духовности нации, значение национальных ценностей, традиций,
литературы и искусства в формировании духовности личности и нации,
бескорыстные заслуги нашего великого показаны предки духовности
нашего народа и духовно-культурные связи узбекского народа с другими
народами.

Ключевые слова: Человек, нация, духовность, национальные

ценности, традиции, литература и искусство.
In this article, the spirituality of the individual is an integral part of the
spirituality of the nation, the importance of national values, traditions, literature
and art in the formation of the spirituality of the individual and the nation, the
selfless services of our great ancestors to the spirituality of our nation and the
Spiritual and cultural relations between the Uzbek nation and other nations are
shown.

Key words: Person, nation, spirituality, national values, traditions,

literature and art.
Shaxs va millat ma'naviyati to'g'risida fikr yuritishdan oldin avvalo shaxs va
millat so'zlariga ta'rif berishni joiz deb bildik. Shaxs tushunchasi insonga
taalluqli boʻlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va hatti
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan xulq-atvor va dunyo
qarashga ega boʻlgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi.

Millat uzoq davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, etnomadaniy

jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o'zlikni anglash birligi asosida


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

36

shakllangan xalq etnik tarixning eng yuksak cho'qqisi, o'ziga xos madaniyat, ong
va mentalitet zaminida tarkib topgan ijtimoiy birlik shakli. Millat so'zi arab tilida
quyidagi ma'noni anglatadi: din, mazhab, ummat,xalq, qavm.

Shaxs ma'naviyatini tushunishdan oldin shaxs ma'naviyatini o'rganish

kerak. Shaxs ma'naviyatini o'rganish ikki yo'nalishda bo'lishi mumkin. Birinchi
muayyan shaxs ma'naviyatini o'rganish, ikkinchisi umumiy jihatlarini o'rganish.
Birinchi yo'nalishda biz o'tmish va bugunning umummilliy ahamiyatga ega
boʻlgan shaxslarning ma'naviy dunyosini o'rganamiz. Nega aynan biz shunday
shaxslarning ma'naviyatini o'rganishimiz kerak axir ma'naviyatni xalqimizdan
ham o'rgansak bo'ladi. Agar shu tariqa bir yoqlama fikr yuritib olimu-fuzololar
xalqimizdan ustun ekan-da deydigan bo'lsak katta xatoga yoʻl qoʻygan bo'lamiz.
Buyuk allomalarimiz ham xalqimizning bir bo'lagidir. Ular ham o'z
ma'naviyatlarini yetuklik sari rivojlantirishni asrlar davomida ilmi-toliblarni
yetishtirib chiqargan, yuksak axloq va fazilat sohibi boʻlgan, yaxshilikni o'zi
uchun to'g'ri yo'l deb yomonlikdan nafratlangan, har doim adolatni mustahkam
o'rnatishga xarakat qilgan o'zbek xalqidan o'rganganlar. Shularning natijasida
dunyoviy va diniy ilmlarga o'zlarining ulkan hissalarini qoʻshganlar.Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, Mahmud az-Zamaxshariy, Jaloliddin
Rumiy, Abu Nasr Forobiy o'zlarining yozgan asarlari orqali nafaqat o'zbek xalqi
ma'naviyati balki butun jahon ma'naviyatida ulkan joy egallagan. Misol uchun
Alisher Navoiy harakatlarining bu sohadagi faoliyatlarini o'rganadigan bo'lsak u
insonning naqadar ulkan ma'naviyat sohibi bo'lganligiga guvoh bo'lishimiz
mumkin. Shoirning eng mashhur adabiy meroslaridan biri bu "Ma'nolar
Xazinasi" ( "Xazoyin ul-maoniy") she'rlar to'plamidir. Ushbu asar nomidan ham
bilish mumkinki Alisher Navoiy hayotida faqat she'r, g'azal, ruboiy, yoki
dostonlar emas balki ma'naviy dunyoqarash ham keng o'rin egallagan va
shularning natijasida Navoiy hazratlari o'z asarlarini mukammal tarzda yoza
olgan. Bundan ko'rib turibmizki har bir inson hayotida qaysi sohada faoliyat
yuritishidan qatʼiy nazar ma'naviyat birlamchi o'rinda turadi. Shunday qilib biz
buyuk shaxslarning ma'naviyatini o'rganib asarlarini tahlil qilib shaxs
ma'naviyatini anglar ekanmiz.

Xo'sh unda millat maʼnaviyati nimalardan tashkil topgan, uning asosi

nima?, yoki kim?, millat ma'naviyatini qanday qilib yanada rivojlantirsak
bo'ladi? degan savollar tug'ulishi tabiiydir. Avvalo millat ma'naviyatining asosini
o'sha millatga mansub insonlarning ma'naviyati tashkil qiladi. Sababi dunyodagi
har bir inson bir millatning bo'lagi hisoblanadi. Bir inson ikkita davlatning


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

37

fuqarosi bo'lishi mumkin bu huquqiy sohada bor, lekin bir inson ikki millatning
vakili bo'lolmaydi. Buning imkoni ham yo'qdir. Shuning uchun ham inson
hamisha o'z millati kelajagi uchun hayrli ishlar qilmog'i joiz. Millat ma'naviyati
nimalardan tashkil topgan deydigan boʻlsak avvalo millat ma'naviyati o'sha
millatning o'z ona tilidan tashkil topgan. Zero millatni millat qiladigan bu uning
tilidir. Agar uning o'z ona tilisi bo'lmasa demak u qandaydir bir guruh yoki keng
ma'noda jamiyatga ham o'xshatish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Sovet
Ittifoqi tarkibidaligida ham o'z mustaqilligi uchun tashlagan ilk qadami 1989-yil
21-oktyabrda "O'zbek tili haqidagi" qonunning qabul qilinishi bo'ldi. Undan
oldin esa vatanimizda o'zbek tilidan emas balki rus tilidan foydalanilar edi.
Albatta bu millatimizga qilingan eng og'ir jinoyatlardan biridir. Chunki bir
millatdan ona tilisi tortib olinsa unga qilingan eng og'ir va kechirilmas jinoyat
deb baholanadi. Sababi ona tilidan ayrilgan millat oxir oqibat butunlay yo'q
bo'lib ketishi mumkin. O'zbekiston Respublikasida hozirgi kunda o'zbek tiliga
juda katta e'tibor qaratilmoqda barcha davlat va nodavlat tashkilotlari rasmiy
ishlarini o'zbek tilida, fuqarolarning millatiga qarab esa boshqa tillarda o'z
faoliyatlarini olib bormoqda. Chunki O'zbekistonda bugungi kunda 130 dan ortiq
millat va elatlar tinch va axil istiqomat qilib kelmoqda. Bu esa o'zbek millatining
boshqa millatlarga nisbatan doimo do'stona munosabatda qarashini isbotlab
kelmoqda. Zero millatlar aro bag'rikenglik g'oyasi millat ma'naviyatining
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Millat ma'naviyatining yana bir bo'lagi
bu dindir. Shu yerda bir savol vujudga keladi dini bo'lmagan millatlarchi?, ularda
dinni o'rnini nima egallaydi? Dini yo'q millatning o'zi yo'q yer yuzidagi qaysidir
millatda faqatgina bitta dinga eʼtiqod qilsa boshqa millatlarda esa diniy
bagʻrikenglik g'oyasi ustuvor ya'ni o'sha millat a'zosi hohlagan diniga eʼtiqod
qilsa bo'ladi. Hozir aytib o'tganimizdek dini yo'q millatning o'zi yo'q lekin dini
yo'q millat a'zosi bor. Ya'ni bir millatda yashaydigan biroq hech qaysi dinga
eʼtiqod qilmaydigan insonlar, albatta bu har bir insonning oʻz huquqidir.
Kimnidir dinidan majburan chiqarish yoki dinga majburan e'tiqod qildirish
jinoyat hisoblanadi, chunki bu inson huquqlarining buzilishiga olib keladi.
Mustaqilligimizdan oldin bizdan tilimiz bilan bir qatorda dinimiz ham tortib
olingan edi. Mustaqillikka erishganimizdan soʻng millatimizga ona tilimiz va shu
bilan birga dinimiz ham qaytarib berildi.

Millat ma'naviyatini tashkil qiladigan asosiy bo'lagidan yana biri

millatning urf-odat, an'ana va qadriyatlaridir. Urf-odat, an'ana va qadriyatlar
deganda nimani tushunishimiz kerak? Qadriyatlar voqelikdagi muayyan
hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-madaniy ahamiyatini


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

38

ko'rsatish uchun qo'llanilinadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun
ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik,
haqiqat, yaxshilik, go'zallik, an'ana va urf-odatlar qadriyat hisoblanadi. Qisqacha
qilib aytadigan bo'lsak qadriyatlar millatning ko'zgusidir. Qadriyatlarda millat
o'zini ko'radi. Nega aynan biz qadriyatlarni ko'zguga o'xshatyabmiz sababi
qadriyatlarda millatga xos bo'lgan barcha xususiyatlar o'rin tutgan. O'zbek milliy
qadriyatlari deb faqatgina o'zbek millatiga xos bo'lgan qadriyatlarga aytiladi.
Misol uchun: kattalarga ehtirom, kichiklarga izzat ko'rsatish, ozodalikka rioya
qilish, doimo ilm olishga harakat qilmoqlik, ota-onani hurmat qilish, tabiatga
nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ya'ni tabiatni asrash kabilarni
keltirishimiz mumkin. Ota-onani hurmat qilish nafaqat qadriyat balki eng
sharafli yo'ldir. Ota-onani e'zozlash bilan bir qatorda ularga nisbatan chiroyli
muomalada bo'lmoqlik ham farzandning asosiy burchidir. Lekin bu ishni burch
deya emas balki chin insoniylik qalbidan chiqarib bajarsa nur ustiga aʼlo nur
boʻlar edi. O'zbek millatida ham doim ota-onani hurmat qilish va ularga samimiy
munosabatda boʻlish ulug'lanib kelingan. Bularga oilaviy munosabatlarda guvoh
bo'lamiz va bu jarayonda o'zimiz ham bevosita qatnashamiz. Oilada ota boshlig'
ekanligi, oila a'zolari atrofidagi dasturxonda kattalar kelmagunicha ovqat
tanavvul qilinmasligi, oiladagi yoshi katta buva va buvilarga alohida ehtirom
ko'rsatilinishi o'zbek xalqining ziynatlanib zumradlar bilan bezatilingan
qadriyatlaridan biridir. Biz aytishimiz mumkin bu munosabatlarning ba'zi birlari
birgina bizda emas balki g'arb mamlakatlarida ham bor-ku deb. To'g'ri g'arb
mamlakatlarida ham ushbu munosabatlar mavjuddir lekin farqi shundaki ular
buni majburiyat yuzasidan qonunga bo'ysunganidan bajaradilar. Bizda esa
insoniylik qonuni birinchi navbatda amal qiladi. Insoniylik qonuni amal qilgan
joyda qolgan barcha huquqiy qonunlar o'z vazifasini bir tekisda bajara oladi. Urf-
odat anʼanalarga keladigan bo'lsak o'zbek millatining milliy liboslari,
marosimlari, bayramlarini o'z ichiga oladi. Misol tariqasida Navroʻz bayramini
olaylik. Bu bayram to'laqonli urf-odat va anʼanalarga mos ravishda o'tkazilinadi.
Bu bayramning o'ziga xos taomlari, turli xil o'yinlari, aytishuv-laparlari
mavjuddir. Navroʻz bayrami Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan umumxalq
bayrami deya e'lon qilingan. Ushbu bayram Oʻzbekiston Respublikasining barcha
hududlarida keng miqyosda nishonlandi.

Millat ma'naviyatining asosini adabiyot va sanʼat ham tashkil qiladi.

Mamlakatimizda adabiyot va sanʼat sohasini rivojlantirish davlatimiz oldida
turgan asosiy vazifalardan biridir. Bundan ezgu jarayonni madaniyat va sanʼat
rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

39

mumkin. Soʻngi yillarda mazkur sohaga oid yigirmaga yaqin farmon va qarorlar
qabul qilindi. Ularning ijrosi yuzasidan sa'y harakatlar olib borilyapti.
Prezidentimiz Shu.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida milliy
madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" gi qarori
ushbu jabhadagi mavjud muommo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan
muhim hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega. Binobarin davlatimiz rahbari
ta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa
jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa taraqqiyotning chinakam samarasi boylik yoki
kuch-qudrat darajasi bilan emas, milliy madaniyatning naqadar yuksaklikka
ko'tarilganligi bilan o'lchanishi xususida tarixiy misollar koʻp. Davlatimiz
rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab
chiqishga doir tashabbusi tafakkur tarzimiz, hayotga bo'lgan munosabatimiz,
millatimizning buguni, ertasi, navqiron avlod maʼnaviy kamolotini, odamlarning
nurli kelajagini qurishga qaratilgan ishlarimizning tub ildizlarini ham o'z ichiga
qamrab oladi desak yanglishmagan bo'lamiz. Adabiyot va sanʼat millat
ma'naviyatini rivojlantirish bilan birga boshqa millatlar o'rtasida madaniy
aloqalarni yanada yuksaltirishga hizmat qiladi. Buning natijasini o'tmishda ham
bugunda ham ko'rishimiz mumkin. Misol uchun Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy o'rtasidagi do'stlik rishtasi hamda ustoz va shogirdlik munosabatlari
alohida va yorqin sifatlarni tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda shaxs ma'naviyati va millat ma'naviayti tushunchalari
o'zaro uzviy bog'langandir. Millat ma'naviyatini rivojlantirish shaxs
ma'naviyatini isloh qilishdan boshlanadi. Shaxs ma'naviyatini o'sib va
takomillashib borishi esa bevosita millat maʼnaviyatiga bog'liqdir. Xalq ichida
ma'naviyatli shaxslarning soni oshgani sayin millat ma'naviyati ham yuksaklik
sari bo'y cho'zadi.

Adabiyotlar roʻyhati:

1. Sputnik1. Sputnik O‘zbekiston. Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonni barpo etish
ustunlaridan biri - kuchli ma’naviyatdir. 20:11 19
2. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy
g'oyamizning poydevoridir. -T.: Ta'svir, 2021.
3. Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol va taraqqiyot yoʻli. -T.: O'zbekiston,
1993.

Библиографические ссылки

Sputnik1. Sputnik O‘zbekiston. Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonni barpo etish ustunlaridan biri - kuchli ma’naviyatdir. 20:11 19

Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir. -T.: Ta'svir, 2021.

Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol va taraqqiyot yoʻli. -T.: O'zbekiston, 1993.