SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
167
ALKALOIDLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI.
Sadikova Mashxura Idilloyevna
assistent
Bozorova Feruza Jo’raqulovna
124-24 MSM talabasi
Buxoro muhandislik texnologiya instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14241852
Ko'pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini
og'diruvchi), hidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq kristall yoki amorf
modda. Shu bilan birga rangli (berberin to'q sariq rangga bo’yalgan), suyuq, hidli
va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar ham bo’ladi.
Alkaloidlar o'simliklar tarkibida 3 xil ko'rinishda uchraydi:
1. Sof (asos) holida.
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida.
3.Azot atomi boyicha oksidlangan N-oksid formasida. O'simlik to'qimasida
alkaloidlar ko'pincha organik (oksalat, olma, limon, vino va boshqa), mineral
(sulfat, fosfat va boshqa) va ba’zan o'simliklar ning o'ziga xos (mekon, xin,
xelidon va boshqalar) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi.
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda
erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning
tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi.
Alkaloidlarni identifikasiyalashda va tuzilishini aniqlashda klassik usullar bilan
bir qatorda IQ-,UB-,mass-spektroskopiya, gaz xromatografiya, EPR, YaMR va
rentgenostruktura analizi singari hozirgi zamon fizik-ximyaviy usullar keng
qo’llaniladi. Asos hamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi.
Shu bilan birga suvda va organik erituvchilarda bir xilda yaxshi eriydigan sof
alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon
eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat) ham uchraydi. Alkaloidlar kislotalar bilan
birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi. Bu reaksiyada alkaloid molekulasiga
kislotaning butun molekulasi qo'shiladi. Odatda alkaloid tuzini olish uchun
yaxshi kristallanadigan tuz hosil qiluvchi kislotadan foydalaniladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada bo’ladi.
Shuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada' turg'un bolgan birikmali
tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bolgan alkaloidlar
(kofein, kolxitsin va boshqalar) kislotalar ta’sirida turg'un bo’lmagan tuzlar
beradi. Natijada bu birikmalar suvli eritmalarida tezda parchalanib ketadi.
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o'z tuzlaridan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
168
boshqa asoslar (hatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari ham)
ta’sirida osonlik bilan siqib chiqariladi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo’lishi kerak,
kislorod bo’lishi shart emas. Odatda molekulasi kislorodsiz alkaloidlar ko'pincha
suyuq, hidli va uchuvchan, kislorodlilari esa hidsiz, uchmaydigan, kristall modda
bo’ladi. O'simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alkaloidlar ham
uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va 43 kislotalar ta’sirida parchalanishi
mumkin (atropin, kokain, skopolamin va boshqa alkaloidlar). Agar alkaloid
molekulasi tarkibida fenol guruhi bo’lsa, u holda ishqorlar ta’sirida suvda
eriydigan fenolyat tipidagi birikma hosil bo'ladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari
ularni analiz qilinayotganda hisobga olinishi lozim. Ko'pincha alkaloid
molekulasi tarkibidagi azot atomi molekulasi tashkil etuvchi halqa tarkibiga
kirib, geterosiklik birikma hosil qiladi. Shuning uchun ko'pchilik alkaloidlar
(ochiq zanjirli alkaloidlardan tashqari) geterosiklik birikmalar unumi
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Содикова М. И. Касб-ҳунар коллежлари ўқув жараёнида замонавий
педагогик технологияларни қўллаш тўғрисида //Молодой ученый. – 2019.
– №. 21. – С. 609-611.
2. Sodiqova M. I. akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash to’grisida //Интернаука. –
2018. – №. 16-2. – С. 49-50.
3. 1.Гафурова Г. А. Методика обработки результатов тестирования
//Молодой ученый. – 2016. – №. 10. – С. 1200-1202.
4. Бердиева З. М. Виды химических реакций и связей //Academy. – 2019. –
№. 12 (51). – С. 7-9.
5. Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-
экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 4 (70). – С. 8-12.
6. Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН
ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22.
– №. 2. – С. 8-12.
7. Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды
сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.
8. Мухаммадиев Б. Т., Бердиева З. М. СОСТАВЛЯЮЩИЕ МЕНЕДЖМЕНТА
КАЧЕСТВА И БЕЗОПАСНОСТИ ПИЩЕВЫХ ПРОДУКТОВ //International
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
169
Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2024. – Т. 12. – №. 4. – С.
720-727.
9.Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических задач
//Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.
10. Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment //European
science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.
11.Uktamovna S. N. CHEMICAL ANALYSIS OF AMINO ACIDS //American Journal
of Pedagogical and Educational Research. – 2023. – Т. 18. – С. 94-97.
12. O’ktamovna S. N., Rizayevna A. N. ORGANIZMLARDA UCHRAYDIGAN
KIMYOVIY ELEMENTLAR TASNIFI //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE
FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 281-283.
13. Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО
ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.
14. Бердиева З. М., Мухамадиева З. Б. Проблемы и перспективы цепи
снабжения агропроизводства //Universum: технические науки. – 2020. – №.
5-1 (74). – С. 10-13.
15. Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication
technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions
//Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.
16. Ниязов Л. Н., Жўраева Л. Р., Бердиева З. М. Кимё фанини ўқитишда кейс-
стади усулидан фойдаланиш масалалари //Интернаука. – 2018. – №. 47-2. –
С. 62-63.
17. Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды
сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.
18. Бердиева З. М. Использование метода кейс-стади в обучении
естественным дисциплинам //Ученый XXI века. – 2017. – Т. 94.
19. Бердиева З. М., Гафурова Г. А. Химические проблемы экологии в
пищевой промышленности и пути их решения //Молодой ученый. – 2015.
– №. 9. – С. 453-455.
20.Гафурова
Г.
А.,
Мухамадиев
Б.
Т.
ИНТЕНСИФИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ ПРОЦЕССОВ С ПРЕМЕНЕНИЕМ ЭЛЕКТРОМАГНИТНОГО
ПОЛЯ (ЭМП) НИЗКОЙ ЧАСТОТЫ (НЧ) //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 10-2 (76). – С. 60-62.
21. Мавланов Б. А., Худойназарова Г. А., Гафурова Г. А. Исследование
кинетических
закономерностей
радикальной
полимеризации
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
170
гетероциклических эфиров метакриловых кислот //Наука. Мысль:
электронный периодический журнал. – 2015. – №. 1. – С. 59-64.
22. Атоев Э. Х., Гафурова Г. А. Сбалансированность тестовых заданий как
один из важных элементов обеспечения их качества //Молодой ученый. –
2016. – №. 3. – С. 775-777.