Авторы

  • Dildorabegim Najmiddinova
    Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va manbashunoslik fakulteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50955

Ключевые слова:

Gulshan nazm lirik janrlar mumtoz adabiyot g‘azal mustazod ruboiy.

Аннотация

ushbu maqolada  “Bayozi yangi” to‘plamidagi janrlar, ularning qo‘llanilishi va ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tamiz. Shoir Gulshan  o‘zining lirik adabiyotga doir bilimini to‘plam orqali ifoda etar ekan, ushbu bilim orqali yangi g‘azal, ruboiy, mustazodlarni yanada ham chuqur o‘rganamiz.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

81

“BAYOZI YANGI” TO‘PLAMIDAGI JANRLAR TASNIFI

Najmiddinova Dildorabegim Otabek qizi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti

universiteti Matnshunoslik va manbashunoslik

fakulteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13950122

Annotatsiya:

ushbu maqolada “Bayozi yangi” to‘plamidagi janrlar,

ularning qo‘llanilishi va ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tamiz. Shoir Gulshan
o‘zining lirik adabiyotga doir bilimini to‘plam orqali ifoda etar ekan, ushbu bilim
orqali yangi g‘azal, ruboiy, mustazodlarni yanada ham chuqur o‘rganamiz.

Abstract

: in this article, we will focus on the genres of the "Bayozi yangi"

collection, their use and importance. As the poet Gulshan expresses his
knowledge of lyrical literature through the collection, through this knowledge
we will study new ghazals, rubai, mustazod more deeply.

Kalit so‘zlar:

Gulshan, nazm, lirik janrlar, mumtoz adabiyot, g‘azal,

mustazod, ruboiy.
Nazm o‘zining go‘zalligi, ohangi, dilkashligi, ta’sirchanligi va yuksak badiiyati
bilan inson qalbini hamisha rom qilib kelgan. Chunki she’riy nutqadagi
jozibadorlik, ranginlik va ravonlik birinchi mutolaadayoq kitobxon diqqatini
tortadi, unga kuchli ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, mumtoz adabiyot namoyondalari
ma’naviy merosiga xos muhim fazilatdir. Chunki ularning har bir so‘zi, ifoda va
misrasi, pandu o‘giti insoniyat kamoloti uchun xizmat qilib kelmoqda.
Gulshan mumtoz adabiyotda yaratgan “Bayozi yangi” asari bizga yuksak
badiiyat va jozibadorlik bilan bir qatorda turfa janrlar jamlanmasi ham taqdim
etdi. Bu asar o‘zida g‘azal, ruboiy, na’t, munojot, musaddas, fard, muhammas
kabi janrlarni mujassamlashtiradi. Asarda Navoiy, Muqimiy, Furqat, Musa
Komiy, Musa Xislat Eshon, Musa Mirzoshoh, Mirza Shoshiy, Nasafiy, Xaziniy,
Fuzliy kabi bir nacha shoir va nazm ahlining asarlari keltirilgan.
So‘rg‘ali holimni ey qoshi qalam kel ertaroq
Yig‘lamoqdin qolmas ko‘zlarda nam kel ertaroq

Sandin ayru go‘sha hijron aro yolg‘iz topib
O‘rtag’a oldi mani dorul olam kel ertaroq
(FURQAT)

Yo rab emish lutfiki ayt benamo banga
Ko’sstarma ul tariqaga ettayiz sango banga


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

82


Qita ayla oshnolig’imni anda g’ayrdur

Onjoq o‘z oshnolaring et oshno banga
(FUZULIY)

Ul parilar xizmatingda oshno bo‘lsun uka
Oy yuzing yorim hamisha purziyo bo’lsun uka

Huri g’ilmonlar sani ishqing bila giryon bo’lub
Ko’z tutub jannat ichinda mantanho buldum uka


Ushbu

g‘azal

baytlarni takror-takror o‘qir ekansiz, inson ko‘ngli surur va

hayajon bilan to‘ladi va har safar bu olmos baytlarning yangi qirralarini kashf
etasiz.

Faryod zadast falak jomi kabud
Yoronam aykon ekan omda burud

Gar qoidi falak agar in boshad
Yak ruz digar navbatho havohud shud
Ushbu fors-tojik tiliga yozilgan Fuzuliy

ruboiysi

dunyoga ruju quymaslik,

uning oltin qoidalari sening umring oxirigacha amalda bo‘lishi aytib o‘tilgan.

Jabbor Yazol xudovanda kabir ast
Oroi cho‘g‘ anjom doroi kishvaro ast

(Na’t

)

Na’t janri

asosan, paygʻambar (lar) shaʼniga aytiladigan maqtovdan iborat

boʻlib,

ko‘pgina nazmchilar asarida uchraydi. “Bayozi yangi” asarida na’t fors-

tojik tilida yozilgan bo‘lib, 11baytda yozilgan.

Bor xudo erdi dilda g’am ishtiyoq kim
Ko‘rsam sani halok o‘luram ko‘rsam halok….
(

Fard)

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir yurtda
yashab, bir ariqdan suv ichib umrguzaronlik qilishi, nafaqat ular hayoti turmush


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

83

tarzi, balki adabiyotida ham to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Mumtoz
adabiyotimizning lirik janrlari ham aynan o‘zbek va fors-tojik tilida ifodalanishi
ham bejziga emas. Gulshan o’zining to’plamida g’azal, fard, ruboiy, na’t, munojot
kabi yetuk janrlarni yig’ar ekan, ularning bejirimligini va betakrorligini yana bir
bor namoyon qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gulshan, “Bayozi yangi” toshkentt

2.

Qahramon To’xsanov, She’riy tarjima va adabiy tarjimalar. 2010..Buxoro

nashriyoti
3.

Wikipedia

4.

https://kh-davron

5.

https:// portal.guldu.uz

Библиографические ссылки

Gulshan, “Bayozi yangi” toshkentt

Qahramon To’xsanov, She’riy tarjima va adabiy tarjimalar. 2010..Buxoro nashriyoti

Wikipedia

https://kh-davron

https:// portal.guldu.uz