SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
99
INKLYUZIV TA'LIMDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA
CHET TILINI O'QITISH
Djurayeva Sohiba Barat qizi
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Xudoynazarova Surayyo Utkirbek qizi
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185229
Anotatsiya
Maqolada inklyuziv ta'lim sharoitida umumta’lim maktablariga imkoniyati
cheklangan bolalarga chet tilini o'rgatish xususiyatlari muhokama qilinadi .
Maqolada ushbu bolalarga chet tilini samarali o'rgatish usullari taklif etiladi.
Kalit so’zlar:
inklyuziv ta’lim, chet tili, imkoniyati cheklangan bolalar,
motivatsiya.
Globallashuv sharoitida mehnat bozori chet tilini biladigan mutaxassislarga
muhtoj bo'lib , bugungi kunda nafaqat sog’lom shaxslar balki, imkoniyati
cheklangan insonlar tomonidan xorijiy tillarni o'zlashtirilishi ularning kelgusida
muvaffaqiyatli o'qishi va ish bilan ta'minlanishi uchun imkoniyatlar yaratmoqda.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chet tilini o'qitishning optimal tashkiliy shakllari,
didaktik usullari va samarali texnologiyalarini, ularning turli xil ta'lim
ehtiyojlarini hisobga olgan holda tanlash masalasi dolzarbdir. Ushbu maqolada
alohida ta'limga muhtoj bolalar uchun chet tillarini o'qitishni takomillashtirishga
yordam beradigan o'rganishni didaktik qo'llab-quvvatlash va samarali ta'lim
texnologiyalarini qo’llashga doir ko’rsatmalar berib o’tilgan.. boshlang’ich ta’lim
o’quvchilari uchun xorijiy tilda o'qitishning tashkiliy shakllarini (frontal, juftlik,
guruh, individual) o'zgartirish zarurligi asoslanadi . Ko‘rish, eshitish va tayanch-
harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni chet tilidagi nutqiy faoliyatga
jalb qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy didaktik materiallar mavjud bo’lib, darslar
maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda qo’llaniladi. Alohida ta’lim
ehtiyojiga ega bo’lgan bolalarga o’tiladigan chet tili darslarida bolalar
salomatlikni saqlaydigan, umumrivojlantiruvchi texnologiyalardan foydalanish
zarurligi bayon etilgan. chet tilini o‘zlashtirish jarayonida alohida ta’lim ehtiyoji
bo’lgan bolalarning bilim faolligini oshirish maqsadida interfaol va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish muhimdir. Maktabda chet tilini
muvaffaqiyatli o'zlashtirishning asosiy omillaridan biri bu bolalarning butun
o'quv kursi davomida chet tilini o'rganishga bo’lgan motivatsiyasidir. Zamonaviy
o'qituvchi bolalarning motivatsion sohasining xilma-xilligi haqida tasavvurga ega
bo'lishi , shuningdek, motivatsiyasiga ta'sir qilish va chet el tilini o'rganish uchun
barqaror motivatsiyani shakllantirishga hissa qo'shishning turli usullarini bilishi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
100
kerak. V.A.Ivannikov, E.P.Ilyin, L.Festinger, X.Xekxauzen kabi olimlar motivatsiya
hodisasini aniqlashning umumiy psixologik yondashuvlari koʻrib chiqdi. Xorijiy
tadqiqotchilar tomonidan chet tilini o'rganish motivatsiyasining eng ta'sirli
psixologik-pedagogik kontseptsiyalari tahlil qilindi: R. Gardnerning integrativ va
instrumental motivatsiya kontseptsiyasi , R. Klementning "tilshunoslik ishonchi"
kontseptsiyasi boshlang'ich sinf o'quvchilari va o'smirlarda chet tilini o'rganish
motivatsiyasini rivojlantirish xususiyatlarining zamonaviy psixologik-pedagogik
xususiyatlari tadqiq qilingan . Zamonaviy maktab o'quvchilari orasida
o'rganilayotgan motivatsiya turining asosiy xususiyatlari quyidagilar: pragmatik
motivatsiya , mavzuni o'zini o'zi tasdiqlash usuli sifatida o'rganish, shaxsiy
manfaat olish, shaxsiy farovonlikka erishish vositasi, majburlash motivatsiyasi ,
shikoyatlardan qochish istagi bilan tavsiflanadi Maktab yoshida chet tilini
o'rganishga bo'lgan motivatsiya hodisasining tuzilishini aniqlashning kontseptual
yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Chet tilini o'qitish motivatsiyasini o'rganishning
pedagogik va psixologik jihatlari va imkoniyati cheklangan o'quvchilari uchun
maxsus, integratsiyalashgan va inklyuziv ta'lim kontekstida aniqlangan
muammoni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Maktabda chet tili darslarida
o’quvchilarni rivojlantirish maqsadga muvofiq motivlar asosida amalga
oshiriladi..Boshlang'ich sinf o'quvchilarining chet tilini o'zlashtirishda
motivatsiyasini oshirishning ba'zi usullarini taqdim etamiz. Bunday usullardan
mezon asosida baholash texnologiyasini , ta'limni individuallashtirish tamoyilini
amalga oshirish orqali kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish, chet tili darslarida
interfaol xizmatlardan foydalanish, ta'limning barcha bosqichlarida
o'quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish, va aks ettirish
texnologiyalari, affektiv yondashuv va boshqalarni qayd etishimiz mumkin. Shuni
ta'kidlash kerakki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining chet tilini o'zlashtirishda
motivatsiya muammosini to'liq fanni o’zlashtirishga yordam bermaydi,
imkoniyati cheklangan bolalar uchun moslashuvchan ta’lim muhitini yaratish
kerakki, o'quv jarayoni bolalar uchun qiziq va samarali bo’lsin. Bunda albatta
pedagog bolalarning pedagogic-psixologi xususiyatlarini, yoshini, nuqson
darajasini va qobiliyatlarini inobatga olishi kerak, shunda ta’lim jarayoni
manfaatli bo’ladi. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma
Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion
metodlardan foydalanib kelishmoqda:
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash
uchun hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar,
talabalar hukmiga havola qilinadi;
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
101
−“Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar
o‘rgatish Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga
notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar;
− “Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini
oshirishda yordam beradi;
−“Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish;
− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi
kerak bo‘lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan
paytda foydalanilsa bo‘ladi;
− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini
o‘stirishda yordam beradi;
−“Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida
qo‘llanilishi mumkin. Hunarga o‘rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”,
“Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o‘quvchilar bilan
suhbatlashishlari mumkin;
− “Allomalar yig‘ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi
shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan
hikmatli so‘zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo‘lib
tarbiyalanishiga yordam beradi;
− “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib,
ingliz tilini o‘rgatishda, talaba, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda
yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar
tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi
bu esa vaqtni tejaydi.
Ko‘rib chiqqanimizdek, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga xos
afzallikjihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko‘zda
tutiladi. Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo‘llash
natijasida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi
ravonlashadi, tez va to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar
o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg‘otadi. O‘quvchi darslarga puxta hozirlik
ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga
aylantiradi. Ta’lim tizimi o‘z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni
tarbiyalashni vazifa qilib qo‘yar ekan, kelgusida biz bo‘lajak o‘qituvchilar
innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llarini yanada
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
102
mukammalroq ishlab chiqshimiz bilan o‘z xissamizni qo‘shishimiz
mumkin.Demak, o‘quvchilarga ingliz tilini innovatsion texnologiyalar va
interaktiv metodlar orqali o‘rgatish ularda bu tilni o‘rganish uchun, mavzu
yuzasidan bilim, ko‘nikma, malakalar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi.
References:
1.
M.Satimova “O‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan
foydalanishning ahamiyati” Educational Research in Universal Sciences
2.
Смоловик Ольга Васильевна “обучения иностранному языку в
условиях инклюзивного образования” УДК 159.922.76:616.89
3.
Сигал Н.Г., К(П)ФУ “Обучение иностранному языку детей с
ограниченными возможностями здоровья в системе инклюзивного
образования”
