Авторы

  • Azizbek Komolov
    assistent, Andijon Mashinasozlik instituti
  • Abduraximjon Umarov
    t.f.f.d.,dotsent, Andijon Mashinasozlik instituti
  • Asadbek Mannopjonov
    Ta’lim ustasi, 1-son Kasb-hunar maktabi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50995

Аннотация

Mashinalar uchun yeyilish jarayonlari va unga tasir qiluvchi omillarni o‘rganishda respublikamiz va horijlik olimlar tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan Akademik Sh.U.Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, “Mashinalarda yuzaga keladigan nosozliklarga detallarida turli xil nuqsonlar paydo bo‘lishi va ularning eyilishi sabab bo‘ladi [1]. Ushbu sabablar ichida detallarning yetakchi hisoblanadi. SHuning uchun qishloq xo‘jalik va melioratsiya mashinalarini ishdan chiqishining oldini olishga nosozlikka olib keluvchi detallarni o‘z vaqtida almashtirish yoki ularning eyilishga chidamliligini oshirish orqali erishish mumkin.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

35

MASHINA DETALLARIDAGI YEYILISH TURLARI VA

ISHQALANISHDA ISHLAYDIGAN DETALLARNI MUSTAHKAMLIGINI

OSHIRISH BO’YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI

Komolov Azizbek Zokirjon o‘g‘li

assistent, Andijon Mashinasozlik instituti

E-mail: akamolov1797@gmail.com

+998 93 060 56 44

Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘li

t.f.f.d.,dotsent, Andijon Mashinasozlik instituti

E-mail: abdurahimumarov27@gmail.com

+998 99 910 04 27

Asadbek Mannopjonov

Ta’lim ustasi, 1-son Kasb-hunar maktabi

E-mail: asadbekdavronov6@gmail.com

+998973399949

https://doi.org/10.5281/zenodo.13910999

Mashinalar uchun yeyilish jarayonlari va unga tasir qiluvchi omillarni

o‘rganishda respublikamiz va horijlik olimlar tomonidan bir qancha ilmiy
tadqiqotlar

olib

borilgan.

Jumladan

Akademik

Sh.U.Yo‘ldoshevning

ta’kidlashicha, “Mashinalarda yuzaga keladigan nosozliklarga detallarida turli xil
nuqsonlar paydo bo‘lishi va ularning eyilishi sabab bo‘ladi [1]. Ushbu sabablar
ichida detallarning yetakchi hisoblanadi. SHuning uchun qishloq xo‘jalik va
melioratsiya mashinalarini ishdan chiqishining oldini olishga nosozlikka olib
keluvchi detallarni o‘z vaqtida almashtirish yoki ularning eyilishga chidamliligini
oshirish orqali erishish mumkin.

Q.X.Mahkamov asarida “Mashinalar yaratish va ulardan foydalanishning

ko‘p yillar davomida orttirilgan tajribasiga qaramasdan, mavjud mashinalar
bugungi kun talabiga hali to‘la javob bera olmayapti. Jumladan, bu mashinalar
ishqalanish birikmalarining buzilishi oqibatida ishdan chiqishi nisbatan ko‘p.
Ushbu mashinalar ishdan chiqishining 80% dan ortig‘i eyilish natijasida sodir
bo‘ladi” - deyilgan

SH.A.SHoobidov va A.Irgashevlarning o‘quv qo‘llanmasida “Yeyilish

mashinada nuqsonlar paydo bo‘lishining asosiy sababchisi. Mashinani ishlatish
jarayonida uning o‘zaro tutashgan uzel va detallarining normal ishlashiga
to‘sqinlik qiluvchi joiz o‘lchamdan chetga chiquvchi tirqishlar paydo bo‘ladi.
Buning asosiy sababi tutashgan detallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida sodir
bo‘ladigan eyilishdir. Shuni ta’kidlash lozimki, mashinalarda sodir bo‘ladigan
buzilishlarning 80% idan ko‘prog‘i yeyilish hisobiga to‘g‘ri keladi”- deb ko‘rsatib


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

36

o‘tilgan.

S.M.Babusenko traktor va avtomobillarning ishonchliligini pasayishiga va

xizmat muddatlarining kamayishiga asosan detallarning eyilishi sabab bo‘lishini
ko‘rsatib o‘tgan. Eyilish muqarrar hodisa. Biroq bu hodisa mohiyatini hamda
unga qarshi kurash choralarini bilish va ularni amalda qo‘llash orqali detallar
eyilishini ko‘p darajada kamaytirish va mashinalarning ishonchliligini oshirish
mumkinligini ta’kidlagan.

A.S.Pronikov esa, “Mashinalar konstruksiyasiga qo‘yilgan talablarga amal

qilish ko‘pgina birikmalarning og‘ir sharoitlarda ishlashiga va eyilishiga sabab
bo‘ladi. Birikmalarining eyilishi mashinaning ishga yaroqlilik, ishonchlilik
darajasi kabi texnik ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, ularni
pasayishiga olib kelishini” aytgan.

Vafoyev S.T. Musurmanov R. “Qurilish va melioratsiya mashinalarini

ishlatish” kitobida ekskovatorning ishlash prinsipi va uning turlari haqida
ma’lumotlar keltirib o’tgan. Sankt-Peterburg Politexnika universiteti doktoranti
Serditov Anton Yevgenevich tomonidan yozilgan “Ratsionalnbie litye xlado- i
iznosostoykie stali dlya gornodobvayushey texniki i texnologiya ix proizvodstva”
nomli maqolasida ekskovator cho’michi quyma tishlarini tasnifi va sovuq iqlim
sharoitida ishlaganda uning mustahkamligini oshirish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Ma’lumki sovuq havo ta’sirida metallda o’zgarishlar hosil bo’lib mo’rtlasha
boshlaydi va natijada ish samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bunday
sharoitda tishlarning ishdan chiqishi 50% gacha ortishi mumkin. Sovuq harorat
tufayli tishning ishdan chiqishi nafaqat metall bilan balki qazib olinayotgan
mineralga ham bog’liq bo’ladi[2].

Akademik Sh.U.Yo’ldoshev o’z darsligida «Mashinalarni ta’mirlashga, texnik

xizmat ko’rsatish va saqlashga qilinadigan xarajatlar hozircha ularning
boshlang’ich narxidan ancha ortiq. Binobarin, ishonchlilik muammosini hal
qilish katta mablag„larni tejash imkonini beradi. Ana shunday mashinalar
parkini doimo shay holatda tutib turish va undan ko’ngildagidek foydalanish
uchun har yili milliardlarcha so’m mablag’ sarflanadi. Shu bois mashinalarning
ishonchliligini oshirish, ta’mirlangan texnikaning sifatini yaxshilash hamda
ta"mirlash va xizmat ko’rsatishga ketadigan sarflarni kamaytirish davlat
ahamiyatiga molik vazifadir».- deb aytib o’tgan [3].

Xulosa.

Mashina detallarining mustahkamligi, chidamliligi va yeyilish bardoshligini
oshirish masalalari xorijlik va respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan
ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarida taxlili o‘tkazildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

37

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.U.Yo’ldoshev. Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari.

Toshkent.“O’zbekiston” 2006 yil.-12-14 b.
2.

Asqarxo’jaev T.I. Yo’l qurish mashinalaridan foydalanish. Toshkent.

“Noshir” 2011 yil.-130-165 b
3.

Косимов К. З., Муйдинов А. Ш. Пути управления сроком

службывосстановленных деталей машин : дис. - Белорусско-Российский
университет, 2019.

Библиографические ссылки

Sh.U.Yo’ldoshev. Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari. Toshkent.“O’zbekiston” 2006 yil.-12-14 b.

Asqarxo’jaev T.I. Yo’l qurish mashinalaridan foydalanish. Toshkent.

“Noshir” 2011 yil.-130-165 b

Косимов К. З., Муйдинов А. Ш. Пути управления сроком службывосстановленных деталей машин : дис. - Белорусско-Российский университет, 2019.