JINOYAT PROTSESSIDA VA JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA QIYNOQ HOLATLARINI OLDINI OLISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Annotasiya

So’ngi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquqlari erkinligini himoya qilish,mustahkamlash borasida bir qator amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyat–ijroiya qonunchiligiga jinoyat-protsessi qonunchiligiga o’zgartirishlar kirtildi.Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari yuqori cho’qiga chiqarildi. Lekin shunga qaramasdan shaxslarning erkinliklari cheklanga muassasalarda, jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar va mahkumlarni huquq va erkinliklarini kamsitish, ularni qiynash holatlarida muassasa xodilari ustidan bir qator shikoyatlar kelib tushayotganligini ko’rishimiz mumkin.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
63-68
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sa’dulloyev , A., & Toshpo‘latov, L. . (2024). JINOYAT PROTSESSIDA VA JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA QIYNOQ HOLATLARINI OLDINI OLISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Наука и инновации в системе образования, 3(13), 63–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51185
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

So’ngi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquqlari erkinligini himoya qilish,mustahkamlash borasida bir qator amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyat–ijroiya qonunchiligiga jinoyat-protsessi qonunchiligiga o’zgartirishlar kirtildi.Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari yuqori cho’qiga chiqarildi. Lekin shunga qaramasdan shaxslarning erkinliklari cheklanga muassasalarda, jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar va mahkumlarni huquq va erkinliklarini kamsitish, ularni qiynash holatlarida muassasa xodilari ustidan bir qator shikoyatlar kelib tushayotganligini ko’rishimiz mumkin.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

63

JINOYAT PROTSESSIDA VA JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA

QIYNOQ HOLATLARINI OLDINI OLISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISH

Sa’dulloyev Amirbek Dehqon o’gli

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

Toshpo‘latov Laziz Ahror o‘g‘li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14137925

Annotatsiya:

So’ngi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquqlari

erkinligini himoya qilish,mustahkamlash borasida bir qator amalga
oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyat–ijroiya qonunchiligiga jinoyat-
protsessi qonunchiligiga o’zgartirishlar kirtildi.Mamlakatimizda inson huquq va
erkinliklari yuqori cho’qiga chiqarildi. Lekin shunga qaramasdan shaxslarning
erkinliklari cheklanga muassasalarda, jazoni ijro etish muassasalarida va tergov
hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar va mahkumlarni huquq va erkinliklarini
kamsitish, ularni qiynash holatlarida muassasa xodilari ustidan bir qator
shikoyatlar kelib tushayotganligini ko’rishimiz mumkin.

Kalit so’zlar:

Konstitutsiya, qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka,

shafqatsizlik, qadr-qimmat,qonunchilik.

Abstract:

After gaining independence, the Republic of Uzbekistan, as a

full-fledged member of the world community, declared its commitment to
democracy and human rights in its Constitution, and recognized the priority of
society and states to the interests of citizens. Our country has joined the human
rights documents of the prestigious international organization, the United
Nations, and has undertaken the effectiveness of their compliance.

Key words

: Constitution, torture, violence, cruelty, dignity

Аннотация

: После обретения независимости Республика Узбекистан

как полноправный член мирового сообщества провозгласила в своей
Конституции приверженность демократии и правам человека, признала
приоритет общества и государства интересам граждан. Наша страна
присоединилась к документам по правам человека ООН, авторитетной
международной организации, и взяла на себя ответственность за их
соблюдение. Ключевые слова: Конституция, пытки, насилие, жестокость,
достоинство.

Mavzuni dolzarbligi

: So‘nggi yillarda butun dunyoda, shuningdek

yurtimizda amalaga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida inson huquqlari,
uning erkinliklari, sha’ni qadr-qimmati mujassam. Bugungi kunga kelib tergov


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

64

jarayonida, jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilgan shaxslar va jazo
muddatini o`tayotgan mahkumlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib
qiynoqqa solish holatlariga qarshi bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Bugungi kunda mustaqil O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning tub
zamirida, inson manfaatlarini ulug’lash, ularning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat`iy nazar qadr-qimmati kamsitilishiga yo`l qo`ymaslik huquq va
erkinliklarini to‘liq amalga oshira olishi, fuqarolarning qonun oldida tengligini
ta`minlash masalalari yotibdi. Buning isboti sifatida O`zbekiston Respublikasi
yangi tahridagi Konitutsiyasining 26-moddasini keltirishimiz mumkin. unga
binoan: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga
asoslanadi, unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”. Shunday bo`lishiga
qaramasdan bugungi kunga kelib ham respublikamizning ayrim tergov
hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan qiynoqqa
solish holatlari kuzatilayotganligi haqida asossiz ariza va shikoyatlar kelib
tushmoqda. Bu kabi asossiz ayblovlar va tushunmovchiliklarning oldini olish
maqsadida qiynoq va uning ko`rinishlari haqida batafsil tushuntirish maqsadga
muvofiq.

Keling "qiynoq" nima ekanligiga to‘xtalib o`tsak. "Qiynoq" tushunchasiga

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi

235-moddasi

quydagicha tariff

berilgan “Qiynoqqa solish va boshqa shavfqatsiz g‘ayriinsoniy yoki qadr
qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llsh ya’ni ma’muriy
qamoqqa olingan shaxsga shuningdek gumon qilinuvchiga ayblanuvchiga,
sudlanuvchiga mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga jinoyat protsessining
boshqa ishtirokchilariga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki
boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligida
iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida ularni sodir etilgan qilmish uchun
o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir etishga
majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiliuvchi organning yoki boshqa
davlat organining xodimi tomonidan yoxud dalolatchiligida yoki xabardorligida
yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish
do’pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan qonunga xilof boshqa harakatlar
sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, pisixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki
boshqacha tarzda bosim o‘tkazish,” . Ya’ni shaxslarning erkin harakatlanishi
cheklangan paytda ularning huquq va erkiliklarini taminlash, ularga nibatan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

65

jismoniy kuch, ruhiy va pisixologik bosim o‘tkazilish holatlarining oldini olishni
nazarda tutadi. Yuqoridagi normada ushbu harakatlar davlat organi yoki
huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan jinoyat protsessida,
jazoni ijro etish muassasalarida kuzatilishi mumkinligi haqida belgilab o‘tilgan
hamda ushbu harakatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik
borligi belgilab o’tilgan.

So`nggi yillarda inson huquqlari, erkinliklarini taminlash, inson

kapitalini rivojlantirish, qiynoq holatlarini oldini olish yuzasidan bir qator
qonun va qonun osti normativ hujjatlar qabul qilmoqda. Xususan,

2021-yil 26-

iyunda

davlatimiz rahbari tomonidan ,,Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va

ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida’’gi PQ-5163-son qarori imzolandi. Ushbu qarorning 2-
bandida quyidagi joylarda qiynoqqa solishning oldini olish bo’yicha monitoring
olib borish belgilangan: gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash
hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism,
majburiy davolash muassasalarida. Oliy Majlining inson huquqlarini taminlash
bo‘yicha vakili Ombudsman tomonidan monitoring tekshiruv ishlari olib
borilishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan

2017-yil

30-noyabrda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida

fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5268-son farmonining

2-bandida

“Noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki
ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy
tazyiq va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala turlarini qo'llagan holda olingan ma'lumotlardan jinoyat ishlari
bo'yich dalil sifatida foydalanishga yo'l qo'yilmasligi” hamda ko‘zga ko‘rinishi
mumkin bo‘lgan qiynoq holatlarining oldini olish, ularga chek qo’yish yuzasidan
davlatimiz rahbari tomonidan bir qator aniq vazifalar belgilab berilgan. Qiynoq
holatlari uchrashi mumkin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalari, gauptvaxta,
maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari,
intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida qiynoqning oldini olish
yuzasidan quyidagi ishlar tashkillashtirilgan. Xususan,

2021-yil 26-iyunda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ,,Qiynoqqa solish
holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’gi PQ-5163-son qarori ijrosini taminlash
maqsadida ishchi monitoring guruhlar tashkil etilgan. Ushbu ishchi monitoring
guruhlari tarkibiga Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

66

xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb qilingan bo`lib, a`zolikka
qabul qilinuvchi shaxslarga kasbiy malaka va amaliy bilimlarga ega bo‘lish,
gender tengligi ta’minlanishini hisobga olish kabi qator talablar belgilab
berilgan. Yuqoridagi qarorda ko‘rsatib o‘tilganidek, monitoring guruhlar
tomonidan shaxslarning erkinliklari cheklanishi mumkin bo`lgan joylarni borib
tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlarini
taminlash bo‘yicha vakili Ombudsman tomonidan har yili 15-martga qadar Oliy
Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shavfqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki
qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qo‘llash
holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzani
taqdim etish va uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish amaliyotini yo‘lga
qo‘yilgan. Qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Ombudsman huzuridagi
Qiynoqlarning oldini olish bo’yicha Milliy prevantiv mexanizm doirasida faoliyat
yurituvchi ekspert guruhi 2023-yil Toshkent viloyatidagi 14-son jazoni ijro etish
kolniyasida monitoring ishlari olib borilgan.

Monitoring

tashrifida Oliy

majlisning inson huquqlari bo’yich vakili (ombudaman) kotibyati Qiynoqqa
solish holatlari va boshqa shafqatsiz g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni
kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llashning oldini olish bo’yicha
faoliyatning qaydarajada tashkil etilayotganligi tekshirilgan. Ekspert a’zolari
tomonidan kaloniyadagi qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv xonalari
hamda telefon so’zlashuvlar xonalaridagi holatlar bilan tanishishgan ushbu
xonalarning jihozlanishi xalqaro standart talablariga javob berishi ko’zdan
kechirilgan Shuningdek, Mahkumlarni mehnatga jalb qilish holati va mehnatni
tashkil qilishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinayotganligi ham
o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar
berilgan.
Shuningdek, 2023-yilning 20-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha
vakili Ombudsamanning monitoring ishchi guruhi Xorazm viloyatidagi 11-son
tergov hibsxonasida qiynoq holatlarini aniqlash bo’yicha tekshiruv nazorat
monitoring ishlarini olib borgan. Tekshiruv davomida tergov hibsxonasida
mahkunlarga yaratilgan sharoitlar mahkumlarning yuvinish xonalari, ovqatlanish
joylari uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari tekshirilgan. Shuningdek,
mahkumlarning prokurorga va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili
Ombudsamanga murojaat qutilari tekshirilgan.Monitoring davomida tergov
hibsxonasidan hech qanday kamchilik aniqlanmagan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

67

Oxirgi 2023-yil hisobi shuni ko‘rsatadiki, monitoring tekshiruvlari jarayonida
jazoni ijro etish kaloniyalari va tergov hibisxonalarida hech qanday zo‘ravonlik va
qiynoqning shunga o‘xshash turlari kuzaztilmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
So’ngi yillarda qiynoq holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo’yicha bir qator
tashkilotlar tomonidan ishchi monitoring guruhlar tashkil qilingan. Qiynoq
holatlarini aniqlash yuzasidan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman) tomonidan o’rganib chiqilib tahlil qilinganda, holatlar jazoni ijro
etish muassasasida emas balki tergov jarayonida vaqtincha saqlash
hibsxonalarida, ko’zga tashlanmoqda degan fikrga kelingan. Nimagaki deganda
tergov,surushtiruv vaqtida ishda gumonlanayotgan shaxsdan malumotlar olish
maqsadida shaxsga taziq o'tkazilishi, qadr-qimmatlarining kamsitilishi, mumkin.
Yurtimizda inson huquqlarini taminlashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar olib
borilishiga qaramasdan shaxslarning erkiliklari cheklangan joydagi ushlab
turilgan shaxslar tomonidan shikoyat xatlari kelib tushmoqda. Ishchi monitoring
guruhi tomonidan borib qonuniy tartibda o‘rganilganda ba’zi xodimlarda
huquqiy bilimlarning yetishmasligi aniqlangan. Bunday holatni oldini olish
uchun, xodimlarda huquqiy malakasini oshirish maqsadida Inson huquqlari
bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan joriy yil boshida Bosh
prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv,
surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish
muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa
muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvali, o‘quv kurslari dasturi va moduli ishlab
chiqildi. Milliy markaz matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023 yil davomida «Qiynoqqa solishga qarshi
kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba» mavzusida o‘quv kurslarini
o‘tkazish rejasi ham tasdiqlandi. Rejaga muvofiq, onlayn va oflayn shakldagi o‘quv
kurslari Farg‘ona viloyatida – 22-23 fevral, Buxoro viloyatida 29-30 mart,
Toshkent viloyatida 8-19 aprel, Surxondaryo viloyatida 17-18 may, Andijon
viloyatida

20-21

iyun,

Namangan

viloyatida

22-23-iyun kunlari o‘tkazildi. Bunday seminar treyninglarni o'tkazishdan maqsad
kelgusidagi qiynoq holatlarini oldini olish,fuqarolarni huquqlari ,erkinliklarini
kamsitmaslik maqsadida amalga oshirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Етмишбоев М. Спорт агентлари фаолиятини лицензиялаш

масалалари //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 6/S. – С. 381-386.
2.

Ogli Y. M. M. The place and role of insurance in the activity of agents in the

sports field //International Journal Of Law And Criminology. – 2023. – Т. 3. – №.
08. – С. 63-66.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

68

3.

Mirsharapov A.G. Indicators of physical and technical preparation of

cadets playing mini-football and football at the mia academy //Mental
Enlightenment Scientific-Methodological Journal. – 2023. – Т. 4. – №. 03. – С.
131-135.
4.

Mirsharapov A. G. Features of physical and technical training of cadets

engaged in football and mini-football //Eurasian Journal of Sport Science. –
2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 95-97.
5.

Ахмедова С.Т. Об актуальных проблемах совершенствования

административного законодательства Республики Узбекистан. – 2022.
6.

Ахмедова С.Т. К Вопросу об освидетельствовании на состояние

опьянения водителей транспортных средств //Евразийский журнал
технологий и инноваций. – 2024. – Т. 2. – №. Special Issue 6. – С. 55-59.

Bibliografik manbalar

Етмишбоев М. Спорт агентлари фаолиятини лицензиялаш масалалари //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 6/S. – С. 381-386.

Ogli Y. M. M. The place and role of insurance in the activity of agents in the sports field //International Journal Of Law And Criminology. – 2023. – Т. 3. – №. 08. – С. 63-66.

Mirsharapov A.G. Indicators of physical and technical preparation of cadets playing mini-football and football at the mia academy //Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. – 2023. – Т. 4. – №. 03. – С. 131-135.

Mirsharapov A. G. Features of physical and technical training of cadets engaged in football and mini-football //Eurasian Journal of Sport Science. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 95-97.

Ахмедова С.Т. Об актуальных проблемах совершенствования административного законодательства Республики Узбекистан. – 2022.

Ахмедова С.Т. К Вопросу об освидетельствовании на состояние опьянения водителей транспортных средств //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2024. – Т. 2. – №. Special Issue 6. – С. 55-59.