VII SINFDA BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA MEDIATA’LIMNING O‘RNI

Аннотация

Ushbu maqolada mediata’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini media vositalari hamda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tashkil etish, o‘rganilayotgan materiallarni yanada aniqroq va tushunarliroq taqdim etishi ko‘nikmalarini shakllantirish haqida ma’lumotlar berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
21-26
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada mediata’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini media vositalari hamda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tashkil etish, o‘rganilayotgan materiallarni yanada aniqroq va tushunarliroq taqdim etishi ko‘nikmalarini shakllantirish haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

21

VII SINFDA BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA

MEDIATA’LIMNING O‘RNI

G‘aniyeva Guliruxsor Islamovna

Termiz Davlat Universiteti, Botanika kafedrasi oʻqituvchisi

ganiyevaruxsora82@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14059142

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mediata’limga asoslangan o‘quv

mashg‘ulotlarini media vositalari hamda kompyuter dasturlaridan foydalangan
holda tashkil etish, o‘rganilayotgan materiallarni yanada aniqroq va
tushunarliroq taqdim etishi ko‘nikmalarini shakllantirish

haqida ma’lumotlar

berilgan.

Kalit soʻzlar:

telekommunikatsiya, OAV, elektron darsliklar, videodarslar,

mobil ilovalar,

intellektual rivojlanish.

Bugungi globallashuv sharoitida umumta’lim maktablarining yuqori

sinflarida biologiya fanlarni o‘qitishda mediata’limdan foydalanish masalasi
muhim va ahamiyatli hisoblanadi. Zamonaviy dasturlar, o‘qitish usullari,
metodlari, telekommunikatsiya vositalari hamda OAV jadal tezlikda
rivojlanmoqda. Shu sababli ham biologiyani fizika bilan media vositasida
o‘qitishdagi metodika, umuman olganda, barcha o‘qitish metodikalar sohasidagi
mediama’lumotlar, dasturiy–pedagogik vositalar va multimediali o‘quv
qo‘llanmalarni ta’limga integratsiya qilishning didaktik talablarini aniqlash,
biologiyani o‘qitishda mediata’lim va axborot texnologiyalarini qo‘llash
usullarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘qitishda media va turli xil

dasturiy–pedagogik vositalardan keng foydalanilmoqda. Sinflarga yangi avlod
o‘quv kitoblarining kelishi va ushbu kitoblarda mavzularning elektron shaklidagi
video darslarni ko‘rish uchun maxsus QR–kodining qo‘yilishi bilan biologiya
fanlari ham o‘zgara boshladi. O‘quv faoliyatining loyihasi va tadqiqot shakli
hamda usullari, o‘qitishning yangicha uslublari tobora ko‘proq rivojlanib
bormoqda. Biologiya darsida media vositalaridan foydalanish o‘quvchilar
kognitiv faoliyatining samarali usuli bo‘lib, o‘qituvchilar uchun darsni
takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochadi.

Mediata’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini media vositalari hamda

kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tashkil etish, o‘rganilayotgan
materiallarni yanada aniqroq va tushunarliroq taqdim etishi va o‘quvchilarning
tasavvur qilish imkoniyatini keng ko‘lamda oshirishga yordam beradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

22

Zamonaviy dunyoning doimiy o‘zgaruvchan talablari sharoitida uning

pedagogik imkoniyatlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir.

Ta’lim haqida gapirganda, uning maqsadi va mazmuni shaxsning

intellektual, axloqiy va fuqarolik fazilatlarini shakllantirish bilan chambarchas
bog‘liqligini tushunish kerak. Shu nuqtai nazardan, mediata’lim nafaqat
qo‘shimcha element, balki ushbu jarayonda eng muhim vosita sifatida ishlaydi.
Barcha fanlar qatori biologiya fanini ham o‘qitishda nazariya bilan amaliyotni
birga olib borish masalasi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ushbu
fandan yaratilayotgan o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda multimediali
ta’lim texnologiyalarini hamda axborotli uslubiy majmualarini joriy etishga
e’tiborni kuchaytirish zarur deb hisoblaymiz.

Tadqiqot muammosiga doir olib borilgan izlanishlar natijasida biologiya

ta’limi amaliyotining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu fanni
o‘qitishda bir nechta muammolar mavjud ekan. Ushbu muammolarni
quyidagicha tasnifladik:

ta’lim muassasalarida-biologiya fani laboratoriya mashg‘ulotlarini

tashkil etish va olib borish uchun laboratoriya jihozlarining yetishmasligi,
mavjudlari ham talabga javob bermasligi;

fan o‘qituvchilari tomonidan dars jarayonlarida mavjud laboratoriya

jihozlaridan (agar mavjud bo‘lsa) unumli foydalanilmaslik;

fan bo‘yicha media vositalaridan samarali foydalanmaslik; mavzularga

doir elektron axborot ta’lim resurslari (elektron darsliklar, videodarslar,
mobil ilovalar, multimedia ilovalari, taqdimotlar va b.) ning yetarli darajada
yaratilmaganligi;

zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanilmaslik.
Ushbu muammolarning asosiy yechimi sifatida biologiyani fizika fani

bilan media vositalar asosida samarali tashkil etish va yanada
takomillashtirish maqsadga muvofiq deyish mumkin.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiyalash maqsadida amalga

oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchi yoshlarning
axborot savodxonligini rivojlantirish, ularni zamonaviy elektron ta’lim
vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning amaliy yechimini ta’minlash yo‘llaridan
biri o‘quvchilarning zamonaviy elektron axborot texnologiyalari vositalaridan
ta’lim jarayonlarida muntazam foydalanishini ta’minlashga erishishdir.

Demak, biologiyani fizika fani bilan media vositalari asosida o‘qitish

jarayonlarida

o‘quvchilarda

quyidagi

ko‘nikma

va

malakalarni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

23

shakllantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

media mahsulotlarini yaratish va ulardan foydalanish (illyustratsiyalarni

yoritish, sxemalar, ekranda tayanch tushunchalar, ovoz berish);
fanga doir ma’lumotlarni internet saytlaridan qidirib topish va ularing
ilmiyligiga baho berish;

media vositalaridan va shu kabi boshqa texnikalar bilan ishlay olish;
biologiya faniga doir Web saytlar yaratish va ularni muntazam yangi

ma’lumotlar bilan boyitib borish;

elektron darsliklar yaratish;
android qurilmalar uchun mobil ilovalar ishlab chiqish va b.

Umumta’lim

maktablarida

biologiya

fanidan

beriladigan

materiallarning o‘ziga xos sintezini amalga oshirish hamda bu sintezda
qatnashayotgan mavzularning o‘zaro bog‘liqligi, uzviyligi, aloqadorligi,
tuzilishi va boshqa fanlar bilan integratsiyasi haqidagi ma’lumotlarning ta’lim
jarayonida berib borilishi ayni muddaodir. Bu jarayonda o‘quvchilarga
masofadan o‘qitish haqida ham umumiy ma’lumotlar berib boriladi. Bunday
vaziyatda o‘quvchilar uchun mediatexnologik vositalar, videodarslar,
elektron darsliklar, o‘quv filmlari, o‘quv qo‘llanmalar, animatsion-imitatsion
vositalar, multimediali taqdimotlar fan o‘qituvchilari elektron ta’lim
vositalari orqali yuboradi va o‘quvchilar ushbu kerakli materiallarni mustaqil
o‘zlashtiradilar, o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni qiynalmasdan
bajaradilar.

Xulosa

sifatida

aytish

mumkinki,

biologiyani

fizika

bilan

mediavositalarga asoslangan ta’lim mazmuni va uslubiyati yordamida fan
o‘qituvchisi ko‘zlangan maqsadga, ya’ni ta’limiy natijaga, sifatga erisha oladi.
Har bir axborot asosida to‘plangan ma’lumotlar o‘quvchining mustaqil fikr
yurituvchi, jahonning rivojlangan mamlakatlari yoshlari bilan bemalol
raqobatlasha oladigan, raqobatbardosh kadr sifatida takomillashishiga,
bilimlarni egallashiga, mantiqiy fikrlashga, muammolarni mustaqil
yechishlariga yordam berishini ta’minlash orqali kompetensiyalarini
shakllantirishga erishiladi.

Biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilarning qiziqishini

orttirishga doir tayyorlangan didaktik, tarqatma materiallarni va ularning o‘ziga
xos jihatlari hamda ularni o‘qitish metodlarini zamonaviy pedagogik, kompyuter
va axborot texnologiyalaridan foydalanib, pedagogik tajriba sinovda sinab
ko‘rish ma’qullandi. Tanlangan materiallarni pedagogik tajribada sinab ko‘rish
tadqiqot ishimizning, asosiy, maqsadi bo‘lib xizmat qildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

24

Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov

o‘tkazishda asosan quyidagilarni sinab ko‘rish nazarda tutildi:

1. Biologiyani fizika bilan bog‘lab (baliqlar misolida)o‘qitishga doir

tanlangan o‘quv materiallar mazmunini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinab
ko‘rish.

2. Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiyani fizika bilan

bog‘lab o‘qitishga doir materiallardan foydalanishning ilmiy-metodik jihatdan
o‘rinliligini aniqlash.

3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VII-sinf o‘quvchilari tomonidan

biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda tanlangan materiallarni nazariy va
amaliy jihatdan qay darajada o‘zlashtirishlarini tekshirish.

4.

Biologiyani fizika bilan bog‘lab (baliqlar misolida ) o‘qitishda amaliy

ishlar bajarishga nisbatan o‘quvchilar qiziqishining ortishini aniqlash.

5.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VII-sinflarida biologiyani fizika

bilan bog‘lab (baliqlar misolida) didaktik o‘yinlar asosida yaratilgan masalalar
tanlash, tuzishning ta’lim tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash.

6.

Biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda ekologik mazmunda

maktablararo olimpiada o‘tkazishga doir materiallarning o‘quvchilar
dunyoqarashini shakllantirish va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatish.

7.

Tadqiqot maqsad va vazifalari, metodlaridan kelib chiquvchi ilmiy

farazning to‘g‘riligini aniqlash.

PTSI davomida o‘quvchilarni uch guruhga bo‘lgan holda ularga o‘quv

vazifalari topshirildi. Past intellektual rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan
o‘quvchilar guruhiga o‘qituvchi yordamida bajariladigan reproduktiv
xarakterdagi o‘quv topshiriqlari, o‘rtacha intellektual rivojlanish darajasiga ega
bo‘lgan o‘quvchilarga o‘rtacha murakkablikdagi o‘quv topshiriqlari, kuchli
o‘quvchilarga esa, murakkab xarakterdagi o‘quv topshiriqlari berildi.

Quyidagi jadval va rasmda 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab

media asosida o‘qitish darajalari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi bosqich pedagogik
tajriba–sinov ishlari natijalari keltirilgan (1–jdval, 1– diagramma)







background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

25


1–jadval

Birinchi bosqich pedagogik tajriba–sinov natijalari

Birinchi bosqich tajriba - sinov natijalari

O‘quv
yili

O‘quvchilar soni

Tajriba/nazorat sinflari o‘quvchilarining olgan
baholari

Tajriba
sinfi

Nazora
t sinfi

A’lo,
“5”

Yaxshi,
“4”

Qoniqarl
i, “3”

Qoniqar
si “2”

T

kri

˂T

ku

z

2020-
2021

358

363

44/72 93/98

190/17
3

31/20

T

kuz

=10

2021-
2022

362

359

98/75

135/11
5

117/14
7

12/22

T

kuz

=10

,9

2022-
2023

357

364

101/7
8

141/12
6

100/13
7

15/23

T

kuz

=11

,2

1–jadval. 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab media

vositalari

asosida o‘qitish darajalari ko‘rsatkichi

1-rasm.

1–diagramma. 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab

media

vositalari asosida o‘qitish darajalarining diagrammasi

Yuqoridagi jadval va rasm shuni asoslaydiki, tanlangan (

tajriba sinflarida

)

biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitish

jarayonida bir oz

qiyinchiliklarga duch keldilar. Ushbu qiyinchiliklarning asosiy sababi o‘quv
fanlarini bir–biri bilan fanlararo uyg‘unlikda qo‘llanmasligi oqibati bo‘lib,
bugungi kunda o‘qitishning me’yoriy–huquqiy asoslari yaratilgan. PTSI
jarayonida biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘rganish
maqsadida tanlangan tajriba va nazorat sinflariga ajratildi, tajriba sinflari
o‘quvchilarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat sinflari o‘quvchilarining
o‘zlashtirishiga nisbatan 10,7 % yuqori ekanligi matematik-statistik metod
yordamida ilmiy asoslandi..

44

98

101

72

75

78

93

135

141

98

115

126

190

117

100

173

147

137

31

12

15

20

22

23

0

50

100

150

200

2020-2021

2021-2022

2022-2023

Tajriba sinfda "5"

Nazorat sinfda "5"

Tajriba sinfda "4"

Nazorat sinfda "4"

Tajriba sinfda "3"

Nazorat sinfda "3"

Tajriba sinfda "2"


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

26

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abduqodirov A., Pardayev A. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.

Monografiya. - Toshkent, 2009. -146 b.
2.

Boqiyev R.R. Elektron-o‘quv metodik materiallami ishlab chiqarish va

qo‘llashning didaktik va psixofiziologik jihatlari // Pedagogik mahorat. -
Toshkent, 2004 -№ 2.-B. 62-65.

.

3.

Cевоцянова О.М. Интегративная технология обучения физике

учащихcя cредней обшеобразовательной школ. Дис. канд.пед.наук. –
Cамара, 1999. -155 c.
4.

Ergasheva G.S. Biologiya fani ta’limida axborot texnologiyalaridan

foydalanish vosita va usullari // Maktabda biologiya fani jumali. №
Toshkent,2009 b.10-14
5.

Sulliyeva Suluv Khurramovna , Gʻaniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva

Feruza Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with
physical science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue
8),4040-4045
6.

Gʻaniyeva G.I. //Maktablarda biologiyani o’qitishning zamonaviy

shakllaridan foydalanishning samarali yo’llari // Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –10/3-2023
7.

Gʻaniyeva G.I. VII sinfda biologiyaning “ Baliqlar “bo’limini fizika bilan

bog’lab o’qitish metodikasining samaradorligi - Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –11/3-2023
8.

G’aniyeva G.I. //Biologiyaning baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab

o'tishda integratsiyaning afzalliklari// Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –12/3-2023
9.

G‘aniyeva G. // Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning

afzalliklari//. O‘zMU Xabarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
universiteti ilmiy jurnali 2023, [1/9]
10.

G‘aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga

ta`siri //“O‘quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida
innovatsion ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish”
хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr
11.

G’aniyeva , G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar

boʻlimini “Skarabey” texnologiyasida oʻtishning afzalliklari//. Наука и
инновация,

1(29),

88–90.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023)
12.

Maxmudov Y.G‘, G’aniyeva , G.I.// Baliqlarning nerv sistemasi va

sezgi//№12(115) 2023 | Экономика и социум

Библиографические ссылки

Abduqodirov A., Pardayev A. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. - Toshkent, 2009. -146 b.

Boqiyev R.R. Elektron-o‘quv metodik materiallami ishlab chiqarish va qo‘llashning didaktik va psixofiziologik jihatlari // Pedagogik mahorat. - Toshkent, 2004 -№ 2.-B. 62-65. .

Cевоцянова О.М. Интегративная технология обучения физике учащихcя cредней обшеобразовательной школ. Дис. канд.пед.наук. –Cамара, 1999. -155 c.

Ergasheva G.S. Biologiya fani ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish vosita va usullari // Maktabda biologiya fani jumali. № Toshkent,2009 b.10-14

Sulliyeva Suluv Khurramovna , Gʻaniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva Feruza Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with physical science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue 8),4040-4045

Gʻaniyeva G.I. //Maktablarda biologiyani o’qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanishning samarali yo’llari // Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –10/3-2023

Gʻaniyeva G.I. VII sinfda biologiyaning “ Baliqlar “bo’limini fizika bilan bog’lab o’qitish metodikasining samaradorligi - Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –11/3-2023

G’aniyeva G.I. //Biologiyaning baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab o'tishda integratsiyaning afzalliklari// Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –12/3-2023

G‘aniyeva G. // Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning afzalliklari//. O‘zMU Xabarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali 2023, [1/9]

G‘aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga ta`siri //“O‘quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish” хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr

G’aniyeva , G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar boʻlimini “Skarabey” texnologiyasida oʻtishning afzalliklari//. Наука и инновация, 1(29), 88–90. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023)

Maxmudov Y.G‘, G’aniyeva , G.I.// Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi//№12(115) 2023 | Экономика и социум