OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKADAN O‘QUV MASHGʻULOTLARINI LOYIHALASHTIRIB O‘QITISH

Abstract

Oliy ta’lim muassasalarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun matematika fani misolida o‘quv mashgʻulotlarni loyihalashtirib o‘qitish jarayonlarining samarasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
9-13
43

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdusamatova , G. . (2025). OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKADAN O‘QUV MASHGʻULOTLARINI LOYIHALASHTIRIB O‘QITISH. Science and Innovation in the Education System, 4(1), 9–13. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/61062
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Oliy ta’lim muassasalarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun matematika fani misolida o‘quv mashgʻulotlarni loyihalashtirib o‘qitish jarayonlarining samarasi ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

9

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKADAN O‘QUV

MASHGʻULOTLARINI LOYIHALASHTIRIB O‘QITISH

Abdusamatova Gulchehra Zairovna

Profi university “Axborot tizimlari va

ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14603235

Annotatsiya.

Oliy ta’lim muassasalarda ta’lim sifati va samaradorligini

oshirish uchun matematika fani misolida o‘quv mashgʻulotlarni loyihalashtirib
o‘qitish jarayonlarining samarasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Аннотация.

В данной статье на примере математики показана

эффективность процессов проектирования и обучения образовательной
деятельности в целях повышения качества и эффективности образования
в высших учебных заведениях.

Annotation.

In this article, the effectiveness of the design and teaching

processes of educational activities is shown on the example of mathematics in
order to improve the quality and efficiency of education in higher education
institutions.

Kalit so‘zlar.

Pedagogik texnologiya, pedagogik jarayon, loyihalash metodi,

o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, loyihalashning pedagogik va psixologik
imkoniyatlari, SCAMPER usuli.

Ключевые слова.

Педагогическая технология, педагогический

процесс, метод проектирования, проектирование образовательного
обучения, педагогико-психологические возможности проектирования,
метод СКАМПЕР.

Keywords.

Pedagogical technology, pedagogical process, design method,

educational training design, pedagogical and psychological possibilities of
design, SCAMPER method.

YUNESKO ning ta’rifi bo‘yicha, “Pedagogik texnologiya – bu, bilim berish va

uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib
butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmu yondashuv
ta’moilidan foydalanishdir.

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va raqabotbardosh kadrlarni

tayyorlash masalasi pedagogik texnologiya va uning tamoyillari asosida o‘quv
mashg‘ulotlarni loyihalarini tuzib chiqish hamda uni amaliyotda qo‘llashda
faydalaniladigan zamonaviy interaktiv usullar asosida amalga oshiriladi.

Pedagogik jarayonga ta’lim va tarbiyaning turli usullari va vositalari jalb

etila boshlangan hozirgi paytda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

10

matematika fani o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalab o‘qitish samarali natija berish
jarayonlaridan biri deyishimiz mumkin. Pedagogik texnologiya usuli, to‘g‘ri
loyihalangan mashg‘ulotlarni qayta takrorlash imkonini beradi va shu jihatidan
o‘qituvchi hamda pedagogning metodik mahorati, shaxsiy fazilatlaridan qat’iy
nazar o‘quv mashg‘ulotlarni yuqori natijalarga olib kelishga sharoit yaratadi.

O‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish hozirgi zamonaviy ta’limda keng

qo‘llanilib, keyingi vaqtlarda nazariy ham amaliy metodikaga va didaktikaga
kirib keldi.

Matematika fanini o‘qitish jarayonini loyihalash orqali o‘quv fanini

o‘qitishning metodik sistemasi va uning elementlari (ta’lim maqsadi, mazmuni,
usullari, vosita, shakl va jarayonlari) orasidagi uzviylik tamoyiliga asoslanib
ta’limni tashkil etish, ta’limda qo‘yilgan maqsad va undan kutilayotgan natijaga
bosqichma-bosqich erishishni ta’minlaydi.

Respublikamizni M.Tojiyev, B.Ziyomuhammedov, M.O‘rolova, M.Barakayev,

A.Xurramov, K.Mamadaliyev kabi olimlarining ilmiy asarlari pedagogik texnologiya
tamoyillari asosida ta’lim-tarbiya va matematikani o‘qitish jarayonlarini
loyihalashga qaratilgan hamda quyidagi aksiomalarni berishgan.

Loyihalash metodi

– o‘qitishni tashkillashtirish, rejalashtirish jarayoni.

O‘quv mashg‘ulotini loyihalash

– o‘quv mashg‘ulotining har bir

daqiqasida amalga oshiriladigan o‘qituvchi va talaba faoliyatini rejalashtirish,
batafsil bayon etish.

Loyihalashning pedagogik va psixologik imkoniyatlari

– ta’lim tarbiya

jarayonida loyihalashning pedagogik va psixologik xususiyatlari, samaradorligi,
afzalligi shaxsni psixologik va pedagogik rivojiga ta’siri.

O‘qitish metodikasi –

ta’limni tashkil etish uchun tayyorlangan loyiha,

metod, ketma-ketlik, ta’lim shakllari tizimi.

Respublikamiz ta’lim muassasalarida matematika fanini layihalab o‘qitish

bo‘yicha:

G.Izetayeva ilmiy tadqiqot ishida matematika turkumiga kiruvchi fanlarni

modulli texnologiya asosida o‘qitishning nazariy va metodik asoslarini ochib
bergan;

Z.Siddiqov oliy matematikani o‘qitishda matematik modellashtirish orqali

talabalarning ko‘nikmalarini shakillantirish bo‘yicha loyihalash usulidan
foydalanib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan;

M.Egamov texnika yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida “Sferik

trigonometriya” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalash
usulidan foydalangan xolda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

11

A.Xurramov ilmiy tadqiqot ishida matematika fanlarini o‘qitish jarayonini

loyihalashning nazariy va amaliy asoslarini ochib bergan;

M.Qo‘chqarov oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Oliy matematika”

fanini o‘rganishda talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini
rivojlantirish nazariyasi va texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib
borgan. Tadqiqotchi, talabalarning mustaqil ta’lim olishni rivojlantirish bo‘yicha
loyihalash usulidan foydalangan.

Matematikadan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish asosida ta’limni

tashkillashtirish algoritmi matematika fani o‘quv mashg‘ulotlarini samarali
tashkil qilishning omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi.

Xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimi amaliyotida o‘qituvchi va talabalarni

kreativlik sifatlarida shakillantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan usul va
strategiyalar qo‘llaniladi. Shunday usullardan biri SCAMPER usulidir.

SCAMPER usulini Eberlening 1971 yilda ishlab chiqqan (SCAMPER – ingliz.

“tez yugirish”). “Matematika” fani o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayoniga
SCAMPER usulini qo‘llashni ko‘rib chiqamiz (1- jadval).

1- jadval


Mazmun va mohiyati

Muammo

(savol,

misol,

masala,

mashg‘ulot)

Vazifalar

S

Substitute,
Заменять,
O‘zgartirish
(almashtirish)

Agar matematikadan ananaviy

o‘quv

mashg‘u-lotini

noananaviy

o‘quv

mashg‘ulotiga

almash-tirilsa

qanday bo‘ladi?

Rejalar tuzing, ulardan

birini tanlang, loyihala-
shtiring

C

Combine,
Комбинировать,

Aralashtirish

Agar

matematika

o‘quv

mashg‘ulotida interaktiv usul
va uslublardan foydalansangiz
qanday bo‘ladi?

interaktiv

usul

va

uslublarni

tanlang,

foydalanish

mumkin

bo‘lgan joylari va o‘rnini
rejalashtiring

A

Adapt,
Адаптировать,
Moslashtirish

Talabalarni

ushbu

o‘quv

mashg‘ulotiga

qanday

moslashtirasiz?

Talabalar bilan ishlash

rejasini tuzing, qiziqarli va
faollashtiruvchi misol va
masalalardan

ko‘proq

foydalaning

M

Modify

(Magnify),

Модифицировать

(Увеличить),

O‘zgartirish

(Kengaytirish)

Talabalarni

baholash

va

rag‘batlantirish

tizimingiz-ni

qanday o‘zgartirasiz, mustaqil
va erkin fikirlashga qanday
keng yo‘l ochib berolasiz?

Talabalarni

baholash,

rag‘batlantirish

va

boshqarish rejasini tuzing

P

Put to other uses,

Talabalar mutahassisligiga mos Mavzu

bo‘yicha


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

12

Продолжить дуригое

применение,

Boshqa tatbiq taklif

etish

qanday tatbiqiy misol va
masalalar ko‘rsatib berolasiz?

mutahassislikga mos misol
va

masalalar

toping,

tatbiqini tushunarli va oson
tushuntirish rejasini tuzing

E

Eliminate or minify,
Устранить

или

уменьшить,

Bartaraf

etish

yoki

ixchamlash

Agar mavzu keng berilgan

bo‘lsa yoki ajratilgan vaqt
kamroq taqsimlangan bo‘lsa
uni qanday ixchamlaysiz?

Mavzu keng berilgan bo‘lsa,

ajratilgan

vaqt

kam

berilgan

bo‘lsa

uni

ixchamlash rejasini tuzing

R

Revers (Rearrange),
Поменять

на

противположное
(Реорганизовать),

Aksiga almashtirish
(Qayta tashkil etish)

Yetarli darajada tashkil etilmay

qolgan o‘quv mashg‘ulotlarini
yoki keng yoritilmay qolgan
mavzu-larni

qanday

qayta

tashkil etasiz?

Talabalar

mustaqil

(mustaqil

ta’lim)

bajarishlari

uchun

topshiriqlar berish va uni
nazorat

qilish

rejasini

tuzing

Xulosa sifatida Rossiyalik olimalar V.S.Bezrukova va G.Ye.Muravyevalarning
“Talabalarga ta’lim va tarbiya berishning muvaffaqiyatliligi va natijaga egaligi
o‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarni loyihalashni qanchalik o‘zlashtirib
olganligiga bog‘liq, chunki bu faoliyat vaziyatga qarab texnologik yechimlarni
takomillashtirishga qodir, yangi ta’lim yondashuvlari va usullarini ishlab
chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarni
loyihalash faoliyatni yuqori darajada o‘zlashtirganligini oldindan ayta olish,
rejalashtirish, tuza olish va modellashtirish ko‘nikmalarini shakillanganlik
darajasini belgilaydi” deb aytgan fikirlarini asos qilib olishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Зулфихаров И.М. Олий таълим муассасаларида математикадан ўқув
машғулотларни креатив лойиҳаланган таълим усули воситасида ташкил
этиш // Монография, 106 бет. “Андижон нашриёт-матбаа” МЧЖ. AndMI -
2023.
2. И.М.Зулфихаров ТАЛАБАЛАРНИ МАТЕМАТИКА ФАНИГА ҚИЗИҚТИРИШ
БИЗНИНГ БУРЧИМИЗДИР // “ФИЗИКА-МАТЕМАТИКА ФАНЛАРИ” электрон
журнал, -Тошкент, -2020. 3-сон, 1-жилд, -11-16 б.
3.

И.М.Зулфихаров,

Д.Х.Искандаров,

Ф.У.Маматов

ТАЛАБАЛАРНИ

МАТЕМАТИК

ТАФАККУРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШДА

“ИНТЕГРАЛ”

ҚОНУНИГА АМАЛ ҚИЛИШ // DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA
MATEMATIKANING TURDOSH BO`LIMLARI ZAMONAVIY MUAMMOLARI
mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya, -Farg`ona, -2020 yil. 12-13 mart, -308-
311 б.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

13

4. Ilkhom Makhmudovich Zulfikharov, Ibaydullaev Tulanboy Methods of
effective organization of teaching of mathematics by using the problem-based
teaching // International Journal of Innovative Technologies in Social Science. –
9(21).2019. –p.9-13. –Warsaw, Poland. 2019.
5. Ilkhom Makhmudovich Zulfikharov, Mamarejab Tajiev Methods of effective
organization of teaching mathematics and self-syudy in the problem-based
teaching // European Journal of Education and Applied Psychology, –№ 1. –
2020. –scientific Journal, –Czech, Praha. 2020. –р.11-16.

References

Зулфихаров И.М. Олий таълим муассасаларида математикадан ўқув машғулотларни креатив лойиҳаланган таълим усули воситасида ташкил этиш // Монография, 106 бет. “Андижон нашриёт-матбаа” МЧЖ. AndMI -2023.

И.М.Зулфихаров ТАЛАБАЛАРНИ МАТЕМАТИКА ФАНИГА ҚИЗИҚТИРИШ БИЗНИНГ БУРЧИМИЗДИР // “ФИЗИКА-МАТЕМАТИКА ФАНЛАРИ” электрон журнал, -Тошкент, -2020. 3-сон, 1-жилд, -11-16 б.

И.М.Зулфихаров, Д.Х.Искандаров, Ф.У.Маматов ТАЛАБАЛАРНИ МАТЕМАТИК ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА “ИНТЕГРАЛ” ҚОНУНИГА АМАЛ ҚИЛИШ // DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA MATEMATIKANING TURDOSH BO`LIMLARI ZAMONAVIY MUAMMOLARI mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya, -Farg`ona, -2020 yil. 12-13 mart, -308-311 б.

Ilkhom Makhmudovich Zulfikharov, Ibaydullaev Tulanboy Methods of effective organization of teaching of mathematics by using the problem-based teaching // International Journal of Innovative Technologies in Social Science. –9(21).2019. –p.9-13. –Warsaw, Poland. 2019.

Ilkhom Makhmudovich Zulfikharov, Mamarejab Tajiev Methods of effective organization of teaching mathematics and self-syudy in the problem-based teaching // European Journal of Education and Applied Psychology, –№ 1. –2020. –scientific Journal, –Czech, Praha. 2020. –р.11-16.