TIL SATHLARINI O‘RGATISH ORQALI ORFOEPIK, ORFOGRAFIK, PUNKTUATSION VA USLUBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Аннотация

Mazkur maqolada maktabda tilni o‘rgatishda til sathlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda orfoepik, orfografik, punktuatsion va uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida so‘z yuritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
138-143
27

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nisanbayeva , A. ., & Xaldarova, A. (2025). TIL SATHLARINI O‘RGATISH ORQALI ORFOEPIK, ORFOGRAFIK, PUNKTUATSION VA USLUBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH. Наука и инновации в системе образования, 4(1), 138–143. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/65061
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada maktabda tilni o‘rgatishda til sathlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda orfoepik, orfografik, punktuatsion va uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida so‘z yuritiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

138

TIL SATHLARINI O‘RGATISH ORQALI ORFOEPIK, ORFOGRAFIK,

PUNKTUATSION VA USLUBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Nisanbayeva Akmaral Kaldibayevna

Nizomiy nomidagi TDPU professor

Xaldarova Aydin

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

IV bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777891

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabda tilni o‘rgatishda til sathlarini

o‘rgatish orqali o‘quvchilarda orfoepik, orfografik, punktuatsion va uslubiy
ko‘nikmalarni shakllantirish haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so

zlar:

fonetika, fonologiya, grafika, orfoepik, orfografik,

punktuatsion va uslubiy ko‘nikmalar, tovush va harf, til birliklari, tilning ijtimoiy
mohiyati.

Аннотация.

В данной статье обсуждается о формировании у учащихся

орфопоэтических, орфографических, пунктуационных и методических
навыков в обучении языку в школе посредством преподавания уровней
языка.

Ключевые слова:

фонетика, фонология, графика, орфоэпика,

орфографические, пунктуационные и стилистические навыки, звук и
письмо, языковые единицы, социальная сущность языка.

Abstract.

This article discusses the formation of students' spelling, spelling,

punctuation and methodological skills in teaching language at school through
teaching language levels.

Keywords:

phonetics, phonology, graphics, pronunciation, spelling,

punctuation and stylistic skills, sound and writing, language units, social essence
of language.

Ma’lumki, ta’lim sohasidagi davlat siyosati insonni intellectual va ma’naviy-

axloqiy jihatdan tarbiyalash, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni
nazarda tutadi

1

.

O‘zbek tilini o‘qitish fanining bosh vazifasi ham umumiy o‘rta ta’lim

maktablarida o‘quvchilarning ona tilining lug‘at boyligidan, tilning grammatik
qurilishidan to‘g‘ri foydalana bilish, og‘zaki va yozma nutq savodxonligini
shakllantirishdan iborat.

Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o‘rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir.

Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

139

oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida
umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog‘lash amalga
oshiriladi.

O‘zbek tili o‘qitish fani o‘quvchilarni til materiallarini kuzatish ishlaridan

umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og‘zaki
va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to‘g‘ri yozuv va to‘g‘ri talaffuzga tayyorlaydi.
O‘quvchilar jonli nutqiy aloqaga to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozuvni nazariy
ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar, til materiallarini
kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar, o‘rgangan
va o‘zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar.
Fonetik va grafik ko‘nikmalarini shakllantirishda ham shu qonuniyatga
asoslanadi.

Fonetika va fonologiya, grafikani o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatish metodik

jihatdan quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishda ilmiy ham metodik asos bo‘lib
xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo
ko‘nimalarini o‘zlashtirishda ahamiyati katta.

Fonetik va fonologik bilimi bo‘lmagan o‘quvchilarda imlo ko‘nikma va

malakalarni shakllantirish mumkin emas. Fonetika va fonologiya
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini savodli shakllantishda muhim o‘rin
tutadi, chunki so‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri shakllantirishga uning tovush
tomoni o‘z ta’sirini o‘tkazadi. So‘zning tovush tomonidan to‘g‘ri nusxa ko‘chirish
tovushlarning og‘zaki nutqda qanday talaffuz qilinishiga bog‘liq. Ma’lumki, nutq,
til qonuniyatlariga e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, fonetik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa,
imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan
mashg‘ulotlarda eshituv va ko‘ruv ko‘rsatmaliligini ta’minlashni va nutq
organlarini mashq qildirishni talab etadi.

Til juda murakkab hodisa, uning qonuniyatlarini, o‘xshashlik va farqlarini

o‘zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo‘lmaydi. O‘quvchi ta`lim jarayonida
gaplashish, o‘qish, eshitish, yozish orqali til materiallarini yig‘adi, uning
qonuniyatlarini tahlil orqali o‘zlashtiradi. Natijada o‘quvchida tilga sezgirlik
shakllanadi.

Ona tili ta`limida o‘quvchilarning nutqiy tayyorgarligini o‘rganish muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu o‘quvchi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatadi.
Buning uchun o`qituvchi o‘quvchining og‘zaki bog‘lanishli nutqini aniqlovchi ish
turlaridan foydalanishi, o‘quvchiga bilgan tez aytishlarini, she’r, hikoya, maqol,
hikmatli so‘zlarni ayttirishi va ularning aytilishini, aytilishi bilan yozilishida farq


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

140

qiluvchi holatlarni so‘rashi orqali unda tilni organishga motivatsiyani yuzaga
keltirishi lozim.

O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetika va

fonologiyadan olgan bilimlarining amaliy ahamiyatini: fonetik bilimga
asoslangan holda so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, ya’ni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qilish, urg‘uli bo‘g‘inni farqlash, orfoepik me’oyorga rioya qilish orqali so‘zning
talaffuzi bilan yozilishi orasidagi oxshashlik hamda farqni anglash, morfologik va
so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda bir qator imloviy
malakalarni (jarangsiz va jarangli undoshlarning imlosini) egallash
mumkinligini anglab yetadilar. Fonetik bilim asoslangan holda gapni ohangiga
ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish gap
mazmunini to‘g‘ri tushunish ko‘nikmasini, so‘zning tovush tomonini bilish uning
ma’nosi orasidagi bog‘lanishni tushunib olishga va nutqda so‘zlarni ongli
qo‘llashga yordam berishini bilib oladilar. So‘zning tovush tomonini tasavvur
qilish ularni to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozish uchun zarur.

Tovush - murakkab tushuncha. O‘quvchilarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy

tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so‘zdagi
tovushlarniig talaffuzi hamda so‘zning leksik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning
tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan,

aka, uka, opa, ona, ota,

kul, gul, qora, qara

kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har

xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi. Shu asosda tovush so‘zning eng kichik ma’noli
qismi, so‘z ma’nosini o‘zgartiradigan til birligi tushunchasi shosil qilinadi. Bu
o‘quvchini so‘zning tovush tarkibiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytiradi.

Fonetik birlik ustida ishlash ta’limning boshlang‘ich bosqichidan

boshlanadi. Shu davridanoq o‘quvchilar diqqati so‘zning talaffuzi va eshitilishi
o‘rtasidagi farqqa yetarli darajada qaratilishi zarur.

O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi tilshunoslikning bo‘limlari yuzasidan

o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda bo‘limlararo ichki
bog‘lanishga asoslanadi. Jumladan, grafika nutq tovushlarining yozuvdagi ifodasi
ekan grafikani o‘qitishda nutqning fonetik xususiyatlarga, fonetik bilim,
ko‘nikma, malakalarni grafikaga asoslanib o‘qitish kutilgan natijani beradi.
Ikkinchidan, fonetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda o‘zbek
tilining tovush tizimi, tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlari, bo‘g‘in tuzilishi,
bo‘g‘inlab ko‘chirishga doir o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanishni taqozo etadi.
Dastlab unli va undosh tovushlar bilan tanishtiriladi. Bunda o‘quvchilarning
boshlang‘ich sinfda egallagan bilimlari aynan takrorlanmasdan mushohada
yuritishga undovchi savol-topshiriqlardan foydalanish lozim. Masalan:


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

141

-Fonetikka qaysi tovushlarni o`rganadi?
-Qaysi unli tovushlarning talaffuzi bilan yozilishida farq bo‘ladi? Fikringizni

misollar bilan asoslang.

-Ko‘proq qaysi undosh tovushlarning talaffuzi bilan yozilishi mos kelmaydi?

Fikringizni misollar bilan asoslang.

-Tovushlarning talaffuzidagi o‘zgarishlar qanday holatlarga bog‘liq bo‘ladi?

Fikringizni misollar bilan asoslang.

Ko‘pincha o‘qituvchilar nutq tovushlarining necha guruhga bo‘linishi,

talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz
bo‘shlig‘idan erkin ravishda o‘tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz
bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi), ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
tovushlarning turi (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar
talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi),
qaysi tovush bo‘g‘in hosil qilishi kabi nazariy tushunchani egallashga qaratilgan
savollar bilan cheklanadilar. Aslida tovushlarning xususiyatidan kelib chiqib
talaffuzda va yozuvda kelib chiqadigan xatolarni baratarf qiladigan ta’limiy
mashq va tahlillarni tashkil etishi maqsadli bo‘ladi.

Tovushlarning so‘z tarkibidagi talaffuzi, so‘zdagi o‘rnining uning talaffuzi va

yozuvda ifodalanishiga ta’siri taqqoslash usuli bilan o‘rgatib boriladi. Tovush-
harf nomutanosibligi bo‘lgan o‘rinlarda xatoliklarning oldini olish uchun
so‘zlarning tovush-harf tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, x va h
tovushlari va ularning yozuvda ifodalanishi quyidagi tartibdagi savollar asosida
o‘rgatiladi:

Bu nima? (darsaxtning shoxi ko`rsatiladi) Bu kim? (Podshoning rasmi)

doskaga ikkita rasm ilinadi. So‘z oxiridagi tovushlarning aytilishi bilan
yozilishini taqqoslash. 1-rasmni ifodalagan so‘zni ayting va yozing. 2-rasmni
ifodalagan so‘zni ayting va yozing. ( shox shoh) Shu so‘zlarning oxirida kelgan
tovush qanday aytilyapti? Bu so‘zlar qaysi tovushiga ko‘ra farqlanyapti? Bu
tovushlarni biri o‘rnida ikkinchisini aytish qanday xatoni keltirib chiqaradi?
(imlo va mantiqiy xatoni)

Shundan so‘ng x va h tovushlari talaffuzi, imlosi va ma’no farqlashdagi

xususiyati quyidagi izchillida o`rganiladi

2

.

X va h undoshlarining imlosi

X

H


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

142

xil-xil
xam
xol
xush

hil-hil
ham
hol
hush


Jadval ustida ishlash uchun

1-tur

topshiriqlar:

1. Audioni eshiting. X va h undoshlarining talaffuzini eslab qoling.
2. So‘zlarni o‘qing.
3. Ularning talaffuzidagi farqni ayting.
4. So‘z ma’nolaridagi farqni misollar asosida izohlang.
Namuna:
xil-xil – turli xil (matolar) – hil-hil – yumshoq (pishgan shaftolilar)
xol -yuzidagi qora xol(xoli o`ziga yarashgan) – hol - ahvol (ahvoli yaxshi)
xush – …( xush kelibsiz) – hush - (hushi boshidan uchdi)
xam –egildi (boshi xam bo‘ldi) – ham – so‘zlarni bog‘laydigan so‘z (Saida

ham Sojida keldi).

Mustaqil fikrlashga undovchi

2-tur

savol-topshiriqlar:

1. O‘ylang, x va h undoshlari so‘zlarda qanday o‘zgarishlar hosil qilar ekan?
2. O‘zbek tilidagi x va h harflari qaysi tovushlarni ifoda etadi? Fikringizni

asoslang.

3. X va h tovushlarining talaffuzida qanday farqni kuzatdingiz? So‘zlarni

yozishda ularni qanday farqlash mumkin?

X va h undoshlarining talaffuzi va imlosini mustahkamlovchi mashqlar.
“Tushirilgan harfni topib qo‘y!” o‘yini. Doskaga x va h harfi tushirilgan

so‘zlar terib qo‘yiladi. O‘quvchilar kesma x va h harflaridan mosini o‘rniga qo‘yib,
so‘zni o‘qiydi. Fikrini asoslaydi:
ba . o

. ato


Rasm diktant jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi va yozilishidagi farqni

o‘rgatishda o‘quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi. O‘qituvchi doska
tagligiga x va h undoshli narsalar rasmini terib qo‘yadi. O‘quvchilar ularning
nomini 2 guruhga ajratib yozadilar. Yozgan so‘zlarining talaffuzi va imlosini
asoslab beradi

3

.



background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

143

Fonetik ko‘nikmalarni shakllantirishning asoslari sifatida quyidagi tahlil
turlarini ko‘rsatish mumkin: 1.Barcha nutq uslublariga oid matnni so‘zning
tovush-harf tarkibi jihatidan tahlili. 2.Tahlilda og‘zaki talaffuz bilan yozma shakl
o‘rtasidagi nomuyanosiblikni aniqlash. 3.So‘zning talaffuzidagi farqlarning
yozma nutqqa ta`sirini izohlash. 4.Tahlil qilingan so‘zga o‘xshash so`zlar
guruhini to‘plash va ularni o‘zaro taqqoslash. Aslida tilning barcha bo‘limlarini
o‘rgatish til birliklaridan og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri foydalana olishga,
orfoepik, orfografik, punktuatsion va uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirishga
yo‘naltirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonuni.//Barkamol

avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq. 1997. -64. -20-29-b.
2.

S.Matchonov va b. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.:

Ishonchli hamkor. 2022. 535-bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonuni.//Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq. 1997. -64. -20-29-b.

S.Matchonov va b. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Ishonchli hamkor. 2022. 535-bet.