Авторы

  • Asilbek Normurodov
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash-2 fakul’teti talabasi
  • Abdixakim Karjavov
    Ilmiy rahbar: Samarqand davlat tibbiyot universiteti Samarkand, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.64632

Ключевые слова:

osmos osmotik bosim osmometriya yarim o’tkazuvchi membrana konsentratsiya eritma osmoregulatsiya

Аннотация

Ushbu maqolada osmos hodisasining biologik jarayonlardagi o’rni, hujayralarda suyuqlik balansining saqlanishi, osmotik bosimning fiziologik ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida osmotik bosimni o’lchash usuli - osmometriya  va osmoregulatsiya jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

134

OSMOS HODISASI VA UNING BIOLOGIK TIZIMLARDAGI O’RNI

Normurodov Asilbek Asqar o’g’li

Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash-2 fakul’teti talabasi

Karjavov Abdixakim Raxmonovich

Ilmiy rahbar:

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Samarkand, Uzbekistan

Email: asilbeknormurodov0607@gmail.com.,

arkarjavov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777282

Annotatsiya:

Ushbu maqolada osmos hodisasining biologik jarayonlardagi

o’rni, hujayralarda suyuqlik balansining saqlanishi, osmotik bosimning fiziologik
ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida osmotik bosimni o’lchash
usuli - osmometriya va osmoregulatsiya jarayonlariga ham alohida e’tibor
qaratiladi.

Abstract:

This thesis discusses the role of the osmosis phenomenon in

biological processes, the maintenance of fluid balance in cells, the physiological
importance of osmotic pressure.

During the research, special attention is paid to

the method of measuring osmotic pressure - osmometry and osmoregulation
processes.

Kalit so’zlar:

osmos, osmotik bosim, osmometriya, yarim o’tkazuvchi

membrana, konsentratsiya, eritma, osmoregulatsiya

Keywords:

osmosis, osmotic pressure, osmometry, semipermeable

membrane, concentration, solution, osmoregulation

Osmos hodisasi bu - erituvchining (diffuziya hisobiga) yarim oʻtkazgich

membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi kam boʻlgan eritmadan yoki
toza erituvchidan erigan modda konsentratsiyasi koʻp boʻlgan eritmaga oʻz-
oʻzidan oʻtish jarayonidir. Erituvchi (masalan, suv) osmos tufayli suyuqroq
eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi
orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu
hodisani dastlab 1748-yilda A. Nolle kuzatgan[4].

Osmos holatini toʻxtatish uchun eritmaga ta’sir ettirish zarur boʻlgan

bosim qiymatiga osmotik bosim (P) deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu
bosim eritma tarkibidagi moddalar konsentratsiyasini tenglashtirish uchun
suyuqlikning o’tishini to’xtatishga harakat qiladigan kuchdir.

Osmos uzluksiz jarayondir, chunki, biologik sistemalarda membranalar

yarim oʻtkazuvchan tabiatiga ega boʻladi. Organizm biologik suyuqliklaridan qon,
toʻqima suyuqligi, limfa va plazma ma’lum bir osmotik bosim qiymatiga ega.

Osmotik bosim organizm ichida eng muhim omillardan boʻlib, uning turli


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

135

qismlarida suv taqsimotini belgilaydi, uning qiymati doimiydir.

Suv va eruvchan

moddalar konsentratsiyasini kerakli darajada ushlab turadigan mexanizm -
osmoregulatsiya deb ataladi.[3]

Biologik suyuqliklar osmotik bosimining qiymatini oʻzgarmasligi uchun

odam va hayvon organizmiga faqat izotonik eritmalarni katta hajmda quyish
mumkin.

Agar hujayra tashqarisidagi eritmaning konsentratsiyasi hujayra

ichidagi konsentratsiyadan past bo‘lsa, hujayra tashqarisidagi suyuqlik hujayra
ichiga sizib o‘tib hujayra membranasini yorib yuborishi mumkin. Aksincha,

gipotonik (hypo – “nisbatan kam“) (osmotik bosimi kichik boʻlgan) eritmadan
foydanilsa, hujayralar ichiga ortiqcha suv kirib, shishi va yorilishi mumkin.

Aynan shu sababdan tomir ichiga yuborish uchun mo'ljallangan natriy xlor
eritmasini osmotik bosimini muvozanatlashtirish uchun izotonik eritmalari
tayyorlanadi. De-Friz izotonik eritmalarni tayyorlash natijasida quydagi qonuni
topadi: bir xil haroratda turli moddalarning bir xil molyar konsentratsiyada
olingan eritmalar bir xil osmotik bosimga ega bo’ladi.[5]

Hujayradan suv ajralib chiqishi plazmoliz, qisqarib qolgan hujayralarni

mos ravishda suyultirilgan eritmaga tushirilganda sodir bo‘ladigan teskari
jarayon (o‘z holiga qaytishi) deplazmoliz deyiladi.

Eritma natijasida hosil bo'ladigan osmotik bosim kattaligi erigan

moddalarning kimyoviy tabiatiga emas, balki miqdoriga bog'liq. Osmotik

bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi

va asosan polimerlarning molekulyar massasi aniqlanishi uchun ishlatiladi.[1]

Osmotik bosim qiymatini oʻlchash davomida quyidagi ikki qoida kelib

chiqadi:

1)

eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga toʻgʻri

proporsional boʻlishi;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

136

2)

osmotik bosim eritmaning absolyut haroratiga proporsional boʻlishi.

[2]

Biologik

tizimlarda,

masalan,

hayvon,

o‘simlik

hujayralari,

mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarda osmotik bosim ularning tarkibidagi
eritilgan moddalar, masalan, tuzlar, qandlar yoki boshqa ionlar soniga bog‘liq.
Hayvonlar va o‘simliklar hujayralarining suyuq muhitida osmotik bosim, suv va
tuz almashinuvi orqali turg‘unligini saqlashga yordam beradi.Biologik tizimlar
doimiy ravishda suv va ozuqa moddalarini atrof-muhit bilan almashib turadi.
Osmotik bosimni tartibga solish mexanizmi bo'lmasa yoki kasallik ushbu
mexanizmga zarar etkazganda, organizmda suyuqlik balansi buziladi va og’ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin.

NATIJALAR

Osmos

jarayoni

membranadan

ajratilgan

eritmalardagi

konsentratsiyalarini tenglashtirishdagi suvning xususiyatiga asoslangan. Bu
membrananing teshiklari shunchalik kichikki, ular orqali faqat suv molekulalari
o'tishi mumkin. Agar bunday gipotetik idishning bir qismida kontsentratsiya
oshsa, idishning ikkala qismidagi suyuqlik konsentratsiyasi teng bo'lmaguncha u
yerga suv oqa boshlaydi. Bu holatda, erigan moddalar daraxt tanasida
ko‘tarilishi noto‘g‘ri talqin qilinadi. Osmotik bosim suvni o‘simlik tanasida
ko‘taradi, degan tushuncha mavjud, ammo aslida o‘simliklardagi suv va erigan
moddalar ko‘tarilishi ho‘llash, kapilyarlik va sirt taranglik kabi jarayonlar bilan
bog‘liq. Kapilyarlar orqali suyuqliklarning hujayralararo taqsimlanishini osmos
jarayoni tushuntiradi. Osmotik bosim organizm ichida suv taqsimotini belgilaydi
va turli qismlar orasida bu jarayonni boshqaradi. Ko‘plab odamlar o‘simlik va
organizmlardagi ho‘llash hamda kapilyarlik hodisalarini osmotik bosim bilan
aralashtirib yuboradi, lekin aslida bu jarayonlar boshqacha mexanizmlar bilan
amalga oshadi. Osmotik bosim suvni o`simlik tanasida ko`taradi deb tushintiradi.

XULOSA

Osmos hodisasi biologik va kimyoviy jarayonlar uchun muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, suvning yarim o‘tkazuvchan membrana orqali tarqalishi
prinsipiga asoslanadi. Osmos jarayoni hujayralarning ichki muhitini
muvozanatda saqlash, organizmda suvsizlanish yoki ortiqcha suvdan saqlanish
kabi hayotiy jarayonlar uchun zarur. Hozirgi zamon ilm-fanida osmos hodisasi
haqida yanada chuqurroq tadqiqotlar olib borilmoqda, bu esa biologik tizimlar
va ularning funktsiyalarini yaxshiroq tushunishga yordam bermoqda. Shunday
qilib, osmos hodisasi nafaqat tabiiy, balki ilmiy va tibbiy sohalarda ham muhim
o‘rin tutadi va uning yuksak ilmiy asoslarida tadqiqotlar davom etmoqda.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

137

Foydalanilgan adabiyotlar va veb-saytlar ro’yhati:

1.

Libretexts Biology - Osmolarity and Osmotic Balance

2.

URL: 49.1: Osmolarity and Osmotic Balance - Biology LibreTexts

3.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION

International scientific-online conference - Osmos Hodisasi, Uning Ahamiyati va
Osmotik Bosimni Tadbiq Etish
4.

URL: https://interonconf.org/index.php/idre/article/view/6929/5974

5.

N.T. Alimxodjayeva, X.S. Tadjiyeva Z.A.Ikramova, G.G. Suleymanova. Tibbiy

kimyo 1-qism Bianorganik kimyo - Toshkent «IJOD-PRINT». 2019y.
6.

Academic Research in Educational Sciences - Osmos va Teskari Osmos

Hodisalarini Maktabda O’qitishda Klaster Metodi URL:
https://www.researchgate.net
7.

Madusmanova N.K, Xoshimxonova M.A, N.N. Mamatqulova “Analitik

kimyo” Toshkent “VNESHINVESPROM” . 2021y
8.

Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by

acetylene hydration //Известия НАН РК. Серия химии и технологии. – 2020.
9.

Karjavov A. R., Fayzullaev N. Determination of technological parameters of

producing vinylchloride from acetylene //AIP Conference Proceedings. – AIP
Publishing, 2024.
10.

Fayzullaev N. I., Akmalaev K. A., Karjavov A. Catalytic synthesis of acetone

from acetylene //The American Journal of Applied sciences. – 2020.
11.

Mustafoev A. I. et al. TECHNOLOGICAL FEATURES OF THE SELECTION OF

LOCAL RAW MATERIALS TO BE PREPARED ON THE BASIS OF A LARGE SOLAR
DEVICE //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. –
2023.
12.

Fayzullaev N., Pardaeva S. B. Cleaning of natural gas from sulphur

preservative compounds //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024.
13.

Fayzullaev N. I., Karjavov A. R., Yusupova S. S. Catalytic Synthesis of

Acetone Direct Acetylene Hydration //International Journal of Advanced Science
and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 05. – С. 4507-4514.

Библиографические ссылки

Libretexts Biology - Osmolarity and Osmotic Balance

URL: 49.1: Osmolarity and Osmotic Balance - Biology LibreTexts

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International scientific-online conference - Osmos Hodisasi, Uning Ahamiyati va Osmotik Bosimni Tadbiq Etish

N.T. Alimxodjayeva, X.S. Tadjiyeva Z.A.Ikramova, G.G. Suleymanova. Tibbiy kimyo 1-qism Bianorganik kimyo - Toshkent «IJOD-PRINT». 2019y.

Academic Research in Educational Sciences - Osmos va Teskari Osmos Hodisalarini Maktabda O’qitishda Klaster Metodi URL: https://www.researchgate.net

Madusmanova N.K, Xoshimxonova M.A, N.N. Mamatqulova “Analitik kimyo” Toshkent “VNESHINVESPROM” . 2021y

Fayzullayev N., Akmalaiuly K., Karjavov A. Catalytic synthesis of a line by acetylene hydration //Известия НАН РК. Серия химии и технологии. – 2020.

Karjavov A. R., Fayzullaev N. Determination of technological parameters of producing vinylchloride from acetylene //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024.

Fayzullaev N. I., Akmalaev K. A., Karjavov A. Catalytic synthesis of acetone from acetylene //The American Journal of Applied sciences. – 2020.

Mustafoev A. I. et al. TECHNOLOGICAL FEATURES OF THE SELECTION OF LOCAL RAW MATERIALS TO BE PREPARED ON THE BASIS OF A LARGE SOLAR DEVICE //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2023.

Fayzullaev N., Pardaeva S. B. Cleaning of natural gas from sulphur preservative compounds //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024.

Fayzullaev N. I., Karjavov A. R., Yusupova S. S. Catalytic Synthesis of Acetone Direct Acetylene Hydration //International Journal of Advanced Science and Technology. – 2020. – Т. 29. – №. 05. – С. 4507-4514.