ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TUZILADIGAN XIZMAT HUJJATLARI VA ULARNING TASNIFI

Аннотация

Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati turli-tuman hujjatlarni har kuni tuzish, rasmiylashtirish, oʻrganish bilan bogʻliq. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv fanida hujjat deganda, izlanishi, birovga topshirilishi, saqlanishi shaklida hujjatlar tizimida aylanishi mumkin boʻlgan har qanday axborot tashuvchisi tushuniladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
110-115
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yuldashev , I. . (2025). ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TUZILADIGAN XIZMAT HUJJATLARI VA ULARNING TASNIFI. Наука и инновации в системе образования, 4(2), 110–115. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/69981
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati turli-tuman hujjatlarni har kuni tuzish, rasmiylashtirish, oʻrganish bilan bogʻliq. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv fanida hujjat deganda, izlanishi, birovga topshirilishi, saqlanishi shaklida hujjatlar tizimida aylanishi mumkin boʻlgan har qanday axborot tashuvchisi tushuniladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

110

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TUZILADIGAN XIZMAT HUJJATLARI

VA ULARNING TASNIFI

Yuldashev Ikboljon Rakhimovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14934514

Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati turli-tuman hujjatlarni har

kuni

tuzish,

rasmiylashtirish,

oʻrganish

bilan

bogʻliq.

Yuqorida

ta’kidlaganimizdek, boshqaruv fanida hujjat deganda, izlanishi, birovga
topshirilishi, saqlanishi shaklida hujjatlar tizimida aylanishi mumkin boʻlgan har
qanday axborot tashuvchisi tushuniladi.

Hujjat – matn, ovoz yozuvi yoki tasvir koʻrinishida yoxud elektron shaklda

qayd etilgan axborotga ega boʻlgan hamda saqlash va jamiyatda foydalanish
maqsadlarida vaqt va makonda birovga topshirishga moʻljallangan moddiy
obyekt

1

.

Demak, hujjatning asosiy vazifasi zarur axborotni qayd etish va saqlashdan

iborat. Masalan, ichki ishlar organlarida tuziladigan hujjatlarda operativ vaziyat,
ayrim xizmat va boʻlinmalar faoliyatining natijalari, huquqbuzarliklar sodir
etgan, sud va tergovdan yashiringan shaxslar haqidagi ma’lumotlar boʻladi.
Hujjatlarda qayd etilgan ushbu axborotdan ichki ishlar organlarining xodimlari
yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilishda, ularni hal qilish choralarini
ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanadilar.

Ichki ishlar organlarining boshqaruv (ichki tashkiliy) faoliyatida

hujjatlarning ahamiyatini koʻrib chiqib, aytish mumkinki, ular boshqaruv
jarayonining barcha funksiyalarini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Masalan,
rejalashtirish, tashqaridan qaraganda, organning boʻlinma uchun tuzgan rejasida
oʻz ifodasini topadi. Boshqaruvning nazorat qilish funksiyasini amalga oshirish
odatda tekshiruv haqida dalolatnoma yoki ma’lumotnoma, bajarilgan ish haqida
hisobot kabilar tuzish bilan yakunlanadi. Ayni paytda hujjatni koʻrib chiqish
boshqaruv jarayonining funksiyalarini amalga oshirish shakli sifatida barcha
hollarda ham har bir funksiyaning amalga oshirilishi hujjatlar tuzish bilan
kechishi kerakligini bildirmaydi. Hujjat – boshqaruv faoliyatini amalga oshirish
shakllaridan biri, xolos. Toʻgʻri tashkil qilingan boshqaruv eng zarur hujjatlar
toʻplami bilan cheklanishi, boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishning
hujjatsiz shakllaridan keng foydalanishi kerak.

Ichki ishlar organlarida tuziladigan hujjatlar ichki ishlar organlarining

oʻzaro, boshqa organlar, tashkilotlar va fuqarolar bilan aloqa qilish vositalaridan

1


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

111

biri boʻlib, aloqa funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichki ishlar organlarining
xodimlari xizmat xatlari orqali boshqa organ va tashkilotlardan zarur axborotni
soʻrab oladilar, ularga huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi
sharoitlarni bartaraf etish haqida takliflar yuboradilar, fuqarolarga ularning
arizalari yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqida xabar beradilar va h.k[1].

Boshqaruv faoliyatida hujjatlashtirishning quyidagi tizimlari mavjuddir.
1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibida quyidagilar mavjuddir:

tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo‘riqnomalar);

farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);

ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozishmalari, tushuntirish

xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar, bayonnomalar va hokazolar);

personal boʻyicha hujjatlar (xodimlar bo‘yicha buyruqlar, mehnat

shartnomasi, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi. Anketa, tarjimayi hol,
tavsiyanoma, pensiya bo‘yicha hujjatlar).

fuqarolar murojaatlari boʻyicha hujjatlar.

2. Reja hujjatlari (kadrlar masalalari boʻyicha reja topshiriqlari yoki

mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga haq toʻlash,
kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha rejalar).

3. Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti balansi, ish haqi,

mehnat unumdorligi, ishdan boʻshatish va hokazolar boʻyicha statistika
hisobotlari).

4. Ijtimoiy ta’minot bo‘vicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, ijtimoiy

sug‘urta va hokazolarga oid hujjatlar).

Hujjatshunoslikda ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Boshqaruv axborotining sifatiga kоʻra:
kirim;
chiqim.
2. Faoliyat turiga kоʻra:
ma’muriy va umumiy savollar bo‘yicha;
moliyaviy-hisob jarayonlari;
ta’minot va savdo bo‘yicha;
personal xodimlar bo‘yicha.
3. Mazmuniga kоʻra:
sodda hujjatlar;
murakkab hujjatlar.
4. Yaratilish davriga ko‘ra:
ichki hujjatlar;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

112

tashqi hujjatlar.
7. Belgisiga ko‘ra:
qoralama;
asl nusxa;
nusxa;
erkin nusxa;
ko‘chirma;
ikkinchi nusxa.
8. Mazmun bayonining shakliga kоʻra:
shaxsiy hujjatlar;
qolipli hujjatlar;
namunali hujjatlar.
9. Hujjatlar tegishlilik jihatiga kоʻra:
xizmat yoki rasmiy hujjatlari;
xususiy hujjatlar.
10. Bajarilish muddatiga kоʻra:
shoshilinch hujjatlar
noshoshilinch hujjatlar.
11. Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga kоʻra:
tashkiliy hujjatlar;
farmoyish hujjatlari;
ma’lumotsimon axborot hujjatlari;
xizmat yozishmalari[2].
Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada boʻlmasligi

xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan
doimiy tarkib mavjud boʻlsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin boʻladi.

Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan

bogʻliq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan
matnlarni oʻz ichiga oladi.

Ichki ishlar organlarida xizmat hujjatlari quyidagi huquqiy jihatlardan

muhim hisoblanadi:

Qonuniylik va tartibga solish - ichki ishlar organlari faoliyatini rasmiy

hujjatlar orqali belgilaydi va tartibga soladi; Harakatlar hujjatlar asosida amalga
oshirilgani sababli qonuniylikni ta’minlaydi.

Huquqiy dalil sifatida xizmat qilishi - bayonnoma, dalolatnoma, protokol

kabi hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lib, sud va tergov jarayonlarida dalil sifatida


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

113

qo‘llaniladi; xizmat hujjatlarida aks etgan ma’lumotlar qaror qabul qilish uchun
asos bo‘lishi mumkin.

Mas’uliyatni belgilash - hujjatlar xodimlarning majburiyatlari va javobgarlik

doirasini belgilaydi; qaror va buyruqlar asosida xodimlarga topshiriqlar
yuklatiladi, ularning bajarilishi nazorat qilinadi.

Hisobot va monitoring vositasi - ichki ishlar organlarining faoliyati

yuzasidan tahlil qilish va hisobot yuritish imkoniyatini beradi; hujjatlar orqali
amalga oshirilgan ishlarning natijalari baholanadi[3].

Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida quyidagi xizmat

hujjatlari qoʻllaniladi: buyruq, farmoyish, koʻrsatma, nizom, qoʻllanma,
yoʻriqnoma, reja, hisobot, ma’ruza, xabarnoma, bayonnoma, dalolatnoma,
bildirgi, telegramma, xizmatga oid xat, ma’lumotnoma, yozma buyruq.

Xizmat hujjatlariga har qanday uslubda bajarilgan matnli va grafik

koʻrinishdagi: qoʻlda yozilgan, rasm koʻrinishida tayyorlangan, chizilgan, yozuv
mashinkasida (printerda) bosib chiqarilgan, nashriyot yoki boshqa uslubda
nashr etilgan materiallar kiradi.

Ichki ishlar organlarida xizmat hujjatlari muhim axborot vositasi bo‘lib,

ularning rasmiy yuritilishi va saqlanishi tartibga solingan. Ushbu hujjatlar ichki
ishlar organlarining faoliyatini huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash uchun xizmat qiladi.

Xizmat hujjatining loyihasini tuzishda ishni dastlab, tartibga solinishi koʻzda

tutilayotgan masalaning mohiyatini, ushbu masala boʻyicha amaldagi
qonunchilik, buyruqlar, koʻrsatmalar va ma’lumotnoma materiallarni oʻrganib
chiqishdan boshlanishi lozim.

Xizmat hujjatlarining loyihalari alohida qogʻoz varaqlarida yoki kompyuter

vositalarida tayyorlanadi.

Xizmat hujjatlari yuridik shaxs – ichki ishlar organlari nomidan

tayyorlanadi. Xizmat hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatga olishda hujjatlarning
qonuniyligi va imkon qadar maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi, ularning
tezkor ijro etilishiga imkon beruvchi qoidalarga rioya etilishi lozim

2

.

Xizmat hujjati quyidagi talablarga javob berishi lozim:

amaldagi qonunchilikka, buyruqlarga, koʻrsatma va boshqa yuqori

turuvchi boshliqlarning boshqaruv hujjatlariga mos kelishi;

avvalgi chiqarilgan hujjatlarda mavjud boʻlgan talablarning

qaytarilmasligi, zaruriyat boʻlganda ularga ilova tarzida tayanish;

ilgari chiqarilgan hujjatlarda oʻrnatilgan me’yor va qoidalarga

2


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

114

oʻzgartirishlar kiritilishi;

qisqa, aniq boʻlib, turli xil talqin qilishlarni keltirib chiqaruvchi

jumlalardan foydalanilmagan holda tayyorlanishi;

quyidagi shaklda tayyorlanishi: hujjatning nomlanishi (buyruq,

farmoyish va h.k.), hujjatning sarlavhasi (xizmat doirasidagi xatlar bundan
mustasno), mazmunining bayoni, hujjatning tasdiqlanishi (imzo, muhr bosilishi),
sana, hujjat yuboriladigan man-zilning koʻrsatilishi (zarurat boʻlganda)[4].

Xizmat hujjatlarini tuzish talablariga koʻra quyidagilar bosh harf bilan

yoziladi:

davlat hokimiyatining oliy organlari va davlat boshqaruvi organlari

nomlaridagi

barcha

soʻzlar

(O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi);

Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining rasmiy nomlarida, respublika

vazirliklari, organlari, davlat qoʻmitalari nomlaridagi birinchi soʻzlar (Mudofaa
vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi);

Vazirlar Mahkamasi soʻzi hukumat organi sifatida ham birlik ham

koʻplik shaklida keladi. Qisqartirishga (masalan VM) yoʻl qoʻyilmaydi;

viloyat, shahar va tumanlar, kasaba uyushmalari va xoʻjalik organlari

nomlaridagi joyning geografik nomlanishi;

oliy hukumat lavozimlari, respublika tashkilotlari va markaziy

muassasalar rahbarlarining lavozimlari nomlari (OʻR Bosh vaziri, OʻR Mudofaa
vaziri)[5].

Umumiy xulosa sifatida shuni aytish lozimki, ichki ishlar organlarida xizmat

hujjatlari yuritilishi bu organlarning samarali faoliyati uchun muhim jarayon
hisoblanadi. Biroq, bu jarayonda turli muammolar yuzaga kelishi mumkin, ularni
bartaraf etish esa tizimning ishini yanada takomillashtirishga olib keladi.
Xodimlarning

malakasini

oshirish,

hujjatlar

yuritish

jarayonini

standartlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ushbu
muammolarni hal qilishning asosiy yo'llaridir. Shuningdek, xizmat hujjatlari
ichki ishlar organlarining rasmiy ish yuritish tizimining ajralmas qismi bo‘lib,
ularning huquqiy ahamiyati juda katta. Ular qonuniylikni ta’minlash, mas’uliyat
doirasini belgilash va huquqiy dalil sifatida xizmat qilish vazifasini bajaradi.
Hujjatlarning yuritilishi esa O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, jinoyat-
protsessual va ma’muriy kodekslar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining
me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

115

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ichki ishlar organlarida boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari:

Darslik / I. Ismailov,D.S.Muxamadaliev, E.U. Azizov; mas’ul Muharrir B.A.
Matlyubov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – 616 b.
2.

Davlat tilida ish yuritish: amaliy qo‘llanma / M.Aminov va bosh. - Т.:

«O‘zbekiston nashriyoti» DUK, 2020. –b.16
3.

Yuldashev, I. (2025). System of organization and coordination of legal

awareness activities of internal affairs bodies. In international bulletin of applied
science and technology (Vol. 5, Number 2, pp. 110–115). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14849920
4.

Ish yuritish (yuridik texnikumlar uchun darslik) / Mualliflar jamoasi: N.

Imomov, O. Oqyulov, Q. Mehmonov, A. Tojiboyev, U. Shonazarov. – Toshkent:
TDYU, 2020. – 135 b.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999 yildagi 140-

son “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish
yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash
haqida” qarori

Библиографические ссылки

Ichki ishlar organlarida boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari: Darslik / I. Ismailov,D.S.Muxamadaliev, E.U. Azizov; mas’ul Muharrir B.A. Matlyubov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – 616 b.

Davlat tilida ish yuritish: amaliy qo‘llanma / M.Aminov va bosh. - Т.: «O‘zbekiston nashriyoti» DUK, 2020. –b.16

Yuldashev, I. (2025). System of organization and coordination of legal awareness activities of internal affairs bodies. In international bulletin of applied science and technology (Vol. 5, Number 2, pp. 110–115). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14849920

Ish yuritish (yuridik texnikumlar uchun darslik) / Mualliflar jamoasi: N. Imomov, O. Oqyulov, Q. Mehmonov, A. Tojiboyev, U. Shonazarov. – Toshkent: TDYU, 2020. – 135 b.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999 yildagi 140-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” qarori