Авторы

  • G.U. Abdulxay
    Guliston Davlat Universiteti Psixalogiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kaferdasi dotsenti
  • Kamola Gadoyeva
    2-kurs Tarix yo‘nalishi 62-23 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.78928

Ключевые слова:

Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayot Qora uy iqtisodiy o‘zgarishlar siyosiy bosim mustamlaka siyosati chorvachilik qishloq xo‘jaligi Rossiya imperiyasi ta’lim madaniyat.

Аннотация

Ushbu tezisda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Qoraqalpoq xalqining turmushi, madaniyati, an’analari va ularning o‘zgarish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining asosiy jihatlari, o‘ziga xos urf-odatlar, qo‘shiqlar, raqslar, kiyim-kechak va maishiy texnikaning rivojlanishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, bu davrda Qoraqalpoq xalqining o‘zini ifodalash shakllari, uning san’ati va diniy hayoti hamda o‘zgarishlarga olib kelgan tarixiy va ijtimoiy jarayonlar ko‘rib chiqiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

40

XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA

QORAQALPOQLARNING TURMUSHI VA MADANIYATI

G.U.Abdulxay

Guliston Davlat Universiteti

Psixalogiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

Tarix kaferdasi dotsenti

Gadoyeva Kamola

2-kurs Tarix yo‘nalishi 62-23 guruh

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15211871

Annotatsiya:

Ushbu tezisda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr

boshlarida Qoraqalpoq xalqining turmushi, madaniyati, an’analari va ularning
o‘zgarish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy hayotining asosiy jihatlari, o‘ziga xos urf-odatlar, qo‘shiqlar, raqslar,
kiyim-kechak va maishiy texnikaning rivojlanishi masalalari yoritiladi.
Shuningdek, bu davrda Qoraqalpoq xalqining o‘zini ifodalash shakllari, uning
san’ati va diniy hayoti hamda o‘zgarishlarga olib kelgan tarixiy va ijtimoiy
jarayonlar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Qoraqalpoqlar, ijtimoiy hayot, Qora uy, iqtisodiy o‘zgarishlar,

siyosiy bosim, mustamlaka siyosati, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi, Rossiya
imperiyasi, ta’lim, madaniyat.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo va uning tarkibidagi xalqlar

uchun ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan muhim oʻzgarishlar davri bo‘ldi. Bu
davrda, ayniqsa, Qoraqalpoq xalqi o‘zining tarixiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy
hayotida katta o‘zgarishlarga duch keldi. Qoraqalpoqlar asosan chorvachilik va
qishloq xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiy hayot tarziga ega edi. Biroq, XIX asrning
oxiri – XX asr boshlarida bosqinchilik siyosati va mustamlaka tizimi tufayli
iqtisodiy hayotda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Qishloq xo‘jaligi va savdo-
sotiqning yangi shakllari, shuningdek, yer va resurslarga boʻlgan qarama-
qarshiliklar ham kuchaygan.

Siyosiy hayotda, ruslar tomonidan olib borilgan mustamlaka siyosati va

amaldagi siyosiy tizim o‘zgarishlarga olib keldi. Qoraqalpoqlar o‘z huquqlarini
himoya qilish, erkinlik va ozodlik uchun bir qancha harakatlar ko‘rsalar ham, bu
harakatlar ko‘pincha bostirilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpoq ijtimoiy tuzilmasida qishloq jamoalari va

urug‘lar o‘rtasidagi an'anaviy aloqalar, yer egaligi va ijtimoiy tabaqalanish tizimi
o‘zgarishlar va yangi ijtimoiy-iqtisodiy realiyalarga moslashishga harakat qildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

41

Biroq, o‘zining madaniy merosi va urf-odatlarini saqlab qolgan holda,
Qoraqalpoq xalqi o‘zining tarixiy yo‘lini davom ettirishga intildi.

Asosiy qism

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Qoraqalpoq xalqining turmushi

va madaniyati bir qancha o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bu davrda ular
o‘zining an’anaviy hayoti va madaniyatini saqlab qolishga harakat qilib, shu
bilan birga yangi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashishdi. Qoraqalpoq
xalqi, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lib, bu
ularning iqtisodiy hayotining asosiy yo‘nalishlari edi. Shu bilan birga,
hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘plab turli kasblar,
jumladan, temirchilik, to‘qimachilik va gilamchilik rivojlangan edi.

Iqtisodiy hayot va mehnat taqsimoti: XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr

boshlarida Qoraqalpoq jamiyatida iqtisodiy hayotning boshliqlari sifatida
dehqonchilik va chorvachilik turgan. Qoraqalpoqlar o‘zlarining maydonlarida
bug‘doy, arpa, paxta, sholi va boshqa ekinlarni yetishtirganlar. Ayni paytda,
cho‘ponlar chorva boqish bilan shug‘ullangan, bu esa ularning turmush tarzini
shakllantirgan. O‘zgaruvchan iqlim sharoitlari va erlarning suv bilan
ta’minlanishi, ayniqsa, o‘zgaruvchan sharoitda, bu sohaga bog‘liq muammolarni
keltirib chiqardi. Shu bilan birga, bu davrda chorvachilikning ko‘plab turlari,
masalan, qo‘y, sigir va echkilar boqilgan.

Qoraqalpoqlar mehnat taqsimoti va ijtimoiy tuzilishga amal qilib

yashashgan. Qishloqlarda, asosan, dehqonlar va chorvadorlar, shuningdek, turli
hunarmandlar yashagan. Erkaklar ko‘proq qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan
shug‘ullangan bo‘lsa, ayollar oilaviy ishlarda, uy-ro‘zg‘or ishlarida, oziq-ovqat
tayyorlashda va boshqa kundalik hayotda faol bo‘lishgan. Ularning roli juda
katta edi, ayniqsa, oilaning farovonligi va kundalik hayoti ayollar yordamida
tashkil etilgan.

Qoraqalpoqlar o‘zlarining boy madaniy an’analari bilan ajralib turadi.

Madaniyatning muhim qismlaridan biri – bu xalq musiqasi va san’ati. XIX
asrning oxiri va XX asr boshlarida xalq musiqasi, xususan, dostonlar, qo‘shiqlar
va o‘yinlar taraqqiy etdi. Qoraqalpoq musiqa san’ati o‘zining yuksak melodik va
ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, qadimiy musiqiy
asboblar, masalan, dutor, g‘ijjak va tambur kabi asboblar keng tarqalgan edi.
Qoraqalpoq xalqining dastlabki o‘ziga xos musiqiy janrlaridan biri –
“maqomlar”dir.

Raqslar ham Qoraqalpoq madaniyatida muhim o‘rin tutadi. Qoraqalpoq

raqslarida turli davrlar va ijtimoiy qatlamlarga tegishli o‘ziga xos


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

42

xarakteristikalar mavjud bo‘lib, ular milliy bayramlar, to‘ylar va boshqa ijtimoiy
tadbirlarda ifodalangan.

Qoraqalpoqlarning an’anaviy kiyimlari o‘ziga xos va go‘zal bo‘lib, ular

asosan ipak va jun matolaridan tayyorlangan. Erkaklar turli xil turli shakldagi
uzun ko‘ylak va shim kiyishgan, ayollar esa ko‘pincha turli xil bezaklar va
naqshlar bilan bezatilgan uzun kiyimlar kiyishgan. Kiyimlarning nafaqat
go‘zalligi, balki ular ma’lum ijtimoiy tabaqalarga tegishli ekanligini ko‘rsatib
turadi.

Qoraqalpoq xalqining madaniyatida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. XIX

asrning oxirida va XX asrning boshlarida Islom dini Qoraqalpoqlar orasida keng
tarqalgan bo‘lib, ular musulmon edilar. Diniy an’analar, namozlar va ro‘za kabi
diniy marosimlar xalqning kundalik hayotiga chuqur kirib borgan. Shu bilan
birga, diniy tashkilotlar, masalan, madrasalar, mahalla masjidlari va hokazo,
aholining diniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.

Qoraqalpoq xalqining diniy e’tiqodi, uning madaniyati va urf-odatlari bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘plab diniy marosimlar xalqning turmush tarziga,
oilaviy hayotiga va jamoaviy tadbirlarga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga,
islomdan avvalgi qator an’analar, masalan, tabiatga sig‘inish va shamanizm, ba’zi
joylarda hali ham saqlanib qolgan.

Qoraqalpoqlar orasida ijtimoiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega bo'lgan

an’analar mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha mahalliy jamoalarning bir-biriga yordam
berishlari, xususan, qishloqdan qishloqqa ko‘chib kelganlarga yordam berish,
oziq-ovqat va moddiy yordamni taqdim etish kabi faoliyatlar orqali o‘zaro
hamkorlik qilishgan.

Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan qoraqalpoqlar

milliy turmush va madaniyatini saqlab qola oldi. Ularning makonlari yer va suv
sharoitiga mos shakllandi. Turar joylari hovli, xona, qora uy bo‘lib, ularni ko‘rish
uchun oq terak, oq tol, qamish, turang‘il qo‘llanilgan. El o‘rtasida masjid-
madrasalar qurilgan, quduqlar, to‘y o‘tqaziladigan joylar ovuldan chekkarida
bo‘lgan. XlX asrda turar joylar tosh chiroq bilan yoritilib, ularga o‘simlik moyi
quyilgan.

Qoraqalpoqlarda neke urug‘ ichida emas, boshqa urug‘dan bo‘lgan.

Nekelesiu aklay kuda (tug‘ilmagan bolaning ota-onasi o‘zaro vadalashadi), jaslay
kuda (oyttirib oladi) orqali bo‘lgan. Kuyov vafot etsa yangasi qaynisiga yoki
qaynakasiga turmushga chiqadi. Qiz olib qochish odati ham bo‘lgan. Qizni ko‘p
odamlar oyttirib kelgan, lekin masala qiz roziligi bilan hal qilingan. Nekege
kelishuvga “qalin pulga” mol berilgan. Uzatilgan qiz kurpa-toshak, sandiq,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

43

qozon-tovoq, kiyim-kechaklarni “qalin pul” hisobidan olgan. Uzatilgan qizga
atab o‘tov qurilgan. Qoraqalpoq kiyimlarida insonning yoshi, kasbi, uylangani,
turmushga chiqqan yoki chiqmagani ifodalangan. Qoraqalpoqlar paxta, jun,
ipakdan to‘qilgan gazlamadan, qo‘y-echki terilaridan ishlangan kiyimlar kiygan.
Erkaklarning kiyimi po‘stin, chopan, chakmon, bo‘lgan,do‘ppi, chugirma, degeley
deb nomlanuvchi bosh kiyim kiygan. Qoraqalpoq qizlari yoshligidan uy
ishlariga, milliy hunarga o‘rgatilgan, naqshsiz kiyim kiymagan. Uzatilgan qiz
saukele kiygan.

XX asr boshida Amudaryo bo‘limida 58 ta madrasa bo‘lgan. Qaraqum eshon

madrasasi, Tosh madrasa yirik madrasalardan hisoblangan.1907-yili Petro-
Aleksandrovsk, Xujayli, Kung‘irot qal’alarida “yangi usul” maktabi tashkil etilgan.
1917- yil arafasida savodsizlik darajasi 10-15 foiz bo‘lgan.

Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibidagi Amudaryo

bo‘limi hududida yashovchi qoraqalpoqlar san’ati mustamlaka sharoitida
yashovchanligini ko‘rsatdi. “Qoraqalpoqlar xotirasida, - deb yozgan edi qozok
elshunosi Ch.Valixanov - minglab hikoyalar, qissalar, qo‘shiqlar saqlangan”.
Ularning ichida eng mashhuri “Alpomish”, “Koblan”, “Edige”, “Shariyor”,
“Ershuro”, “Qirq-qiz” dostonlari bo‘lgan. Ularning ijrochilari jirovlar, baxshilar va
qissaxonlar favqulodda shoirona qobiliyatga ega bo‘lishgan. Ular tufayli uzoq
o‘tmishdagi xalq og‘zaki ijodi namunalari avloddan-avlodga o‘tib, bizgacha yetib
kelgan.

Qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos milliy qadriyatlaridan biri o‘tov – qora uy

hisoblanadi. Qora uy o‘zining qurilishi, ko‘rinishi bilan boshqa xalqlar o‘tovidan
ajralib turadi.Bugunda qora uylardan hudud turistik salohiyatini oshirishda keng
foydalanilmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat
muzeyida, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida qoraqalpoq
o‘toviga barcha buyum va uskunalari bilan maxsus o‘rin ajratilgan. Shuningdek,
Ayozqal’a, Tuproqqal’a kabi qator tarixiy yodgorliklar va Orol dengizi bo‘ylarida
ham o‘tovlar tikilgan.O‘tov tiklashda ishlatiladigan ashyolar tayyorlaydigan
ustalarni “uychi” deyishadi. Bu kasb ularga ota meros.

Qora uy 3 bosqichda ishlanadi – dastlabki bosqich kerege (yog‘och panjara),

undan so‘ng shaniroq (qora uyning tom qismi), so‘nggi bosqich uviq (tirgak), deb
yuritiladi. Shaniroq – qora uyning eng muhim qismi bo‘lib, u gumbazsimon
doiradan iborat. Shaniroqning o‘rtasiga egilib ishlangan ikki qatorli yarim doira
yog‘och “to‘g‘in” deyiladi. Aynan ushbu to‘g‘in qora uyni boshqa xalqlar o‘tovidan
ajratib turadi. Qora uyning yana bir qismi erganak, ya’ni, eshik deb ataladi. Uni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

44

boshqa usta ishlaydi. Erganak o‘yma naqshlar bilan bezaladi va qizil rangga
bo‘yaladi.

Qora uyning 6, 8, 12 qanotli turlari bor. 5 qanotli uylar kam uchraydi. Odatda,

6 qanot uylar yosh oilalar uchun maxsus tikilgan. 8 qanotli uylar esa oiladagilar
soni ko‘payganidan so‘ng tikilgan.

Eng yirik – 12 qanotli uy qishloq tashqarisidagi “Maslahat tepa”ga tikilib,

unda og‘alar, ya’ni biylar va beklar el-yurt taqdiri bilan bog‘liq muhim masalalarni
hal qilish uchun yig‘ilgan. Qora uy bezak buyumlarining barchasi qo‘lda ishlangan,
ya’ni o‘rmakda to‘qilgan. Kigiz asosan qo‘y, arqon esa tuya junidan tayyorlangan.

Xulosa:

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Qoraqalpoq xalqining turmushi

va madaniyati sezilarli o‘zgarishlarga duchor bo‘lsa-da, ular o‘z milliy
xususiyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Iqtisodiy va madaniy hayotda
yuzaga kelgan yangiliklar, xalqning o‘zini ifodalash shakllarini rivojlantirdi.
Ammo, bu davrda xalqning an’anaviy qadriyatlari va urf-odatlari hamon muhim
rol o‘ynab, xalqning turmush tarzini shakllantirishda asosiy o‘rinni egalladi.
Qoraqalpoqlarning madaniyati va turmushi, shu davrda yuz bergan
o‘zgarishlarga qaramay, o‘zining o‘ziga xosligini va boyligini saqlab qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bekmurodov. A. Qoraqalpoq xalqi: Tarixiy rivojlanish va madaniyat. –

Nukus., Qoraqalpoq davlat nashriyoti. 2013.
2.

Sadriddinov. T. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. – Toshkent.,

Fan va texnologiyalar nashriyoti. 2005.
3.

Xodjayev. N. Qoraqalpoq folklori va madaniyati. – Nukus., Qoraqalpoq

davlat Universiteti nashriyoti. 2010.
4.

O‘zbekiston

yangi

tarixi.

1-kitob.

Turkiston

Chor

Rossiyasi

mustamlakachiligi davrida. – Toshkent., 2000.
5.

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO’RBOSHILAR

HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.
6.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG’ONA VODIYSIDAGI

ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.
7.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ

КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).
8.

Сангирова, Д. Х. (2000). Тарихи Азизи. важный источник по истории

изучения царского колониального периода: автореф.... канд. ист. наук.
Ташкент, 1-2.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

45

9.

Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18),

27.
10.

Sangirova, D. K. (2000). Tarikhi Azizi. vaznyi istochnik po istorii

izucheniya tsarskogo colonial’nogo perioda.
11.

Абдушукурова, И. К., & Самадов, Б. К. (2016). О мерах по борьбе

против торговли людьми. Научный журнал, (6 (7)), 140-141.
12.

Абдушукурова, И. К. (2018). Роль и место семьи в формировании

патриотизма и гражданской позиции у молодежи. Вопросы науки и
образования, (8 (20)), 184-185.
13.

Абдушукурова, И. К. (2017). Воспитание студентов в аспекте

молодежной политики. Достижения науки и образования, (6 (19)), 77-78.
14.

Kudratov, D. (2023). ABOUT THE SHRINE OF KHOJAMUSKENT FATHER IN

JIZZAH OASIS. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research,
3(12), 73-78.
15.

Қудратов, Д. (2022). IX-XIV АСРНИНГ ЎРТАЛАРИ ШАҲАРЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ. RESEARCH AND EDUCATION, 236.
16.

Qudratov, D. (2021). PECULIARITIES OF THE FIRST URBANIZATION

PROCESSES IN THE FERGANA VALLEY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
HISTORY, 2(12), 13-16.
17.

Alibekov, U., & Rayimjonov, I. (2024). TURKIY XALQLARNING KELIB

CHIQISHI XIX ASR SHARQSHUNOSLARINING TALQINIDA. Elita. uz-Elektron
Ilmiy Jurnal, 2(1), 267-270.
18.

Алибеков, У., & Умарова, А. (2021). Образ волка в тотемистических и

этномифологических воззрениях тюркских народов. Общество и
инновации, 2(5/S), 39-48.
19.

Алибеков, У. Ю. (2016). Земледельческие обычаи и обряды в

этноэкологической

культуре

народов

Узбекистана.

Проблемы

современной науки и образования, (11 (53)), 46-47.
20.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi.

International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7),
540-545

Библиографические ссылки

Bekmurodov. A. Qoraqalpoq xalqi: Tarixiy rivojlanish va madaniyat. – Nukus., Qoraqalpoq davlat nashriyoti. 2013.

Sadriddinov. T. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. – Toshkent., Fan va texnologiyalar nashriyoti. 2005.

Xodjayev. N. Qoraqalpoq folklori va madaniyati. – Nukus., Qoraqalpoq davlat Universiteti nashriyoti. 2010.

O‘zbekiston yangi tarixi. 1-kitob. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkent., 2000.

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO’RBOSHILAR HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG’ONA VODIYSIDAGI ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).

Сангирова, Д. Х. (2000). Тарихи Азизи. важный источник по истории изучения царского колониального периода: автореф.... канд. ист. наук. Ташкент, 1-2.

Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18), 27.

Sangirova, D. K. (2000). Tarikhi Azizi. vaznyi istochnik po istorii izucheniya tsarskogo colonial’nogo perioda.

Абдушукурова, И. К., & Самадов, Б. К. (2016). О мерах по борьбе против торговли людьми. Научный журнал, (6 (7)), 140-141.

Абдушукурова, И. К. (2018). Роль и место семьи в формировании патриотизма и гражданской позиции у молодежи. Вопросы науки и образования, (8 (20)), 184-185.

Абдушукурова, И. К. (2017). Воспитание студентов в аспекте молодежной политики. Достижения науки и образования, (6 (19)), 77-78.

Kudratov, D. (2023). ABOUT THE SHRINE OF KHOJAMUSKENT FATHER IN JIZZAH OASIS. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 3(12), 73-78.

Қудратов, Д. (2022). IX-XIV АСРНИНГ ЎРТАЛАРИ ШАҲАРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ. RESEARCH AND EDUCATION, 236.

Qudratov, D. (2021). PECULIARITIES OF THE FIRST URBANIZATION PROCESSES IN THE FERGANA VALLEY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF HISTORY, 2(12), 13-16.

Alibekov, U., & Rayimjonov, I. (2024). TURKIY XALQLARNING KELIB CHIQISHI XIX ASR SHARQSHUNOSLARINING TALQINIDA. Elita. uz-Elektron Ilmiy Jurnal, 2(1), 267-270.

Алибеков, У., & Умарова, А. (2021). Образ волка в тотемистических и этномифологических воззрениях тюркских народов. Общество и инновации, 2(5/S), 39-48.

Алибеков, У. Ю. (2016). Земледельческие обычаи и обряды в этноэкологической культуре народов Узбекистана. Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 46-47.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 540-545