O‘QUVCHILARDA INTERNET XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA XAVFSIZ AXBOROT OLISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqola o‘quvchilarda internet xavfsizligini ta’minlash va xavfsiz axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligini yoritadi. Tadqiqotda internetda xavf-xatarlardan himoya qilish, axborotning to‘g‘riligini va ishonchliligini aniqlash, shuningdek, o‘quvchilarga internet xavfsizligi va axborot olish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish usullari tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning internet xavfsizligi bo‘yicha bilim darajasi va ularning axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodologiyalar va pedagogik yondoshuvlar keltirilgan.