ISAJON SULTON IJODIDA MILLIY RUH

Abstract

Yozuvchi Isajon Sulton badiiy uslubining o‘ziga xosligi asar qahramonlari nutqida duo, olqish, qarg‘ish kabi folklorizmlarni qo‘llashda, maqol va matallar, turg‘un iboralar kabi oddiy; analitik, sintezlashgan va stilizatsiya xarakteridagi murakkab folklorizmlardan foydalanishda ko‘rinishi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limi yig‘inlarida yosh ijodkorlarga o‘tilgan mahorat darslarida, shuningdek, ijodiy seminarlarda o‘qilgan ma’ruzalarda foydalanilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
98-106
67

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qudratova , S. . (2024). ISAJON SULTON IJODIDA MILLIY RUH. Science and Innovation in the Education System, 3(14), 98–106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/61032
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Yozuvchi Isajon Sulton badiiy uslubining o‘ziga xosligi asar qahramonlari nutqida duo, olqish, qarg‘ish kabi folklorizmlarni qo‘llashda, maqol va matallar, turg‘un iboralar kabi oddiy; analitik, sintezlashgan va stilizatsiya xarakteridagi murakkab folklorizmlardan foydalanishda ko‘rinishi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limi yig‘inlarida yosh ijodkorlarga o‘tilgan mahorat darslarida, shuningdek, ijodiy seminarlarda o‘qilgan ma’ruzalarda foydalanilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

98

ISAJON SULTON IJODIDA MILLIY RUH

Shahnoza Qudratova

Magistrant

A Navoiy universitetida

https://doi.org/10.5281/zenodo.14524796

Annotatsiya:

Yozuvchi Isajon Sulton badiiy uslubining o‘ziga xosligi asar qahramonlari

nutqida duo, olqish, qarg‘ish kabi folklorizmlarni qo‘llashda, maqol va matallar,
turg‘un iboralar kabi oddiy; analitik, sintezlashgan va stilizatsiya xarakteridagi
murakkab folklorizmlardan foydalanishda ko‘rinishi asoslangani bilan bog‘liq
xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limi
yig‘inlarida yosh ijodkorlarga o‘tilgan mahorat darslarida, shuningdek, ijodiy
seminarlarda o‘qilgan ma’ruzalarda foydalanilgan.
Mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsad va vazifalari,
obyekti va predmeti tavsiflangan, uning respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, ilmiy yangiligi va
amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati
ochib berilgan, natijalarni amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va
dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.Dissertatsiyaning “Folklor
va yozma adabiyot munosabati masalalari” deb nomlangan birinchi bobi ikki
fasldan iborat bo‘lib, birinchi faslda “Folklor va yozma adabiyot
munosabatlarining o‘rganilishi” ga diqqat qaratilgan. Adabiyotning beshigi
bo‘lgan folklor asrdan asrga hayotiy vazifasini kengaytirib bordi, individual
ijodda o‘ziga xos poetik vazifalarni ham bajara boshladi.O‘zbek
folklorshunosligida folklor va yozma adabiyotning folklorizm asosidagi aloqasini
tadqiq etish dastlab B.Sarimsoqov tomonidan boshlab berildi. Olim
folklorizmlarni oddiy va murakkab turlarga ajratdi11. Folklorizmlarning asar
matnida bajaradigan badiiy vazifalari va talqinlariga doir B.Sarimsoqov ilgari
surgan nazariy konsepsiya keyinchalik O.Nosirov, O.Sobirov, M.Hakimov,
B.To‘xliyev, I.Yormatov, L.Sharipova, G.A.Begmuratova, N.Tursunovalarning
ilmiy maqolalari va dissertatsiya ishlarida12 yanada rivojlantirildi.
Folklorizmlarning Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari ijodidagi poetik talqinlarini
o‘rgangan S.Hamdamova yozma badiiy asarlar tarkibida keluvchi xalq og‘zaki
ijodi namunalarini manbalari va badiiy-estetik vazifasiga ko‘ra “mifologizm”
(qadimgi mifologik tasavvurlar va mifik obrazlar, asotiriy syujet va motivlarning
badiiy asar matnidagi talqini), “folklorizm” (badiiy adabiyotda poetik vosita
sifatida qo‘llanilgan folklor elementlari) va “adabiy etnografizm” (urf-odat,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

99

marosim, rasmrusum, xalq qarashlari va an’analarining yozma adabiyotdagi
ifodasi) deb baholashni maqsadga muvofiq”13 deb bildi. Tadqiqotchi
N.Toshevaning dissertatsiyasida14 Isajon Sultonning “Ozod”, ”Genetik”
romanlaridagi folklorga oid unsurlarning o‘rni kuzatilgan.
Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sulton ijodida milliy ma’naviy merosimizni
aks ettirish, folklor unsurlaridan foydalanish, folklor motivlari vositasida
qiziqarli sujetlar tanlash adibning uslubiy oʻziga xosliklarini belgilaydi. Isajon
Sulton hikoyalarining badiiy qurilmasi, bayon uslubida xalq ertaklari, afsonalari,
rivoyatlariga xos bayonchilik, soddalik, qolaversa, ertak qahramonlariga
o„xshash jabrlangan, sodda, oddiy odamlarning turmush tashvishlari, ularning
oʻy-xayollari oʻquvchi diqqatini oʻziga jalb etadi. Masalan, “Avazboylik tantilar”,
“Bibi Salima”, “Shamolli kecha”, “Bogi Eram”, “Manzil”, “Qish ertaklari”, “Ona yurt
sogʻinchi”, “Toshkelinchak”, “Yusuf va Zulayho”, “Xun”, “Yogʻoch kovush” kabi
qator hikoyalarida bu badiiy xususiyatlar yarqirab koʻrinish bergan deyish
mumkin. Yozuvchining “Toshkelinchak” hikoyasi Oʻrta Osiyo xalqlari orasida
qachonlardir boʻlib oʻtgan muhabbat rivoyati haqidadir. Adib bu rivoyatning
yoyilib ketishini asarda chiroyli chizgilar bilan beradi. Nazarning qishloq
chetidagi ziyoratgoh sanalgan qadim tosh ustida oʻz xayollari bilan band boʻlib
kun oʻtkazishini ta‟riflar ekan: “Ziyoratgoh yonidan katta yoʻl oʻtgan, bir yogʻi
Oʻshdan Ergashtomga, bu yogʻi Qamchiq dovoni oralab, Toshkentdan
Qozogʻistonning bepoyon choʻllariga qarab ketadi. Turli-tuman uzun-qisqa
arobalar qatnovi bir zum boʻlsin tinmaydi”, – deydi. Ushbu jumlalardan anglash
mumkinki “Toshkelinchak” hikoyasi eski rivoyatning badiiy talqini sifatida
yozma adabiyotga olib kirilgan.Hikoya sujetiga e‟tibor qaratadigan boʻlsak,
hikoyaning har bir qatiga milliy ruh, an’analar va urf-odatlardan ta’sirlangan
holda mazmun singdirilgan. Hikoyada folklorizmlardan foydalanish, avvalo,
yozuvchi uchun sujetlar, mavzular, motivlar manbayi sifatidagina emas, balki
ijodkor estetik ideali va dunyoqarashini gavdalantiruvchi vosita sifatida
koʻrinadi. Ayni paytda, yozuvchining ijodiy oʻziga xosligini ham belgilaydi.
Yozuvchi ijodida folklorizmlar xalqimizning mafkurasi va hayot tarzini,
ruhiyatini ochib berish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Hikoyada oddiy
folklorizmlar xalq maqol va matallari, yumuq iboralari, ogʻzaki nutq uchun xos
ifoda hamda oborotlardan ham mahorat bilan foydalanilgan. Jumladan, adib
Nazarning Ummugulsumga eng mos juft boʻla olishini tasvirlar ekan, xalq matal
va iboralarini matnga ustalik bilan singdirib yuboradi:
“Tegirmonga tushsa butun chiqadigan, shaxt-u shiddati jismiga sigʻmay toshib
turgan Nazarga tegmasdan kimga ham tegardi? Yoʻqni yoʻndiradigan, borni bor


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

100

qiladigan bunday yigitgan qaysi qiz ham yoʻq derdi?” Yoki Ummugulsumning
amma xolalarining Nazarga aytgan gaplarida:
– Hoy, jon bolam, qoʻying, keting endi, – debdi xotinlarning yoshi kattarogʻi.
– Nima qilasiz bechorani qiynab? Ogʻzidan qora qonini keltirdingiz-ku qiz
shoʻrlikni!”) Ummugulsumning toʻyida aytilgan tilaklarda (“Borgan joyingga
toshday tushgin. Toshday tushgunu toshday qolgin”) ogʻzaki nutq uchun xos
ifodalar berilgan.
Ma’lumki, ijodkor uslubining shakllanishida o‘zi tug‘ilib o‘sgan joy, o‘sha
xalqning urf-odatlari, oiladagi hayot tarzi, ustozlarning alohida o‘rni bor. “Uslub
– yozuvchining voqelik va insonni idrok qilishi, ularning qalbidagi haqiqatning
kashf etishi va uni so‘z vositasida obrazli ifodalay olishi – bu vazifalarni
individual tarzda yaratish san’atidir.”
Isajon Sulton hikoyalarining badiiy qurilmasi va uslubidagi xalq ertaklari,
afsonalari, rivoyatlariga xos bayonchilik, soddalik, qolaversa, ertak
qahramonlariga o‘xshash jabrlangan, sodda, oddiy odamlarning turmush
tashvishlari, ularning o‘y-xayollari o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Masalan,
“Oydinbuloq”, “Avazboylik tantilar”, “Bibi Salima”, “Shamolli kecha”, “Bog‘i
Eram”, “Manzil”, “Qish ertaklari”, “Ona-yurt sog‘inchi” kabi qator hikoyalarida bu
badiiy xususiyatlar yarqirab ko‘rinish bergan deyish mumkin.
Adib badiiyatida insoniyat va insonni anglash, uning maqsad va vazifalarini
belgilash sharqona badiiy-falsafiy konsepsiyada ochib berilmoqda. Serqirra
ijodkor Ulug‘bek Hamdam Isajon Sulton haqida shunday degandi: “…Uning ijod
yo‘li anchagina o‘ziga xos. Yozuvchi 90-yillarning boshlarida mo‘jazgina
kitobchasi - “Oydinbuloq” bilan ko‘zga tashlanib, adabiy davralarni o‘ziga bir
qaratib olgach, hayot deb atalgan tubsiz va cheksiz teranliklarga sho‘ng‘ib
ketgan, 2010-yilda qator hikoyalar va romanlar bilan u ummondan bosh
ko‘targan ijodkordir”. Folklor asarlari o‘zining hayotiyligi ijtimoiy tabiati, hamda
badiiy xususiyatlari bilan adabiyotimizda o‘ziga xos o‘ringa ega. Xalq mehnati,
urf-odati, turmush sharoiti, orzu-istagi, kurash va g'alabalari, uning mavzusi va
mazmunida aks etadi. Yozuvchi va adabiyotshunos Isajon Sulton ijodida ham
ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan, necha zamonlar chig'irig'idan
o‘tgan, ko‘pchikning xotirasidan ko'tarilayotgan ko'plab betakror og'zaki ijod
na'munalarini ko'rishimiz mumkin. Isajon Sultan ijodida xalq og‘zaki ijodi
namunalarini aka ettirish, folklor unsurlaridan foydalanish, folklor motivlari
vositasida qiziqarli syujetlar tanlash adibning o‘ziga xosligini belgilaydi. Isajon
Sultonning o‘ziga xosligi folklorizm bilan zamonaviyliknibirlikda uyg‘unlashtira
olganligidir. Adib o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari bo‘lmish xalq og‘zaki


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

101

ijodi namunalariga katta qiziqish bilan qaragan va folklorizmni o‘z ijodida ham
aks ettirgan. Masalan, folklor janrining tarkibiga kiruvchi tush motivini olsak.
Aynan tush motivi Isajon Sulton hikoylarida ko‘proq uchraydi. Bunga misol qilib
“Qismat”, “Otamga nimadir bo‘ldi, “Avliyo” hikoyalairini keltirishning o‘zi yetarli.
Endi mazkur hikoyalardagi tush mativini tahlil etishdan oldin, folklorizm va
motiv haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. Adabiyotda “folklor” va “folklorizm”
tushunchalariga diqqat qaratish lozim. Adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov
mazkur ikki atama orasidagi farqni shunday izohlaydi: “Biror ijodkor asariga
biror maqsad bilan kiritilgan falklorga xos barcha materialllarni folklor deb
emas, balki folklorizm atamasi bilan yuritish lozim, chunki unga ijodkor
tomonidan muayyan ishlov berilgan bo‘ladi” Adabiyotshunoslikda motiv haqida
turli xil qarashlar mavjid. Jumladan, B.Putilov “motiv syujetning mag‘zidir”
degan ta’rifni bersa taniqli rus olimi A. N. Vaselovskiy “Motivlar birlashib syujet
xalqasini yuzaga keltiradi”, - deydi. D.Quronov va boshqalar tomonidan tuzilgan
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da motiv syujet sxemasi yoki biror bir narsa obraz
kabi ko‘rinishlarda voqe bo‘lishi badiiy asarlarda mavjud motivlar aynan emas,
o‘zagi saqlanib qolgani holda yozuvchining badiiy fantaziya imkoniyati va ijodiy
niyatlaridan kelib chiqib turli variantlarda talqin etilishi aytiladi.
Tush motivi xalq ertaklari va epik janrlarda keng tarqalgan bo‘lib, asarning
o‘zagini tashkil etadi, tush qahramonlarni xavf-xatarlardan ogohlantiradi, ularni
safarga chorlaydi, ularning taqdirini va baxtsiz kunlarini belgilaydi.
Isajon Sulton asarlarini tahlil qilishda o‘quvchi-yoshlar ta’lim shaklining maktab,
o‘rta-maxsus va oliy ta’lim darajasidagi tahlil jarayonlari bilan aloqadorlik
asosida faoliyat yuritishadi. Bu esa asarlarining ommabop ekanligidan dalolat
beradi. Asarlarini yaratilishi jihatidan ularning tahlil qilinishida bosh obraz va
ikkinchi darajali obraz munosabatlari ham yuzaga keladi. Oʻquvchi-yoshlarda
tahlil ko‘nikmalari turli xil kirish so‘zlar, iboralar, xalqona birikmalari va shukabi
ifodalar bilan bog'liqlik asosida yuzaga keladi. Tahlil qilish jarayonida
ijodkorning bosh g'oya sifatida qarayotgan fikrlari va muallif tilining turli xil
obrazlar,vositalar asosida yuzaga keladi. Shunga ko‘ra tahlil va malaka usullari
prinsiplilik asosida yakdillikni ham ijodiy mahoratning matn bilan aloqador
shaklda bo‘lishidir.
Shu bilan birga Isajon Sultonning “Doʻst” hikoyasini tahlil qilar ekanmiz
hikoyada jamiyatdagi faoliyat turlarining anglashilishi xotira tasvirlarning
yuzaga kelgan. Isajon Sultonning xarakterli xususiyatlarga ega boʻlgan bir
yozuvchi sifati ekanligini ochib beradi. Normurod Norqobilov esa ayni
toʻgʻridan-toʻgʻri kitobxonga ma’lumbir masala yuzasidan muammoli vaziyat


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

102

keltirmasada ayni hikoyaning badiiy stil orqali kitobxon qalbida bir fikr va
tuygʻularni shakllantirishga olib keladi. Bu esa asarning oʻqilish darajasini
ommabop tarzda koʻtarishga yordam beradi.” Isajon Sulton yoridan ayrilgan
Yusufning boshi oqqan tomonga ketib qolib qishloqqa ko`rinmay qolish holatini
xalq og`zaki ijodi qahramoni Majnunning boshiga ishq savdosi tushganida
uzoqlarga bosh olib ketgani holatiga yaqinlikda beradi, xalq ijodi asari syujetiga
yaqinlashtiradi. Badiiy soʻz san’ati taraqqiy etib boruvchi estetik hodisa sifatida
tabiat, jamiat, hayot va inson ruhiy olamining turli murakkab qatlamlariga kirib
boradi. Biz bilamizki, adabiyotda zamon ruhi degan tushuncha bor. U har bir
zamon kishisini chetlab oʻtishi mumkin emas.
Isajon Sulton yana bir tilga tushgan boshqa asarlaridan biri “Boqiy darbadar”
romani haqida gapirarkan:
“…Bor-yo‘g‘i sakson sahifalik kichkinagina shu roman juda uzoq yozildi, men uni
taxminan 1998 yilda boshlagan edim. Muqaddas manzillarini, maqsadlarini
yo‘qotib qo‘yib, dunyoda tentirab yurgan odamlar dunyoda ko‘pday tuyular,
lekin ifoda uchun shakl topolmas edim. Qiziq-da, bir etikdo‘z Iso alayhissalomga
qo‘l ko‘tardiyu abadiy yashash degan tavqi la‘natga duchor bo‘ldi. Barhayotlik
ham musibat bo‘lishi mumkinligi haqida sira o‘ylab ko‘rmagan ekanman,
vaholanki, sonsiz-sanoqsiz insonlar dunyoda mangu qolish ishtiyoqida yelib-
yugurmoqdalar”,- degan edi.
Adibning “Boqiy darbadar” kitobiga so‘ngso‘z yozgan adabiyotshunos Rahimjon
Rahmat shunday fikrni o‘rtaga tashlaydi: “Isajonni “Boqiy darbadar” asarini
yozishga turtki bergan tuyg‘u aynan qiyomatni favqulodda kuchli sezish, bu
dunyo qadriyatlarining qiyomat degan ulkan tegirmonda yanchilishini ravon va
jonli his etishdir. Xuddi mana shu tuyg‘u “Boqiy darbadar” asarining dastlabki
asosidir. Inson chalayotgan hayot degan kuyda darbadarlik ohanglari ustun
ekanligini anglaydi yozuvchi”.
Ijod namunalari ko‘proq internet sharofati bilan o‘zi yashayotgan yurt
hududlaridan chetga chiqqan Isajon Sulton hozirda o‘quvchilardan eng ko‘p xat
oladigan adiblardan biri sanaladi.
Uning “Pushtirang maxluqcha” hikoyasini o‘qigan Mashhura Sheraliyeva
shunday fikrga keladi:
“…O‘z qo‘llarini yeb bitirayotgan kichkina pushtirang maxluqcha - zulmni tag-
tomiri bilan yo‘qotish istagida yongan, ammo voqelikka ta‘sir o‘tkazishda
ilojsizligini anglab turgan san‘atkor... Hikoyani o‘qirkanman, pushtirang
maxluqchaning qo‘shig‘ini eshitgandek bo‘lmadim, balki haqiqatan ham
eshitdim, kuyidagi ohang ham yuragimdan o‘tganini his qildim. Kuylash, yozish,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

103

chizish, umuman olganda, ijod - ilojsizlik bag‘rida ham imkon izlash degani, bu -
ijodkorning qismati”.
Amerikada yashayotgan Qunduz Husanboyeva esa adibga iltimos qiladi:
“Romaningizni sotib olish imkoniyati yo‘q. Bizga o‘xshagan musofirlar uchun
uning elektron variantini yaratsangiz bo‘lardi. Hamma bahramand bo‘lardi”.
Qunduz Husanboyeva Isajon Sultonning “Ozod” romanini o‘qish ishtiyoqida
bo‘lgan yagona muxlis emas.
“Ozod” faqat o‘quvchilar emas, balki adabiyotshunoslar e‘tiboriga ham tushdi.
Adabiyotshunos Islom Yoqubov fikricha: “Ozod” romani yurak tubidagi
po‘rtanalardan bahs etadi. Basirat so‘qmoqlarida o‘z yo‘lini topmoq ilinjida
sarosar kezayotgan tasavvur orzu, havas, armon, pushaymonlik, hasrat, nadomat
kabi turfa tuyg‘ular iskanjasida qoladi. Adib inson taqdiri uning Muhabbat va
Iymoni darajasiga ko‘ra o‘zgaradi, - degan xulosaga keladi. Shu ma’noda bu
asarni tasavvur va tafakkur romani deyish mumkin”.
Adabiyotshunos olim roman qahramonlaridan birining ichki dunyosiga kirib
borar ekan, shunday xulosaga keladi: “Ozod zohiran jo‘n tuyuluvchi tabiat
hodisalarining botinini ko‘radi. Oddiy odam eshitishi mahol bo‘lgan turfa
tovushlarni tinglaydi. Dastlab uning fikru shuurida barcha ajdodlarimiz ham o‘z
qismatiga peshvoz borishgan emasmidi. Ehtimol, shu bois ham ular tabiatida
itoatkorlik,

jafokashlik,

halimlik,

shukronalik,

qanoat

tuyg‘ulari

shakllanmadimikin. Kishini ezuvchi mehnatdan qutilish chorasi bormi. Taqdirni
o‘zgartirish imkonichi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlaru maysa-ko‘katlar nega bahorga
talpinishadi. Bu ham ertadan umidvorlik orzusi emasmikin. Bularning
barchasida qanday ma‘no yashirin. Umuman, odam bolasi dunyoga nima uchun
keladi?- qabilidagi savollar shodasi charx uradi”.
Adabiyotshunos anglagani kabi “Ozod” romani inson umrining qadri haqida
bitilgan.
“Chunki, adib azaldan sharaflangan insonni dunyoviy havaslar to‘riga o‘ralib
qolmaslikka undaydi. Asarda bani odam naslining tarixi va ertasi taftish etilib,
bugunning odami, ya‘ni zamondoshimiz g‘aflat va johiliyatdan yuksalishga
chorlanadi. Romandan muboraklik inoyat qilingan zot nafs ilinjidagi turfa
evrilishlardan emas, balki iymon barsalomatligidan najot topajak,- degan xulosa
chiqariladi”.
Professor, adabiyotshunos Abdug‘afur Rasulov esa, Isajon Sultonning “Ozod”
to‘plamidan o‘rin olgan hikoyalarini tahlil etar ekan uning tabiat hodisalari, turfa
mavjudotlarga ma‘no yuklashini yuksak baholaydi:


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

104

“Isajon Sulton asarlarida shamol - yozuvchi imkoniyatidagi tuganmas poetik
imkoniyat. Yaratilajak timsollar moyasi. Yozuvchi nafaqat shamol, bo‘ron,
to‘fonni, o‘rni-o‘rni bilan hashoratu hayvonotni, parranda-yu parqu bulutni,
kapalaklar, ninachilarni tasvirlaydi. Ularning har biri ma‘no qati, ramzi sifatida
aks eta boshlaydi. Xullas, postmodernistik asarda hamma narsa o‘z o‘rnida
betakror timsol vazifasini o‘taydi”.
Isajon Sultonning asarlari keyingi yillarda ingliz, nemis, turk, rus tillariga
o‘girildi. Shvetsiyaning adabiy agentlaridan biri - OHO-Press "Boqiy darbadar"ga
va “Ozod”ga qiziqish bildirmoqda. Adibning o‘zi esa, hind mutafakkiri Javoharlal
Neruning “Hindiston” asarining Boburga bag‘ishlangan qismini, shuningdek,
yapon adiblari Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata, turk adibi Umar
Sayfiddin asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
O‘zbek adabiyotida Abu Rayhon Beruniy obrazi talqin qilingan turli janrlardagi
yigirmaga yaqin asar mavjud. Bu asarlar qatoriga O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Isajon Sultonning joriy yilda nashr qilingan “Abu Rayhon Beruniy” romani ham
qo‘shildi. Roman alloma obrazi talqin qilingan boshqa asarlarga qaraganda qator
jihatlari bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Jumladan, yozuvchi Beruniy davrini
to‘laqonli aks ettirishga urinish bilan bir qatorda hazrat Beruniyning hayoti,
shaxsiyatini, uning diniy, falsafiy, siyosiy qarashlarini to‘laqonli ochib berishga
harakat qilgan.
Qolaversa, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati, olib borayotgan tadqiqot
ishlari uchun asqotarlik, o‘z qo‘llari bilan yasagan moddalarning solishtirma
og‘irliklarini o‘lchovchi asbob, qimmatbaho toshlarning og‘irligini aniqlash
uchun nozik tarozi, tutash idishlar qoidasiga asoslangan uskuna, yuqori
aniqlikdagi usturlob va armilla kabi har xil hajmdagi asbob-uskunalardan iborat
qo‘l ixtirolari, aniq ilmiy dalillar bilan ilgari surgan aql kashfiyotlarini asarning
boshidan to oxiriga qadar goh sharoit taqozosiga ko‘ra voqealar yordamida, goh
obrazlar tilidan har xil shaklda ko‘rsatib o‘tadi. “Abu Rayhon yunon olimlarining
yer yuzi tuzilishiga oid asarlarini ham o‘qib chiqdi. Qolaversa, uchburchak va
to‘g‘ri burchak nazariyasini ham o‘rganib oldi. Qachon qaramay, uni hisob-
kitoblar ustida ko‘rardim. Rum usturlobini o‘lchab tekshirib ko‘rgach, temirchi
bilan birga, qo‘llari kuya-kuya o‘z usturlobi va armillasini yasadi” Alloma
ajdodimizning ilmiy yo‘nalishdagi kashf-u karomatlari, mehnat-u mashaqqatlari
shu zayl tasvirlanadi. Bu o‘rinda Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua
Mitteranning quyidagi gaplari yodimizga tushadi: “G‘arbda “Al-Baron” deb nom
olgan Sharqning buyuk mutafakkir olimi Abu Rayhon Beruniyning insoniyat
oldida qilgan xizmatlari shu qadar buyukki, uning yoniga boshqa bironta


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

105

millatning vakilini qo‘yib bo‘lmaydi. U fanning barcha sohalarida birinchi edi.
Jahon ilm-fan tarixini Abu Rayhon Beruniyning ilmiy ishlarisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi”. Isajon Sulton Abu Rayhon Beruniyning shohlar bilan munosabatiga
ham yangicha nigoh bilan nazar soladi. Yozuvchi bu borada o‘z salaflariga
qaraganda tarixiy haqiqatga to‘la yondashishga harakat qiladi. Hazrat Abu
Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan, o‘zining hasbi holi bayon qilingan
quyidagi satrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning amir-u sultonlar bilan
munosabati doimiy ravishda kolliziyali tarzda kechgan deyish noto‘g‘ri bo‘ladi
nazarimizda. Beshikdan to qabrgacha ilm izlashning go‘zal namunasini o‘z hayoti
misolida ko‘rsatgan daho zotning o‘lim to‘shagidagi ahvoli Isajon Sulton
taqlinida tarixiy haqiqat va badiiy mahorat uyg‘unligida tasvirlanganini
ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa
“Alvon bulutlar tomonga uzanib ketgan, ikki cheti, urug‘larini sochib yuborgan
va kuchli islar taratayotgan, maysalarga to‘la tafakkur so‘qmog‘idan shu tariqa
quyosh botayotgan taraflarga ravona bo‘lmoqdamiz. Va bir qur
alanglaganimizda ko‘ramizki, o‘zimiz bilan olib ketayotganimiz - faqat ma’nolar
ekan, xolos”.
Isajon Sulton jurnalistlar bilan bolgan suhbatda quyidagilarga toxtalib otgan:
O‘rxun-Enasoy yozuvlariga qiziqmagan ziyoli bo‘lmasa kerak. Bir kuni uning
turkcha va o‘zbekcha tabdilini solishtirib o‘zimcha o‘qib o‘tirganimda, u til
turkchadan ko‘ra bizga yaqinroq ekani, ko‘plab so‘zlar, "qildimiz", "ko‘rdimiz",
“ettimiz”degan fe’llar esa ayrim shevalarimizda bugun ham borligi diqqatni jalb
qildi. Shunda ayniqsa yoshlarimiz uchun o‘qilishi yengil, arab va fors so‘zlari
aralashmagan, toza turkiy tildagi bir asar yaratish fikri tug‘ildi. Buning uchun
olimlarimiz, filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqovdan hamda
filologiya fanlari doktori Qudratilla Omonovdan minnatdorman, turkologiyaning
bu ikki zabardast mutaxassisi yordamlarini sira ayashmadi. Natijada “Bilga
Xoqon” asari bunyodga keldi.
Bugungi kun kishisining ichki dunyosiga nazar solsak, siz aytgan hodisani
ko‘ramiz. Inson o‘zi bilan tarixni, bugunni hamda kelajakni olib yuradi.
Haqiqatan ham, bugun kun kechirayotgan bir kishi kim?
Bu o‘zi dunyoga kelgan vaqtidan boshlab shu kunigacha bo‘lgan voqealarni
hamda ota-onasi, yoshi ulug‘lar so‘zlab bergan tarixlarni biladigan, jamiyat
hodisalariga shohid bo‘lgan, ijtimoiy vaziyatlarning guvohi bo‘layotgan inson.
Biroq, uning dunyoqarashi shu bilangina chegaralanib qolmaydi. U o‘zi bilim
olgan manbalariga qarab Odam Ato yaralganidan tortib jahon urushlarigacha,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

106

Oyni zabt etgan texnologiyalardan tortib aytaylik, yana allaqancha ishlardan
xabardor kishi hamda bularning bariga uning o‘z shaxsiy munosabati bor.
Ba’zilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ba’zilariga majoziy munosabat bildiradi. Shu
sababli, siz tilga olib o‘tgan hikoyalarni bugungi kun kishilari dunyoqarashining
ayrim jihatlari, desa bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qurbonova F. Isajon Sulton hikoyalarida sharqona rivoyatlar talqini // O‘zbek
tili va adabiyoti. –Toshkent, 2023. – №3. B.91-95. [10.00.00 № 14]
2. Qurbonova F.A. Mifologik tasavvurlar va zamonaviy epik talqin xususida
Qo‘qon DPI.Ilmiy xabarlar. 2 (6) - 2022 Mart. – B.84-88. [10.00.00 № 34]
3.Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida folklor an’analari // So‘z san’ati
xalqaro jurnali. –Toshkent,2021.4 jild, 3- son. – B.120-126. [10.00.00 №31]
4. Qurbonova F. “Asarlar zo‘rmi-zo‘rmasmi, deyaverib charchadik, adabiyot nima
bo‘lsa ham yashamoqda”. Isajon Sulton // O‘zbekiston milliy axborot agentligi
UzA. Ilm-fan bo‘limi. – Toshkent,
2022.17.01.16.44.https://uza.uz/posts/338014/ 24.07.2023, 10:21, B.1-8.
5. Kurbanova F.A. Artistic speech is a factor of creating the hero‘s spirit(on
the stories of Isajan Sultan) // Asian journal of multidimensional research
(AJMR)
https://www.tarj.in ( A Double Blind Refereed & Peer Reviewed International
Journal) ISSN: 2278-4853 Vol 10, Issue 5, May, 2021 Impact Factor: SJIF 2021 =
7.699 DOI: 10.5958/2278-4853.2021.00361.X [23]
6. Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida mifologik obrazlarning
qo‘llanilishi // “Usmon Nosir adabiy merosi va uning ahamiyati” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Qo‘qon, 2022-yil, – B.183-
189.
7. Qurbonova F. “Bibi Salima” hikoyasi badiiyati // “Filologiyaning dolzarb
masalalari”. Respublika ilmiy-uslubiy anjumani materiallari. –Qo‘qon, 2020. 25-
aprel. – B.109-111.
8. Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida mumtoz an’analar va folklor
motivlari//

“Izlanish

samaralari”

mavzusidagi

yosh

tilshunos

va

adabiyotshunoslarning xalqaro ilmiy amaliy anjumani. –Toshkent, 2021. –B.
204-208.
9. Kurbanova F.A. The use of mythological images in the story
“Treasure” by Isajan Sultan. // International scientific-practical conference.
https://www.conferenceseries.info/index.php/intellect. P. 149-153.

References

Qurbonova F. Isajon Sulton hikoyalarida sharqona rivoyatlar talqini // O‘zbek tili va adabiyoti. –Toshkent, 2023. – №3. B.91-95. [10.00.00 № 14]

Qurbonova F.A. Mifologik tasavvurlar va zamonaviy epik talqin xususida Qo‘qon DPI.Ilmiy xabarlar. 2 (6) - 2022 Mart. – B.84-88. [10.00.00 № 34]

Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida folklor an’analari // So‘z san’ati xalqaro jurnali. –Toshkent,2021.4 jild, 3- son. – B.120-126. [10.00.00 №31]

Qurbonova F. “Asarlar zo‘rmi-zo‘rmasmi, deyaverib charchadik, adabiyot nima bo‘lsa ham yashamoqda”. Isajon Sulton // O‘zbekiston milliy axborot agentligi UzA. Ilm-fan bo‘limi. – Toshkent,

01.16.44.https://uza.uz/posts/338014/ 24.07.2023, 10:21, B.1-8.

Kurbanova F.A. Artistic speech is a factor of creating the hero‘s spirit(on the stories of Isajan Sultan) // Asian journal of multidimensional research (AJMR) https://www.tarj.in ( A Double Blind Refereed & Peer Reviewed International Journal) ISSN: 2278-4853 Vol 10, Issue 5, May, 2021 Impact Factor: SJIF 2021 =

DOI: 10.5958/2278-4853.2021.00361.X [23]

Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida mifologik obrazlarning qo‘llanilishi // “Usmon Nosir adabiy merosi va uning ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Qo‘qon, 2022-yil, – B.183-189.

Qurbonova F. “Bibi Salima” hikoyasi badiiyati // “Filologiyaning dolzarb masalalari”. Respublika ilmiy-uslubiy anjumani materiallari. –Qo‘qon, 2020. 25- aprel. – B.109-111.

Qurbonova F.A. Isajon Sulton hikoyalarida mumtoz an’analar va folklor motivlari// “Izlanish samaralari” mavzusidagi yosh tilshunos va adabiyotshunoslarning xalqaro ilmiy amaliy anjumani. –Toshkent, 2021. –B. 204-208.

Kurbanova F.A. The use of mythological images in the story “Treasure” by Isajan Sultan. // International scientific-practical conference.

https://www.conferenceseries.info/index.php/intellect. P. 149-153.