SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
67
ICHKI ORGANLAR HAQIDAGI ILM-SPLANXNOLOGIYA.
Alimardonova Mutabar Xolmoʻminovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika
fakulteti Tabiiy fanlar kafedra oʻqituvchisi
Norboboyeva Dinora
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti biologiya yoʻnalishi 2 - bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14508218
Abstract:
This article is devoted to the study of the field of splanktonology
about internal organs. This field includes knowledge about the structure,
functions and interactions of internal organs in the human div. The article
examines the anatomy, physiology and pathology of internal organs. Also, the
processes of studying internal organs with the help of modern research and
technologies are also covered. The authors assess the scientific progress in this
field and also indicate future perspectives.
Key words:
Internal organs, anatomy, physiology, pathology,
splanktonology, medicine, research methods.
Аннотация:
Данная
статья
посвящена
изучению
области
спланктонологии внутренних органов. Эта область включает в себя
знания о строении, функциях и взаимодействии внутренних органов
человеческого тела. В статье рассматриваются анатомия, физиология и
патология внутренних органов. Также освещены процессы изучения
внутренних органов с помощью современных исследований и технологий.
Авторы оценивают научный прогресс в этой области, а также указывают
на дальнейшие перспективы.
Ключевые слова:
Внутренние органы, анатомия, физиология,
патология, спланктонология, медицина, методы исследования.
Annotatsiya:
Ushbu maqola ichki organlar haqidagi ilm-splanktonologiya
sohasini o'rganishga bag'ishlangan. Ushbu soha inson organizmidagi ichki
organlarning tuzilishi, funksiyalari va ularning bir-biriga ta'siri haqida bilimlarni
o'z ichiga oladi. Maqolada ichki organlarning anatomiyasi, fiziologiyasi va
patologiyasi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar va
texnologiyalar yordamida ichki organlarni o'rganish jarayonlari ham yoritilgan.
Mualliflar bu sohadagi ilmiy yutuqlarni baholash bilan birga, kelajakdagi
istiqbollarni ham ko'rsatib o'tadi.
Kalit so‘zlar:
Ichki organlar, anatomiya, fiziologiya, patologiya, ilm-
splanktonologiya, tibbiyot, tadqiqot usullari.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
68
Kirish.
Ichki organlar, inson tanasining asosiy funksiyalarini ta'minlovchi
tuzilmalardir. Ular metabolizm, qon aylanishi, nafas olish va boshqa hayotiy
jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Ichki organlar haqidagi ilm, hosildorlik va
sog'liqni saqlash sohasida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ichki
organlarning tuzilishi, funksiyalari va ularni o'rganishga qaratilgan zamonaviy
yondashuvlar ko'rib chiqiladi. Odamlar va boshqa murakkab tuzilgan koʻp
hujayrali organizmlar tanani tirik saqlab turishda ahamiyatli boʻlgan
jarayonlarni amalga oshiruvchi, birgalikda ishlaydigan organlar tizimiga ega.
Odam tanasi bir-biriga asoslangan holda qurilgan darajali tuzilmalarga ega.
Hujayralar toʻqimalarni, toʻqimalar organlarni, organlar esa organ tizimlarini
tashkil etadi. Organ tizimining ishlashi uning tarkibiga kiruvchi organlarning
oʻzaro uyushgan faoliyatiga bogʻliq. Masalan, hazm tizimi organlari ozuqa
mahsulotlarini oʻzlashtirishda oʻzaro hamkorlik qiladi. Organizmning yashab
qolishi koʻpincha endokrin va asab tizimlari tomonidan boshqariladigan barcha
organ tizimlarining birgalikdagi faoliyatiga bogʻliq. Agar siz bir hujayrali
organizm boʻlganingizda va ozuqa moddalariga boy joyda yashaganingizda, tirik
qolish juda oson boʻlar edi. Masalan, agar siz hovuzda yashaydigan amyoba
boʻlganingizda, oziq moddalarini oʻz atrofingizdagi muhitdan oʻzlashtirishingiz
mumkin boʻlardi. Metabolizm uchun zarur boʻlgan kislorod hujayra membranasi
orqali hujayra ichiga diffuz yoʻl bilan kirishi, yana shu tarzda karbonat anigrid va
boshqa chiqindi moddalar chiqib ketishi mumkin. Koʻpayish vaqti kelganda,
ikkiga boʻlinish kifoya. Ammo siz hozir Xan akademiyasi maʼlumotlaridan
foydalanayotganingizni hisobga olsak, amyoba emasligingiz aniq va shuni aytish
mumkinki, yuqoridagi kabi jarayonlar odam singari yirik, koʻp hujayrali
organizmlarda u qadar oddiy tarzda kechmaydi. Sizning murakkab tuzilishga ega
boʻlgan tanangizda 30 trilliondan ortiq hujayralar mavjud va ularning aksariyati
tashqi muhit bilan bevosita aloqaga ega emas. Tananing ichki qismlaridagi
hujayralar, masalan, suyakdagi yoki jigardagi hujayralar zarur boʻlgan ozuqa
moddalarini yoki kislorodni atrof-muhitdan bevosita ololmaydi. Xoʻsh, tana oʻz
hujayralarini qanday oziqlantiradi va oʻz faoliyatini qanday davom ettiradi?
Keling, sizning ajoyib tana tizimingiz buni qanday qilib amalga oshirishini
batafsil koʻrib chiqamiz. Organ tizimidagi organlar oʻz vazifalarini bajarish uchun
birgalikda ishlagani kabi, turli organ tizimlari ham organizmning toʻxtovsiz
faoliyat olib borishida hamkorlikda ishlaydilar. Masalan, nafas va qon aylanish
tizimi hujayralarni kislorod bilan taʼminlash va hujayralarda hosil boʻladigan
karbonat angidriddan xalos boʻlish uchun oʻzaro hamkorlikda ishlaydi. Qon
aylanish tizimi oʻpkadagi kislorodni qabul qiladi va uni toʻqimalarga yetkazadi,
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
69
soʻng karbonat angidridni ham shu tariqa teskari yoʻnalishda oʻpkaga yetkazadi.
Oʻpka karbonat angidridni chiqarib yuboradi va kislorod saqlagan yangi havoni
yutadi. Ikkala tizim birgalikda ishlasagina kislorod va karbonat angidridi
hujayralar va atrof-muhit oʻrtasida yaxshi almashinishi mumkin. Tanadagi bu
singari hamkorlikning boshqa koʻplab misollari mavjud. Masalan, qon aylanish
tizimidagi qon hazm tizimidan oziq moddalarni olishi va buyraklarda filtrlanishi
lozim, aks holda, tanadagi hujayralar saqlanib qolinmasligi va chiqindi moddalar
tanadan chiqib ketmasdan toʻplanib qolishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar tahlili.
Ushbu adabiyotlar ichki organlarni
o'rganishda zarur bo'lgan bilimlarni taqdim etadi va splanktonologiya
sohasidagi tadqiqotlarga asos bo'lmoqda. Maqola orqali ushbu yo'nalishda olib
borilayotgan ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr
yuritiladi.
1. Gray's Anatomy - Ushbu klassik asar anatomiyani batafsil tushuntiradi va
ichki organlarning joylashuvi va tuzilishini ko'rsatadi. Asar tibbiyot talabalari
uchun muhim manba hisoblanadi.
2. Clinically Oriented Anatomy - Moore va Dalley tomonidan yozilgan ushbu
kitobda klinik kontekstda anatomiyani o'rganish yo'llari ko'rsatiladi va ichki
organlarning funksional ahamiyati ta'kidlanadi.
3. Principles of Anatomy and Physiology - Tortora va Derricksonning ushbu
asari anatomiya va fiziologiyaning asosiy tamoyillarini yoritishga qaratilgan
bo'lib, talabalarga nazariy bilim berish bilan birga amaliy misollar ham
keltirilgan.
4. Understanding Pathophysiology - Huether va McCance tomonidan
tayyorlangan bu kitob patologiyaning asoslarini ko'rib chiqadi va ichki
organlardagi kasallik jarayonlarini tushunishga yordam beradi.
5. Gastrointestinal Physiology - Johnson va Westwickning asari
gastroenterologiyada ixtisoslashgan bo'lib, oshqozon-ichak tizimining fiziologik
jarayonlarini batafsil bayon etadi.
Tadqiqot metodlari.
Ushbu maqolada so’rovnoma, tahlil, qidiruv metodlaridan
foydalanib maqola ilmiy yondashgan holda tadqiq qilingan.
Xulosa va takliflar.
Ichki organlarning tuzilishi va funksiyasini tushunish inson
salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ilm-
splanktonologiya sohasidagi yangiliklarga doimo e'tibor berish zarurdir, chunki
bu bilim sog'lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi hamda
kasalliklarni oldini olishda samarali vosita bo'lishi mumkin. Ushbu maqola orqali
biz ichki organlarga oid bilimlarni kengaytirishga harakat qildik va ulardan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
70
foydalanishda yangi yondashuvlarga e'tibor qaratdik. Tajribalar davom etmoqda
va yangi kashfiyotlar inson salomatligini yanada yaxshi holatga keltirmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gray, H. (1918). Gray's Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice.
Elsevier.
2. Moore, K.L., & Dalley, A.F. (2013). Clinically Oriented Anatomy. Lippincott
Williams & Wilkins.
3. Tortora, G.J., & Derrickson, B.H. (2014). Principles of Anatomy and Physiology.
Wiley.
4. Huether, S.E., & McCance, K.L. (2019). Understanding Pathophysiology.
Elsevier.
5. Johnson, L.R., & Westwick, H.J. (2017). Gastrointestinal Physiology. Mosby.
