Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Artificial Intelligence and Human Cognition: A Historical-
Cultural Analysis and Sociological Reflections
Amina BARNAEVA
1
, Feruza DAVRONOVA
2
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article presents the stages of human development and
periods of thinking. The thoughts of ancient and eastern
philosophers are presented, and the theories of thinking of
Western scientists are analyzed. The goal of this article is to
develop the development of human thinking, not to limit human
thinking. It also says that artificial intelligence should be a tool
for learning knowledge and not serve to reduce human
intelligence and make it dependent. That is, to analyze changes
in thinking through various historical-philosophical and
sociological approaches in our formation of the culture of
artificial intelligence.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp83-86
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
culture,
thought,
consciousness,
artificial intelligence,
technology,
digital information,
structure,
knowledge,
discourse,
capital,
simulation,
social reality.
Sun’iy
intellekt va inson tafakkuri: tarixiy-madaniy tahlil
va sotsiologik mulohazalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
madaniyat,
tafakkur,
ong,
suniy intellekt,
texnologiya,
raqamli axborot,
struktura,
bilim,
diskurs,
kapital,
simulyatsiya,
ijtimoiy haqiqat.
Ushbu maqolada insoniyatning rivojlanish bosqichlari va
tafakkur etish davrlari keltirilgan. Antik davr va Sharq faylasuflari
fikrlari yoritilgan, G‘arb olimlarining tafakkur etish nazariyalari
tahlil qilingan. Bu
maqoladan ko‘zlangan maqsad inson
tafakkurining taraqqiyoti insonning fikrlashini cheklash emas,
balki rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, su’niy intellekt bilim
o‘rganishga vosita bo‘lishi,insonning aqlini pasaytirishga, uni
qaram qilishga xizmat qil
masligi haqida so‘z boradi.
1
Student, Uzbekistan State University of World Languages. E-mail: barnayevaamina@gmail.com
2
Scientific supervisor. Senior Lecturer, Uzbekistan State University of World Languages.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
84
Искусственный интеллект и человеческое мышление:
историко
-
культурный анализ и социологические
размышления
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
культура,
мышление,
сознание,
искусственный интеллект,
технология,
цифровая информация,
структура,
знание,
дискурс,
капитал,
симуляция,
социальная реальность
В данной статье представлены этапы развития
человечества и периоды мышления. Освещены идеи
античных и восточных философов, проанализированы
теории мышления западных ученых. Цель данной статьи
заключается в том, чтобы показать, что развитие
человеческого мышления должно быть направлено не на
его ограничение, а на совершенствование. Также говорится
о том, что искусственный интеллект должен служить
средством для обучения и получения знаний, а не
инструментом
для
снижения
интеллектуальных
способностей человека
и создания зависимости от него
.
KIRISH
Inson yillar davomida rivojlanib, tafakkur etib kelmoqda. Rivojlanish davrlari
ibtidoiy davr, neolit davr, qadimgi sivilizatsiyalar davri, o‘rta asrlar, yangi davrlar, sanoat
davr va nihoyat hozirgi raqamli davr
–
har bir
davrda inson o‘z tafakkuridan moddiy
ehtiyojlarini qondirishda mashaqqatini kamaytirishda foydalangan. Asrlar davomida
rivojlangan tarixga nazar tashlasak, ibtidoiy davrda: ilk bor guruh bo‘lib yashashni va
dastlabki nutqning shakllanishi, ovchilikni, term
achilikni, tosh qurollar ishlatishni o‘ylab
topishgan. Neolit davrda dehqonchilik va chorvachilik, doimiy turar joylar, kulolchilik
mehnat taqsimoti, ijtimoiy tabaqalanishning ilk belgilari paydo bo‘lgan. Qadimgi
sivilizatsiya davrida esa Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy kabi ilk davlatlarda yozuv,
qonunlar, diniy ilm-
fanning boshi boshlandi. O‘rta asrlarda feodal tuzum, dinning kuchli
ta’siri, islom svilizatsiyasining gullab
-yashnashini (ilm-fan, madaniyat)
ko‘rishimiz
mumkin. Yangi davr boshlandi, und
a Yevropada ilmiy inqilob, sa’nat va adabiyotda
uyg‘onish, fikrlar, ixtirolar, geografik kashfiyotlar, haqiqiy monarxiyalar va ilk zamonaviy
davlatlar paydo bo‘ldi. Zamonaviy texnologik davr boshlandi, insonlar mehnati
osonlashdi, mashinalar va zavodlar, t
emir yo‘llar sanoatlashdi. Hozirgi davr axborot va
raqamli davr kompyuterlar, internet, sun’iy intellekt, global tarmoqlar, raqamli
iqtisodiyot, ijtimoiy tarmoqlar qurshovida yashamoqdamiz. Bugungi kunda sun’iy
intellekt yoshlarga bilim olish vositasimi yo
ki aqli bo‘lmoqdami?
Yoki biz internet va
sun’iy intellektdan foydalanish madaniyati shakllantirdikmi? Shu haqida mulohazalar
yuritamiz.
Madaniyatning vazifalariga tarbiya, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy birdamlik,
ijodkorlik va yangilikka yo‘l ochishdir. Shu
nday ekan, raqamli texnologiyalardan
foydalanishimiz uchun ham ularning madaniyatni bilishimiz kerak. Inson tafakkur etar
ekan, har narsaga qarshi fikri bo‘lishi kerak, bu salbiy fikr emas, balki, bu ma’lumot asosli
yo haqiqatmi, chiqaradigan xulosalarimiz
tahliliy bo‘lishi kerak. Sun’iy intellekt tezkor
ma’lumotlar, interaktiv, yordamchi funksiyalar, doimiy yangiliklar, inson aqliga o‘xshash
fikrlash, qaror qabul qilish juda mukkamaldek ko‘rinadi. Lekin yuzaki tushunchalar
beradi, insonni o‘ziga bog‘lab qo‘yishi mumkin, su’niy intellekt insonga vositachi emas,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
85
tafakkuri bo‘lib qolishi mumkin. Misol: sizni qiziqtirgan biron
-
bir savol bo‘yicha
ma’lumot izladingiz, su’niy intellekt
sizga tez,
aniq, siz tushunadigan qilib ma’lumot topib
beradi, endi o‘zingiz ma’lumotlar qidirayapsiz va albatta kitoblardan ma’lumot izlaysiz,
izlash davomida ko‘p vaqt sarflaysiz, ammo savolga javob topish jarayonida siz turli
bilimlarga ega bo‘lasiz. Savolga aqlingizdan foydalanib javob topasiz. Siz izlaganingiz
uchun ma’lumot bir
umrga xotirangizda qoladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kitob
insonning sabri va diqqatini oshiradi, til boyligi oshadi, chuqur bilim beradi.
Inson tafakkuri tarixiy shakllanishiga nazar tashlaylik: fntik davrniPlaton, Arastu,
Suqrot kabi
olimlarsiz tassavvur qilish qiyin. Platonning fikriga ko‘ra , “Haqiqiy bilimga
faqat ruh orqali, tanadan voz kechib, sof fikr va ruhiy mushohada bilan erishish mumkin,
tanaviy sezgilar bizni yolg‘on haqiqatlarga olib boradi”
[1],
bu so‘zlardan xulosa qilsa
k,
inson doim mukammallikka intiladi va su’niy intelekt xuddi shundaydir, ammo u ong va
madaniyatga ega bo‘lmaydi. Insonning boshqa mavjudodlardan farqi har bir ishni oqilona
bajara olishidir. Su‘niy intellektda tafakkurni shaklini bajara olishi mumkin axl
oqiy tanlov
qila olmaydi. Arastu fikriga ko‘ra
“Barcha odamlar tabiatan bilishga intiladilar. Haqiqatga
erishish yo‘li aql orqali, ya’ni tafakkur bilan amalga oshadi”
[2]. Agar inson tafakkur
qilmasa, uni tabiiy funksiyalari buziladi. Natijada hayvonlardan ajralib turuvchi
funksiyamizni yo‘qotamiz. Axloqiy tarbiya yetakchilaridan biri faylasuf “ikkinchi usta”
(birinchisi, albatta Arastu) nomi olgan Al-Farobiy uning aql va fazilat haqidagi fikrlari
Platon va Arastu kabi yunon faylasuflari ta’sirida shakllangan bo‘lsa
-da, u ularni islomiy
tafakkur bilan uyg‘unlashtirgan. Quyidagi fikrlarida aql va fazilatni
turlarga ajratgan.
Potensial aql: inson tug‘ulganida mavjud bo‘lgan, hali rivojlanmagan aql.
Faol aql: ilohiy manba sifatida tasvirlanadi, u orqali inson bilishga, haqiqatga
erishishga qodir bo‘ladi
[3].
Komil aql: bilim va tajriba orqali mukkammallikka erishgan aql holati.
Fazilat haqida Farobiyga ko‘ra, fazilatli inson –
bu aqliy, axloqiy va amaliy jihatdan
yuksak darajaga erishgan kishidir. Bunday inson jamiyatga foydali, adolatli va oqil
bo‘ladi. Uning eng mashhur asari “Fozil odamlar shahri” bo‘lib, fozil jamiyatni
boshqaradigan kishi aqlan yetuk, fazilatli, bilimdon, adolatparvar bo‘lishi lozim.
Ibn Sino tibbiyot, matematika va falsafa sohalaridagi izlanishlari orqali mashhur
mutafakkirdir. Uning tafakkurning turlari haqidagi qarashlarida inson aqlining mantiqiy,
tafakkur, emperik va spekulyativ tafakkur
–
bir-
birini to‘ldiruvchi jarayonlar, inson
aqlining evalyutsion bosqichlari ifodalanadi. Unga ko‘ra
:
1.
Potensial aql (hissiyot va sezgi orqali olingan xom ma’lumotlar).
2.
Faol aql (mavhum va yoritilish yo‘li bilan mavjudotning asl tabiatini idrok
etish)[4].
Bu tizim insonning ilmiy va nazariy va amaliy bilim olish jarayonini yagona
mexanizm sifatida ko‘rsat
adi. Shunday qilib, Ibn Sinoning fikricha, haqiqiy bilimga
erishish
uchun barcha tafakkur usullarining uyg‘unligi va o‘zaro hamkorligi zarur.
Mishel Fuko
–
XXasrning eng kuchli fransuz faylasuflaridan biri bo‘lib, u bilim,
hokimiyat va diskurs tushunchalarini yangi falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilgan.
Bu tushunchalarni bir-
biriga bog‘liqligini tushuntiradi. Fukoga ko‘ra bilim
–
bu neytral,
obyektiv haqiqatlar to‘plami emas. Unga ko‘ra, bilim muayyan davrda
mavjud bo‘lgan
ijtimoiy, siyosiy va madaniy diskurslar orqali shakllanadi. Bilim haqiqatning ijtimoiy
qurilishi sifatida mavjud: ya’ni nimani “haqiqat” deb qabul qilish
–
bu jamiyatdagi hokim
guruhlar va muassasalar tomonidan belgilangan bo‘ladi. Fuko hokimiyatni faqat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
86
zo‘rovonlik yoki siyosiy kuch ema
s, balki bilim orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli
deb tushunadi. Hokimiyat insonning vujudini, ongini boshqaradigan murakkab
tarmoqdir. U tibbiyot, maktab, qamoqxona, diniy institutlar kabi ijtimoiy muassasalarda
amalda bo‘ladi. Fuko hokimiyatni
“kimda hokimiyat bor” deb emas, balki “hokimiyat
qanday ishlaydi” degan savol bilan o‘rganadi. Yuqorida diskurs haqida ham so‘z bordi,
shu haqida ham Fuko quyidagicha mushohada qiladi: diskurs
–
bilimni shakllantiruvchi
til tizimi [5]. U nafaqat narsalar haqida qanday gapirish mumkinligini belgilaydi, balki
narsalar qanday belgilanishini ham belgilaydi. Diskurs ijtimoiy normalar, qonunlar,
me’yorlar orqali hokimiyatni joriy qiladi va odamlarni muayyan shaklda fikrlashga
majbur qiladi. Fukoning fik
richa “bilim –
bu hokimiyatdir, va hokimiyat
–
bilimni
yaratadi. Endi bu fikrlarni misollar bilan tahlil qilamiz.
XULOSA
Sun’iy intellekt madaniyati nima? Ilgari ong, tafakkur, ijod faqat insonga xos deb
qaralgan. Endilikda mashina matn, rasm, musiqa yarat
ayotgani sababli bu “insonga
xoslik” muhokama qilinmoqda. SI odam o‘rniga qaror qabul qilsa qanchalik to‘g‘ri?
Axloqiy tamoyillarga zid qarorlar qabul qilishi mumkin. SI haqida qanday gapirishimiz
“aqlli mashina”, “insondan ustun”–
bu hokimiyat va bilim diskursning natijasidir. Insonlar
o‘z tafakkurini SIga topshirib qo‘ylsa, kelajakda inson robotlarga aylanamiz. Biz SIni bilim
olish vositasi ekanini yosh avlodga tushuntirishimiz kerak. Bu nafaqat tafakkurimizga,
balki xavfsizligimizga ham ta’sir qiladi.
Inson aqli va tafakkuri yillar, davrlar mobaynida sayqallanib, takomillashib,
rivojlanib boradi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida inson aqlini to‘ldiruvchi sun’iy
intellektni kashf etilishi taraqqiyotning navbatdagi muhim bosqichi, desak mubolag‘a
qilm
aymiz. Vaholanki, sun’iy intellekt inson omilini ma’lum darajada chegaralaganini
ham kuzatamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Platon, Faydon, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarjimasi, 1986, 43
-47 betlar.
2.
Arastu. Metafizika, 2020: 15-bet
3.
Qodirov A. sharq mutafakkirlari falsafasi Toshkent: Fan 2018.
4.
Avicenna https://www.britannica.com/biography/Avicenna
5.
Stanfort Encyclopedia of Philosophy-Foucault, Michel
https://plato.stanford.edu/entries/foucault/
6.
Internet encyclopediya of Philosophy- Michel Foucault https://iep.utm.edu/foucault/
