Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Eastern civilization
–
the earliest hearth of world
civilization
Khumoyun KAKHKHOROV
1
, Avazbek MIRZAEV
2
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article extensively explores the role of Eastern
civilization in world history, its formation as the cradle of early
civilization, its contributions to human progress, and its cultural
and spiritual heritage. The religious, political, scientific, social,
and architectural advancements are examined through the lens
of ancient Eastern civilizations, including those in Egypt,
Mesopotamia, the Indus Valley, and China. Based on historical
evidence, this article substantiates the claim that world
civilization was fundamentally shaped by Eastern civilization.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp428-433
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Eastern civilization,
ancient East,
statehood,
science,
culture,
philosophy,
Mesopotamia,
India,
China,
Egypt.
Sharq sivilizatsiyasi
–
jahon sivilizatsiyasining ilk uchog
‘
i
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Sharq tsivilizatsiyasi,
qadimgi Sharq,
davlatchililik,
ilm-fan,
madaniyat,
falsafa,
Mesopotamiya,
Hind,
Xitoy,
Misr.
Mazkur maqolada Sharq sivilizatsiyasining jahon tarixidagi
o‘rni, uning ilk sivilizatsiya o‘choq sifatida shakllanishi,
insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va madaniy
-
ma’naviy
merosi keng yoritiladi. Misr, Mesopotamiya, Hind vodiysi va
Xitoy kabi qadimgi Sharq hududlaridagi sivilizatsiyalar asosida
diniy, siyosiy, ilmiy, ijtimoiy va me’moriy taraqqiyotlar
o‘rganiladi. Ushbu maqola Sharq sivilizatsiyasi asosida jahon
tamadduni shakllanganini tarixiy dalillar asosida asoslaydi.
1
Student, Andijan State University.
2
Scientific advisor. PhD, Associate Professor, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
429
Восточная цивилизация –
первый очаг мировой
цивилизации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
восточная цивилизация,
древний Восток,
государственность,
наука,
культура,
философия,
Месопотамия,
Индия,
Китай,
Египет.
В данной статье подробно рассматривается роль
восточной цивилизации в мировой истории, ее
формирование как колыбели ранней цивилизации, ее
вклад в развитие человечества и культурно
-
духовное
наследие. На примере древних цивилизаций Востока,
таких как Египет, Месопотамия, долина Инда и Китай,
исследуется
религиозное,
политическое,
научное,
социальное и архитектурное развитие. Эта статья,
опираясь на исторические факты, обосновывает тезис о
том, что мировая цивилизация сформировалась на основе
восточной цивилизации.
Insoniyat tarixi ming yillar davomida turli hududlarda yuzaga kelgan
sivilizatsiyalar faoliyati orqali shakllangan. Bu sivilizatsiyalar ichida Sharq hududlarida
yuzaga kelgan qadimgi davlatlar
–
Misr, Mesopotamiya, Hind vodiysi va Xitoy eng muhim
manbalar
sirasiga kiradi. Ularning har biri o‘z davrida ijtimoiy tuzum, yozuv, qonunchilik,
me’morchilik, falsafa va ilm
-fan sohalarida poydevor yaratgan. Sharq sivilizatsiyasi
nafaqat o‘z davrida, balki keyingi ming yilliklarda ham jahon tarixiga kuchli ta’sir
o‘t
kazgan [1, b.12].
“Sharq” Yer shari quruqlik qismining Osiyo qit’asi va Afrika qit’asining
shimoliy
qismini qamragan geografik atama bo‘lsa
-da, bunda tarixiy-madaniy, jamoachilik,
an’anaviylik, alohida davlat tipi, turli darajadagi dinlar, ya’ni ijtimoiy
-s
iyosiy va ma’naviy
jihatlar eng ko‘p darajada ifodalangandir.
Sharq dunyosi asosiy jihatlariga ko‘ra yaxlit bo‘lgani holda, unda lokal
xilma-
xilliklar ham mavjud. Sharq fenomeni deganda biz insoniyat tarixini ayni shu yerda
boshlanganligini tushunamiz. Jah
on sivilizatsiyasining ilk o‘chog‘i Yaqin Sharqda paydo
bo‘lgan.
Nil daryosi bo‘yida joylashgan qadimgi Misr sivilizatsiyasi miloddan avvalgi
IV ming yillikdan boshlab rivojlanib, kuchli markazlashgan davlat tuzumiga ega bo‘lgan.
Misrliklar tomonidan ixtiro qilingan iyeroglif yozuvi, papirusda yozish texnologiyasi,
kalendar tuzish, tibbiyotdagi yutuqlar, shuningdek, monumental me’morchilik (masalan,
piramidalar) ularning ilg‘or sivilizatsiya bo‘lganini ko‘rsatadi [2, b.43].
Qadimgi Misrda fir
’avnlik tuzumi butunlay diniy mafkuraga asoslangan bo‘lib,
fir’avn shaxsi ilohiy kuchga ega deb hisoblangan. Fir’avn faqatgina siyosiy va ma’muriy
rahbar emas, balki xudolarning yer yuzidagi vakili sifatida ham e’tirof etilgan. U “haqiqiy
xudo” yoki “Ra xudoning o‘g‘li” sifatida tasvirlangani sababli, xalq orasida fir’avnga itoat
etish diniy burch hisoblangan.
Bu holat Misrda din va siyosiy hokimiyatning bir-biriga chambarchas
bog‘langanligini anglatadi. Fir’avnning hokimiyat manbai osmondan kelib chiqqani
haqidagi qarash, uning hukmronligini qonuniy va muqaddas deb qabul qilishga asos
yaratgan. Diniy mutaxassislar
–
ruhoniylar
–
fir’avnning ilohiy maqomini tasdiqlab, uning
hokimiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutganlar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
430
Fir’avn mamlakatdagi barcha diniy
marosimlarni tashkil etgan, ma’badlar
qurdirgan va xudolarga bag‘ishlangan qurbonliklar amalini nazorat qilgan. Shu bilan
birga, u qonun chiqarish va ularni hayotga tatbiq etishda mutlaq hokim bo‘lgan. Ushbu
tuzum fuqarolar ongida ilohiy hokimiyat va dunyoviy hokimiyatni bir butun, ajralmas
tizim sifatida shakllantirgan.
Shunday qilib, fir’avnlik tuzumi insoniyat tarixida siyosiy hokimiyatning
diniy mafkura bilan uyg‘unlikda amalga oshirilgan dastlabki namunasi hisoblanadi.
Bu uyg‘unlik Misr sivilizatsiy
asining barqarorligi, markazlashgan boshqaruvi va uzoq
muddat yashashida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan [3, b.51].
Ikki daryo oralig‘idagi Mesopotamiya –
ya’ni Dajla (Tigr) va Furot (Yevfrat)
daryolari oralig‘idagi serunum vodiy –
insoniyat tarixidagi eng qadimgi
sivilizatsiyalardan bo‘lgan Shumer, Akkad, Bobil (Vavilon) va Ossuriya kabi davlatlarning
vatanidir. Bu hudud sivilizatsiya, yozuv, qonunchilik va markazlashgan davlat boshqaruvi
kabi ko‘plab tarixiy yutuqlarning ilk shakllangan joyidir.
Miloddan avvalgi III ming yillikda bu yerda insoniyat tarixidagi eng qadimgi yozuv
tizimlaridan biri
–
mixxat yozuvi (klinopis) yaratilgan. Ushbu yozuv tizimi dastlab
shumerlar tomonidan diniy matnlar, xo‘jalik hisobotlari va hujjatlar uchun ishlatilgan
bo‘lsa, keyinchalik butun Mesopotamiya bo‘ylab keng tarqaldi. Mixxat yozuvi orqali
ma’lumotlar to‘plash, saqlash va avlodlarga yetkazish imkoniyati vujudga keldi.
Aynan shu hududda insoniyat tarixidagi eng qadimgi qonunchilik tizimlaridan biri
–
Xammurapi qonunlari y
aratilgan. Miloddan avvalgi XVIII asrga oid bu qonunlar to‘plami
Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda mulk, oila, mehnat, jinoyat va
jazo bilan bog‘liq qoidalar aniq bayon etilgan. Xammurapi qonunlari “ko‘z o‘rniga ko‘z,
tish o‘rniga tish” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ijtimoiy tengsizlik, mulkiy tafovut va
jinoyatga nisbatan qat’iy choralarning mavjudligini ko‘rsatadi.
Shu tariqa, Mesopotamiya nafaqat qadimgi davlatlar beshigi, balki huquqiy
tafakkur, yozuv madaniyati va markazlashgan boshqaruv tizimining ilk shakllangan
maskani bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan [4, p.76].
Mesopotamiya olimlari astronomiya, matematika, me’morchilik, sug‘orish tizimlari
borasida yuksak yutuqlarga erishgan. "Gilgamesh dostoni" orqali qadimgi insoniyat
axloqiy, falsafiy va ontologik masalalarni muhokama qilishga uringanini ko‘rish mumkin
[5, b.134].
Miloddan avvalgi 2600
–
1900-yillarda Hind vodiysida Harappa va Moxenjo-Daro
shahar madaniyatlari rivoj topdi. Bu shaharlarda rejalashtir
ilgan ko‘chalar, kanalizatsiya
tizimi, ommaviy hammomlar mavjud bo‘lib, bu o‘sha davr sharoitida juda yuksak
shaharsozlik darajasini ko‘rsatadi [6, p.88].
Qadimgi Hindiston hududida miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan
boshlab shakllangan Veda madaniyati keyinchalik butun Janubiy Osiyo sivilizatsiyasining
asosi sifatida mustahkam o‘rin egalladi. Veda davrida paydo bo‘lgan ijtimoiy tuzum –
kastalik tizimi jamiyatda qat’iy tabaqalashtirishni belgilab berdi. Bu tizimda aholining
tug‘ilishiga ko‘ra to‘rt asosiy guruh –
brahmanlar (ruhiy rahbarlar), kshatriylar
(jangchilar va hokimlar), vayshiylar (savdogar va dehqonlar) hamda shudralar
(mehnatkashlar) ajratilgan.
Veda matnlari orqali Hindiston xalqlari diniy-falsafiy qarashlarni, urf-odatlarni va
axloqiy normalarni o‘rganib bordilar. Aynan shu davrda arifmetika, astronomiya va
boshqa ilmiy sohalarning ilk tamoyillari shakllana boshladi. Shuningdek, Hind
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
431
sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan ayurveda tibbiyoti –
sog‘liqni saqlashning tabiiy va
muvozanatga asoslangan tizimi
–
aynan Veda davrida yuzaga kelgan. U organizmning uch
asosiy quvvati (vata, pitta, kapxa) muvozanatini saqlash tamoyiliga asoslangan bo‘lib,
hozirgi kungacha muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, Veda madaniyati diniy, ijtimoiy va ilmiy jihatdan Hindiston va butun
Janubiy Osiyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan, uning mafkuraviy va
madaniy poydevorini tashkil qilgan [7, p.103].
Xitoy sivilizatsiyasi
–
insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan va uzviy rivoj
topgan siv
ilizatsiyalardan biridir. Konfutsiy, Lao Tsz‘u kabi mutafakkirlar tomonidan
yaratilgan falsafiy qarashlar davlat boshqaruvi, ijtimoiy tartib va axloqiy qadriyatlarning
asosini tashkil etgan [8, b.49].
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi insoniyat
tarixiga chuqur iz qoldirgan ko‘plab muhim
ixtirolari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, qog‘oz, kompas, porox va ipak ishlab chiqarish
texnologiyasining yaratilishi nafaqat Xitoyning ichki taraqqiyotiga, balki butun G‘arb
dunyosining rivojlanishiga ham katta
ta’sir ko‘rsatgan. Qog‘oz ixtirosi yozuv
madaniyatining keng tarqalishiga, kompas esa dengiz sayohatlari va geografik
kashfiyotlarning amalga oshishiga xizmat qilgan. Porox harbiy texnologiyalarni tubdan
o‘zgartirgan bo‘lsa, ipak ishlab chiqarish esa Buyuk
ipak yo‘li orqali Xitoyning xalqaro
savdodagi o‘rnini mustahkamlagan.
Bundan tashqari, qadimgi Xitoyda shakllangan markazlashgan byurokratik
boshqaruv tizimi uzoq asrlar davomida mamlakatda siyosiy barqarorlik va ijtimoiy
tartibni ta’minlab kelgan. Xitoy
imperatorlik davrida sinov tizimi asosida davlat
xizmatchilari tanlab olinib, layoqat, bilim va axloqiy fazilatlarga asoslangan boshqaruv
an’anasi shakllangan. Bu tizim dunyodagi eng qadimgi meritokratik (sifatga asoslangan)
boshqaruv modellari sirasiga ki
radi va boshqa sivilizatsiyalar uchun ham o‘rnak bo‘lgan.
Shunday qilib, Xitoy sivilizatsiyasi o‘zining ixtirolari, innovatsiyalari va boshqaruv
tajribasi orqali jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan [9, b.115].
Sharq sivilizatsiyasi insoniyat tarixida diniy-falsafiy tafakkurning shakllanishi va
rivojlanishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, Buddizm, Induizm,
Konfutsiylik va Daosizm kabi yirik diniy-falsafiy oqimlar aynan Sharq madaniy muhitida
paydo bo‘lib, nafaqat diniy
e’tiqod, balki keng qamrovli axloqiy
-
tarbiyaviy va ma’naviy
-
ruhiy tizim sifatida shakllandi.
Induizm
–
qadimgi Hindiston diniy-
falsafiy tafakkurining mahsuli bo‘lib, ruhiy
poklanish, karmaga ishonch, qayta tug‘ilish (reinkarnatsiya) va moksha kabi g‘oyala
rni
ilgari suradi. Bu tizim ijtimoiy tuzum (kastalik) va shaxsiy axloqiy mas’uliyatni o‘zaro
bog‘lab talqin etadi.
Buddizm esa, Siddxartxa Gautama (Buddaning) ta’limotlariga asoslanib,
azob-
uqubat sabablarini anglash va undan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi.
Buddizm insonni
ichki tinchlik va ma’naviy uyg‘unlik sari yetaklovchi yo‘l deb qaraydi. U axloq, tafakkur va
donolikni birlashtirgan mukammal tizimdir.
Konfutsiylik
–
qadimgi Xitoy tafakkurining asosi bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi
munosabatlar, ijtimoiy tartib, ota-
onaga hurmat (xiao), adolat va muvozanatni ta’lim
qiladi. Bu tizim Xitoyda uzoq asrlar davomida siyosiy va axloqiy asos sifatida faol amal
qilgan.
Daosizm esa tabiat bilan uyg‘unlik, tabiiylik va ichki tinchlik g‘oyalariga asoslangan
bo‘lib, insonni tabiat qonunlariga mos holda yashashga da’vat etadi. Bu falsafa ruhiy
garmoniya, jimjitlik va soddalikni qadrlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
432
Shunday qilib, Sharq sivilizatsiyasi tomonidan yaratilgan ushbu diniy-falsafiy
tizimlar nafaqat diniy e’tiqodning shakllanishida, balki ma’naviy kamolot, axloqiy
qadriyatlar va jamiyatning barqaror rivojida muhim asos bo‘lib xizmat qilgan [10, p.67].
Ushbu diniy-falsafiy tizimlar
–
Buddizm, Induizm, Konfutsiylik va Daosizm
–
inson
va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, sabr
-toqat, ic
hki kamolot, ma’naviy poklanish hamda
jamiyatga sadoqat bilan xizmat qilish g‘oyalari orqali jahon falsafasining muhim
yo‘nalishiga aylangan. Ular inson tabiatining ichki imkoniyatlarini ochish, shaxsiy
mas’uliyatni anglash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chuqur ma’naviy
asoslarni taklif etadi.
Mazkur tizimlarning asosiy e’tibori tashqi dunyoni o‘zgartirishdan ko‘ra, insonning
ichki olamini tarbiyalashga, ruhiy muvozanatga erishishga va boshqalar bilan tinch-totuv
yashash tamoyillariga qar
atilgan. Shu boisdan ham bu g‘oyalar Sharq falsafasining o‘ziga
xosligini belgilabgina qolmay, balki umumjahon ma’naviy merosiga aylangan [11, b.91].
Sharqdagi qadimgi sivilizatsiyalar
–
xususan, Mesopotamiya, Hind vodiysi, Xitoy va
Misrda yaratilgan ilmiy, madaniy va siyosiy yutuqlar keyinchalik yunon-rim, islomiy va
Yevropa Uyg‘onish davri madaniyatlariga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Matematika,
astronomiya, tibbiyot, falsafa, me’morchilik, qonunchilik va davlat boshqaruvi sohalarida
yaratilgan asosiy biliml
ar G‘arb tamaddunining shakllanishida muhim o‘rin egallagan.
Ayniqsa, qadimdan boshlab mavjud bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshgan
savdo, ilmiy hamkorlik va madaniy almashinuvlar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi doimiy
muloqotni ta’minlab, global miqyos
dagi tarixiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biriga
aylangan. Ipak yo‘li faqat tovar ayirboshlash vositasi emas, balki g‘oyalar, texnologiyalar,
diniy-
falsafiy qarashlar va san’at asarlarini ham bir hududdan boshqasiga olib o‘tgan.
Shu orqali Sharq sivil
izatsiyasi yaratgan meros turli madaniyatlar o‘rtasida uzviy
aloqalar, g‘oyaviy ta’sirlar va ilmiy uzluksizlik asosida jahon sivilizatsiyasining rivojiga
katta hissa qo‘shgan. Bu jarayonlar tarixda ko‘p asrlik madaniy uyg‘unlik, bag‘rikenglik va
o‘zaro boy
itish tamoyillarini shakllantirgan. [12, p.152].
Shu boisdan, Sharq sivilizatsiyasi faqatgina o‘tmishga oid tarixiy meros emas, balki
bugungi zamonaviy sivilizatsiyalar poydevorini tashkil etuvchi muhim manba sifatida
e’tirof etiladi. Uning ilmiy
-falsafiy tafakkuri, axloqiy-ruhiy qadriyatlari, madaniy yutuqlari
va boshqaruv tajribasi hozirgi global madaniyat va ijtimoiy tizimlarda ham o‘z aksini
topmoqda.
Bugungi kunda inson huquqlari, ta’lim
-
tarbiya, ma’naviy
-axloqiy tarbiya, tabiiy
muvozanat, tinchlikparvarlik kabi global tushunchalarning negizida aynan Sharq
tamaddunining qadimiy g‘oyalari, qadriyatlari va hayotiy tajribalari yotadi. Sharq
tafakkurida shakllangan uyg‘unlik, bag‘rikenglik va ichki kamolot g‘oyalari XXI asr global
muammolarini hal etishda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sharq sivilizatsiyasi
–
bu nafaqat tarixiy yodgorliklar majmui, balki bugungi va kelajak avlodlar uchun ham
zarur bo‘lgan madaniy
-
ma’naviy, ilmiy va ijtimoiy ozuqa manbaidir [13, b.198].
Yuqoridagi tarixiy dalillar asosida aytish mumkinki, Sharq sivilizatsiyasi jahon
tarixining ilk va eng muhim poydevorlaridan biridir. U nafaqat o‘z zamonasining yuksak
madaniyatini yaratdi, balki butun insoniyat taraqqiyotiga ilmiy, falsafiy va ijtimoiy
jihatdan chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Sh
arq sivilizatsiyasi haqida bilimlarimizni
chuqurlashtirish orqali biz nafaqat o‘tmishimizni, balki bugungi madaniyatimizning
ildizlarini ham anglaymiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
433
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Тойнби А. Дж. Постижение истории. –
Москва: Прогресс, 1991.
2.
Брайан Фаган. Древний Египет: история, культура, религия. –
М., 2005.
3.
Асхабов А.Х. История Древнего Востока. –
Ташкент: Ўқитувчи, 2000.
4.
Kramer S.N. History Begins at Sumer.
–
University of Pennsylvania Press, 1981.
5.
Бертман С. Месопотамия: изобретение цивилизации. –
М.: Эксмо, 2009.
6.
Волков А. Гильгамеш: Поэма о царе и человеке. –
М., 2012.
7.
Possehl G. The Indus Civilization: A Contemporary Perspective.
–
Rowman
Altamira, 2002.
8.
Basham A.L. The Wonder That Was India.
–
New Delhi, 1989.
9.
Fairbank J. China: A New History.
–
Harvard University Press, 1992.
10.
Мухаммедов А. Шарқ халқлари маданияти тарихи. –
Тошкент: Фан, 1996.
11.
Nasr S.H. Science and Civilization in Islam.
–
Harvard University Press, 1968.
12.
Чен
Д
.
Фалсафаи
Шарқ
ва
унинг
дунёқарашдаги
ўрни
.
–
Тошкент
, 2010.
13.
Needham J. Science and Civilization in China.
–
Cambridge University Press,
1954
–
2004.
14.
Хамидов Н. Ипак йўли ва цивилизациялараро мулоқот. –
Тошкент:
Адабиёт, 2014.
